16.05.2026 yildagi 248-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat auditi sohasiga iqtidorli yoshlarni maqsadli yoʻnaltirish, yetuk va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 18-dekabrdagi PF-252-son Farmoniga muvofiq, xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajribalar asosida mamlakatimizda davlat auditi yoʻnalishida yetuk va malakali kadrlar tayyorlanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 18-dekabrdagi PF-252-son Farmoniga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) iqtidorli yoshlarni davlat auditi sohasiga maqsadli yoʻnaltirish, sohada taʼlim va ilmiy-tadqiqot integratsiyasini taʼminlash maqsadida 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida taʼlim yoʻnalishi shaklida huquqiy maqomi oliy taʼlim tashkiloti fakultetiga tenglashtirilgan Davlat auditi oliy maktabi tashkil etilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Davlat auditi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga qabul parametrlari amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida shakllantirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat auditi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishining oʻquv dasturlari dunyoning nufuzli Quacquarelli Symonds (QS) va Times Nigher Education (TNE) tashkilotlari reytinglarida sohalar boʻyicha birinchi 300 talik roʻyxatdagi oliy taʼlim tashkilotlari tajribasi asosida ishlab chiqilishi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil boʻlgan beshtagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishi hamda taʼlim shakllarini tanlash jarayonida davlat oliy taʼlim tashkilotlarining “Davlat auditi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishini tanlagan talabgorlardan milliy yoki xalqaro darajada tan olinadigan quyidagi sertifikatlarga ega boʻlish talab etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet tili boʻyicha — V2 va undan yuqori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matematika fanidan — V va undan yuqori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu sertifikatlarga ega abituriyentlar tegishlicha chet tili va matematika fanlari boʻyicha test sinovlaridan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ozod etiladi hamda barcha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun majburiy boʻlgan uchta fandan faqat ikkitasi — ona tili va Oʻzbekiston tarixi fanlaridan test sinovlarini topshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Davlat auditi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi, ushbu bandning “a” kichik bandida belgilangan qoidalar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat auditi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishining oʻquv dasturlari dunyoning nufuzli Quacquarelli Symonds (QS) va Times Nigher Education (TNE) tashkilotlari reytinglarida sohalar boʻyicha birinchi 300 talik roʻyxatdagi oliy taʼlim tashkilotlari tajribasi asosida ishlab chiqilib, Hisob palatasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻrtasida “Davlat auditi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi, ushbu yoʻnalish talabalari uchun yaratilgan sharoitlar, oʻqish davrida va oʻqishni tamomlagandan soʻng taqdim etiladigan imkoniyatlar toʻgʻrisida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 16-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
248-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2026-y., 09/26/248/0493-son)