Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.09.2019 06.08.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 798
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.09.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan
“TASDIQLANGAN”
24.07.1999-y.
(15/13-son bayyonnoma)
447-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holatlarda Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 6-avgustda 798-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/2-sonli “Favqulodda holatlarda Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 798-1, 24.09.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining boshqa meʼyoriy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda favqulodda vaziyatlar (FV) paytida respublikaning butun iqtisodiy hududida hisob-kitoblarning uzluksizligini taʼminlashga moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hisob-kitob markazi (HKM)ning hisob-kitob va hisobotlarini toʻgʻri rasmiylashtirilishini nazorat qiluvchi, Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasi (MB HBB) Buxgalteriya hisobi, hisoboti, davlat budjetining kassa ijrosi boshqarmasi, Toʻlov tizimi sektori (TTS) favqulodda vaziyat paytida HKM vazifasini bajaradi. FV sodir boʻlgan kunda TTS tijorat banklari boʻlimlari va hisob-kitob kassa markazi vakillik hisobvaraqlari qoldiqlari asosida xar bir tijorat banklari boʻlimlari va hisob-kitob kassa markazi uchun qoʻlda hisobvaraqlarni ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TTS banklar qirqimida vakillik hisobvaraqlari qoldiqlarini hisoblab, uni HKMida FV sodir boʻlgan kun oxirida olingan qoldiq bilan taqqoslab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqqoslashda HKMda mavjud kun yakunidagi banklararo hisob-kitob qoldigʻi tartibi asosida amalga oshiriladi. Barcha hisobvaraqlar qoʻlda ochiladi va tekshirilib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻlda ochilgan va tekshirilib chiqilgan hisobvaraqlar asosida, boshlangʻich balans tuziladi va FV sodir boʻlgan kun yakunidagi HKMdagi balans bilan taqqoslanadi va ushbu balans toʻlov tizimi sektori mudiri va Buxgalteriya hisobi, hisoboti, davlat budjetining kassa ijrosi boshqarmasi boshligʻi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. MB HBB TTS mazkur tartibning 1 va 2-bandlarini amalga oshirgandan soʻng, TBlari vakillik hisobvaraqlari hisob-kitoblarni amalga oshirishni qayta tiklaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vakillik hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun tijorat banklari oʻz xat tashuvchilari (kuryer) — masʼul bank xodimlari orqali vakillik hisobvaragʻidan koʻchirma, toʻlov hujjatlari va toʻlov hujjatlari roʻyxatini yuborishlari kerak. TB xat tashuvchi — masʼul xodimning lavozimga tayinlanganligi haqidagi qarordan koʻchirma taqdim etadilar, xat tashuvchi — masʼul xodim tajribali xodimlar qatorida boʻlishi va tasdiqlangan imzo namunalari boʻlishi, ushbu xat tashuvchi — masʼul xodim tijorat banklaridan hujjatlarni MB HBBga olib kelishi va MB HBBdan hujjatlarni olib, tijorat banki boʻlimi bosh buxgalteriga shaxsan taqdim etishi lozim. TB MB HBBga hujjatlarni ikki nusxada taqdim etadilar — toʻlov hujjatlari, toʻlov hujjatlari roʻyxati, vakillik hisobvaraqlaridan koʻchirma, shu bilan birga ushbu hujjatlarning bir nusxasi tijorat banklari bosh buxgalterlari va vakillik hisobvaragʻini boshqarib boruvchi buxgalter imzosi bilan rasmiylashtirilgan boʻlishi va tijorat banki muhri bilan mahkamlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. MB HBB TTS boshligʻi har bir xodimga tijorat banklari vakillik hisobvaraqlariga hizmat koʻrsatishni biriktirib qoʻyadi va yozma shaklda tijorat banklariga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MB HBB boshligʻi tijorat banklariga TTS boshligʻi va tijorat banklari vakillik hisobvaraqlarini boshqarib boruvchi buxgalterning tegishli tartibda rasmiylashtirilgan imzo namunalarini yoʻllaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlarini boshqarib boruvchi buxgalter tijorat banklari xat tashuvchilari — masʼul xodimdan hujjatlarni qabul qilish paytida quydagilarni tekshirishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov hujjatlari, roʻyxati va vakillik hisobvaragʻidan koʻchirmada imzo va muhrning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov hujjatlarida rekvizitlarning toʻliq toʻldirilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov hujjatlari yigʻindisi, toʻlov hujjatlari roʻyxatida aks ettirilgan har bir jami yigʻindiga mosligi, huddi shunday taqqoslash vakillik hisobvaraqlarida ham amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruvdan soʻng, xat tashuvchi — masʼul bank xodimi jurnalida imzo chekiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlarni oʻtqazish uchun tijorat banklari vakillik hisobvaraqlarida mablagʻlar yetarli boʻlmagan taqdirda, xamda bitta toʻlov hujjati notoʻgʻri toʻldirilgan boʻlsa ham, barcha toʻlov hujjatlari tijorat bankiga toʻliq toʻldirilishi uchun yuboriladi va tijorat bankining xat tashuvchisi — masʼul xodimi ishtirokida akt tuziladi, bir nusxasi hamma hujjatlar bilan birga unga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda boshqa banklardan ushbu bank mijoziga tushum boʻlsa, rekvizitlar tekshiruvidan soʻng TTS buxgalteri har bir tushumni alohida har bir tushumni tijorat banki hisobvaragʻiga yozib oladi, ushbu hujjatda tushum sanasi, hujjat raqami, (3 ta belgi) vakillik hisobvaragʻi raqami (20 belgi) operatsiya kodi va vakillik hisob raqamidagi yangi qoldiqni kiritadi. Tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlarini boshqarib boruvchi buxgalter tasdiqlangan toʻlov hujjatlari roʻyxatini tayyorlaydi (tijorat banklari rasmiylashtirgan tartibda) kanvertga joylashtirib muhrlab tilxat asosida tijorat banki xat tashuvchisiga — masʼul xodimiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toʻlov tizimi sektori yuqorida belgilangan tartibda xizmat koʻrsatiladigan tijorat banklari va MB HKKM lardan toʻlov hujjatlarini qabul qilib olgach, dastlab tegishli banklarning barcha vakillik hisobvaraqlari boʻyicha toʻlovni amalga oshiradi, soʻngra toʻlov hujjatlarini maʼlum bir hudud va hududlararo guruhga boʻlib saralaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saralangan toʻlov hujjatlari asosida hudud miqyosidagi hisob-kitoblar boʻyicha tegishli tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlariga yuqorida keltirilgan tartibga muvofiq holda mablagʻlarni kirim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlararo hisob-kitoblar boʻyicha saralangan toʻlov hujjatlari toʻlov tizimi sektorining hududlararo hisob-kitoblar bilan shugʻullanuvchi xodimiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlararo hisob-kitoblar bilan shugʻullanuvchi xodim toʻlov hujjatlari roʻyxatini qoʻlda yozilgan holda uch nusxada tuzadi. Bunda viloyatlar kesimida har bir viloyat boʻyicha summalar yigʻindisi koʻrsatilib, yakunda barcha viloyatlar boʻyicha summalar yigʻindisi yozilib, toʻrtinchi bandda koʻrsatilgan tartibda imzo va muhr qoʻyib tasdiqlaydi. Toʻlov hujjatlari roʻyxati asosida Markaziy bank Toʻlov tizimining Toshkent sektorining shaxsiy hisobvaragʻiga yozuv kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankning Hududiy Bosh boshqarmasi feldaloqa orqali Markaziy bank Toʻlov tizimining Toshkent sektoriga toʻlov hujjatlari va toʻlov hujjatlari roʻyxatini ikki nusxada yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Markaziy bank Toʻlov tizimining Toshkent sektori toʻlov tizimining hududiy sektorlaridan toʻlov hujjatlarini qabul qilib olgach, oltinchi bandda koʻrsatilgan tartibda ularni tekshiradi va toʻlov hujjatlari roʻyxatining ikkinchi nusxasi imzolangan, “oʻtkazildi” yozuvli muhr bosilgan va hujjat qayta ishlangan sana koʻrsatilgan holda feldaloqa orqali MB Toʻlov tizimining hududiy sektoriga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar tegishli mintaqalar boʻyicha saralanadi va MB Toʻlov markazining Toshkent sektori tomonidan xizmat koʻrsatiladigan tijorat banklari vakillik hisobvaraqlariga mablagʻlar kirim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov tizimining hududiy sektorlariga yuboriladigan hujjatlar boʻyicha hududlar kesimida summa yigʻindisi va umumiy summa koʻrsatilgan toʻlov hujjatlari roʻyxati tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov hujjatlari roʻyxatidagi har bir hudud umumiy summasi, har bir hudud uchun alohida ochilgan “Hududlararo hisob-kitoblar” hisobvaragʻida aks ettiriladi. Bunda har bir kun uchun alohida hisobvaraq ochilishi inobatga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hisobvaraqlar qoldiqlari tasdiq (Toʻlov hujjatlari roʻyxatining “oʻtkazildi” yozuvli va qayta ishlash sanasi koʻrsatilgan ikkinchi nusxasi) kelib tushganidan soʻng, Toʻlov tizimining Toshkent sektori va hududiy sektorlarda balans oʻtkazmasi orqali qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vakillik hisobvaraqlari boʻyicha oʻtkazilgan toʻlov hujjatlarining qonuniyligi boʻyicha javobgarlik tijorat bankiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Markaziy bank Hududiy Bosh boshqarmalari va tijorat banklari rahbarlari kuryerlar — tijorat banklarining masʼul xodimlarining ish rejimi tartibini shunday kelishib olishlari kerakki, bunda tijorat banklari vakillik hisobvaraqlari boʻyicha oʻtkazilgan toʻlov hujjatlari shu kunning oʻzida MB Toʻlov tizimi sektorida oʻtkazilish lozim, yaʼni keyingi kun holatiga tijorat bankidagi vakillik hisobvaragʻi qoldigʻi MB Toʻlov tizimi sektoridagi vakillik hisobvaragʻi qoldigʻi bilan bir xil boʻlishi kerak. Qoldiqlar oʻrtasida tafovut yuzaga kelgan taqdirda, MB Toʻlov tizimi sektoriga tijorat bankining mazkur vakillik hisobvaragʻi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish taqiqlanadi. Har ikkala taraf solishtirishni amalga oshirishi va farq bartaraf etilgandan keyin vakillik hisobvaragʻi boʻyicha ishlash qayta tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Favqulodda vaziyat tugagach, Toʻlov tizimining hududiy sektorlari barcha xizmat koʻrsatiluvchi tijorat banklari va HKKM laridan ularning vakillik hisobvaraqlaridan koʻchirma koʻrinishida tasdiq oladi va banklararo hisob-kitoblar boʻyicha qoldiqlar qoplanishini yakunlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur ishlar yakunlanganidan keyin barcha hisobvaraqlar boʻyicha aylanmalarni favqulodda vaziyatda ishlangan har bir kun uchun alohida shakllantiradilar va Axborotlashtirish Bosh Markazining kelishuvi va topshirigʻi asosida ushbu maʼlumotlarni “Hisob-kitoblar markazi” dasturiy majmuasiga kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Favqulodda vaziyat tugashidan ikki oydan koʻp boʻlmagan muddatda Markaziy bank Ichki audit departamenti barcha hududiy markazlarda Favqulodda vaziyat sharoitida sektor faoliyatining toʻgʻriligi yuzasidan tekshiruv oʻtkazadi va natijasi haqida Markaziy bank rahbariyatiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur ish tartibi har bir alohida holatda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisining alohida farmoyishi asosida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais oʻrinbosari M. JUMAGALDIYEV