07.05.2026 yildagi F-30-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FARMOYISHI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi ijrosini taʼminlash hamda maʼmuriy javobgarlik sohasidagi qonunchilikni zamonaviy xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajriba asosida takomillashtirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Ustuvor yoʻnalishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni yanada takomillashtirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik normalarini tizimlashtirish va unifikatsiya qilish, ularning barqarorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) maʼmuriy huquqbuzarliklarni zamonaviy shart-sharoitlardan kelib chiqib qayta koʻrib chiqish, shu jumladan, ahamiyatini yoʻqotgan huquqbuzarliklarni bekor qilish hamda yuridik va jismoniy shaxslar, davlat va jamiyat manfaatlariga, qonuniylik va huquq-tartibotga tahdid solayotgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini takomillashtirish va yangilarini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavflilik darajasi hamda jazoning profilaktik taʼsirini inobatga olgan holda maʼmuriy javobgarlik choralarining mutanosibligini taʼminlash, muqobil jazo choralarini nazarda tutgan holda maʼmuriy jazo tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) huquqbuzarliklarni aniqlash, koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashda davlat organlari va mansabdor shaxslarning rolini aniqlashtirish, ularning roʻyxatini maqbullashtirish va nisbiy barqarorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) protsessual normalarni tubdan takomillashtirish, bunda inson huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini, huquqiy aniqlik va ilmiy asoslanganlikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) jabrlanuvchiga yetkazilgan maʼnaviy zararni qoplash mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, jabr koʻrgan shaxs manfaatlarini taʼminlashda kompensatsiya (tovon puli) toʻlash va boshqa muqobil institutlarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishda sud nazoratini kengaytirish va takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha idoralararo komissiya (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo komissiya) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Idoralararo komissiya hamda Ishchi guruh faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Adliya vazirligi Idoralararo komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Idoralararo komissiya raisi (A. Samadov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) bir hafta muddatda Ishchi guruhning ish rejasini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) bir oy muddatda maʼmuriy javobgarlik sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganishni, shu jumladan, xorijiy davlatlarga tashriflarni tashkil etishni, vakolatli organlar va tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminar va boshqa anjumanlar oʻtkazishni nazarda tutuvchi dasturni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Adliya vazirligi (A. Tashkulov, M. Istamov) 2027-yil 1-aprelga qadar yangi tahrirdagi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilishini hamda jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazgan holda Idoralararo komissiyaning yigʻilish bayoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Ishchi guruh faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, tashkiliy va uslubiy jihatdan taʼminlash Adliya vazirligiga yuklatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Ishchi guruh rahbariga manfaatdor vazirlik va idoralarning tajribali mutaxassislari, shuningdek, maʼmuriy javobgarlik sohasidagi yetakchi mutaxassis va olimlarni Ishchi guruh tarkibiga kiritish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Ishchi guruhga jalb etiladigan mutaxassislarga ish joyi boʻyicha nazarda tutilgan ish haqi, ustamalar, mukofotlar, taqdirlash puli, martaba darajalari uchun qoʻshimcha haqlar va boshqa turdagi barcha toʻlovlar saqlab qolinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Adliya vazirligi (A. Tashkulov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) besh kun muddatda Ishchi guruhni joylashtirish uchun vazirlik binosidan zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan alohida xona ajratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Ishchi guruhning ishida yuzaga keladigan masalalar tezkor hal qilinishini hamda faoliyati doimiy muvofiqlashtirib turilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) har oy Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga Ishchi guruh faoliyati haqida maʼlumot kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishchi guruh rahbariga mazkur farmoyishda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda vazirlik va idoralar, respublikaning ilmiy va taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlar mutaxassislari, shuningdek, mahalliy hamda xorijiy ekspert va maslahatchilarni jalb qilish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Idoralararo komissiya (A. Samadov) va Ishchi guruh (M. Istamov) ushbu farmoyishda belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik sohasida ilgʻor xalqaro tajribani, umumeʼtirof etilgan norma va standartlarni, jumladan, joylarga chiqqan holda oʻrganishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ilmiy doiralar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va matbuot anjumanlari tashkil etishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha qonun loyihalarini Qonunchilik palatasida birinchi oʻqishda qabul qilinganidan soʻng Adliya vazirligiga taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi yangi tahrirdagi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks loyihasini ishlab chiqishda xorijiy va xalqaro tashkilotlarning ekspert-texnik va moliyaviy koʻmagi jalb etilishini hamda xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish maqsadida mutaxassislarning ushbu davlatlarga xizmat safari tashkil etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Farmoyish ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu farmoyish ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib adliya vaziri A.D. Tashkulov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ushbu farmoyish ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshligʻi A.B. Samadov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 7-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F-30-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-maydagi F-30-son farmoyishiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha idoralararo komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A.B. Samadov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshligʻi, Idoralararo komissiya raisi

2.

A.J. Tashkulov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri, Idoralararo komissiya raisining oʻrinbosari

3.

J.J. Shirinov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi

4.

B.D. Islamov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi

5.

N.T. Yoʻldoshev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori

6.

A.A. Tashpulatov

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri

7.

U.U. Xanayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament boshligʻi oʻrinbosari

8.

E.O. Hamroyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament boshligʻi oʻrinbosari

9.

S.N. Gordeyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament boshligʻi oʻrinbosari

10.

D.N. Qalandarov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining oʻrinbosari

11.

M.Sh. Istamov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosari

12.

M.K. Gafurov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi

13.

Sh.B. Bakayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi

14.

M.U. Nazarov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi, Idoralararo komissiya kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Idoralararo komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-maydagi F-30-son farmoyishiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

M.Sh. Istamov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari

2.

M.K. Gafurov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi

3.

Sh.A. Toʻxtashev

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati

4.

Sh.Sh. Sadikov

Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi

5.

B.K. Xodjayev

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori

6.

Sh.Yo. Abduqodirov

Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi rektori

7.

E.V. Kolenko

Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari

8.

M.X. Rustambayev

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi

9.

R.A. Xatamov

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshligʻi

10.

M.U. Nazarov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi

11.

Sh.U. Nazarov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil va yuridik taʼminlash departamenti masʼul xodimi

12.

O.A. Ismoilov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti boshligʻi

13.

A.A. Maxmudov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Qonuniylik va huquq-tartibotni taʼminlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi boshligʻi

14.

F.Yu. Badalboyev

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yuridik taʼminlash boshqarmasi boshligʻi

15.

Sh.U. Uralov

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻi

16.

S.Z. Axmatov

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Jinoiy, maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi boshligʻi

17.

Sh.M. Rabiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish taʼsirini baholash instituti direktori

18.

N.E. Burxonov

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish taʼsirini baholash instituti boʻlim boshligʻi, Ishchi guruh kotibi