Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ALKOGOLLI MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARISH VA ULARNING AYLANISHI USTIDAN DAVLAT MONOPOLIYASINI KUCHAYTIRISH HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA ALKOGOLLI VA TAMAKI MAHSULOTLARINI SOTISHDAN BUDJETGA TUSHUMNI KOʻPAYTIRISH YUZASIDAN QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Sifatsiz va qalbaki mahsulotlar kirib kelishidan isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, alkogolli va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat nazoratini kuchaytirish, ularni olib kelish, ishlab chiqarish va sotishdan budjetga daromadlar kafolatli tushishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki:
1998-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan alkogolli mahsulotlarga aksiz soligʻi, uni hisoblab chiqarishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda, 90 foizli stavka boʻyicha undiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
markalanadigan tovarlarni import qiluvchilar aksiz soligʻini toʻliq miqdorda toʻlaganlaridan keyin aksiz markalarini sotib oladilar;
Keyingi tahrirga qarang.
alkogolli mahsulotlarni quyish uchun idishlar, markalaydigan va tiqinlab berkitish materiallari faqat alkogolli ichimliklar ishlab chiqarish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnoma (litsenziya)ga ega boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasining tashqi savdo tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda import qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari bilan import qiluvchilarga boj toʻlovlari boʻyicha berilgan imtiyozlar ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga alkogolli va tamaki mahsulotlari olib kelinishiga joriy etilmaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududi orqali transportning barcha turlari bilan alkogolli va tamaki mahsulotlarini tranzit qilish faqat bojxona nazorati ostida va ularni keyinchalik chegaradosh davlatlarning vakolatli organlariga topshirib, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali bojxona kuzatuviga olganlik uchun 200 EKYU miqdorida toʻlov undirilgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda alkogolli va tamaki mahsulotlari uchun himoyalash darajasi kuchaytirilgan aksiz markalarining yangi namunalari tayyorlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
1998-yil 1-iyuldan boshlab olib kelinayotgan va ishlab chiqarilayotgan alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilsin hamda 1998-yil 1-sentabrdan boshlab ilgari amalda boʻlgan aksiz markalari bilan markalangan alkogolli va tamaki mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotish taqiqlansin.
Aksiz markalari tizimini joriy etish boʻyicha idoralararo komissiya (Hamidov B. S.) alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish tartibini oʻn kun muddatda tasdiqlasin.
“Oʻzkimyosanoat” uyushmasi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi bilan birgalikda aksiz markalarini yelimlash uchun yuqori va past haroratga hamda turli darajadagi namlikka chidamli maxsus yelimni bir oy muddatda ishlab chiqsin va ishlab chiqarishga joriy etsin.
(2-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 6-iyuldagi PF-2051-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 7-son, 131-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi spirt va aksiz markalari bilan markalanadigan mahsulotlarning respublika hududiga noqonuniy olib kelinishining oldini olish yuzasidan taʼsirchan chora-tadbirlar koʻrsin. Bojxona postlarini mustahkamlash yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsin.
4. “Oʻzdavstandart” markazi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi va “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi bilan birgalikda alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini nazorat qilishni taʼminlash maqsadida qalbakilashtirishdan himoyalangan muvofiqlik belgilari (etiketka va tiqinlarda)ni joriy etsin va alkogolli mahsulotlarni koʻrsatib oʻtilgan muvofiqlik belgilari bilan markalash tartibini bir oy muddatda tasdiqlasin.
1998-yil 1-sentabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan muvofiqlik belgilari mavjud boʻlmagan alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarilishi taqiqlansin.
5. “Oʻzdavstandart” markazi “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarilishini, idishlarga quyilishini, saqlanishini va ulgurji sotilishini hisobga olish va nazorat qilish yuzasidan Nizom ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Hisobga olinmagan alkogolli mahsulotlar va spirt ishlab chiqarilishining oldini olish maqsadida “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi bilan birgalikda spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiya liniyalarini bu mahsulotlarni hisobga olish priborlari bilan jihozlashni tashkil etish toʻgʻrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi va “Oʻzdavstandart” markazi bilan birgalikda spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni, hisobga olinmagan mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni sotish yoʻllarini aniqlash uchun zarur hollarda ularni ishlab chiqarish uchun xom ashyo yetkazib beruvchi korxonalarda ham muqobil tekshirishlarni nazarda tutgan holda, shuningdek foydalanilgan xom ashyo miqdori va sifati ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori va sifatiga muvofiqligini yalpi tekshirishdan oʻtkazsinlar.
Tekshirish natijalari toʻgʻrisida 1998-yil 1-avgustgacha Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
8. Belgilab qoʻyilsinki, alkogolli mahsulotlar faqat yuridik shaxslar tomonidan turgʻun savdo tarmogʻi orqali sotiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
1998-yil 1-iyundan boshlab alkogolli mahsulotlarning mayda chakana savdo tarmoqlari (savdo zaliga ega boʻlmagan doʻkonlar, kioskalar va palatkalar)da, dehqon bozorlarida va ulgurji bozorlarda sotilishini toʻxtatish chora-tadbirlarini koʻrsinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
aksiz markalari bilan markalanmagan alkogolli mahsulotlarni sotganlik uchun yuridik shaxslarni alkogolli mahsulotlar sotish huquqini beruvchi ruxsatnoma /litsenziya/lardan mahrum qilsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Belgilab qoʻyilsinki:
spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari — xom ashyo resurslarini sarflash va ularni saqlash, ishlab chiqarishni hisobga olish hamda uni nazorat qilish tartibi buzilganligi, belgilangan standartlarga muvofiq kelmaydigan mahsulotlar ishlab chiqarilganligi, ularni aksiz markalari bilan markalash qoidalariga rioya qilinmaganligi uchun;
yuridik shaxslarning rahbarlari hamda tegishli mansabdor shaxslari va jismoniy shaxslar — ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan aksiz soligʻi solinadigan markalanmagan mahsulotlar ortib joʻnatilganligi uchun, shuningdek, ularning noqonuniy tayyorlanganligi, olib kelinganligi, saqlanganligi, transportda tashilganligi va sotilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan javobgarlikka tortiladilar.
Savdo tarmoqlarida aksiz markasi boʻlmagan alkogolli va tamaki mahsulotlari sotilganligi uchun mahalliy davlat soliq xizmati organi rahbarlari va mansabdor shaxslariga egallab turgan lavozimidan boʻshatishgacha boʻlgan javobgarlik yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri aksiz soligʻi solinadigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalarda moliya inspektorlari tarkibini qayta koʻrib chiqsin va bir oy muddatda ushbu lavozimlarni yuqori malakali mutaxassislar bilan butlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda aksiz soligʻi solinadigan mahsulotlarni olib kelish, transportda tashish, ishlab chiqarish va sotish tartibiga rioya qilishga oid olib borilayotgan tadbirlarni va qonun buzuvchilarga nisbatan koʻrilayotgan javobgarlik chora-tadbirlarini keng yoritsinlar.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Hukumatning tegishli qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida taklif kiritsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir Oʻ.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 21-may,
221-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjetga aksiz soligʻi tushishini nazorat qiluvchi moliya inspektorlari lavozimlarini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 26-noyabrdagi 418-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar
I. 6-bandning uchinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
II. 2-ilova — “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjetga aksiz soligʻi toʻliq va oʻz vaqtida tushishi ustidan nazorat oʻrnatuvchi moliya inspektorlari toʻgʻrisida nizom”ning:
I boʻlimi — “Umumiy qoidalar” ikkinchi bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Moliya inspektorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. Bunda moliya inspektorlari bilan mehnat shartnomasi bir yilgacha muddatga tuziladi”.
II boʻlimi — “Moliya inspektorlarining asosiy funksiyalari” quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“har oyda aksiz markalarining amalda mavjudligini roʻyxatdan oʻtkazadilar, shikastlangan aksiz markalarini yoʻq qilishga topshirishdan oldin ular miqdorining muvofiqligini tekshiradilar;
aksiz soligʻi solinadigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xom ashyoning toʻliq kirim qilinishini nazorat qiladilar, tayyor mahsulot chiqishining belgilangan standartlar va normativlarga muvofiqligini tahlil qiladilar;
zarur hollarda har chorakda kamida bir marta ham korxonalarning oʻzida, ham mustaqil laboratoriyalarda laboratoriya tadqiqotlari oʻtkazgan holda, asosiy va qoʻshimcha mahsulotlar namunalarini oladilar”.
III boʻlimi — “Moliya inspektorlarining huquqlari” quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari bilan birgalikda ulgurji xaridorlar tomonidan ularga sotilgan aksiz soligʻi solinadigan mahsulotlar toʻgʻri kirim qilinishini, shuningdek, xom ashyo yetkazib beruvchi korxonalarni muqobil tekshirish. Qonun buzishlar aniqlangan hollarda tekshirishlar natijalari boʻyicha dalolatnomalar tuzish va ularni chora koʻrish uchun tegishli soliq hamda huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish;
korxona joylashgan joydagi soliq organlaridan debitor boʻlgan tovar oluvchi korxonalarning olingan va sotilgan mahsulotlari hajmlari toʻgʻrisidagi zarur boʻlgan maʼlumotlarni soʻrab olish;
korxonalarning xom ashyo va materiallar kelib tushishi, aksiz solinadigan va qoʻshimcha mahsulotlar ishlab chiqarish hamda sotish bilan bogʻliq barcha pul va buxgalteriya hujjatlarini tekshirish”.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.