Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
qarori
Tovar-xom ashyo birjalari aʼzolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 28-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2038-9]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 01/19-18/24, 43-son qarori (roʻyxat raqami 2038, 2009-yil 6-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 46-son, 501-modda) bilan tasdiqlangan Tovar-xom ashyo birjalari aʼzolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu qaror ilovasining 4-bandi qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi H. TURAXUJAYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 14-aprel,
03/15-05/01-son
Bosh prokuror oʻrinbosari — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi J. XATAMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 11-aprel,
15-son
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2026-yil 14-apreldagi 03/15-05/01-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 11-apreldagi 15-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tovar-xom ashyo birjalari aʼzolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadlarida birja aʼzolari tomonidan mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun rahbar yoki uning oʻrinbosari darajasida masʼul shaxs (bundan buyon matnda masʼul shaxs deb yuritiladi) tayinlanadi.
Masʼul shaxslar ishini muvofiqlashtirish uchun birjada birjaning vakolatli xodimi tayinlanadi.”.
2. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Rahbar oʻrinbosari darajasidagi masʼul shaxs birja aʼzosi ijro etuvchi organi rahbarining buyrugʻi bilan tayinlanadi va toʻgʻridan-toʻgʻri rahbarga hisobdor boʻladi hamda oʻz vakolatlarini amalga oshirishda mustaqil hisoblanadi.Tayinlangan masʼul shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar birjaning vakolatli xodimiga taqdim etiladi.”.
3. 91-banddagi “lavozimiga tayinlanayotgan shaxs” degan soʻzlar “, shu jumladan ushbu lavozimga tayinlanayotgan shaxs hamda birja aʼzosining pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi xodimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 92-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“92. Masʼul shaxs lavozimiga, shuningdek, birja aʼzosining pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi xodimlari sifatida quyidagi shaxslar tayinlanishi mumkin emas:
oʻz faoliyati va shaxsiy xulq-atvorida ishonib topshirilgan boʻlinmani notoʻgʻri boshqargani yoki ishni vijdonan yuritmaganini namoyon etgan shaxslar;
iqtisodiyot sohasidagi, boshqaruv tartibiga qarshi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlari uchun avval sud tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar.
Ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan talablar birja aʼzosining rahbari, taʼsischisi va benefitsiar mulkdoriga nisbatan ham tatbiq etiladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 10/26/2038-9/0423-son)