17.11.2025 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek — Turkman chegaraoldi savdo zonasi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Turkmaniston Hukumati, keyingi oʻrinlarda Tomonlar deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida tovar aylanmasini oshirish uchun hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 5-oktabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida Oʻzbek — Turkman chegaraoldi savdo zonasi — Savdo markazi faoliyatini tashkil etish va tartibga solish toʻgʻrisidagi Bitimga (keyingi oʻrinlarda — Bitim) asoslangan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaqin qoʻshnichilik aloqalarini hamda chegaraoldi savdo sohasida Tomon davlatlarning chegaraoldi hududlaridagi korxonalar va tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishuvga erishdilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnomada quyidagi taʼriflar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo markazi — ikki davlat tutash chegaraoldi hududlarida joylashgan, chegaraoldi savdo rejimiga ega boʻlgan oʻzbek va turkman qismlaridan tashkil topgan Oʻzbek — Turkman chegaraoldi savdo zonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar — Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmanistonda ishlab chiqarilgan, muomaladan chiqarilmagan, Tomon davlatlar qonunchiligiga muvofiq sotish uchun moʻljallangan mahsulot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-oʻtkazish punkti (NOʻP) — Tomon davlatlar qonunchiligiga muvofiq chegara, bojxona va boshqa nazorat turlari amalga oshiriladigan davlat chegarasi chizigʻi kesishmasida maxsus tashkil etilgan joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlikni taʼminlash va jamoat tartibini saqlash organlari — oʻz davlatlarining qonunchiligiga hamda oʻz davlatlari aʼzo boʻlgan xalqaro shartnomalarga muvofiq, xavfsizlikni taʼminlash va jamoat tartibini saqlash, inson huquqlari va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazuvchi jinoyatlar hamda boshqa xatti-harakatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish vazifalarini amalga oshiruvchi davlat organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar (shaxslar) — Tomon davlatlarning fuqarolari, shuningdek, Tomon davlatlarda qonuniy yashayotgan, Savdo markazi hududida boʻlib turgan yoki harakatlanayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo markazining qurilishi, faoliyatini tartibga solish va boshqarish mazkur Shartnomaning predmeti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Savdo markazining qurilishi Tomonlar tarafidan kelishilgan bosh rejalar va eskizlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Transport infratuzilmasi, suv taʼminoti, elektr taʼminoti, telekommunikatsiya, boshqa muhandislik kommunikatsiyalari, maxsus oʻtish joyi (yoʻlak) obyektlari, NOʻP, maʼmuriy va boshqa binolarni loyihalashtirish, qurish va taʼmirlash, shuningdek, Savdo markazining har bir qismi hududini oʻrash ishlari har bir Tomon tarafidan mustaqil ravishda moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Savdo markazi Tomonlar davlatlarning chegaraoldi hududlarida, davlat chegarasi chizigʻining har ikki tomonida, bevosita “Shovot-avtoyoʻl” (Oʻzbekiston Respublikasi) va “Dashoguz-avtoyoʻl” (Turkmaniston) oʻtkazish punktlari yaqinida joylashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Savdo markazining oʻzbek va turkman qismlari davlat chegarasi chizigʻidan kamida 10 (oʻn) metr masofada joylashgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston oʻrtasidagi davlat chegarasi orqali oʻtadigan maxsus oʻtish joyi (keyingi oʻrinlarda — yoʻlak) bilan bogʻlanadi. Savdo markazini boshqarish yopiqlik sharoitida amalga oshiriladi, har bir Tomon uni oʻrab olish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Savdo markazining umumiy maydoni 6 gektardan iborat boʻlib, shundan Turkmaniston qismining maydoni 3 gektardan, Oʻzbekiston qismining maydoni 3 gektarni tashkil etadi, zarur hollarda, Tomonlar Savdo markazi maydonini alohida xalqaro shartnoma bilan kengaytirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Savdo markazining oʻzbek va turkman qismlari oʻrtasidagi qatnov yoʻlak orqali amalga oshiriladi. Davlat chegarasi orqali oʻtadigan yoʻlakni saqlash Tomon davlatlarning tegishli organlari tarafidan birgalikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yoʻlak boʻylab oʻtadigan va davlat chegarasi chizigʻi bilan mos keluvchi chiziq Tomonlar davlatlari uchun yoʻlakni qurish, uni boshqarish va saqlash uchun ajratuvchi chiziq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tomonlar Savdo markazining oʻzbek va turkman qismlarida shaxslar, transport vositalari va tovarlarni nazorat qilish uchun chegara, bojxona, sanitariya-karantin, veterinariya, fitosanitariya va nazoratning boshqa turlari xizmatlari, vakolatli kredit tashkilotlari (muassasalari) boʻlimlari joylashadigan nazorat-oʻtkazish punktlarini oʻz davlatlari qonunchiligiga muvofiq tashkil etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Savdo markazi hududining geografik koordinatalari, joylashuv chizmasi va chegaralari mazkur Shartnomaning ajralmas qismi boʻlgan ilovada keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar Savdo markazi hududida Tomon davlatlar qonunchiligi bilan taqiqlanmagan savdo-iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo markazi hududida faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Tomon davlatlarning vakolatli organlari oʻzaro maslahatlashuvlar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Savdo markazi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari 2021-yil 5-oktabrdagi Bitimning 2 va 4-moddalari bilan tartibga solinganligini tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Savdo markazi hududida faqat Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmanistonda ishlab chiqarilgan tovarlarni olib kirish va ular bilan savdo qilish rejimi oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar Savdo markazi faoliyatini taʼminlash maqsadida ishchi uchrashuvlari va qoʻshma chora-tadbirlarni muvofiqlashtirishning doimiy va samarali mexanizmini ishlab chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Savdo markazi hududida soliq solish Tomon davlatlarning qonunchiligiga va ular oʻrtasida tuzilgan xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Savdo markazida jismoniy shaxslar tomonidan xarid qilingan vazni 60 kg gacha boʻlgan tovarlaridan bojxona toʻlovlari undirilmaydi. Ushbu cheklovlar ogʻirligi 60 kg va undan ortiq boʻlgan yakka tartibdagi tovarlarga, shu jumladan, maishiy texnika, mebel va shu kabilarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Savdo markazining toʻlaqonli faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishi uchun obyektlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- Savdo majmuasi (chakana savdo doʻkonlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- vakolatli kredit tashkilotlari (muassasalari) va sugʻurta kompaniyalari boʻlinmalari, maʼmuriy binolar va ofislar, savdo va turizm vakolatxonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- tezkor javob beruvchi ixtisoslashtirilgan punktlari (tibbiy yordam, yongʻinga qarshi punkt, huquq-tartibot punktlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- Savdo markazi faoliyatiga tegishli boʻlgan boshqa obyektlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tovarlarni Savdo markaziga olib kirish va undan olib chiqish Tomonlar davlatlarning qonunchiligiga va ikki davlat aʼzo boʻlgan xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo markaziga olib kiriladigan va undan olib chiqiladigan tovarlarga nisbatan bojxona tartib-taomillarini oʻtkazish har kuni amalga oshiriladi (Tomonlarning kelishuviga koʻra, bir oyda bir marotaba sanitariya kuni belgilanadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Savdo markazi hududi doirasida shaxslar, tovarlar (yuklar) va transport vositalari erkin harakatlanadi. Savdo markazining oʻzbek va turkman qismlarining ish tartibi har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha etib belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo markaziga kirish va undan chiqish “Shovot-avtoyoʻl” (Oʻzbekiston Respublikasi) va “Toshovuz-avtoyoʻl” (Turkmaniston) oʻtkazish punktlarining rejim zonalarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar tarafidan tan olingan haqiqiy hujjatlar asosida ikki davlat fuqarolari va ushbu davlatlarda qonuniy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslari oʻzbek va turkman qismlari ish vaqti davomida vizasiz tartibda Savdo markaziga kirishlari va undan chiqishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Turkmaniston fuqarolari Savdo markaziga Turkmaniston hududidan Turkmaniston fuqarolarining shaxsini tasdiqlovchi quyidagi amaldagi hujjatlardan biri asosida kirishlari mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- Turkmaniston fuqarosining diplomatik pasporti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- Turkmaniston fuqarosining xizmat pasporti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- Turkmaniston fuqarosining Turkmanistondan chiqish va Turkmanistonga kirish pasporti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- Turkmaniston fuqarosi pasporti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Savdo markaziga Oʻzbekiston hududidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsini tasdiqlovchi quyidagi amaldagi hujjatlardan biri asosida kirishlari mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik diplomatik pasporti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti (2030-yil 31 -dekabrgacha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bir Tomon davlatining boshqa Tomon davlati hududida qonuniy boʻlib turgan fuqarolari Savdo markazi hududiga xalqaro safarlar uchun amaldagi hujjatlardan biri asosida kirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tomon davlatlarning fuqarolari hamda Tomon davlatlarda qonuniy yashayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Savdo markazi hududidan qaytarib yuborish ular kelgan punkt orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlari fuqarolarini va Tomonlar davlatlarida qonuniy yashayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni qaytarish, Savdo markazi hududidan faqat ular kelgan punkt orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tabiiy ofatlar, favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar va epizootiyalar, karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, oʻsimliklar va begona oʻtlar kasalliklari tarqalgan taqdirda, shuningdek, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni tergov qilishda, Tomonlar Savdo markazining qismlari oʻrtasida vaqtinchalik nazoratni joriy etish yoki qatnovni toʻxtatish uchun zarur inshootlarni oʻrnatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Savdo markazi hududida shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, shaxs qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlariga murojaat qilishi kerak, ular zarurat boʻlganda boshqa Tomon davlatining vakolatli organlari bilan hamkorlikda uning shaxsini va Savdo markazi hududiga qonuniy kirganligini tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo markazining tegishli qismi hududida yoʻlovchilar va tovarlar (yuklar)ni tashish Tomonlar davlatlarining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tomon davlatlarning chegara-nazorat xizmatlari oʻrtasidagi ishchi hamkorlik uchrashuvlar va muzokaralar orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari Savdo markazi hududiga olib kiriladigan va undan olib chiqiladigan tovarlar (yuklar), shaxslarning bojxona nazoratini oʻz davlatlarining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiradilar. Zarur hollarda, Tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlik uchun tovarlarni Savdo markazi hududiga olib kirish va olib chiqish boʻyicha tegishli talablarni ishlab chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Savdo markazining oʻzbek va turkman qismlari hududida har bir Tomon davlati qonunchiligiga muvofiq, valyuta ayirboshlash xizmatlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Savdo markazining oʻzbek va turkman qismlari hududida tovarlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblar toʻlov amalga oshirilayotgan Tomon davlatining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo markazi hududida sodir etilgan huquqbuzarliklar ular sodir etilgan davlat qonunchiligiga muvofiq koʻrib chiqiladi va Tomonlar koʻrsatilgan huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrishda hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar oʻz davlatlarining qonunchiligiga muvofiq, Savdo markazi hududidagi maxsus jihozlangan joylarda tovarlar (yuklar), shaxslarga nisbatan, shuningdek, jamoat va boshqa xizmatlar sohalarida sanitariya, karantin va veterinariya nazoratining tegishli turlarini amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Tomon davlatining tegishli davlat organlari tarafidan Fitosanitariya, veterinariya talablari va sanitariya-epidemiologiya meʼyorlariga mos kelmaydigan tovar aniqlansa, ushbu tovar eksport qiluvchi tomon tarafidan Savdo markazi hududidan darhol qaytarib yuborilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Savdo markazi hududida Tomonlar davlatlari qonunchiligi bilan taqiqlangan tovarlarni sotishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari oʻz davlatlari hududida amaldagi cheklovlar asosida Savdo markazi hududiga olib kirish va sotish taqiqlangan tovarlar roʻyxatini diplomatik kanallar orqali almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar roʻyxati oʻzgargan taqdirda, Tomonlar davlatlarning vakolatli organlari bu haqda bir-birlarini diplomatik kanallar orqali xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Savdo markazi hududida oʻsimliklar karantini va veterinariya inspektorlari uchun xizmat xonalari, shuningdek, fitosanitariya va veterinariya laboratoriyalari, namunalarni saqlash xonalari tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo markazi hududida qoʻshimcha ravishda fumigatsiya kameralari, dezinfeksiya toʻsiqlari va karantin fitosanitariya va veterinariya-sanitariya nazorat turlarini taʼminlashda zarur boʻlgan boshqa vositalari joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomon davlatlarning tegishli organlari yuqumli kasalliklarni nazorat qilish, oʻsimliklar va hayvonlar karantini sohasida hamkorlikni amalga oshiradilar, shuningdek, epizootik va fitosanitar holat, epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida oʻzaro bir-birlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnomani talqin qilish va qoʻllashda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar ularni maslahatlashuvlar va muzokaralar yoʻli bilan hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar kelishuviga koʻra, mazkur Shartnomaga uning ajralmas qismi hisoblanadigan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Tomonlar davlatlarning vakolatli organlari bir yilda kamida bir marotaba mazkur Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishning maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Shartnoma nomuayyan muddatga tuziladi va Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali soʻnggi yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Tomon boshqa Tomonni diplomatik kanallar orqali yozma ravishda xabardor qilgan holda, mazkur Shartnomaning amal qilishini tugatishi mumkin. Ushbu hollarda mazkur Shartnomaning amal qilishi bunday xabarnoma olingan sanadan boshlab olti oy oʻtgach tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2025-yil 17-noyabrda, ikki asl nusxada har biri oʻzbek, turkman va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnoma matnlari oʻrtasida tafovutlar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)