25.06.1997 yildagi PF-1791-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HUQUQIY TARBIYANI YaXShILASh, AHOLINING HUQUQIY MADANIYATI DARAJASINI YUKSALTIRISh, HUQUQShUNOS KADRLARNI TAYYORLASh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh, JAMOATChILIK FIKRINI O‘RGANISh IShINI YaXShILASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy demokratik davlat qurilishi, qonunchilikni mustahkamlash va ijtimoiy adolat qaror topishini ta’minlash, ma’naviy va madaniy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi mazmun bilan boyitish, aholining huquqiy bilimi va ongini yuksaltirish, jamiyatni siyosiy faolligini oshirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish va jamoatchilik fikrini o‘rganish borasidagi ishlarni yaxshilash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Aholining huquqiy madaniyatini oshirish va huquqiy tarbiyasini yaxshilash yuzasidan olib borilayotgan ishlar — davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada huquqiy davlat qurilishi yo‘lida olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlar va bu borada qabul qilingan qonunlar mohiyatini aholi tomonidan chuqur anglab yetishiga har tomonlama ko‘maklashish — davlat boshqaruv, huquqni muhofaza qilish idoralari, o‘quv yurtlari hamda huquqshunos olimlarning eng dolzarb vazifalari ekanligi ko‘rsatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi, “Mahalla” xayriya jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasidagi inson huquqlari bo‘yicha va boshqa bir qator manfaatdor tashkilotlarning “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazini tuzish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2.1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5667-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘kotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2019-y., 06/19/5667/2648-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Jamoatchilik fikrini o‘rganish Markaziga “O‘zbekistonda jamoatchilik fikri” maxsus davriy jurnalini o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr qilishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Tashqi ishlar vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish Markaziga xorijdagi shu yo‘nalishda ish yurituvchi tashkilotlar bilan xalqaro aloqalarni amalga oshirish, uning so‘rovlariga muvofiq tegishli axborotlarni taqdim qilish borasida yordam ko‘rsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyalari hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning me’yoriy hujjatlari va statistik to‘plamlari majburiy ravishda yuboriluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent davlat yuridik instituti huzurida huquqiy ma’rifat targ‘iboti Markazi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalari huzurida uning mintaqaviy bo‘limlari tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) hokimliklari qoshida jamoatchilik asosida huquqiy ma’rifat targ‘iboti Markazining bo‘limlari tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Huquqiy ma’rifat targ‘iboti Markazining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari quyidagicha belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— mamlakatda huquqiy ta’limni tashkil qilishga yordamlashish, aholi o‘rtasida huquqiy bilimlarni targ‘ibot qilish, huquqiy sohadagi ta’lim ishlarini uslubiy jihatdan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— aholi turli ijtimoiy guruhlarining huquqiy madaniyatini oshirish, huquqiy tarbiya va ta’limning zamonaviy turlarini tadbiq etish borasida tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— aholining huquqiy bilimini oshirish maqsadida yangi qonunchilik va me’yoriy huquqiy hujjatlarni davriy umumlashtirilishini amalga oshirish hamda ularni Markazning mintaqaviy bo‘limlariga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— huquqiy ta’limning holatini umumlashtirish va tahlil qilib borish, ularni yaxshilash yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— joylarda huquqiy targ‘ibot ishlarini muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Vazirliklar va idoralar o‘zlarining ta’lim borasidagi ishlarini huquqiy ma’rifat targ‘iboti Markazi bilan muvofiqlashtirsinlar, uning so‘rovlariga ko‘ra leksiyalar o‘qish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun tegishli mutaxassislarni ajratib, har tomonlama ko‘mak bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshida yuristlar malakasini oshirish Markazi tuzilsin, mazkur Markazda adliya, sud, prokuratura, advokatura, davlat boshqaruvi idoralari, mulkchilik turidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlarining o‘qitilishi ko‘zda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Quyidagilar Yuristlar malakasini oshirish Markazining asosiy vazifalari qilib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) huquqshunos kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) huquq sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, huquqshunoslar orasida kadrlar siyosatini takomillashtirish borasida tavsiyalarni ishlab chiqish va taqdim qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) huquqshunos kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Yuristlar malakasini oshirish Markazi faoliyatini moliyaviy ta’minlash respublika budjetining davlat hokimiyati va boshqaruviga ajratilayotgan mablag‘lari hisobiga amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Markazga o‘quv va tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun respublika va chet el ilmiy markazlarining ko‘zga ko‘ringan olimlarini, tajribali amaliyotchilarni o‘rindoshlik yoki alohida shartnomalar tuzish yo‘li bilan jalb etish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Yuristlar malakasini oshirish Markazi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning me’yoriy hujjatlari va statistik to‘plamlari majburiy ravishda yuboriluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddat ichida Adliya vazirligi tizimida fuqarolarning adliya va sud idoralari xodimlarining noqonuniy harakatlari ustidan shikoyat va arizalarini ko‘rib chiqadigan alohida boshqarma tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Adliya vazirligi Davlat matbuot qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralarning respublika aholisi uchun ilmiy-ommabop huquqiy adabiyotlarni nashr qilishni kengaytirish borasida faoliyati dasturini ishlab chiqsin (mavzuli dasturlar ham shu jumladan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Aholiga sotiladigan huquqiy ilmiy-ommabop adabiyotlar va ko‘rgazmali qo‘llanmalar qiymatining 50 foizi davlat budjeti hisobidan qoplanishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Huquqiy ma’rifat targ‘iboti Markazi huzurida ilmiy-ommabop huquqiy adabiyotlarni chiqarish bo‘yicha idoralararo respublika muvofiqlashtiruvchi uslubiy Kengashi tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.3. Mazkur Kengashga nashr qilishga tavsiya qilingan huquqiy adabiyotlarni ilmiy-ommabop adabiyotlar maqomiga kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ushbu Farmonning bajarilishi yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-iyun 1997-y.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1791-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 7-son, 179-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2019-y., 06/19/5667/2648-son)