Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SOLIQ SOLIShNING SODDALAShTIRILGAN TIZIMIGA OʻTGAN KIChIK KORXONALARGA SOLIQ SOLISh TARTIBI TOʻFRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Kichik korxonalar uchun soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllash tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda:
Kichik korxonalar uchun soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllash tartibini soliq toʻlovchilarga yetkazsin;
Keyingi tahrirga qarang.
bir oy muddatda normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-apreldagi 140-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 15-aprel,
159-son
Kichik korxonalar uchun soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllash
Keyingi tahrirga qarang.
TARTIBI
1. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq ishlab chiqilgan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi kichik korxonalar (keyingi oʻrinlarda — korxona deb ataladi) uchun soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Kichik korxonalar uchun soliq solishning soddalashtirilgan tizimi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan amaldagi soliq solish tizimi bilan bir qatorda qoʻllaniladi.
Soliq solish tizimini tanlash huquqi mazkur Tartibga muvofiq ixtiyoriylik asosida kichik korxonalarga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimi yalpi umumdavlat soliqlarini, shuningdek, davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan joriy etiladigan mahalliy soliqlar va yigʻimlarni toʻlash oʻrniga yagona soliq toʻlashni nazarda tutadi, quyidagilar bundan mustasnodir:
savdo-sotiq qilish huquqi uchun yigʻim, shu jumladan, ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yigʻimlari;
yuridik shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻim;
avtotransport toʻxtash joyidan foydalanganlik uchun yigʻim.
4. Yagona soliq toʻlovchi boʻlgan korxonalar, sotib olingan tovar qiymatida toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini ishlab chiqarish xarajatlari (muomala xarajatlari)ga chiqarib tashlaydilar.
5. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllovchi kichik korxonalar uchun boj, qoʻshilgan qiymat soligʻi va import qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga aksiz soligʻi, davlat boji, litsenziya yigʻimlari toʻlash, budjetdan tashqari fondlarga ajratmalar ajratishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga oʻtgan korxona umumiy belgilangan tartibda yoki soddalashtirilgan shaklda hisob-kitob yuritishga haqlidir. Buxgalteriya hisoboti dastlabki hujjatlarining va daromadlar va xarajatlarni hisobga olish daftari yuritishning soddalashtirilgan shakli Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi va barcha hudud uchun yagona hisoblanadi.
II. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimi subyektlari
1. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimining amal qilishi qonunchilik bilan belgilangan mezonlarga muvofiq kichik korxonalar sirasiga kiruvchi yuridik shaxslarga tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimi uchun faoliyat turi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan belgilangan kod boʻyicha aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Kichik korxonalar xodimlari sonini aniqlashda pudrat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy tusdagi boshqa xil shartnomalar boʻyicha ishlayotganlar ham hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga amal qiladigan, ishlayotgan umumiy xodimlarning kamida ellik foizini nogironlar tashkil etgan korxonalar yagona soliq toʻlashdan ozod qilinadilar.
Mazkur imtiyoz savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalarga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Faoliyatning bir qancha turini amalga oshiruvchi yagona soliq toʻlovchilar faoliyatning har bir turi boʻyicha soliq solish obyektining alohida hisobini olib borishlari va aniq faoliyat turini soliq solish obyektidan hamda unga muvofiq keluvchi yagona soliq stavkasidan kelib chiqqan holda yagona soliqni hisoblab chiqarishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Aksiz toʻlanadigan mahsulot ishlab chiqarayotgan kichik korxonalar aksiz soligʻini Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda toʻlaganlari taqdirda soddalashtirilgan soliq solish tizimiga oʻtishlari mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 11-noyabrdagi 493-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
III. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimidagi soliq solish obyektlari
1. Quyidagilar yagona soliq solish (soliq solinadigan oborot) obyekti hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
savdo korxonalari uchun (xarid qiluvchi, vositachi, ulgurji-sotuvchi, taʼminot) — yalpi daromad;
Keyingi tahrirga qarang.
xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari korxonalari uchun — yalpi tushum.
2. Yalpi tushum tarkibiga:
mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni, mol-mulkni sotishdan olingan tushum summalari;
moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar va Oʻzbekiston Respublikasining Solik kodeksiga muvofiq belgilanadigan boshqa daromadlar kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Yalpi daromad tarkibiga:
tovarning xarid va sotish qiymati oʻrtasidagi tafovut;
moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar va Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan boshqa daromadlar kiradi.
IV. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllash qoidalari
1. Korxonalarning soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga oʻtishlari uchun ular roʻyxatdan oʻtgan joydagi davlat soliq xizmati organiga chorak boshlanishidan kamida bir oy oldin yozma ravishda ariza berishlari zarur. Bunda mazkur Tartibning P boʻlimida nazarda tutilgan shartlarga rioya qilinishi kerak.
2. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga oʻtishda korxonalarda oʻtgan davr uchun soliq toʻlash boʻyicha oʻsha davrda amalda boʻlgan soliq solish tizimidan kelib chiqqan holdagi majburiyatlar saqlanib qoladi.
3. Korxonani soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga oʻtkazish yoki asoslangan holda rad etish toʻgʻrisidagi qaror davlat soliq xizmati organi tomonidan korxona ariza bergan kundan boshlab oʻn kun muddatda chiqariladi.
4. Soddalashtirilgan shaklda hisobni olib borishga qaror qilgan korxona oʻz arizagi qondirilgandan keyin belgilangan shakldagi xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish daftarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun uni davlat soliq xizmati organiga taqdim etadi.
5. Davlat soliq xizmati organi xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish daftarining birinchi betida ariza imzolangan sanani belgilab qoʻyadi.
6. Xoʻjalik operatsiyalarini hisobga olish daftariga Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi normativ hujjatlari bilan belgilangan tartibda hisobotlar bilan muomala qilish qoidalari tatbiq etiladi.
7. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllashni rad etish va navbatdagi kalendar yil boshidan soliq solishning umumiy belgilangan tizimiga qaytish kalendar yil tugashidan kamida 15 kun oldin davlat soliq organiga tegishli ariza berilgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.
8. Soliq xizmatining soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
9. Yagona soliq toʻlashdan soliq solishning avvalgi tizimiga yil davomida oʻtkazilmaydi.
V. Yagona soliqni hisoblab chiqarish tartibi va uni toʻlash muddatlari
1. Yagona soliq soliq solinadigan oborot va tasdiqlangan stavkalardan kelib chiqqan holda soliq toʻlovchilar tomonidan mustaqil ravishda hisoblab chiqariladi.
2. Yagona soliq boʻyicha hisob-kitoblar davlat soliq xizmati organlariga choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini topshirish uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
3. Yagona soliq budjetga har chorakda oʻsib boruvchi yakun bilan hisob-kitob taqdim etish muddatidan kechiktirilmasdan toʻlanadi.
4. Yagona soliq summasi mahalliy budjetga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Toʻlovchilarning javobgarligi
Toʻlovchilar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgar boʻladilar.
VII. Davlat soliq xizmati organlarining nazorat qilishi