OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING
Qarori
“OBYEKTLAR, QUVVATLARNI IShGA TUShIRISh VA ULARNING QURILIShIGA KIRITILGAN INVESTITSIYaLARDAN FOYDALANISh TOʻGʻRISIDA HISOBOT” BOʻYIChA 1-QURILISh (YILLIK) VA 1-QURILISh (ChORAKLIK) DAVLAT STATISTIKA HISOBOTI ShAKLLARINI TOʻLDIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 17-fevralda 1314-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2007-yil 25-avgustdagi 7-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2004-yil 23-yanvardagi 3-son “Obyektlar, quvvatlarni ishga tushirish va ularning qurilishiga kiritilgan investitsiyalardan foydalanish toʻgʻrisida hisobot” boʻyicha 1-qurilish (yillik) va 1-qurilish (choraklik) davlat statistika hisoboti shakllarini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”giqarori (roʻyxat raqami 1314-1, 12.09.2007-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. “Obyektlar, quvvatlarni ishga tushirish va ularning qurilishiga kiritilgan investitsiyalardan foydalanish toʻgʻrisida hisobot” boʻyicha 1-qurilish (yillik) va 1-qurilish (choraklik) davlat statistika hisoboti shakllarini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarga foydalanish uchun yetkazilsin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatida qayd qilingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Davlat statistika qoʻmitasining raisi Gʻ. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 23-yanvar,
3-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 7-son, 92-modda)