29.05.1998 yildagi 235-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida” 1997-yil 25-iyundagi PF-1791-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi to‘g‘risida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining ushbu masalalar yuzasidan qabul qilgan qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

Umumiy tadbirlar

T/r

Tadbirlar

Bajarish
muddati

Mas’ullar

1.

“Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi”ni vazirliklar, davlat qo‘mitalari, hokimliklar, jamoat tashkilotlari, korxonalar va muassasalarda atroflicha o‘rganish va uni amalga oshirishni ta’minlash

1998-yil,
II chorakdan boshlab

Vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarining rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalliy hokimiyat organlari, “Mahalla”, “Kamolot”,
“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armalari, “Oila” ilmiy-uslubiy markazi

2.

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, hokimliklar huzurida har oyning oxirgi haftasida “huquqiy bilimlar” o‘quv mashg‘ulotlarini joriy etish.

1998-yildan boshlab muntazam ravishda

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari rahbarlari, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari

3.

Huquqiy sohadagi dolzarb muammolarni tadqiq qilishni davlat tomonidan moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish. Oliy malakali ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlashni tubdan yaxshilash yuzasidan chora-tadbirlar belgilash.

1998-yil,
III chorak

Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Fanlar akademiyasi

4.

O‘zbekiston xalqining siyosiy-huquqiy yodgorliklari ro‘yxatini tuzish, ularning matnlarini to‘plash va nashr qilish chora-tadbirlarini ko‘rish

1998-yil,
III chorak

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi, huquqiy ma’rifat targ‘ibot markazi “Oltin meros” jamg‘armasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, “O‘zteleradio” kompaniyasi, “Adolat”, “O‘zbekiston” va “O‘qituvchi” nashriyotlari

5.

Huquqshunoslikka ixtisoslashtirilgan 4 ta akademik litsey tashkil etish (Toshkent, Farg‘ona, Samarqand va Nukus shaharlarida)

1999-2000-yillar

Oliy ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

6.

Huquqiy madaniyatni yuksaltirish muammolariga bag‘ishlab konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari tashkil etish

1998-yildan boshlab muntazam ravishda

Adliya vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, huquqiy ma’rifat targ‘ibot markazi

7.

O‘zbekistonda yuridik ta’limning yagona konsepsiyasini yaratish va uni hayotga tatbiq etish tadbirlarini ishlab chiqish

1998-yil,
IV chorak

Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi

I. Fuqaro, jamiyat va davlatning o‘zaro munosabatlarida aholining huquqiy
madaniyatini hamda ijtimoiy faolligini yuksaltirish

1.

Fuqarolarni qonunlarga itoatkorlik ruhida tarbiyalash, har bir shaxsda qonunga hurmat tuyg‘usini shakllantirishni ta’minlash

Muntazam ravishda

“O‘zteleradio” kompaniyasi, huquqiy ma’rifat targ‘ibot markazi, barcha gazeta va jurnallar tahririyatlari

2.

Aholining turli ijtimoiy guruhlariga tegishlicha huquqiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan jamoatchilik asosidagi yuridik maslahatxonalar tashkil etish

Muntazam ravishda

Adliya vazirligi, hokimliklar, “Kamolot” “Nuroniy”,
“Navro‘z”, “Mahalla”, “Oltin meros”, “Ulug‘bek”, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armalari

3.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi “Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi” institutining aholi huquqiy madaniyatini takomillashtirishdagi faoliyati samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish

Muntazam ravishda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi “Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi” instituti

4.

Talabalar uyiga huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari faol jalb etilib, huquqiy ta’lim bo‘yicha muloqotlar uyushtirish

Muntazam ravishda

Oliy ta’lim vazirligi, huquqni muhofaza qilish organlari

5.

Keng jamoatchilikka huquqiy ta’limni singdirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida muntazam ravishda tele- va radiolektoriy tashkil etish, unda qonun majmualari sharhini berib borish

Muntazam ravishda

“O‘zteleradio” kompaniyasi

II. Fuqarolarning huquqiy ta’limi va huquqiy tarbiyasini takomillashtirish

1.

Maktabgacha tarbiya muassasalarida “Ilk huquqiy tushunchalar” mashg‘ulotlarini joriy etish

1998-99 o‘quv yilidan boshlab

Xalq ta’limi vazirligi

2.

Huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quvchilarning respublika olimpiadalarini o‘tkazib borish

1999-yil, aprel-may oylaridan boshlab

Xalq ta’limi, Adliya vazirliklari, huquq tartibot organlari bilan hamkorlikda

3.

O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga asoslanib, Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari tizimida huquqshunoslikka oid fanlardan test sinovlarini joriy qilish

1998-99 o‘quv yilidan boshlab

Oliy ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari, Davlat test markazi, Adliya vazirligi, Huquqiy ma’rifat targ‘ibot markazi

4.

Talaba yoshlarga huquqiy ma’rifatni yetkazish maqsadida Respublika Ichki ishlar vazirligi, Oliy Sudi, Oliy xo‘jalik Sudi, Prokuratura idoralari bilan ularning xodimlarini mashg‘ulotlarga jalb qilish haqida o‘zaro shartnomalar tuzish

1998-99 o‘quv yilidan boshlab

Oliy ta’lim vazirligi, Prokuratura, Oliy Sud, Oliy xo‘jalik sudi, IIV bilan hamkorlikda

5.

Talaba yoshlarning huquqiy bilimi va huquqiy madaniyatini takomillashtirish maqsadida turli huquqiy mavzularda davra suhbatlari, munozaralar, savol-javob tadbirlarini o‘tkazish

1998-99 o‘quv yilidan boshlab

Oliy ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari, Prokuratura, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi bilan hamkorlikda

6.

Huquqiy bilimlar va huquqiy madaniyatni mukammal egallagan talabalarni rag‘batlantirishning aniq usullarini ishlab chiqish va tatbiq etish

1998-yil

Oliy ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari, “Kamolot”, “Mahalla” jamg‘armalari bilan hamkorlikda

7.

Oliy ta’lim tizimi gazetalarida huquqiy bilim va madaniyatni shakllantirish va takomillashtirishning dolzarb muammolariga doir maqolalar muntazam chop etilishini ta’minlash

Muntazam ravishda

Oliy ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari

8.

Ta’lim muassasalarida huquqbuzarlik, qoidabuzarlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik va boshqa jinoiy hodisalarning oldini olish bo‘yicha maxsus dastur, ish rejalari tuzish va ularni amalga oshirish

Muntazam ravishda

Oliy ta’lim va Xalq ta’limi vazirliklari, Oliy sud, Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi

9.

Gazeta, jurnallarda hamda radio va televideniye orqali yoshlarning huquqiy ta’lim-tarbiyasi mavzusida olimlar, o‘qituvchi, tarbiyachilarning chiqishlarini uyushtirish. “Ma’rifat”, “Uchitelskaya gazeta”, “Tong yulduzi”, “Turkiston” va boshqa gazetalar sahifalarida huquqiy bilimlar ruknlarini tashkil etish

1998-yildan boshlab muntazam ravishda

“O‘zteleradio” kompaniyasi, gazeta va jurnallarning tahririyatlari

10.

Kutubxonalarni huquqiy ta’lim-tarbiyaga oid adabiyotlar bilan boyitish va huquqiy ta’lim-tarbiya bo‘yicha maxsus burchaklar tashkil etish. Adabiyotlar nashr etish va tarqatish

1998-yildan boshlab muntazam ravishda

Xalq ta’limi, Oliy ta’lim vazirliklari, Madaniyat ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat matbuot qo‘mitasi

11.

O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Vatanni sevmoq iymondandur”, “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin”, “Vatan tuprog‘i — sajdagohimiz”, “Biz huquqni nima uchun bilishimiz kerak?” mavzularida insholar ko‘rik tanlovini o‘tkazish

Har yili bir marta

Xalq ta’limi, Oliy ta’lim vazirliklari

12.

Huquqshunoslik fanlarini barcha oliy, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari va o‘rta maktablarning test sinovlari va davlat imtihonlari tarkibiga kiritish

1998-99 o‘quv yilidan boshlab

Adliya vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat test markazi

13.

Huquqiy ta’lim va tarbiya sohasidagi ma’naviy merosimizni hamda xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va o‘zlashtirishni tashkil etish

1998-yildan boshlab

Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zR FA, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz

14.

Yuridik o‘quv yurtlari bilan xorijiy davlatlar yuridik o‘quv yurtlari o‘rtasida aloqa bog‘lash hamda O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonarining bu sohadagi imkoniyatlardan foydalanish

Muntazam ravishda

Tashqi ishlar vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi, yoshlarning
“Kamolot”, “Umid” jamg‘armalari

15.

Yoshlarning xorijiy davlatlardagi turli maxsus huquqiy kurslarida ta’lim olishlari uchun Soros fondi, BMT, EXHT (OBSE), Yevropa hamjamiyatining TASIS dasturi kabi tashkilotlarning xizmatlaridan unumli foydalanish

Muntazam ravishda

Tashqi ishlar vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi, yoshlarning
“Kamolot”, “Umid” jamg‘armalari

16.

Turli xalqaro tashkilotlarning axborot markazlari bilan aloqalarni va axborot ayirboshlashni yo‘lga qo‘yish. Yangi olingan axborotlarni ommaga tarqatish

Muntazam ravishda

Tashqi ishlar vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi, yoshlarning
“Kamolot”, “Umid” jamg‘armalari

17.

Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish ishlarida ta’sirchanlikni oshirish maqsadida Konstitutsiya, Prezident farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining huquqiy mavzularda chiqarilgan qarorlaridan ayrim bandlarini plakat, shior va boshqa rangli, bezakli tarzda chop ettirib, ularning maktablar, o‘quv yurtlari, mahallalar, korxona, tashkilot, muassasalar, shuningdek aholi ko‘p yashaydigan va mehnat qiladigan joylarga ilib qo‘yilishini tashkil etish

1998-yil,
III chorak

Adliya, Oliy ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari, “Kamolot”, “Mahalla” jamg‘armalari, Davlat matbuot qo‘mitasi, huquqiy ma’rifat targ‘ibot markazi

III. Davlat organlari xodimlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning
huquqiy savodxonligini oshirish

1.

Attestatsiya jarayonida rahbar shaxslarning huquqiy bilimi va huquqiy madaniyati, ularning qonunlarni bilishlari va unga amal qilishlarini hisobga olishni ta’minlash. Attestatsiyani test sinovlari asosida o‘tkazish

1998-yildan boshlab muntazam ravishda

Adliya vazirligi, Xalq ta’limi, Oliy ta’lim vazirliklari, Davlat test markazi

2.

Davlat idoralarida, muassasalarida xo‘jalik rahbarlari, xodimlar va mansabdor shaxslarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida qisqa muddatli huquqiy ta’lim mashg‘ulotlari tashkil qilish

Muntazam ravishda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, vazirliklar va Davlat qo‘mitalari, hokimliklar, korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlari

3.

Adliya vazirligi tomonidan nashr qilinayotgan qonun to‘plamlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlar “Axborotnoma”si tirajlarini ko‘paytirish va erkin obuna bo‘lishni ta’minlash

Muntazam ravishda

Adliya vazirligi, Davlat matbuot qo‘mitasi

4.�

Davlat xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida, ular faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda huquqiy bilim asoslarini albatta o‘qitishni ta’minlash

Muntazam ravishda

Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi

5.

Aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, o‘quv yurtlari, mahallalarda fuqarolar bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, advokatlar va huquqshunos olimlar uchrashuvlarini tashkil qilish

Muntazam ravishda

Huquqiy ma’rifat targ‘ibot markazi. Sud, Prokuratura, Ichki ishlar organlari va “Mahalla” xayriya jamg‘armasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Advokatlar uyushmasi, O‘zR FA Falsafa va huquq instituti

IV. Yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish

1.

O‘quv yurtlarida ishlayotgan huquqshunos mutaxassislar tarkibini o‘rganish (attestatsiyadan o‘tkazish) va ixtisoslik malakasini oshirish va qayta tayyorlash yo‘llarini o‘rganish bo‘yicha test savollarini ishlab chiqish va ularni amalda qo‘llash

1998-99 o‘quv yili

Xalq ta’limi, Oliy ta’lim vazirliklari, Davlat test markazi

2.

Huquqshunoslar malakasini oshirib borish maqsadida qisqa muddatli ta’limga mo‘ljallangan Yuridik universitetlar tashkil etish va davlat sertifikatlari berish

Muntazam ravishda

Adliya vazirligi, IIV, O‘zR FA FHI, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Sudyalar uyushmasi, Oliy xo‘jalik sudi, Advokatlar uyushmasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, “O‘zteleradio” kompaniyasi,
“Mahalla” xayriya, “Kamolot” jamg‘armalari

3.

Yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda tegishli davlat idoralariga ilmiy va amaliy yordam ko‘rsatish

Muntazam ravishda

Adliya vazirligi, O‘zR FA, IIV akademiyasi, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi

4.

Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini Dastur asosida takomillashtirish

Muntazam ravishda

Adliya vazirligi

5.

Markazning moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilar salohiyatini talab darajasiga yetkazish

1998-yil davomida

Adliya vazirligi

6.

Huquqshunos kadrlarning malakasini oshirish, qayta tayyorlash maqsadida chet el yetakchi oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlariga mutaxassislarni yuborish

Muntazam ravishda

“Ustoz” jamg‘armasi, Adliya vazirligi, O‘zR FA, IIV akademiyasi, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi

7.

Huquqshunos kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, vazirliklar, idoralar va viloyatlarda marketing xizmatlari ma’lumotlari asosida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga huquqshunos mutaxassislar qabul qilish bo‘yicha takliflar berish

Har yili

“Makroiqtisodiyotstat” vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

8.

Xoriji? davlatlarning tajribalarini o‘rgangan holda huquqiy ta’lim va tarbiya sohasidagi mutaxassislarning xorijiy davlatlar o‘quv markazlarida bilim olishi malaka oshirishi va tajriba almashishi ishlarini keng yo‘lga qo‘yish va bu faoliyatning me’yoriy, moddiy va axborot bazasini yaratish

Muntazam ravishda

Tashqi ishlar vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi, yoshlarning
“Kamolot”, “Umid” jamg‘armalari

V. Huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish

1.

Huquqiy fanlar sohasidagi ta’limni takomillashtirish rejalarini tuzish va chet el tajribasini o‘rganish

1998-yildan boshlab muntazam ravishda

Oliy ta’lim vazirligi, O‘zR FA, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi

2.

Huquqiy madaniyatni shakllantirishning pedagogik muammolarini tadqiq etish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish

1998-yildan boshlab

Oliy ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi

3.

Huquqshunos olimlarning “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi” bo‘yicha maqola, risolalarini tayyorlash va nashr etish

1998-yildan boshlab

Oliy ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, O‘zR FA Falsafa va huquq instituti, Davlat matbuot qo‘mitasi

4.

Huquqiy madaniyatni shakllantirish va kjsaltirish usullarini aniqlashda ilmiy izlanishlarning ustuvor yo‘nalishini aniqlash va ilmiy tadqiqotlar olib borish

1998-yil

O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi, O‘zR FA

5.

Huquqiy madaniyatning mohiyati, mazmuni, tarkibiy tuzilishi va namoyon bo‘lishining falsafiy, ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik va yuridik muammolarini tadqiq etish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar mavzularini belgilash va DFTQga takliflar kiritish

1998-yil

O‘zR FA, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Oliy ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi

6.

O‘zbekiston Respublikasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, xorijiy davlatlardagi huquqiy madaniyatni oshirishga doir huquqiy-qiyosiy tadqiqotlar natijalarini o‘rganish

1998-yil

Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili, Inson huquqlari bo‘yicha milliy mar�az, O‘zR FA, Adliya vazirligi, IIV akademiyasi

7.

Aholining huquqiy ong va madaniyati darajasini o‘rganish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar, shaharlarda sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish, ularning natijalari asosida tavsiyalar tayyorlash

1998-yil

Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, O‘zR FA Falsafa va huquq instituti

8.

Huquqshunos olimlarning aholi huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha vazifalari mavzusida huquqiy muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari ishtirokida kengaytirilgan anjuman o‘tkazish

1998-yil,
IV chorak

O‘zR FA FHI, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Adliya vazirligi, IIV, Sudyalar uyushmasi, Oliy xo‘jalik sudi, Advokatlar uyushmasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, “O‘zteleradio” kompaniyasi, Huquqiy ma’rifat targ‘ibot markazi

9.

Huquqiy savodxonlik, huquqiy ma’rifat, huquqiy targ‘ibot va tashviqot me’yoriy hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash

1998-yil,
IV chorak

Adliya vazirligi, Respublika Prokuraturasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Huquqiy ma’rifat targ‘ibot markazi, Oliy Sud, Oliy xo‘jalik sudi, Ichki ishlar vazirligi

10.

Respublika huquqni muhofaza etuvchi organlar, yuridik o‘quv yurtlari, ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida axborot almashuvini amalga oshirish

Muntazam ravishda

Adliya vazirligi, IIV, O‘zR FA FHI, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Sudyalar uyushmasi, Oliy xo‘jalik sudi, Advokatlar uyushmasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, “O‘zteleradio” kompaniyasi

11.

Huquqiy fanlarni rivojlantirishning ilmiy asoslangan rejalarini ishlab chiqish va uning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash

1998-yil,
III chorak

Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, O‘zR FA Falsafa huquq instituti

12.

Huquqiy sohada davlat ahamiyatiga molik muammolarni tadqiq qilishning davlat rejasini ishlab chiqish

1998-yil,
IV chorak

Fan va texnika davlat qo‘mitasi, vazirligi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, O‘zR FA

13.

Huquqiy sohadagi ilmiy-tadqiqotlar natijalaridan davlat idoralari, korxona, tashkilot, muassasalar, ularning mansabdor shaxslarini va keng jamoatchilikni xabardor qilib turish

Muntazam ravishda

Fan va texnika davlat qo‘mitasi, nashriyotlar, Davlat matbuot qo‘mitasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi

14.

Huquqiy sohadagi dolzarb muammolarni tadqiq qilishning davlat tomonidan rag‘batlantirilishi. O‘zbekiston uchun zarur bo‘lgan huquqiy sohadagi mutaxassisliklar bo‘yicha doktorantura, aspiranturalarga ko‘proq joy ajratish

Muntazam ravishda

Moliya vazirligi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Oliy attestatsiya komissiyasi

Yuridik o‘quv yurtlarining moddiy-texnika va moliya bazasini mustahkamlash, yuridik
adabiyotlar nashr etishga davlat madadini ta’minlash chora-tadbirlari

1.

Yuridik o‘quv yurtlari moddiy-texnika va moliya bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni jahonning yuridik o‘quv markazlari bilan hamkorligini kuchaytirish

Muntazam ravishda

Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi

2.

Yuridik o‘quv yurtlari moddiy-texnika va moliya bazasini mustahkamlashda ichki imkoniyatlardan unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish (pullik yuridik maslahatlar ko‘rsatish, grantlar yutish, huquqiy ommabop adabiyotlar chop etish va boshqalar)

Muntazam ravishda

Oliy ta’lim vazirligi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi

3.

Xalqaro huquqning umumiy tamoyillari hamda inson huquqlarini himoya qilish xalqaro standartlarini hisobga olgan holda o‘quv darsliklari va maxsus dasturlar yaratish

Muntazam ravishda

Oliy ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi, Inson huquqlari milliy markazi, Tashqi ishlar vazirligi, yoshlarning
“Kamolot” va “Umid” jamg‘armalari

4.

Inson huquqlari, ijtimoiy masalalar, pensiya ta’minoti, nikoh-oila munosabatlari bo‘yicha qonunlar to‘plamlarini nashr etish, yuridik ma’lumotnomalar va ilmiy-ommabop huquqiy adabiyotlar chiqarish

Muntazam ravishda

Davlat matbuot qo‘mitasi, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, Huquqiy ma’rifat targ‘ibot markazi, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, “Ulug‘bek”,
“Kamolot”,“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armalari

5.

“Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonunlari asosida respublikamiz viloyatlari va yirik shaharlarida huquqshunoslik fanlari chuqurlashtirilib o‘qitiladigan maxsus akademik litseylar uchun maxsus dasturlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratish

1999-2000 o‘quv yilidan boshlab

Oliy ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, viloyat va shahar hokimliklari

6.

O‘rta umumta’lim maktablarining 1—4-sinflarida “Huquq alifbosi”, 5—8-sinflari fanlar tarkibida “Huquq saboqlari”, 9-sinflar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida “Davlat va huquq asoslari”, “Inson huquqlari”,
“Qonunchilik asoslari” fanlarini kiritish va shu maqsadda dasturlar, darslik hamda mavjud qo‘llanmalarni qayta ishlash va yangilarini yaratish

1998-99 o‘quv yilidan boshlab

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi va Inson huquqlari milliy markazi bilan hamkorlikda

7.

Jamiyat a’zolari huquqiy savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan huquqiy me’yor va boshlang‘ich tushunchalarning izohli lug‘atini tayyorlash va chop etish

2000-yilgacha

Adliya v�zirligi, Davlat matbuot qo‘mitasi

8.

Kasb-hunar kolleji, maktab, gimnaziya o‘quvchilari uchun “Huquq asoslari”,
“Inson huquqlari”, “Fuqarolik huquqi” bo‘yicha dastur va qo‘llanmalar tayyorlash va nashr etish

2000-yilgacha

Oliy ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi

9.

Oilada huquqiy savodxonlik va huquqiy tarbiyani yuksaltirish bo‘yicha tavsiya, ommabop risolalar tayyorlash va chop etish

2000-yilgacha

Davlat matbuot qo‘mitasi, Adliya vazirligi

10.

Jamiyat a’zolarining xalqaro huquq to‘g‘risidagi savodxonligini oshirish maqsadida Adliya vazirligi v� Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda xalqaro hujjatlar to‘plamini chop etishga kirishish. Bu hujjatlarni respublikamiz oliy o‘quv yurtlarida keng o‘rganish

Muntazam ravishda

Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Inson huquqlari milliy markazi

11.

Ommaviy axborot vositalari, xususan, televideniye, radio, gazeta va jurnallar orqali yangi huquqiy hujjatlarni tushuntirish, sharhlash, uchrashuvlar o‘tkazish, maqolalar e’lon qilish va chop etish

Muntazam ravishda

Adliya vazirligi, IIV, O‘zR FA, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi. Sudyalar uyushmasi, Oliy xo‘jalik sudi, Advokatlar uyushmasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, “O‘zteleradio” kompaniyasi

12.

Qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlarni oddiy, ommabop shaklda tushuntiruvchi sharhlar, savolnomalar ommabop kitob va boshqa huquqiy adabiyotlar turkumini chop etishni yo‘lga qo‘yish

1998-yildan boshlab muntazam ravishda

Adliya vazirligi, huquqiy ma’rifat targ‘ibot markazi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, “Adolat” nashriyoti