1-ILOVA
2-ILOVA
T/r | Axborot tizimlaridan olinadigan maʼlumot | Vazirlik va idora |
1. | 1) Toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari doirasida sud tomonidan qabul qilingan qarorlar va ajrimlar, shu jumladan, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish, kuzatuv, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv tartib-taomillarini joriy etish, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish, sud boshqaruvchisini tayinlash, almashtirish yoki vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida chiqarilgan ajrimlar haqida, qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qarorlar va boshqa sud hujjatlari; 2) toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasida va bunday ishlar doirasidan tashqarida koʻrilgan subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish natijalari va qabul qilingan sud hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 3) toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasida bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish natijalari va qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | Oliy sud |
2. | Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | Ichki ishlar vazirligi |
3. | Davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami, sana, oy, yil, tashkiliy-huquqiy shakli va mulkchilik shakli, muassislar tarkibi va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (jismoniy shaxslar boʻyicha — ismi, familiyasi, pasport maʼlumotlari, yashash joyi va boshqalar, yuridik shaxslar boʻyicha — nomi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, joylashgan joy manzili va boshqalar), shuningdek, ularning davlat reyestridan chiqarilgan sanasi va reyestr raqami, ustav fondining miqdori, muassislarning ustav fondidagi ulushlari (hissalari), koʻchar mulklarda lizing majburiyatlari, taqiq yoki boshqa cheklovlar, majburiyatlar roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | Adliya vazirligi |
4. | Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatori. | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
5. | Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgan yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulk obyektlari, shu jumladan, ularga nisbatan mulkiy va boshqa ashyoviy huquqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | Kadastr agentligi |
6. | 1) Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida sudlarga kiritilgan arizalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 2) bojxona rasmiylashtiruvidagi mol-mulklar, eksport va import operatsiyalari boʻyicha qarzdorliklar toʻgʻrisida maʼlumotlar. | Bojxona qoʻmitasi |
7. | 1) Majburiy ijro organlari ish yurituviga kelib tushgan ijro hujjatlari hamda ularni ijro etish yuzasidan amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari va qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar; 2) qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilishi, kuzatuv, sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish va (yoki) ularning muddati uzaytirilishi munosabati bilan yurituvi toʻxtatilgan ijro ishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 3) yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinishi munosabati bilan ijro ishi yuritish tugatilgan va tugatuvchiga (moliyaviy boshqaruvchiga) yuborilgan ijro hujjatlari boʻyicha maʼlumotlar; 4) Majburiyatlar reyestri; 5) “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 40-moddasi birinchi qismi 2 va 3-bandlariga asosan tamomlangan ijro hujjatlari boʻyicha maʼlumotlar. | Majburiy ijro byurosi |
8. | 1) Kredit axborotining maʼlumotlar bazasidan maʼlumotlar; 2) Garov reyestridagi maʼlumotlar; 3) sanatsiya hisobvaraqlari va tugatish tartib-taomillari doirasida ochilgan yagona hisobvaraqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 4) moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartib-taomillari doirasida ochilgan harakatsiz depozit hisobvaraqlari, shuningdek, yopilgan hisobvaraqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 5) banklarni sanatsiya qilish, ularni suddan tashqari tugatishga doir maʼlumotlar. | Markaziy bank |
9. | Sudgacha sanatsiya va sud sanatsiyasi tartib-taomillarini qoʻllash doirasida moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalarini taqdim etish toʻgʻrisidagi murojaatlar, ularni koʻrib chiqish natijalari va taqdim etilgan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ |
10. | 1) Jismoniy va yuridik shaxslarning soliq majburiyatlariga oid maʼlumotlar; 2) soliq qarzini qarzdorning mol-mulki hisobidan undirish toʻgʻrisida qabul qilingan qarorlar va sudga kiritilgan arizalar hamda ularning natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 3) soliq qarzini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 40-moddasi birinchi qismi 2 va 3-bandlariga asosan tamomlangan va bu haqida soliq organlarini majburiy ijro organlari tomonidan xabardor qilingan ijro hujjatlari boʻyicha maʼlumotlar; 4) toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida sudlarga kiritilgan arizalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 5) soliq qarzini toʻlash muddatini oʻzgartirish toʻgʻrisida berilgan arizalar va ularni koʻrib chiqish natijalariga oid maʼlumotlar; 6) soliq qarzini toʻlash muddati oʻzgartirilgan soliq toʻlovchilar va soliq toʻlash muddati oʻzgartirilgan soliq summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 7) soliq qarzi umidsiz qarz deb eʼtirof etilgan va hisobdan chiqarilgan soliq toʻlovchilari hamda soliq summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 8) tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish tartib-taomillari doirasida ularning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish)ga oid maʼlumotlar; 9) moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmaganligi munosabati bilan soliq organlari tomonidan faollik holati faoliyat koʻrsatmayotgan holatga oʻzgartirilgan, harakatsiz holatga oʻtkazish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritilgan tijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartib-taomillari — doirasida soliq organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | Soliq qoʻmitasi |
11. | Yuk koʻtarish kranlari. | Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi |
12. | 1) Sud boshqaruvchilarini tayyorlash boʻyicha maxsus kurslarda oʻqish hamda malakasini oshirish uchun talabgorlar tomonidan berilgan arizalar va ularni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 2) sud boshqaruvchiligi uchun oʻqiyotgan talabgorlar hamda malaka oshirayotgan sud boshqaruvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 3) Sud boshqaruvchilarini tayyorlash boʻyicha oʻquv kursini oʻtaganligi toʻgʻrisida guvohnoma hamda sud boshqaruvchisi malaka oshirganligi haqida sertifikatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi |
13. | 1) Davlat ishtirokidagi korxonalar moliyaviy-iqtisodiy holati tahlilini oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan, toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega boʻlgan va toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega boʻlmagan deb topilgan korxonalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda ular boʻyicha qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 2) davlat ishtirokidagi korxonalarga nisbatan oʻtkazilgan sudgacha sanatsiya qilish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlari hamda ularning amalga oshirilishini monitoring qilish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 3) faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarning elektron maʼlumotlar bazasi maʼlumotlari; 4) toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida sudga kiritilgan arizalar, shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalarga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari doirasida sanatsiya va tashqi boshqaruv rejalarining amalga oshirilishi yuzasidan maʼlumotlar; 5) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari doirasida sud boshqaruvchilari tomonidan “E-auksion” savdo platformasida savdoga chiqarilgan mol-mulklar va savdo natijalari toʻgʻrisidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar; 6) davlat mulkini sotish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan iqtisodiy nochor korxonalar boʻyicha maʼlumotlar. | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
Qimmatli qogʻozlar, ularning egalari, ularga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyati |
3-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmlari | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
I. Institutsional islohotlar orqali vakolat va boshqaruv arxitekturasini yanada takomillashtirish | |||||
1. | Toʻlovga qobiliyatsizlik tizimini rivojlantirish istiqbollarini belgilash. | 1. Mahalliy va xorijiy ekspertlar, xalqaro tashkilotlar, jumladan, Jahon banki tavsiya va tahlillari asosida huquqni qoʻllash amaliyotida vujudga kelgan muammolarni aniqlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil sentabr | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Soliq qoʻmitasi (F. Pulatov) |
2. Tahlil natijalariga asosan, Toʻlovga qobiliyatsizlik institutini rivojlantirish konsepsiyasi hamda uni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | ||||
2. | Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning muqobil va samarali mexanizmlarini ishlab chiqish. | 1. Mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritish boʻyicha joriy qonunchilikni tartibga solish taʼsirini baholash. 2. Natijalari boʻyicha suddan tashqari muqobil mexanizmlarni, shuningdek, kichik va oʻrta biznes subyektlari uchun toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibini joriy etish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil dekabr | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi, Soliq qoʻmitasi (F. Pulatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
3. | Xalqaro moliya institutlari va zaruratga koʻra konsalting kompaniyalari koʻmagida toʻlovga qobiliyatsizlikni hal etish uchun zamonaviy vositalarni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Mezonin obligatsiyalar (Mezzanine Financing, Mezzanine Bonds), qarzni kapitalga aylantirish, ayirboshlanadigan obligatsiyalar, kreditorlarning undiruvni vaqtincha toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi kelishuvi, qayta tashkil etish rejasi sudga ariza berishdan oldin kelishish (pre-packaged restructuring), qayta tashkil etish jarayonida yangi moliyalashtirish (Debtor-in-Possession Financing)ni joriy etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2027-yil may | Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
4. | Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida sudyalarning bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash. | Toʻlovga qobiliyatsizlikka oid ishlar boʻyicha sudyalarning malakasini oshirishga qaratilgan oʻqitishlar tashkil etish. Shu jumladan, sudyalar uchun toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida xalqaro tajriba, umumbelgilangan qoidalar mavzusida onlayn oʻquv dasturi asosida qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Sudyalar oliy kengashi (X. Yodgorov) Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi |
5. | Toʻlovga qobiliyatsizlikka oid ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha sud amaliyotini umumlashtirish. | Toʻlovga qobiliyatsizlikka oid ishlarni sudlarda koʻrib chiqish boʻyicha sud amaliyotini umumlashtirib borish va umumlashtirish natijalarini maxsus vakolatli organ ishtirokida muhokama qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | Har yili | Oliy sud (B. Islamov) |
6. | Toʻlovga qobiliyatsizlikka oid ishlarni sudlarda koʻrish sifati va samaradorligini oshirish maqsadida, ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqib, sudyalarni ixtisoslashtirish. | Toʻlovga qobiliyatsizlikka oid ishlarni iqtisodiy sudlarda koʻrish tendensiyasi va sudyalarning ish yuklamasini tahlil qilish, tahlil natijalariga koʻra, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlarida toʻlovga qobiliyatsizlikka oid ishlarni koʻradigan sudyalarni joriy etish (sudyalarni ixtisoslashtirish), shuningdek, zarurat boʻlganda, toʻlovga qobiliyatsizlikka oid ishlar boʻyicha alohida sudlov hayʼatlarini tashkil etish masalasini oʻrganib chiqish va tegishli takliflar kiritish. | Tahliliy maʼlumotlar hamda normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2027-yil fevral | Oliy sud (B. Islamov), Sudyalar oliy kengashi, (X. Yodgorov), Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi |
7. | Jinoyat ishini yuritish doirasida mol-mulkni tashqi boshqaruvga berish tartibini joriy etish. | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) jinoyat ishlarini yuritish doirasida mol-mulkni sud boshqaruvchisiga yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotga saqlash va vaqtinchalik boshqarish uchun berish mumkin boʻlgan holatlar, shu jumladan, bunday mol-mulk (mulkiy komplekslar va boshqa aktivlar)ning minimal qiymatiga doir cheklovlar; (b) jinoyat ishini yuritishga masʼul davlat organlari va mansabdor shaxslarning jinoyat ishi doirasida mol-mulkni tashqi boshqaruvga berish borasidagi masʼuliyati; (v) sud boshqaruvchisini tayinlash (ixtisoslashtirilgan tashkilotni tanlash) hamda mol-mulkni saqlash va vaqtinchalik boshqarish uchun topshirish-qabul qilish tartibi; (g) jinoyat ishi doirasida mol-mulkni vaqtinchalik boshqarishning oʻziga xos xususiyatlari, shu jumladan, belgilanadigan cheklovlar; (d) mol-mulklarni vaqtinchalik boshqarish mobaynida olingan daromadlarni maxsus hisobvaraqda jamlash, ularni tasarruf etish, shu jumladan, hukmning mulkiy undiruvga oid qismini ijro etishga qaratish tartibi; (j) sud boshqaruvchisi yoki ixtisoslashtirilgan tashkilot faoliyatini nazorat qilish mexanizmlari. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2027-yil sentabr | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Oliy sud (B. Islamov), Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (A. Buriyev), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
8. | Toʻlovga qobiliyatsizlik masalalari boʻyicha idoralararo elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish. | Toʻlovga qobiliyatsizlik masalalari boʻyicha yagona axborot tizimini vazirlik va idoralarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish boʻyicha tashkiliy-huquqiy tadbirlar hamda almashinadigan axborotlar tarkibi va tartibi belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil noyabr | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy sud (B. Islamov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Soliq qoʻmitasi (F. Pulatov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Murodov), Markaziy bank (T. Ishmetov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov), Milliy statistika qoʻmitasi (B. Hamrayev), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov), Majburiy ijro byurosi (M. Egamberdiyev), Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
9. | Toʻlovga qobiliyatsizlikka oid ishlar shaffofligini oshirish. | Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilgan sanadan eʼtiboran Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi hamda Milliy statistika qoʻmitasining Korxona va tashkilotlar toʻgʻrisida maʼlumot sahifasida yuridik shaxsning “toʻlovga qobiliyatsizlik holatida” ekanligini avtomatik tarzda oʻzgartirish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | Milliy statistika qoʻmitasi (B. Hamrayev), Oliy sud (B.Islamov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Soliq qoʻmitasi (F. Pulatov) |
II. Sud boshqaruvchilarining professional korpusini yaratish, sohani boshqarish va takomillashtirishda sud boshqaruvchilarining oʻzini-oʻzi boshqarish tashkiloti roli va ahamiyatini oshirish | |||||
10. | Oʻzbekiston sud boshqaruvchilari palatasi faoliyatini tashkil etish. | Loyihada quyidagi masalalar nazarda tutiladi: (a) Palataning maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlari; (b) sud boshqaruvchilarining Palataga majburiy aʼzoligi; (v) Palata faoliyatini oʻzini-oʻzi boshqarish tamoyili asosida tashkil etishning huquqiy asoslari; (g) sud boshqaruvchilar faoliyatini boshqarishning huquqiy asoslari va tartibi, jumladan, uni boshqarish va boshqaruv organlarini shakllantirishda maxsus vakolatli organ (regulator) bilan oʻzaro hamkorligi; (d) Palataning oʻz maqsad va vazifalariga erishish uchun zarur boʻlgan tashkiliy, huquqiy, moliyaviy resurslar va mexanizmlar. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil sentabr | Adliya vazirligi (A. Tashkulov) Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi |
11. | Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari bilan shugʻullanadigan yuqori malakali boshqaruvchilarning professional korpusini yaratish boʻyicha tizimli tadbirlarni amalga oshirish. | Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari bilan shugʻullanadigan yuqori malakali boshqaruvchilarning professional korpusini yaratish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: (a) iqtisodiyotda korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish, faoliyat samaradorligini oshirish, toʻlovga qobiliyatsizlik xavflarini boshqarish va tartib-taomillarini yuritish bilan shugʻullanadigan boshqaruvchilarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, bu sohada yuqori malakali boshqaruvchilar korpusi shakllanishini ragʻbatlantirish, shu jumladan, ular sonini bosqichma-bosqich koʻpaytirish; (b) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarni muntazam malakasini oshirib borish va oʻzaro tajriba almashish tizimini, shu jumladan, toʻlovga qobiliyatsizlikning ayrim sohalari boʻyicha maxsus dasturlar asosida oʻqitish va koʻnikmalarni oshirish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish va ragʻbatlantirish; (v) zaruratga koʻra, boshqaruvchilarning kompetensiyalarini mustaqil malaka imtihonlari orqali sertifikatlash tizimini joriy qilish va ularning reyestrini shakllantirish; (g) sertifikatlangan toʻlovga qobiliyatsizlik amaliyotchilarining kasbiy faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish hamda ular faoliyati natijalari asosida eng yuqori koʻrsatkichlarga erishgan “top-50” boshqaruvchilar reytingini shakllantirish va muntazam eʼlon qilib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2027-yil mart | Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi, Oʻzbekiston sud boshqaruvchilari palatasi |
12. | Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. | Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi va uning hududiy tuzilmalarining murojaatlariga asosan ularni davlat mulki obyektlarida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil davomida | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Murodov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oʻzbekiston sud boshqaruvchilari palatasi |
13. | Sud boshqaruvchilariga haq toʻlash mexanizmlarini takomillashtirish. | Sud boshqaruvchilariga haq toʻlash mexanizmlarini (haq miqdori, toʻlash manbalari va tartibi) qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil dekabr | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
14. | Sud boshqaruvchilarining ish faoliyatini tashkil etishning yagona tartibini belgilash. | Loyihada: (a) sud boshqaruvchilari ishini tashkil etish tartibi, shu jumladan, ichki hujjatlarini yuritish masalalari; (b) sud boshqaruvchilarini nomzodlar orasidan eng maqbulini tanlab olish va vazifaga tayinlash uchun tavsiya etish tartibi; (v) sud boshqaruvchilarining hisobotlari hamda ularni shakllantirish va taqdim etish tartibi; (g) sud boshqaruvchilari faoliyatini monitoring va nazorat qilish, shu jumladan, tekshirishlar oʻtkazish tartibi; (d) sud boshqaruvchilari faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boshqa masalalar nazarda tutiladi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil dekabr | Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi, Oʻzbekiston sud boshqaruvchilari palatasi |
15. | Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining faoliyatini tashkil etish. | 1. Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari | 2026-yil iyun | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Murodov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi |
2. Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi va uning hududiy boʻlimlarini shakllantirish, ularni malakali kadrlar bilan qisqa muddatlarda toʻldirish hamda zarur moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyul | |||
3. Adliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda ularning hududiy boshqarmalari tashkiliy tuzilmalari va shtat birliklariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmonidan kelib chiqadigan oʻzgartirishlarni kiritish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil may | |||
4. Agentlik moddiy-texnika bazasini shakllantirish (kompyuter, mebel, transport va boshqa tovar moddiy boyliklarini sotib olish) uchun Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan zarur mablagʻlar ajratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil may | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) | ||
5. Agentlik faoliyati uchun alohida bino ajratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil may | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Murodov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | ||
6. Binoni taʼmirlash va jihozlash ishlarini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil may | |||
16. | Sud boshqaruvchilarining kasbga oid qoidalarini hamda Sud boshqaruvchilarini reyting asosida baholash tartibini tasdiqlash. | Bunda: 1) kasbga oid qoidalar hamda reyting asosida baholash mezonlari sud boshqaruvchisiga qoʻyilgan yuqori kasbiy talablardan kelib chiqib qaytadan koʻrib chiqiladi; 2) ushbu hujjatlar Palata tomonidan Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. | Idoraviy hujjat loyihasi | 2027-yil yanvar | Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi, Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi |
17. | Sud boshqaruvchilarining ish normalarini ishlab chiqish. | Sud boshqaruvchilari bir paytning oʻzida oʻz ish yurituviga qabul qilishi mumkin boʻlgan ishlarning yoʻl qoʻyiladigan normalarini belgilash. | Idoraviy hujjat loyihasi | 2027-yil yanvar | Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov) Oʻzbekiston sud boshqaruvchilari palatasi |
18. | Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasining turli masalalariga oid normativ-huquqiy qoidalar va uslubiy tavsiyalarni oʻz ichiga oladigan standartlarni joriy qilish. | Bunda quyidagi masalalar boʻyicha standartlar qabul qilinadi: (a) kuzatuv tartib-taomillari; (b) sanatsiya tartib-taomillari; (v) tashqi boshqaruv tartib-taomillari; (g) yuridik shaxsni tugatish tartib-taomillari; (d) jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi tartib-taomillari; (j) kreditorlarning talablari reyestrini shakllantirish va yuritish; (z) kreditorlarning va kreditorlar qoʻmitasining yigʻilishlarini tashkil etish va oʻtkazish; (i) qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil qilish; (k) sud boshqaruvchisi hisobotlarini tayyorlash; (l) sud sanatsiyasi rejasi va tashqi boshqaruv rejasi; (m) tugatish rejasi; (n) kreditorlarning talablarini qanoatlantirish shartlari, tartibi, navbati va nisbati; (o) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari doirasida mol-mulkni baholash va sotish; (p) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari doirasida auditor, mutaxassis va boshqa shaxslarni jalb qilish; (r) haqiqiy emas deb topilishi mumkin boʻlgan bitimlarni tahlil qilish va aniqlash; (s) qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxsning va boshqa shaxslarning subsidiar javobgarligi; (t) soxta toʻlovga qobiliyatsizlik, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish va qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlarini aniqlash; (u) sud boshqaruvchilari faoliyatini reyting asosida baholash; (f) sud boshqaruvchilari faoliyatini monitoring qilish va tekshirish; (x) sud boshqaruvchisi faoliyatiga doir hujjatlar va hisobotlar; (ch) transchegaraviy toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini amalga oshirish boʻyicha tavsiyalar; (sh) jinoyat ishi doirasida xatlangan aktivlarni saqlash va vaqtinchalik boshqarish; (e) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasiga oid, shu jumladan, sud boshqaruvchilari faoliyatiga oid boshqa masalalar. | Toʻlovga qobiliyatsizlik masalalariga oid standartlar | 2026 — 2030-yillar | Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi, Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi |
III. Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida kadrlarni tayyorlash va ularning sifatini oshirish | |||||
19. | Sud boshqaruvchilarini tayyorlash tizimini institutsional takomillashtirish. | Loyihada: (a) sud boshqaruvchilari tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan, yetuk va salohiyatli taʼlim tashkilotlarini jalb qilish; (b) Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga, shuningdek, qonunchilik talablariga javob beradigan boshqa taʼlim muassasalariga tegishli maxsus oʻquv kurslarini tashkil qilish hamda talabgorlarga maxsus oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligi haqida guvohnoma (sertifikat) berish huquqini berish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil avgust | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
20. | Sud boshqaruvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻtaladigan maxsus oʻquv kurslari uchun namunaviy oʻquv dasturlarini tasdiqlash. | Namunaviy oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda oʻquv dasturlari qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotidagi yangiliklar, ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda, shuningdek, maxsus stajirovkadan oʻtish amaliyotini nazarda tutgan holda tasdiqlanadi hamda doimiy ravishda takomillashtirib boriladi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil iyul | Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi, Oʻzbekiston sud boshqaruvchilari palatasi |
21. | Sud boshqaruvchilariga malaka attestatini berish, ularni attestatsiyadan va qayta attestatsiyadan oʻtkazish tartib-taomillarini takomillashtirish. | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: a) tegishli tartib-taomillarni kasb vakillariga qoʻyiladigan yuqori talablarni hamda adolatlilik va ochiqlikni taʼminlagan holda qayta koʻrib chiqish; b) sud boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritish uchun iqtisodiyot, menejment, buxgalteriya va yuridik sohadagi yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan, tegishli litsenziyaga ega boʻlgan advokatlarni jalb etish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil avgust | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi, Oʻzbekiston sud boshqaruvchilari palatasi |
IV. Moliyaviy mexanizmlar va iqtisodiy barqarorlashtirish vositalarini kuchaytirish | |||||
22. | Soliq toʻlash muddatlarini oʻzgartirish (kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash) tartib-taomillarini takomillashtirish. | Loyihada: (a) soliq toʻlash muddatlarini oʻzgartirishga imkoniyat berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladigan vakolatli tashkilotlarni qayta koʻrib chiqish va nomarkazlashtirish. Shu jumladan, ushbu vakolatni hududiy soliq organlariga berish va ular oʻrtasida soliq turi, summasi va kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) muddatlaridan kelib chiqib differensiatsiyalash; (b) soliq toʻlovchilarning soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashga imkon berish toʻgʻrisidagi arizalarini Soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytidagi alohida interaktiv xizmat moduli orqali berish hamda ularni koʻrib chiqish muddatini 30 kundan 20 kunga qisqartirish; (v) soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashda garov mulki yoki bank kafolati yoxud sugʻurta polisi taqdim etilganda, moliyaviy holati va istisno etuvchi holatlar mavjudligidan qatʼi nazar soliq organlari tomonidan soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish; (g) soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish asoslari va shartlarini tubdan yengillashtirish, shu jumladan, ayrim hollarda (barqarorlik reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining arizalari, qisqa muddatlarga yoki muayyan miqdordan yuqori boʻlmagan summalarga soliqlarni toʻlash muddatini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizalar, soliq toʻlovchi tomonidan bank kafolati yoki mol-mulk garovi taqdim etilgan holatlar va boshqalar) soddalashtirilgan tartibda soliq toʻlovchi va soliq organi oʻrtasida onlayn kelishuv tuzish mexanizmini joriy etish nazarda tutiladi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil avgust | Adliya vazirligi (A. Toshkulov), Soliq qoʻmitasi (F. Pulatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
23. | Banklar va mikromoliya tashkilotlari tomonidan ajratilgan kreditlar va ular boʻyicha qarzdorlikni restrukturizatsiya qilishning huquqiy va metodologik asoslarini yaratish. | Loyihada kreditlar boʻyicha qarzdorlikni tarkibiy jihatdan oʻzgartirish asoslari, turlari va tartibi nazarda tutiladi. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil iyul | Markaziy bank (T. Ishmetov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi |
24. | Fuqarolardan pul majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni undirishda qarzdor va kreditor (ularning vakillari) oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning huquqiy asoslarini belgilash. | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) qarzdor va kreditor (ularning vakillari) oʻrtasidagi qarzdorlikni undirish boʻyicha oʻzaro munosabatlarning huquqiy qoidalari va chegaralarini belgilash; (b) talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish (sessiya), vakillik, vositachilik (agentlik) yoki qonunchilikda belgilangan boshqa shakldagi bitimlar asosida qarzdorlikni suddan tashqari va sud tartibida undirish xizmatlarini koʻrsatadigan nodavlat tuzilmalar faoliyatini tartibga solish; (v) kreditorlar, ularning vakillari tomonidan qarzdorlikni suddan tashqari undirish uchun koʻrilishi mumkin boʻlgan choralar (muzokara oʻtkazish, mediatsiya va boshqalar), ularni amalga oshirish tartibi, cheklov va taqiqlar, shuningdek, qarzdorning huquqlarini aniq belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2027-yil may | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Markaziy bank (T. Ishmetov), Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
25. | Jismoniy shaxslarning toʻlovga qobiliyatsizligi institutini takomillashtirish. | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) moliyaviy qiyin ahvolga tushgan aholi qatlami uchun suddan tashqari yuritiladigan toʻlovga qobiliyatsizlik institutini, shu jumladan, kredit taʼtillari berish amaliyotini joriy etish; (b) jismoniy shaxslarning sud tartibida koʻrib chiqiladigan ishlardan foydalanishini kengaytirish, jarayonni soddalashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil oktabr | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Markaziy bank (T. Ishmetov), Oliy sud (B. Islamov), Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
V. Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi qonunbuzilishlarni aniqlash, oldini olish va ularga qarshi kurashish | |||||
26. | Maʼmuriy javobgarlik tizimini toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida sodir etiladigan qonunbuzilishlarni oldini olish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish. | Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: (a) toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida sudga murojaat etish majburiyatini bajarmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilash; (b) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasiga yangi tartib-taomillar joriy etilishi munosabati bilan ushbu sohadagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni nazarda tutish; (v) qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish tariqasidagi hamda toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida boshqa ayrim huquqbuzarliklar uchun muayyan huquqdan mahrum qilish (diskvalifikatsiya) tariqasidagi maʼmuriy jazo chorasini joriy etish. Bunda ushbu jazo chorasi, qoida tariqasida, huquqbuzarga yangi tashkil etilayotgan yoki faoliyat yuritayotgan yuridik shaxsning taʼsischisi (ishtirokchisi) boʻlishini yoxud uning yakka tartibdagi rahbarligiga yoki boshqaruv organlaridagi boshqa lavozimlarga tayinlanishini (saylanishini) muayyan muddatga taqiqlashda ifodalanadi. | Normativ huquqiy-hujjat loyihasi | 2027-yil yanvar | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
27. | Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikka tortish tizimini toʻliq qayta koʻrib chiqish. | Loyihada toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish, qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish, soxta toʻlovga qobiliyatsisizlik holatini yuzaga keltirish, shuningdek, toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi qonunchilikni boshqa tarzda buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun javobgarlik va jazo choralarini differensatsiya qilish va kuchaytirish nazarda tutiladi. | Normativ huquqiy-hujjat loyihasi | 2026-yil sentabr | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oliy sud (B. Islamov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
VI. Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish | |||||
28. | Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida xalqaro aloqalarning huquqiy asoslarini yaratish va unda ishtirok etish. | Quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish: (a) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida koʻp tomonlama va ikki tomonlama xalqaro shartnomalar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish; (b) Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tomonidan toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini amalga oshirishda vakolatli organ vazifasini bajarish; (v) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi xalqaro standartlar, shu jumladan, UNCITRAL tavsiyalari milliy qonunchilikka tizimli ravishda implementatsiya qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi |
29. | Toʻlovga qobiliyatsizlik masalalari boʻyicha xorijiy davlatlarning vakolatli organlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish. | Quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish: (a) IAIR (International Assosiation of Insolvency Regulators)ga aʼzo boʻlish choralarini koʻrish; (b) INSOL International xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish; (v) xorijiy davlatlarning toʻlovga qobiliyatsizlik masalalari boʻyicha vakolatli organlari bilan ikki tomonlama manfaatli aloqalarni yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-2027-yillar davomida | Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi, Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
4-ILOVA
“ | ||||
17. Adliya vazirligi | ||||
Adliya vazirligi | 3 381 | 1 809 | 1 572 | |
shu jumladan, vazir oʻrinbosarlari soni | 4 | 4 | ||
1. | “Oʻzarxiv” agentligi | 89 | 89 | |
shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni | 1 | 1 | ||
2. | Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi | 81 | 81 | |
shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni | 1 | 1 | ||
”; | ||||
“ | |||
17.2. | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi | Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi | Agentstvo po delam neplatejesposobnosti |
”. |
1a-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari | “Oʻzarxiv” agentligi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi | Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Toshkent davlat yuridik universiteti | Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish taʼsirini baholash instituti | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Akademik litseylar | “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi | “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi” davlat muassasasi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
1b-ILOVA
“Oʻzarxiv” agentligi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi markaziy davlat arxivi, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi, viloyat, shahar, tuman davlat arxivlari va ularning filiallari | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi | Oʻzbekiston milliy arxivi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arxivi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
1v-ILOVA
Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi | |||||||||||||||||
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari boʻlimlari | |||||||||||||||||
”. | |||||||||||||||||
1. | S.Sh. Mirziyoyeva | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi |
2. | D.M. Ziyamuxamedova | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi oʻrinbosari |
3. | E.G. Karimova | — | maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri |
4. | O.A. Nazarbekov | — | madaniyat vaziri |
5. | K.A. Sharipov | — | oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri |
6. | Sh.X. Shermatov | — | raqamli texnologiyalar vaziri |
7. | S.S. Saidov | — | Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi |
8. | M.S. Matchonov | — | Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi |
9. | X.I. Ibragimov | — | Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori |
10. | Lavozimiga koʻra | — | Oʻzbekiston bolalar ijodkorlari uyushmasi raisi |
11. | J.A. Axmedov | — | Bolalar kontentini rivojlantirish markazi rahbari, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi ”. |