05.05.2026 yildagi PQ-170-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha tibbiyot tashkilotlari faoliyati ustidan yagona talablar va standartlar asosida samarali nazoratni taʼminlash, tibbiy faoliyatni litsenziyalash va akkreditatsiyalash tizimining shaffofligini oshirish hamda uni bosqichma-bosqich xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2030-yilga qadar 3 000 dan ortiq davlat tibbiyot muassasalarini litsenziyalash talablariga moslashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) barcha davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — tibbiyot tashkilotlari) uchun yagona talablar oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tibbiyot tashkilotlarining axborot tizimlarini yagona talablar asosida Raqamli sogʻliqni saqlash platformasiga integratsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) tibbiy xizmatlarni koʻrsatish jarayonlariga kamida 75 ta milliy akkreditatsiyalash standartlarini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar va ularning sifatini elektron tizim orqali nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) tibbiyot tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va akkreditatsiyalash tartiblarini takomillashtirish orqali koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Tibbiy xizmatlar sifatini oshirish boʻyicha choralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2026-yil 1-iyuldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tibbiy faoliyatni litsenziyalash boʻyicha ishchi organ sifatida Sogʻliqni saqlash vazirligi nomidan litsenziya berish hamda litsenziyalash bilan bogʻliq boshqa barcha funksiyalarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tibbiyot tashkilotlarida tibbiy xizmat sifatini nazorat qilish boʻyicha alohida tuzilma faoliyatini yoʻlga qoʻyish litsenziya talab va shartlari etib belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tibbiy faoliyatni litsenziyalash talab va shartlariga rioya qilinishi hamda tibbiy xizmat sifatini nazorat qilish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) tekshiruv boshlangandan soʻng 24 soat ichida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibi joriy qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) tekshiruv oʻtkazayotgan nazorat qiluvchi organga nisbatan ilgari tekshirilgan faoliyat davri, predmeti va obyekti boʻyicha qayta tekshiruv oʻtkazilmasligiga oid talablar tatbiq qilinmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) oʻtkaziladigan profilaktika tadbirlari tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlarni koʻzdan kechirish orqali amalga oshirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) tibbiyot tashkilotlarini milliy akkreditatsiyadan oʻtkazish vakolati belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan tibbiyot sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlariga ham beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) davlat tibbiyot muassasalariga litsenziya berish orqali ularda litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tizimi joriy etiladi. Bunda quyidagi muddatlarda litsenziya olinishi majburiy etib belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) respublika darajasidagi davlat tibbiyot muassasalari — 2027-yil 1-aprelga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) hududiy darajadagi davlat tibbiyot muassasalari — 2028-yil yakuniga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) tuman (shahar) darajasidagi davlat tibbiyot muassasalari — 2030-yil yakuniga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2028-yil 1-apreldan boshlab Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga milliy yoki Sogʻliqni saqlashda sifat boʻyicha xalqaro jamiyati (ISQua) tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilgan tashkilotlarning akkreditatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — xalqaro akkreditatsiya)dan oʻtmagan respublika darajasidagi davlat tibbiyot muassasalari va nodavlat tibbiyot tashkilotlari bilan tibbiy xizmatlar xaridi boʻyicha shartnoma tuzish taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan tibbiyot tashkilotlari akkreditatsiya jarayonlari (tashqi baholash va oʻtkazilgan inspeksiya natijalari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Markazga kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) milliy yoki xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan tibbiyot tashkiloti litsenziyasining amal qilish muddati milliy yoki xalqaro akkreditatsiyaning amal qilish muddatiga mos ravishda litsenziyalovchi organ tomonidan avtomatik tarzda uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yagona talablar asosida tibbiy axborot tizimini joriy qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, 2027-yil 1-apreldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) tibbiy faoliyatni litsenziyalashda tibbiyot tashkilotlarining axborot tizimlarini Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan yagona talablarga (standartlarga) moslashtirgan holda Raqamli sogʻliqni saqlash platformasiga majburiy tartibda bepul integratsiya qilish orqali maʼlumot almashinuvini taʼminlash shartlari kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tibbiyot tashkilotlari tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini, shuningdek, litsenziya talab va shartlariga amal qilinishini Markaz tomonidan axborot tizimida masofaviy baholab borish orqali nazorat qilish yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sogʻliqni saqlash vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) barcha tibbiyot tashkilotlari axborot tizimlariga qoʻyiladigan yagona talablarni (standartlarni) tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tashxislash va davolash standartlari hamda klinik protokollarning elektron shaklidan foydalanish imkonini beruvchi maʼlumotlar bazasini yaratsin va uning doimiy yangilanib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Markaz faoliyatini samarali tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sogʻliqni saqlash vazirligi 2028-yil yakuniga qadar Markaz Sogʻliqni saqlashda sifat boʻyicha xalqaro jamiyati (ISQua) xalqaro tashkiloti tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sogʻliqni saqlash vazirligi Markazning asoslantirilgan hisob-kitoblariga asosan Markaz faoliyatini samarali tashkil etish, tibbiyot tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish boʻyicha axborot tizimini ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash, xorijiy mutaxassislarni jalb etish uchun 2026-yilda vazirlikka ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlar hisobidan Markazga 20 milliard soʻm ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sogʻliqni saqlash vazirligi akkreditatsiya va litsenziyalash boʻyicha xalqaro standartlar asosida kadrlarni tayyorlash maqsadida 2026-2027-yillarda Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan hamda “El-yurt umidi” jamgʻarmasining maqsadli stajirovka dasturlari orqali Markazning 20 nafar, tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan shugʻullanish istagini bildirgan va oʻz dasturini taqdim qilgan tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarning 5 nafar xodimining xalqaro akkreditatsiya tashkilotlarida malaka oshirishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani Parkent koʻchasi 51-uy manzilida joylashgan binosining umumiy foydalanish maydoni 2 000 kv.m dan iborat birinchi, ikkinchi va uchinchi qavatlari Markazga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Markazga oʻz faoliyatini jahon standartlariga muvofiqlashtirish, belgilangan vazifalarni samarali bajarish uchun malakali ekspertlar, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, ekspertlik va tahliliy xizmatlarni “taklif soʻrovi” xarid qilish tartib-taomili orqali xarid qilish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tibbiyot sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sogʻliqni saqlash vazirligi uch oy muddatda tibbiy faoliyatni litsenziyalashning yangilangan talab va shartlarini nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda bemor xavfsizligi hamda klinik protokollarga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda litsenziya talabgorlari uchun tizimlashtirilgan tartibni joriy etish nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda ishchi guruh tashkil etsin hamda tibbiyot tashkilotlarini loyihalashtirish, qurish va foydalanishga topshirishga oid shaharsozlik hamda sanitariya qoidalari va meʼyorlarini qayta koʻrib chiqib, ularni oʻzaro uygʻunlashtirish va xalqaro talablarga moslashtirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Adliya vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda tibbiyot tashkilotlarini loyihalashtirish, qurish va foydalanishga topshirish boʻyicha shaharsozlik hamda sanitariya qoidalari va meʼyorlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlashga qaratilgan mexanizmlarni joriy etishni hamda loyiha hujjatlarini ekspertiza qilishda davlat tashkilotlari masʼuliyatini oshirishni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sogʻliqni saqlash vazirligi uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri E.E. Adilov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 5-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-170-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PQ-170-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Amalga oshirish shakli

Masʼul ijrochilar

1.

Aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatishda tibbiyot tashkilotlari uchun litsenziyalash va sifat nazoratini amalga oshirishning yagona talablarini oʻrnatish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

tibbiyot tashkilotlarining tibbiy faoliyatini nazorat qilish, huquqbuzarlik xavfi darajasini baholash, “sirli mijoz” va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish;

litsenziya talablarini qayta koʻrib chiqish, davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun yagona talab va shartlarni joriy etish.

2026-yil iyun

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi,

Adliya vazirligi

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil iyul

3. Tibbiyot sohasining rivojlanish tendensiyalarini inobatga olgan holda litsenziyalanadigan tibbiy faoliyatning kichik turlarini qayta koʻrib chiqib, yangilangan roʻyxatni hamda har bir faoliyatning kichik turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, tibbiy texnikaga boʻlgan eng kam talablar roʻyxatini tasdiqlash. Bunda tibbiy ixtisosliklar turlari 255 taga yetkazilishini nazarda tutish.

2026-yil oktabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2.

Tibbiy faoliyat uchun litsenziya berish bilan bogʻliq tartib-taomillarni takomillashtirish.

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan litsenziyalash bilan bogʻliq funksiyalar amalga oshirilishini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil oktabr

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi

3.

Hududlardagi davlat tibbiyot muassasalarini tibbiy faoliyat uchun litsenziya talab va shartlariga moslashtirish choralarini koʻrish.

1. Hududlar va tuman (shahar)lar darajasidagi davlat tibbiyot muassasalarini ularning tibbiy faoliyat uchun litsenziya talab va shartlariga muvofiqligi boʻyicha xatlovdan oʻtkazish grafigini tasdiqlash va uning asosida har bir muassasa kesimida oʻrganishlar oʻtkazish.

2027-yil aprel

Amaliy chora-tadbirlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Xatlov natijasiga asosan tibbiyot muassasalarini 2030-yil yakuniga qadar tuman (shahar) kesimida litsenziya talab va shartlariga moslashtirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda tibbiyot muassasalari faoliyatini litsenziyalash uchun talab etiladigan mablagʻlarni hisoblash, aniq moliyaviy manbalarni va masʼullarni belgilash.

2027-yil iyun

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4.

Tibbiyot tashkilotlarini bosqichma-bosqich milliy akkreditatsiyadan oʻtkazish.

1. Statsionar davlat tibbiyot muassasalarini milliy akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlar tashkil etish hamda akkreditatsiya talablariga muvofiqligi boʻyicha xatlovdan oʻtkazish.

2027-yil aprel

Amaliy chora-tadbirlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi

2. Xatlov natijalariga koʻra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish orqali davlat tibbiyot muassasalarini, moliyaviy manbalarini inobatga olgan holda, 2035-yilga qadar bosqichma-bosqich milliy akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2027-yil oktabr

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

5.

Tibbiyot tashkilotlari tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini, shuningdek, litsenziya talab va shartlariga amal qilinishini yagona elektron axborot tizimi orqali nazorat qilish.

1. Tibbiyot tashkilotlari tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini hamda litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini elektron axborot tizimi orqali nazorat qilish boʻyicha “Tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish” axborot tizimini ishlab chiqish.

2026-yil noyabr

Amaliy chora-tadbirlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Kadastr agentligi,

Bojxona qoʻmitasi

2. “Tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish” axborot tizimini:

(a) barcha tibbiyot tashkilotlari axborot tizimlari hamda boshqa elektron platformalar bilan integratsiya qilish choralarini koʻrish;

(b) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz), “Litsenziya” axborot tizimi (license.gov.uz), Yagona taʼlim xizmatlari portali (my.edu.uz), Yagona milliy mehnat tizimi (my.mehnat.uz), Raqamli sogʻliqni saqlash platformasi (e-health.uz, dmed.e-health.uz), Davlat kadastrlari yagona tizimi (sap.kadastr.uz, davreyestr.kadastr.uz), “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi (singlewindow.uz), Muvofiqlikni baholash va sertifikatlashtirish boʻyicha yagona elektron reyestr (conformity.uz), Davlat xaridlari maxsus axborot portali (xarid.uzex.uz), Elektron tender platformasi (etender.uzex.uz) hamda Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining axborot tizimiga (e-metrologiya.uz) integratsiya qilish.

2026-yil dekabr

6.

Markaz tomonidan litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish.

1. Markaz faoliyatini jahon standartlariga muvofiqlashtirish, belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun xorijiy mutaxassis va ekspertlarni jalb etish.

2026-yil iyun

Amaliy chora-tadbirlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Markaz tomonidan litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil avgust

7.

Markazning faoliyatini samarali tashkil etish.

1. Markaz hamda uning hududiy filiallari faoliyatini zarur moddiy-texnika bazasi, shu jumladan, navbatchi avtotransport vositalari bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

2026-yil iyul

Amaliy chora-tadbirlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi

2. Markazning tuzilmasini, funksiya va vazifalarini, huquq va majburiyatlarini belgilash boʻyicha nizomni tasdiqlash. Bunda:

(a) Markazda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha nazorat tizimini tashkil etishni nazarda tutish;

(b) Markaz xodimlarini KPI asosida ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibini belgilash;

(v) tibbiyot tashkilotlari faoliyatini monitoring qiluvchi xodimlar uchun munosib ish haqi toʻlovlarini belgilash koʻzda tutiladi.

3. Markaz va uning hududiy filiallarini malakali kadrlar bilan toʻldirish.

2026-yil iyun

8.

Markazning hududiy filiallarini zarur joy bilan taʼminlash.

Markazning hududiy filiallarini joy bilan taʼminlash va ularni tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish choralarini koʻrish.

2026-yil iyun

Amaliy chora-tadbirlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

9.

Markazning Sogʻliqni saqlashda sifat boʻyicha xalqaro jamiyati (ISQua) tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlash.

1. Markazni 2028-yil yakuniga qadar ISQua xalqaro tashkiloti tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Bunda Markazni akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

2026-yil iyul

Amaliy chora-tadbirlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi

2. Markazini xalqaro ISQua tashkiloti tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazish.

2026 — 2028-yillar

10.

Tibbiy faoliyatni litsenziyalash, akkreditatsiyalash va tibbiyot standartlari boʻyicha mustaqil ekspertlar maktabini yaratish.

Tibbiy faoliyatni litsenziyalash, akkreditatsiyalash va tibbiyot standartlari boʻyicha ekspertlar hamda mustaqil ekspertlarni tayyorlash tizimini yaratish.

Bunda Markaz xodimlari va tibbiyot tashkilotlari xodimlarini oʻqitish boʻyicha oʻquv dasturlarini tayyorlash, tegishli oʻquv qurollari bilan taʼminlash orqali simulyatsion markazni tashkil etish nazarda tutiladi.

2027-yil aprel

Amaliy chora-tadbirlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi

11.

Tibbiy faoliyatni litsenziyalashda qoʻllanadigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini qayta koʻrib chiqish.

Tibbiy faoliyatni litsenziyalashda qoʻllanadigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini qayta koʻrib chiqish doirasida:

(a) davolash-profilaktika tashkilotlarining yertoʻlalaridan ilgʻor xavfsizlik usullari va zamonaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda keng foydalanish imkonini beruvchi talablarni ishlab chiqish;

(b) somatik va terapevtik yoʻnalishlarda bitta koʻrik xonasidan ikki yoki undan ortiq tibbiy ixtisosliklar doirasida oldindan tasdiqlangan grafik boʻyicha foydalanishga ruxsat berish.

2026-yil dekabr

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi,

Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi

12.

Farmakologik va dori vositalari hamda tibbiy jihozlarning klinik tadqiqotlarini oʻtkazish uchun nodavlat tibbiyot tashkilotlariga qoʻyiladigan talab va shartlarni ishlab chiqish.

1. Farmakologik va dori vositalari hamda tibbiy jihozlarning klinik tadqiqotlarini oʻtkazish tartibini qayta qoʻrib chiqish.

Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

(a) nodavlat tibbiyot tashkilotlariga farmakologik va dori vositalari hamda tibbiy jihozlarning klinik tadqiqotlarini oʻtkazishga ruxsat berish;

(b) klinik tadqiqotlarni oʻtkazish uchun nodavlat tibbiyot tashkilotlarining klinik bazalarga qoʻyiladigan talab va shartlarni belgilash.

2026-yil avgust

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Adliya vazirligi

2. Klinik bazalar roʻyxatini shakllantirish.

Belgilangan muddatlarda

13.

Tibbiy faoliyatni litsenziyalashda qoʻllanadigan qoidalar, normalar va normativlarni takomillashtirish.

1. Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan yuritiladigan birlamchi tibbiy hujjatlarni tasdiqlash va Sogʻliqni saqlash vazirligiga statistika maʼlumotlarini taqdim etish tartibini ishlab chiqish.

2026-yil oktabr

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi,

Adliya vazirligi

2. Tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasini takomillashtirish. Bunda kosmetologiya yoʻnalishidagi tibbiy xizmatlarni xalqaro tajriba asosida tartibga solish boʻyicha taklifni ishlab chiqish.

2026-yil oktabr

3. Tibbiy ixtisoslashuvning litsenziyalanadigan turlari boʻyicha shifokorlar lavozimini egallashi mumkin boʻlgan tibbiy mutaxassisliklar roʻyxatini qayta koʻrib chiqish va yangi tahrirda tasdiqlash.

2026-yil dekabr

4. Tibbiy xizmatlar reyestrini ishlab chiqib, unda oliy tibbiy maʼlumotga hamda oʻrta tibbiy maʼlumotga ega xodimlar va tibbiy maʼlumotga ega boʻlmagan xodimlar tomonidan ularni qayta tayyorlash orqali amalga oshirilishi mumkin boʻlgan tibbiy xizmatlar roʻyxatini tasdiqlash.

2026-yil dekabr

14.

Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modelini joriy qilish doirasida oilaviy poliklinikalar bino-inshootlariga qoʻyiladigan talablarni qayta koʻrib chiqish.

1. Oilaviy poliklinika bino-inshootlarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida roʻyxatdan oʻtkazish.

2026-yil iyul

Amaliy chora-tadbirlar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida oilaviy poliklinika bino-inshootlarining namunaviy loyihalari asosida qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash ishlarini tashkil qilib borish.

2027-yildan boshlab

15.

Sogʻliqni saqlash tizimidagi davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarini bosqichma-bosqich xatlovdan oʻtkazish.

1. Sogʻliqni saqlash tizimidagi davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarini bosqichma-bosqich xatlovdan oʻtkazish reja-jadvalini hamda vazirlikdagi va idoralararo ishchi guruhlar tarkibini tasdiqlash.

2026-yil may

Amaliy chora-tadbirlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

2. Sogʻliqni saqlash tizimidagi davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarini bosqichma-bosqich reja-jadvalga muvofiq xatlovdan oʻtkazib borish.

2026-yil yakuniga qadar

3. Xatlov natijalarini bosqichma-bosqich tahlil qilib borish va tibbiyot muassasalarini tashkil etishni rejalashtirish tizimini isloh qilish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borish.

Reja-jadvalga muvofiq

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 07/26/170/0459-son)