ILOVA
T/r | Ustuvor yoʻnalishlar | Amalga oshirish mexanizmi | Oʻtkazish muddati | Masʼul ijrochilar |
I. “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh gʻoya asosida parlament miqyosida oʻtkaziladigan konferensiyalar | ||||
1. | Davlat mustaqilligini mustahkamlashda va zamonaviy davlatchilik tizimining huquqiy asoslarini yaratishda milliy parlamentning rolini ochib berishga qaratilgan tadbirlar oʻtkazish | “Mustaqil Oʻzbekiston — 35 yillik taraqqiyot yoʻli: islohotlar, natijalar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish. | Avgust | Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi, Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi, Parlament tadqiqotlari instituti |
“Yangi Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlashda milliy parlamentarizmning roli” mavzusida yoshlar konferensiyasi oʻtkazish. | Avgust | Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi, Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti | ||
II. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda milliy parlamentarizmni shakllantirish va rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining kengaytirilgan yigʻilishlarini oʻtkazish | ||||
2. | Mustaqillik yillarida sud tizimidagi islohotlar, odil sudlovga erishish borasida qonunchilik bazasini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar | 1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: soʻnggi yillarda amalga oshirilgan sud-huquq islohotlarining sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashda tutgan oʻrniga; sud-huquq sohasiga oid, shu jumladan, sud tizimi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qonun hujjatlarining qabul qilinishidagi parlamentning roliga; fuqarolarning odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, sud tizimiga boʻlgan ishonchni mustahkamlash, sud tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish borasida amalga oshirilgan ishlarga; maʼmuriy sud ish yurituvini takomillashtirish, maʼmuriy organlar bilan fuqarolar va tadbirkorlar oʻrtasidagi nizolarni hal etish boʻyicha yangi tizim yaratilganiga va hokazo. 2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, sud-huquq sohasi xodimlari, tegishli vazirlik va idoralar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi. | Aprel | Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi |
3. | Mustaqillik yillarida qonun ijodkorligi sohasidagi islohotlar: ustuvor yoʻnalishlar va erishilgan natijalar | 1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: soʻnggi toʻqqiz yil ichida qonun ijodkorligida joriy etilgan yangiliklar va oʻzgarishlar; yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning qabul qilinishida parlamentning oʻrni va roli; Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlanganligi; 2025 — 2029-yillarga moʻljallangan qonun ijodkorligi dasturi qabul qilinganligi; qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlarining masʼuliyati oshganligi, xususan, qonun loyihasi boʻyicha birinchi oʻqishda tashabbuskor subyektning vakili maʼruza bilan chiqishi amaliyoti yoʻlga qoʻyilganligi; qonun ijodkorligida jamoatchilik ishtirokining yanada kengaytirilganligi (fuqarolarga qonunchilik takliflarini kiritish huquqi berilganligi, qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilayotgani, qoʻmitalar huzurida jamoatchilik kengashlari tuzilganligi, qoʻmitalar tomonidan tematik uchrashuvlar oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyilganligi); qonun loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi va jamoatchilik muhokamasi natijalarini hamda xalqaro shartnoma matnining huquqiy ekspertizalari natijalari taqdim etish talabi belgilanganligi va hokazo. 2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, ilmiy tadqiqot institutlari, fuqarolik jamiyati institutlari, tegishli vazirlik va idoralar, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi. | May | Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi |
4. | Davlat budjetini shakllantirishda va ijrosini taʼminlashda parlamentning roli | 1. Tadbirda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: mustaqillik yillarida qabul qilingan muhim qonunlar va parlamentga berilgan vakolatlar mazkur yoʻnalishdagi ishlarni yanada kuchaytirishda hal qiluvchi oʻrin tutganligi; Davlat budjetini qonun shaklida qabul qilishga oʻtilganligi; yangi tahrirdagi Konstitutsiya bilan Davlat budjeti ijrosini nazorat qilish Qonunchilik palatasining mutlaq vakolati etib belgilanganligi; Davlat budjeti ijrosini koʻrib chiqish tizimi takomillashganligi (yillik va yarim yillik hisobotlar Qonunchilik palatasida, choraklik hisobotlar qoʻmitalar va fraksiyalarda koʻrib chiqilayotgani); hududlarni rivojlantirish, ijtimoiy va infratuzilma obyektlarini qurish, mahallalarni obod qilish boʻyicha investitsiya dasturlarini shakllantirishda parlamentning ishtiroki yoʻlga qoʻyilganligi; maqsadli indikatorlarning, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari samaradorlik koʻrsatkichlarining (KPI) bajarilishiga doir hisobotlar qoʻmitalarda har chorakda eshitib borilayotganligi; hukumatning davlat budjetiga doir hisobotlari audit xulosasi bilan birga kiritilishi amaliyoti joriy etilganligi va hokazo. 2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, fuqarolik jamiyati institutlari, tegishli vazirlik va idoralar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi. | May | Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi |
5. | Mustaqillik yillarida mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarning hal etilishi hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratining amalga oshirilishi masalalari | 1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: mustaqillik yillarida parlamentga berilgan vakolatlarning soha rivojida alohida oʻrin tutganligi; parlament nazoratini amalga oshirishning yangi shakllari, jumladan hukumatning davlat dasturlari ijrosi boʻyicha hisoboti eshitilayotganligi, “hukumat soati” institutining joriy etilganligi, hukumat aʼzoligiga nomzodlar tasdiqlanayotganligi; parlament va hukumat hamkorligining yangicha tizimi yoʻlga qoʻyilganligi (vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar, inspeksiyalar quyi palata qoʻmitalariga biriktirilganligi, Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisidagi vakolatli vakili instituti joriy etilganligi va hokazo); Qonunchilik palatasi majlislarida davlat organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish tizimi joriy etilgani; parlament va deputat soʻrovini yuborish tartib-taomillari takomillashganligi; Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi har yilgi milliy maʼruzani eshitish amaliyotining joriy qilinganligi va hokazo. 2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, fuqarolik jamiyati institutlari, tegishli vazirlik va idoralar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi. | Iyun | Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi |
6. | Parlament faoliyatining raqamlashtirilishi: qonun ijodkorligi, parlament nazorati va xalq bilan ochiq muloqot qilishning yangi bosqichi masalalari | 1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: “Elektron parlament” tizimining ishga tushirilganligi; Oliy Majlis palatalarida qonun loyihalarini koʻrib chiqishning barcha bosqichlari raqamlashtirilganligi (e-qonun.uz); Qonunchilik palatasi majlislari va “Hukumat soati” tadbirlari rasmiy veb-saytda toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatilayotganligi; mustaqillik yillarida qabul qilingan muhim qonunlarning soha rivojida alohida oʻrin tutganligi; saylovchilarning deputatlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilishi, onlayn murojaat etishi hamda deputatlar qabuliga yozilishi, murojaatlarni elektron tarzda yuborish imkoniyati yaratilganligi; parlament soʻrovi va deputat soʻrovini yuborish hamda ularga javoblarni qabul qilishning barcha jarayonlari raqamlashtirilganligi; “Mening fikrim” maxsus veb-portali ishga tushirilganligi va hokazo. 2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, fuqarolik jamiyati institutlari, “aql markazlari”, tegishli vazirlik va idoralar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi. | Iyun | Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi |
7. | Mamlakatimizning xavfsizligini va mudofaa salohiyatini kuchaytirish borasidagi islohotlarni yanada kuchaytirishda parlamentning oʻrni | 1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: Oʻzbekistonning milliy xavfsizligini taʼminlash tizimining hamda mamlakatimiz mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini oshirishning huquqiy asoslari yanada mustahkamlanganligi; Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi qabul qilinganligi; deputatlar tomonidan mudofaa va xavfsizlik sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar; sohadagi islohotlarning izchilligi va samaradorligini taʼminlashda parlament nazoratining ahamiyati va hokazo. 2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, tegishli vazirlik va idoralar va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi. | Iyun | Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi |
8. | Parlament aʼzolarining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi islohotlarni amalga oshirish jarayonidagi ishtiroki | 1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: mustaqillik yillarida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida qabul qilingan qonunlar va bunda parlamentning roli; mamlakatimizda qulay ekologik holatni barqaror saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda deputatlar korpusining faol ishtirok etayotganligi; ekologik xavfsizlik hamda barqarorlikni taʼminlash borasida joylarda taʼsirchan parlament va deputat nazorati olib borilayotganligi va hokazo. 2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, fuqarolik jamiyati institutlari, tegishli vazirlik va idoralar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi. | Iyun | Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi |
9. | Yangi Oʻzbekistonda vakillik organlari tizimi: parlament va xalq deputatlari mahalliy kengashlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar | 1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: soʻnggi yillarda jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining roli tobora oshib borayotganligi; xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini tashvishga solayotgan dolzarb masalalarni hal etish boʻyicha vakolatlari izchil takomillashtirib borilayotganligi; parlamentning xalq deputatlari mahalliy Kengashlar bilan hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotganligi. 2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, fuqarolik jamiyati institutlari, tegishli vazirlik va idoralar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi. | Iyul | Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi |
10. | Yangi Oʻzbekistonning faol parlamentlararo hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari | 1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: mamlakatimiz tashqi siyosatining huquqiy asoslari yanada mustahkamlangani; Oʻzbekiston Respublikasining parlament diplomatiyasi konsepsiyasining qabul qilinganligi; parlament samarali tashqi siyosatni amalga oshirib, koʻplab nufuzli parlamentlararo birlashmalarning (Parlamentlararo Ittifoq, YXHT Parlament Assambleyasi va MDH Parlamentlararo Assambleyasi va boshqa xalqaro parlamentlararo tashkilotlar) faol ishtirokchisiga aylanganligi; parlamentlararo hamkorlik guruhlarining soni keskin oshgani, ularning vazifa va vakolatlari yanada kengayib, maqomi oshirilganligi (Parlamentlararo hamkorlik kengashi, parlamentlararo komissiyalar tuzilgani); soʻnggi yillarda “5+1” formatida tashkil etib kelinayotgan Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa xorijiy parlamentlar rahbarlari, vakillari bilan uchrashuvlar yanada koʻpayib, ularning yigʻilishlarida dolzarb masalalar muhokama qilinayotganligi va hokazo. 2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, fuqarolik jamiyati institutlari, tegishli vazirlik va idoralar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi. | Iyul | Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi |
11. | Ijtimoiy sohaga doir islohotlarning huquqiy asoslarini yaratishda parlamentning roli | 1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: mustaqillik yillarida qabul qilingan muhim qonunlarning soha rivojida alohida oʻrin tutganligi; ijtimoiy sohani rivojlantirishda parlamentning oʻrni; deputatlar tomonidan ijtimoiy sohadagi qonunchilikni takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar; ijtimoiy sohadagi islohotlarning izchilligi va samaradorligini taʼminlashda parlament nazoratining ahamiyati va hokazo. 2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, fuqarolik jamiyati institutlari, tegishli vazirlik va idoralar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi. | Iyul | Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi |
12. | Fan-taʼlim, sport va madaniyat sohalarini tartibga soluvchi huquqiy asoslarning takomillashuvi va bunda parlamentning oʻrni | 1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: mustaqillik yillarida taʼlim, sport, madaniyat sohalarida muhim qonunlarning qabul qilinganligi; soʻnggi yillarda mamlakatimizda mazkur sohalarda keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotgani va ushbu jarayonda parlamentning roli ortib borayotganligi; deputatlarning taʼlim sohasidagi qonunchilikning huquqiy asoslarini mustahkamlash borasidagi tashabbuskorligi; ushbu sohalarda taʼsirchan parlament nazorati oʻrnatilganligi va hokazo. 2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, fuqarolik jamiyati institutlari, tegishli vazirlik va idoralar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi. | Iyul | Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi |
13. | Istiqlol yillarida tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash borasidagi islohotlar jarayonida parlamentning oʻrni va roli | 1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: mustaqillik yillarida tadbirkorlik sohasini rivojlantirish borasida qabul qilingan qonunlarning ahamiyati beqiyos ekanligi; ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash maqsadida tadbirkorlik subyektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalar; tadbirkorlikni ravnaq toptirish, biznes muhitini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazorati olib borilayotganligi va hokazo. 2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, fuqarolik jamiyati institutlari, tadbirkorlar, tegishli vazirlik va idoralar, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi. | Iyul | Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi |
14. | Mustaqillik davrida agrar sohadagi islohotlar huquqiy asoslarining yaratilishi: natijalar va istiqboldagi rejalar | 1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: mustaqil Oʻzbekistonda agrar sohadagi islohotlarning huquqiy asoslarini yaratishda parlamentning roli; soʻnggi yillarda sohani rivojlantirish borasida qabul qilingan qonunlarning ahamiyati; deputatlar tomonidan agrar tarmoqni rivojlantirish maqsadida soha vakillariga qulaylik va yengilliklar yaratish, imtiyoz va preferensiyalar berishga qaratilgan qonunchilik tashabbuslari; agrar tarmoqni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi sohasini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazorati olib borilayotganligi va hokazo. 2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, tegishli soha xodimlari, vazirlik va idoralar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi. | Iyul | Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi |
15. | Mustaqillik yillarida mamlakatni innovatsion rivojlantirish, sohalar va tarmoqlarga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish borasidagi islohotlarda parlamentning ishtiroki masalalari | 1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: mustaqillik yillarida qabul qilingan muhim qonunlarning sohalar rivojida alohida oʻrin tutganligi; istiqlol yillarida Oʻzbekistonni innovatsion rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va bunda parlamentning ishtiroki; barcha sohalarga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish borasidagi islohotlarni amalga oshirishda deputatlar korpusi tomonidan olib borilgan ishlar va hokazo. 2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, “aql markazlari”, tegishli vazirlik va idoralar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi. | Avgust | Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi |
16. | Yangi Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashning demokratik-institutsional tizimini yaratish, ularning davlat va jamiyat hayotidagi rolini yanada kuchaytirish borasidagi islohotlarda parlamentning oʻrni | 1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: soʻnggi yillarda qabul qilingan muhim qonunlarning soha rivojida alohida oʻrin tutganligi; davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish borasidagi islohotlar va bunda parlamentning ishtiroki; fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimining yanada takomillashtirilayotganligi; Oliy Majlis huzurida Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi hamda mazkur fond mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasi faoliyat yuritayotganligi va hokazo. 2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, fuqarolik jamiyati institutlari, tegishli vazirlik va idoralar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi. | Avgust | Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi |
17. | Deputatlar korpusining ijtimoiy masalalarni hal etishdagi tashabbuskorligini qoʻllab-quvvatlashning yangicha tizimi | 1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashabbusli budjet boʻyicha deputatlarga berilgan vakolat saylovchilar va aholining oʻz vakillariga boʻlgan ishonchini yanada oshirganligi; deputatlarning saylovchilar oldidagi masʼuliyati yanada ortganligi; saylov okruglarida ijtimoiy masalalarni hal etish uchun deputatlarni zarur resurslar bilan taʼminlash amaliyotining yoʻlga qoʻyilganligi; tashabbusli budjet loyihalarini moliyalashtirishda oliy davlat vakillik organi tomonidan nazoratning kuchaytirilganligi (Qonunchilik palatasining Tashabbusli budjet jarayonlarida parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha komissiyasi tuzilganligi); deputatlarning “Mening bogʻim” loyihasini amalga oshirishdagi ishtirok etish amaliyoti yoʻlga qoʻyilganligi va hokazo. 2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, fuqarolik jamiyati institutlari, tegishli vazirlik va idoralar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi. | Avgust | Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi |
III. Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy tadbirlari | ||||
18. | Siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan partiyalar saylovoldi dasturlaridan kelib chiqib, milliy davlatchilikni rivojlantirishda hamda Yangi Oʻzbekistonda barcha sohalardagi islohotlarning izchilligini taʼminlashda mustaqillikning oʻrniga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazish | “Tadbirkorlikni rivojlantirish va biznes faoliyati uchun yaratilayotgan imkoniyatlar: huquqiy asoslar va amaliy natijalar” mavzusida davra suhbati tashkil etish. | May | OʻzLiDeP fraksiyasi |
“Taʼlim tizimini takomillashtirish, oʻqitish sifatini oshirish, ilm-fan taraqqiyotini taʼminlash — mustaqillikni mustahkamlashning bosh mezoni” mavzusida davra suhbati oʻtkazish. | Iyun | “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi | ||
“Ijtimoiy davlat — mustaqillikning bosh maqsadi va Yangi Oʻzbekistonning strategik tanlovi” mavzusida davra suhbati oʻtkazish. | Iyul | OʻzXDP fraksiyasi | ||
“Yangi Oʻzbekiston — insonparvar demokratik davlat: insonning oliy qadriyatlari, ayollar va bolalar huquqlarini ishonchli taʼminlash masalalari sud-huquq sohasidagi islohotlarning asosi” mavzusida davra suhbati tashkil etish. | Iyul | “Adolat” SDP fraksiyasi | ||
“Mamlakatimizning ekologik barqarorlikni taʼminlashda parlamentning roli” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini tashkil etish. | Avgust | Ekologik partiya fraksiyasi | ||
IV. Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan saylov okruglarida amalga oshiriladigan ishlar | ||||
19. | Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan saylov okruglarida aholi bilan uchrashuvlar va muloqotlar tashkil etish, shuningdek hududlarda oʻtkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish | Saylov okruglarida saylovchilar, keksa avlod kishilari, nogironlar, urush va mehnat faxriylari, atoqli arboblar, yoshlar ishtirokida mustaqillik bayramiga bagʻishlangan uchrashuvlar, tadbirlar, suhbatlar va ochiq muloqotlar tashkil etish. Bunda quyidagilarni keng jamoatchilikka yetkazishga alohida eʼtibor qaratiladi: mustaqillikning mustahkamlanishida milliy parlamentarizmning oʻrni, parlament tomonidan qabul qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga taʼsiri, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning roli; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha parlamentga zarur vakolatlar berilgani; milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng asosiy sharti va garovi ekanligini; jahondagi tinchlik inqirozi sharoitida mustaqillik — milliy oʻzlik va davlatchilik asosi ekanligini. | Iyul-avgust | Siyosiy partiyalar fraksiyalari |
1. Hududlarda oʻtkaziladigan bayram tadbirlarida, “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan “Mustaqillik toʻyi” (festivali) tadbirlarida, istirohat bogʻlaridagi umummilliy xalq sayillarida qatnashish. 2. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylarining, keksa avlod vakillarining, ijtimoiy koʻmakka muhtoj insonlarning holidan xabar olish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkaziladigan “Ezgulik karvoni” xayriya aksiyalarida ishtirok etish. 3. “Saxovat”, “Muruvvat” uylarida yashovchilarni, “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilarini, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan hamda koʻmakka muhtoj insonlarni yoʻqlash, shuningdek boquvchisi yoʻq keksalarga, nogironligi boʻlgan shaxslarga, kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarga maʼnaviy yordam koʻrsatish. 4. Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshiriladigan ijtimoiy-madaniy obyektlar, yirik sanoat, madaniyat, taʼlim va sport muassasalarining tantanali ochilish marosimlarida ishtirok etish. | Avgust | Siyosiy partiyalar fraksiyalari | ||
V. Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshiriladigan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish | ||||
20. | Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish | “Xalq soʻzi”, “Narodnoye slovo”, “Yangi Oʻzbekiston”, “Pravda Vostoka” kabi markaziy gazetalarda hamda internet nashrlarida Qonunchilik palatasi deputatlarining milliy istiqlolimizning davlatchiligimiz tarixi, hozirgi va kelajak hayotimiz uchun beqiyos ahamiyatini ochib berishga qaratilgan tahliliy maqolalarini eʼlon qilib borish. Maqolalarda quyidagi mavzularni yoritishga alohida eʼtibor qaratish: milliy parlamentarizmning taraqqiyot odimlari, qabul qilingan qonunlarning ahamiyati, davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlis rolining oshirilishi, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha vakolatlarining yanada kengaytirilganligi; mustaqillik yillarida amalga oshirilgan zalvorli islohotlar hamda ularning huquqiy asoslarini mustahkamlash borasida parlament tomonidan olib borilgan ishlar katta ahamiyatga ega ekanligi; Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida yuzaga kelgan ulkan imkoniyat va yutuqlar; yangi tahrirdagi Konstitutsiya hamda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi asosida inson qadr-qimmatini yuksaltirish, xalqimiz turmush farovonligini yanada oshirish, ijtimoiy sohalarni va iqtisodiyotni barqaror surʼatlarda rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ular berayotgan natijalar. | May — avgust | Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati siyosiy partiyalar fraksiyalari va qoʻmitalar bilan birgalikda |
Qonunchilik palatasining qoʻmitalari tomonidan oʻtkaziladigan kengaytirilgan yigʻilishlar yakunlaridan kelib chiqib, qoʻmitalar raislarining “Xalq soʻzi”, “Narodnoye slovo”, “Yangi Oʻzbekiston”, “Pravda Vostoka” kabi markaziy gazetalarda tahliliy maqolalarini tayyorlash va chop etish reja-jadvalini ishlab chiqish. | May | Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati | ||
Davlat va nodavlat teleradiokanallarda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan tashkil etiladigan telekoʻrsatuvlar hamda radioeshittiruvlarda Qonunchilik palatasi deputatlarining ishtirokini taʼminlash hamda ularning intervyulari va suhbatlarini tashkil etish. | May — avgust | Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan birgalikda | ||
Qonunchilik palatasi deputatlarining ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalarida bayram tabriklari bilan chiqishlarini tashkil etish. | May — avgust | Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati, Qonunchilik palatasi deputatlari | ||
#Mustaqillik35, #Uzb35 xeshteglari, shuningdek “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” hamda “Vatan manfaati — xalq manfaati!” ruknlari ostida deputatlar ishtirokida bayram tabrigiga bagʻishlangan qisqa roliklarni tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish. | Iyun — avgust | Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati, Qonunchilik palatasi deputatlari | ||
Mustaqillik bayrami arafasida Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglariga chiqishlari tasvirlangan jonli, qisqa videolavhalar tayyorlash. Qisqa lavhada hududlarda mustaqillik yillarida yaratilgan imkoniyatlar, xususan, vakillik organlari faoliyatini yanada kuchaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda xalq vakillarining faoliyati xususida saylovchilarning qisqa intervyularini joylashtirish. | Iyun — avgust | Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan birgalikda | ||