21.05.1998 yildagi 221-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ALKOGOLLI MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARISH VA ULARNING AYLANISHI USTIDAN DAVLAT MONOPOLIYASINI KUCHAYTIRISH HAMDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA ALKOGOLLI VA TAMAKI MAHSULOTLARINI SOTISHDAN BUDJETGA TUSHUMNI KO‘PAYTIRISH YUZASIDAN QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sifatsiz va qalbaki mahsulotlar kirib kelishidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, alkogolli va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat nazoratini kuchaytirish, ularni olib kelish, ishlab chiqarish va sotishdan budjetga daromadlar kafolatli tushishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol va tamaki mahsulotlarini import qiluvchilar aksiz markalarini aksiz solig‘ini to‘liq miqdorda to‘lagandan keyin sotib oladilar;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari bilan import qiluvchilarga boj to‘lovlari bo‘yicha berilgan imtiyozlar ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga alkogolli va tamaki mahsulotlari olib kelinishiga joriy etilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-maydagi 239-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 20-son, 237-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda alkogolli va tamaki mahsulotlari uchun himoyalash darajasi kuchaytirilgan aksiz markalarining yangi namunalari tayyorlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 1-iyuldan boshlab olib kelinayotgan va ishlab chiqarilayotgan alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilsin hamda 1998-yil 1-sentabrdan boshlab ilgari amalda bo‘lgan aksiz markalari bilan markalangan alkogolli va tamaki mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida sotish taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz markalari tizimini joriy etish bo‘yicha idoralararo komissiya (Hamidov B. S.) alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish tartibini o‘n kun muddatda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zkimyosanoat” uyushmasi “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi bilan birgalikda aksiz markalarini yelimlash uchun yuqori va past haroratga hamda turli darajadagi namlikka chidamli maxsus yelimni bir oy muddatda ishlab chiqsin va ishlab chiqarishga joriy etsin.
(2-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 6-iyuldagi PF-2051-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 7-son, 131-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi spirt va aksiz markalari bilan markalanadigan mahsulotlarning respublika hududiga noqonuniy olib kelinishining oldini olish yuzasidan ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rsin. Bojxona postlarini mustahkamlash yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zdavstandart” markazi “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi va “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi bilan birgalikda alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini nazorat qilishni ta’minlash maqsadida qalbakilashtirishdan himoyalangan muvofiqlik belgilari (etiketka va tiqinlarda)ni joriy etsin va alkogolli mahsulotlarni ko‘rsatib o‘tilgan muvofiqlik belgilari bilan markalash tartibini bir oy muddatda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 1-sentabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan muvofiqlik belgilari mavjud bo‘lmagan alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarilishi taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zdavstandart” markazi “O‘zkimyosanoat” uyushmasi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarilishini, idishlarga quyilishini, saqlanishini va ulgurji sotilishini hisobga olish va nazorat qilish yuzasidan Nizom ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hisobga olinmagan alkogolli mahsulotlar va spirt ishlab chiqarilishining oldini olish maqsadida “O‘zkimyosanoat” uyushmasi “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi bilan birgalikda spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiya liniyalarini bu mahsulotlarni hisobga olish priborlari bilan jihozlashni tashkil etish to‘g‘risida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi va “O‘zdavstandart” markazi bilan birgalikda spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni, hisobga olinmagan mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni sotish yo‘llarini aniqlash uchun zarur hollarda ularni ishlab chiqarish uchun xom ashyo yetkazib beruvchi korxonalarda ham muqobil tekshirishlarni nazarda tutgan holda, shuningdek foydalanilgan xom ashyo miqdori va sifati ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori va sifatiga muvofiqligini yalpi tekshirishdan o‘tkazsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish natijalari to‘g‘risida 1998-yil 1-avgustgacha Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qo‘yilsinki, alkogolli mahsulotlar faqat yuridik shaxslar tomonidan turg‘un savdo tarmog‘i orqali sotiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 1-iyundan boshlab alkogolli mahsulotlarning mayda chakana savdo tarmoqlari (savdo zaliga ega bo‘lmagan do‘konlar, kioskalar va palatkalar)da sotilishini to‘xtatish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar;
(8-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-oktabrdagi 467-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 20-son, 196-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27-apreldagi 2007-yil 85-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2007-y., 17-18-son, 182-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari — xom ashyo resurslarini sarflash va ularni saqlash, ishlab chiqarishni hisobga olish hamda uni nazorat qilish tartibi buzilganligi, belgilangan standartlarga muvofiq kelmaydigan mahsulotlar ishlab chiqarilganligi, ularni aksiz markalari bilan markalash qoidalariga rioya qilinmaganligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning rahbarlari hamda tegishli mansabdor shaxslari va jismoniy shaxslar — ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan aksiz solig‘i solinadigan markalanmagan mahsulotlar ortib jo‘natilganligi uchun, shuningdek, ularning noqonuniy tayyorlanganligi, olib kelinganligi, saqlanganligi, transportda tashilganligi va sotilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo tarmoqlarida aksiz markasi bo‘lmagan alkogolli va tamaki mahsulotlari sotilganligi uchun mahalliy davlat soliq xizmati organi rahbarlari va mansabdor shaxslariga egallab turgan lavozimidan bo‘shatishgacha bo‘lgan javobgarlik yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda aksiz solig‘i solinadigan mahsulotlarni olib kelish, transportda tashish, ishlab chiqarish va sotish tartibiga rioya qilishga oid olib borilayotgan tadbirlarni va qonun buzuvchilarga nisbatan ko‘rilayotgan javobgarlik chora-tadbirlarini keng yoritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Hukumatning tegishli qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir O‘.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 21-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)