Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 03.09.1998 yildagi 375-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 12.09.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KAPITAL QURILIShDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI ChUQURLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital qurilishda bozor munosabatlarini shakllantirishning tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlarini yaratish, qurilish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, bozor prinsiplari va mexanizmlari asosida qurilish majmuini boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yoʻnalishlari deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudrat qurilish tashkilotlar va qurilish industriyasi korxonalarini xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, qurilish boshqaruv tuzilmalarini ixchamlashtirish va monopoliyadan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy qurilish firmalari tashkil etilishini ragʻbatlantirish, qurilish sohasida oʻrta va kichik korxonalar va tashkilotlarni, bozor infratuzilmasini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilish pudrat va loyiha ishlari bozorini shakllantirish, qurilish faoliyatida shartnoma munosabatlarining ahamiyatini kuchaytirish, buyurtmalarni joylashtirishda hamma joyda tender savdolarini joriy etish, ustun darajada foydalanishga tayyor holda qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash darajasini oshirish hamda ularni shakllantirish, koʻrib chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish, qurilishning meʼyoriy-texnik negizini yangilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqni boshqarishning barcha boʻgʻinlarida institutsional islohotlarni amalga oshirish, boshqarishning ustun darajada bir-ikki boʻgʻinli tizimiga oʻtgan holda qurilish majmuini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
brigada pudratini joriy etish, ishning tugallangan bosqichlari boʻyicha haq toʻlash asosida pudrat qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish shakllari va mexanizmini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish ishlari muddatlarini qisqartirish va tannarxni pasaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1998—2000-yillarda qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital qurilish iqtisodiy islohotlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi 2-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari raisligida kapital qurilishni isloh qilish boʻyicha hududiy komissiyalar tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublikada qurilish sohasida bozor munosabatlarini shakllantirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratuvchi qonun hujjatlari qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin (3-ilova*).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998—2000-yillarda qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturini amalga oshirish va chora-tadbirlari 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 305-sonli qarori bilan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-sonli qarori bilan chiqarilgan— OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 146-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 146-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozor munosabatlari sharoitlarida qurilishda shartnomaviy narxlarni belgilash tartibi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi Vazirlar Mahkamasining Qurilish va uy-joy kommunal sohasi kompleksi, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlasin. Olib borilayotgan ishlarning natijalari toʻgʻrisida har chorakda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyasi, “Oʻzjamoaqurilish” uyushmasi, “Oʻzagroqurilish” birlashmasi bilan birgalikda boshqaruvning respublika organlarini tugatgan holda koʻrsatib oʻtilgan tuzilmalar qayta tashkil etilishini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarorining 1999-yil 1-yanvargacha tayyorlansin va tasdiqlash uchun kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi komissiyasi bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida imzolangan Memorandumga muvofiq tarkibiy qayta oʻzgartirishlar amalga oshirilishini taʼminlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi, “Oʻzsuv qurilish” konserni, “Oʻzmontajmaxsus qurilish” va “Oʻzbektransmaxsus qurilish” uyushmalari, “Oʻzbekgidroenergiya qurilish” tresti, “Oʻzbekneftgaz qurilish” birlashmasi bilan birgalikda 1999-yil 1-yanvargacha 2 boʻgʻinli tizimga oʻtishni, ortiqcha tuzilmalar tugatilishini, mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan Dasturning soʻzsiz bajarilishini koʻzda tutgan holda ularning boshqaruv tizimini takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qurilishda asosiy birlamchi xoʻjalik boʻgʻini sifatida qurilish trestini boshqarishning namunaviy tuzilmasi 9-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar va idoralarga, kompaniyalar, korporatsiyalar, uyushmalar, mustaqil qurilish trestlariga 1998-1999-yillar mobaynida qurilish trestlarini boshqarishning koʻrsatib oʻtilgan namunaviy tuzilmasiga oʻtkazish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi, Qoʻngʻirot soda zavodi, Qizilqum fosforit kombinati qurilishi singari muhim xalq xoʻjaligi ahamiyatiga ega boʻlgan yirik qurilishlarda Hukumat qarori bilan belgilangan buyurtmachi va bosh pudratchining tavsiyalari boʻyicha barcha manfaatdor subpudrat tashkilotlarning vakillaridan iborat tarkibda respublika shtab-markazlarini shakllantirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan shtab-markazlarning shakllantirilishi va ularning faoliyat koʻrsatishi uchun masʼuliyat bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaruriyat boʻlganda shtab-markazlar huzurida xarajatlarning umumiy smetasi hisobiga 5—7 kishidan iborat qurilish-montaj ishlarni muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlar tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb-hunar kollejlarini va akademik litseylarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha respublika, viloyat ixtisoslashtirilgan qurilish trestlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy soha obyektlari, birinchi navbatda namunaviy loyihalar boʻyicha qurilayotgan kollejlar va litseylar uchun qurilish konstruksiyalari va materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan qurilish industriyasi korxonalarini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998-yil 1-noyabrgacha ushbu masala boʻyicha qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga quyidagi vazifalarni hal etish yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish, arxitektura va shaharsozlik sohasida davlat siyosatini olib borish, tarmoqni rivojlantirish tamoyilini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish ishlab chiqarishda, kapital qurilishning axborot negizini yaratishda yagona ilmiy va texnika siyosatini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish faoliyatini davlat tomonidan boshqarishning shakl va usullarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalari va qurilish ishlari sifatini ekspertiza qilish boʻyicha mustaqil firmalar faoliyati ustidan monitoringni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishda monitoringni va meʼyoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish faoliyatida standartlashtirish va sertifikatsiyalash, qurilishda narx belgilash tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi makro iqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat mulk qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlari va meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqilishi uchun masʼul boʻlgan boʻlinmalar tashkil etilishini nazarda tutgan holda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining yangilangan tuzilmasini va uning toʻgʻrisidagi nizomini bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Toshkent shahar hokimligi va “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyaning Toshkent shahar kapital qurilish Bosh boshqarmasini va “Toshshaharloyiha” institutining korporatsiya tarkibidan chiqarish va ularni Toshkent shahar hokimligiga boʻysundirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hukumatning quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston SSR agrosanoat kompleksini boshqarish strukturasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1991-yil 11-yanvardagi 5-son qarorining 8-bandi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining moliya- qurilish korporatsiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 27-dekabrdagi 622-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-banddan “Toshshaharloyiha” instituti, Kapital qurilish bosh boshqarmasi va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1-ilovadagi oxirgi ikkita xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida Kapital qurilishda pudrat savdolari (tendyerlar)ni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 1997-yil 28-fevraldagi 114-son qarorining 2-bandi quyidagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Pudrat savdolari (tendyerlar)ni tashkil etish boʻyicha Respublika boshqarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida savdolar oʻtkazish boʻyicha uslubiy rahbarlikni amalga oshirish va koʻrsatmalar berish yuklansin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Respublikada tugallanmagan ishlab chiqarish qurilishi hajmlarini qisqartirish, ishlab chiqarish obyektlarini rekonstruksiya qilish va ularning bir qismini xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishga, qayta ixtisoslashtirishga doir tub chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1990-yil 29-avgustdagi 302-son qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida Kapital qurilishda pudrat savdolari (tendyerlar)ni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 1997-yil 28-fevraldagi 114-son qarorining 1-bandi va unga ilova;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Qurilishni kontrakt asosida va obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomlarni, bozor munosabatlari sharoitlarida qurilishdagi shartnomaviy narxlarni belgilash tartibini tasdiqlash haqida” 1993-yil 21-iyuldagi 369-son qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-apreldagi 177-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlari va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga mazkur qarorlardan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 3-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
375-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998—2000-yillarda qurilishda iqtisodiy islohotlarning chuqurlashtirishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1998— 2000-yillarda qurilishda iqtisodiy islohotlarning chuqurlashtirishning maqsadlari va asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Dasturining maqsadi — kapital qurilishda bozor munosabatlarni shakllantirishning tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy shart sharoitlarini yaratish, bozor prinsiplari va mexanizmlari asosida qurilish majmuini boshqarish tizimini takomillashtirishdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar 1998—2000-yillarda qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudrat qurilishi tashkilotlari va qurilish industriyasi korxonalarini xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, qurilishda boshqaruv tuzilmalarini ixchamlashtirish va monopoliyadan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy qurilish firmalari tashkil etilishni ragʻbatlantirish, qurilish sohasida oʻrta va kichik korxonalar hamda tashkilotlarni, bozor infratuzilmasini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital qurilishda pudrat va loyiha ishlari bozorini shakllantirish, qurilish faoliyatida shartnoma munosabatlarining ahamiyatini kuchaytirish, buyurtmalarni joylashtirishda hamma joylarda tender savdolarini joriy etish, ustun darajada foydalanishga tayyor holda qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash darajasini oshirishi hamda ularni shakllantirish, koʻrib chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish, qurilishning meʼyoriy-texnik negizini yangilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarishning ustun darajada bir-ikki boʻgʻinli tizimiga oʻtgan holda qurilish majmuini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoqni boshqarishning barcha boʻgʻinlarida instutitsional islohotlarni amalga oshirish, boshqaruv apparatini va xarajatlarini qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Brigada pudratini joriy etish, ishning tugallangan bosqichlari boʻyicha haq toʻlash asosida pudrat qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish shakllari va mexanizmini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish ishlari muddatlarini qisqartirish va tannarxni pasaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Pudrat ishlari bozorini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda pudrat ishlari bozorini shakllantirish hal qiluvchi oʻrin tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maqsadlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi tomonidan loyiha va qurilish ishlarini bajaruvchi (bosh pudratchi)ni tanlov (tender) asosida tanlab olishni hamma joyda joriy etishga bosqichma-bosqich oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyatini subyektlarning ishlab chiqarish-xoʻjalik va boshqa oʻzaro munosabatlarini tartibga solishning yagona shakli sifatida shartnoma munosabatlarini mustahkamlash; pudrat shartnomalarini bajarishda majburiyatlarining taʼminlanishi uchun javobgarlikning turli shakllari va mexanizmlarini joriy etish nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudrat shartnomalarini bajarishda majburiyatlarning taʼminlanishi uchun javobgarlikning turli shakllari va mexanizmlarini joriy etish nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudrat ishlarining jadallashgan bozorini shakllantirish maqsadida xususiylashtirish va monopoliyadan chiqarish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, mulkchilikning turli shakllariga asoslangan loyiha va qurilish tashkilotlari oʻrtasida raqobat muhitini yaratish nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qurilish korxonalarini va tashkilotlarini xususiylashtirish, ishlab chiqarishlarni aksiyalashtirish jarayoni davom ettiriladi, ular 2000-yilning boshida asosan tugallanadi. Bunda faqat mamlakat iqtisodiyoti uchun alohida ahamiyatga ega boʻlgan neft-gaz, energetikaning ayrim yirik qurilish-montaj tashkilotlari va qurilishning boshqa maxsus turlari davlat mulki boʻlib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish biznesi sohasida xususiy kompaniyalar va firmalarni shakllantirish ham yangi korxonalar tashkil etish yoʻli bilan, ham zarar koʻrib ishlayotgan va istiqbolsiz qurilish tashkilotlarini jismoniy va yuridik shaxslarga sotish asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish-montaj ishlarini ayrim turlarini va investitsiya-qurilish faoliyati bilan bogʻliq boshqa ishlar ustidan oʻz monopoliyasini oʻrnatib olgan har xil turdagi korxonalar va tashkilotlar birlashmalarini tugatish yoki majburiy ravishda ixchamlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Trestlar negizida qurilishda dastlabki asosiy boʻgʻin sifatida mustaqil qurilish-xoʻjalik tizimlarini tashkil etish, ustqurtma tuzilmalarini tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarni loyihalashtirish va qurish, shu jumladan obyektlarni foydalanishga tayyor holda topshirish uchun buyurtmalarni tanlov (tender) asosida joylashtirish tizimini joriy etish monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini shakllantirishning boshqa muhim mexanizmlari boʻlib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamma joyda pudrat tashkilotlarini tender asosida tanlab olish usuliga amalda oʻtish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tender savdolarini oʻtkazish mexanizmi boʻyicha barcha zarur meʼyoriy- huquqiy hujjatlarini 1998-yil oxirigacha ishlab chiqarishni taʼminlash nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdolar predmeti xususiyatlariga qarab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha, muhandislik-qidiruv, konstruktorlik va boshqa tayyorgarlik ishlarini bajarishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan korxonalar, binolar va inshootlarni, shu jumladan foydalanishga tayyor holda qurish va texnika bilan qayta jihozlashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnologik asbob-uskunalar keng toʻplamini, shu jumladan foydalanishga tayyor holda yetkazib berishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani boshqarishda, uning boʻyicha maslahat berishda, uni nazorat qilishda pudratchilarni yoki maslahatchilarni tender asosida tanlab olish uchun hujjatlar ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hamma joyda Tender savdolarining oʻtkazilishi uchun qulay sharoitlar yaratilishga yoʻnaltirilgan tashkiliy va meʼyoriy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tender savdolarini oʻtkazishda, tender hujjatlarini rasmiylashtirishda, pudrat qurilish tashkilotlari, qurilish materiallari va pudrat ishlariga boʻlgan narxlar toʻgʻrisida maxfiy boʻlmagan axborotlarni berishda, tender savdolarini oʻtkazishda ularning tashkilotchilari sifatida va boshqalarda buyurtmachilarga maslahat yordamida koʻrsatuvchi mustaqil konsalting tashkilotlari tuzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat boshqaruvi organlari uchun faqat markazlashtirilmagan manbalar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan davlat buyurtmasi obyektlari boʻyicha ularning buyurtmachi boʻlish huquqini belgilab beruvchi aniq chegaralarni belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudrat faoliyatida shartnoma munosabatlarini mustahkamlash Investitsiya jarayonining barcha ishtirokchilarini ularning ishlarini pirovard natijalari uchun javobgarliklarini oshirishga yoʻnaltirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, Qurilishni kontrakt asosida tashkil etish toʻgʻrisidagi va obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomlar, buyurtmachi va pudratchining oʻzaro munosabatlari mexanizmini belgilab beruvchi boshqa meʼyoriy hujjatlar shartnoma munosabatlarini shakllantirishning qonuniy asoslari boʻlib xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda shartnoma tuzish, sheriklarni tanlash, majburiyatlarni respublika qonun hujjatlariga zid kelmaydigan oʻzaro xoʻjalik munosabatlarning har qanday boshqa shartlarini belgilash investitsiya faoliyati subyektlarining mutloq vakolatlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma majburiyatlari va u bilan bogʻliq qonunga oid hujjatlar ijro etilmaganda qattiq jazolarni joriy etish nazarda tutiladi. Pudratchilar, tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat koʻrsatuvchilar mahsulot yetkazib beruvchilar oʻrtasida munosabatlarning zarur shakli sifatida kontraktdan oldingi bitimlar tuzish rivojlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudrat shartnomalarini bajarishda majburiyatlarni taʼminlashning Shartnoma asosida joriy etiladigan kafillik, banklar va boshqa maxsus moliya institutlari tomonidan beriladigan kafolat, tavakkalchilikni sugʻurtalash, garov, zakalat, neustoyka, mol-mulkni chegirib qolish, taʼminotning boshqa shakllaridan keng foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudrat ishlari bozorida raqobat darajasini oshirish maqsadida ularda xorijiy loyihalash va qurilish kompaniyalarini keng qatnashishi nazarda tutiladi. Ularning pudrat ishlari bozorida qatnashishi ustun darajada tender asosida amalga oshiriladi. Loyiha yoki qurilish-montaj ishlari uchun tender yoki tanlov eʼlon qilinganda xorijiy ishtirokchi tomonidan tender shartlariga binoan buyurtmanoma beriladi va takliflar tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik yoki maxsus investitsiya loyihalari boʻyicha tender savdolarida qatnashish uchun xorijiy pudrat tashkiloti birinchi klassli xorijiy bankning majburiyatlari bajarilishi yuzasidan kafolat majburiyatini taqdim etishi va respublika hududida pudrat qurilish faoliyatini amalga oshirish huquqini olish uchun vakolatli davlat boshqaruv organidan ruxsat olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy tashkilotlar bilan oʻzaro hisob-kitoblar amaldagi qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qurilish materiallari va butlovchi buyumlar bozorini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish ishlab chiqarishni butlash va uni olib borish uchun ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb qilish sohalarida raqobat yaratish maqsadida quyidagilar moʻljallanmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish materiallari va butlovchi buyumlar ishlab chiqarish sohasida monopoliyadan chiqarishni davom ettirish, qurilish industriyasi korxonalari boʻysunishida idoraviy yondashuvdan voz kechish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudratchilar tomonidan mamlakatimizdagi va xorijdagi qurilish materiallari yetkazib beruvchilarning bevosita mahsulot ishlab chiqaruvchilar orasidan tender usulida tanlab olinishini keng qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish materiallari ulgurchi bozorlarini tashkil etish, yarmarka savdolarini muntazam ravishda oʻtkazish, qurilish materiallari va butlovchi buyumlarni tovar-xomashyo birjalari orqali sotishni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan qurilish-investitsiya birjasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudratchilarga qurilishning shartnomada belgilangan smeta qiymati doirasida subpudrat tashkilotlari va qurilish materiallari va butlovchi buyumlar, konstruksiyalar va asbob-uskunalar yetkazib beruvchi korxonalarni tanlab olishda toʻliq mustaqillik berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudrat tashkilotlariga koʻrsatiladigan xizmatlar bozorida, ularning qaysi idoraga qarashliligidan qatʼi nazar, mamlakatimiz qurilish materiallari va konstruksiyalari yetkazib beruvchi korxonalarining, ixtisoslashtirilgan korxonalarining erkin qatnashishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli loyiha hujjatlari va mablagʻ bilan taʼminlashning tasdiqlangan manbalarning mavjud boʻlishi qurilish obyektlarini qurishning majburiy sharti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihalari sifatini oshirish investitsiya loyihasining biznes-rejalari va texnik-iqtisodiy asoslarini (TIA) ishlab chiqish jarayonlarini tubdan yaxshilashga asoslanadi. Investitsiya loyihalarining biznes-rejalari va texnik-iqtisodiy asoslari investor (investor-buyurtmachi)lar tomonidan mustaqil ravishda yoki ularning buyurtmasi boʻyicha shartnoma shartlarida konsalting yoki injiniring kompaniyalari tomonidan ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablagʻ bilan taʼminlash manbalaridan qatʼi nazar, tegishli yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida rasmiy tashkilotlarning yoki mustaqil ekspert tashkilotining xulosasini joriy etish nazarda tutiladi. Buyurtmachi investor boʻlib hisoblanmagan taqdirda, buyurtmachi investordan faqat ekspert xulosasi mavjud boʻlganda investitsiya loyihasini amalga oshirishga buyurtma qabul qilish mexanizmi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudratchi buyurmachi bilan kelishgan holda loyiha-smeta hujjatlarini tuzishga mustaqil ravishda shartnoma tuzishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha kompaniyalarni tanlab olish buyurtmachi (investor-buyurtmachi) tashabbusi boʻyicha tender asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun shartnomalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tender savdosida yutib chiqqan pudrat loyiha tashkilotlarining javobgarligini oshirish nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika investitsiya dasturiga kirgan va toʻliq yoki qisman markazlashtirilgan manbalar hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan loyiha-smeta hujjatlari yirik investitsiya loyihalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklarning kredit resurslari hisobiga investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari uchun loyiha-smeta hujjatlarini ham umumiy belgilangan tartibda, ham injiniring kompaniyalari tomonidan ishlab-chiqilgan va vakolatli banklar ekspert komissiyasi tomonidan maʼqullangan namunaviy loyihalar asosida ishlab chiqish imkoniyati nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Narx belgilash mexanizmini takomillashtirish va qurilish qiymatini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish qiymatini qisqartirish maqsadida pudrat ishlari va ularni bajarish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika resurslari bozor narxlarining oʻz-oʻzini tartibga solishi uchun shart-sharoit yaratish yoʻli bilan qurilishda vujudga kelgan narx belgilash tizimiga jiddiy oʻzgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda, bu zaruratga qarab monopoliyaga qarshi narxni tartibga solishda davlat taʼsirini inkor etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyekt yoki xizmat uchun chegaralangan oxirgi narxni belgilangan holda qurilish, loyihalashtirish, materiallar, konstruksiyalar va asbob-uskunalar xarid qilishga buyurtmalarni tender savdolari tizimi orqali joylashtirishga ustuvor ahamiyat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy natijalar uchun moliyaviy javobgarlik pudratchiga yuklanadi, qurilishning amaldagi qiymatini pasaytirish natijasida erishilgan mablagʻlar esa uning ixtiyorida qoladi va amaldagi sarf-xarajatlarni va qurilish muddatlarini qisqartirishni ragʻbatlantirish uchun xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudratchilar bilan hisob-kitoblarni kontrakt qiymatining kontraktlarda kelishib olingan muayayn foizgacha avans toʻlovlari bilan amalga oshirish moʻljallanmoqda. Yakuniy hisob-kitoblarni obyekt qurilishi tugallangandan va u foydalanishga topshirilgandan keyin amalga oshirish nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish qiymatini pasaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-qidiruv va pudrat qurilish ishlarini amalga oshirish yuzasidan barcha tender takliflarida loyiha va qurilish ishlarining boshlangʻich qiymati va tender qatnashchilarining tegishli tanlov takliflari faqat chegaralangan miqdorlarda belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 1-yanvardan boshlab qurilish qiymatining qimmatlashishi indekslarini qoʻllash toʻliq bekor qilinadi va barcha investitsiya loyihalarining qiymati amaldagi narxlarda belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish xizmatlari uchun haq toʻlash mustaqil ekspertiza oʻtkazilgandan keyin amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomalarning oʻz vaqtida bajarilmagani uchun moddiy zarar pudratchi tashkilotlar tomonidan qoplangan holda obyektlarni qurish muddatlarini qatʼiy tartibga solish nazarda tutilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar buyurtmachining aybi bilan loyiha-smeta hujjatlari oʻz vaqtida taqdim etilmagan va asbob-uskunalar yetkazib berilmagan hamda boshqa majburiyatlar bajarilmagan boʻlsa, unda buyurtmachi javob beradi va pudratchiga yetkazilgan moddiy zararni toʻlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomalarning muddatida bajarilmagani uchun moddiy zararning miqdori va smetadan ortiq barcha xarajatlar oldingi davrdagi tender savdolarining oʻrtacha narxlari boʻyicha yoxud birja narxlari boʻyicha belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-madaniy sohalar (turar-joy, sogʻliqni saqlash, taʼlim) obyektlarini qurishda namunaviy loyihalardan keng foydalaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ham meʼyoriy bazani takomillashtirish hisobiga, ham qurilish tashkilotlarini boshqarish tuzilmasini tartibga solish hisobiga qurilishda qoʻshimcha xarajatlarni keskin qisqartirish chora-tadbirlari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish muddatlarini qisqartirish maqsadida ishlarning smenaligi cheklanmagan holda vaxta usulini rivojlantirish nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika mintaqalarida qurilish qiymati, qurilish materiallari, konstruksiyalar, transport, qurilish mexanizmlari va ishchi kuchi narxlari aniq darajasini roʻyxatdan oʻtkazish va tahlil qilish boʻyicha maʼlumotlar bankini shakllantirish uchun xoʻjalik hisobidagi axborot-tahlil marketing firmalarining tashkil etish moʻljallanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish materiallari va konstruksiyalariga boʻlgan talabning mavsumiy va texnologik talabning oʻzgarishini hisobga oluvchi, narxlarning oʻzgaruvchan tizimiga ega boʻlgan qurilish materiallari va konstruksiya materiallariga boʻlgan talabning mavsumiy va texnologik talabni oʻzgarishini hisobga oluvchi, narxlarning oʻzgaruvchan tizimiga ega boʻlgan qurilish materiallari bilan savdo qiluvchi ixtisoslashtirilgan ulgurchi taʼminot-savdo firmalari tarmoqlari tashkil etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qurilishning meʼyoriy-texnik bazasini takomillashtirish yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar qurilishning meʼyoriy-texnik bazasini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishda loyihalashtirish, texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish, meʼyoriy va texnik hujjatlar milliy meʼyorlari tizimini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istiqbolli qurilish materiallarini, tejamli, hajmli-rejalashtirilgan va texnik yechimlarni keng qoʻllash asosida qurilishning resurslarini tejovchi yangi usullari va texnologiyalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik va oʻrta tadbirkorlikni birinchi navbatda taʼminlagan holda yangi uslubiy asosda ommaviy qoʻllaniladigan loyiha mahsulotlari fondini qayta tiklash va kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish qiymatini arzonlashtirish, sifatini oshirish asosida qurilish ishlarini samaradorligini, mamlakatimiz pudrat qurilish tashkilotlarining raqobatbardoshliligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha mahsulotlari va materiallari loyihalash, muhandislik-qidiruv ishlarini sertifikatsiyalash markazlarini tashkil etishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kapital qurilish sifatini va qurilish meʼyorlari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarining sifatini oshirish, xavfsizligini taʼminlash uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya jarayonining barcha bosqichlarida — biznes-reja va TIAni ishlab chiqishdan tayyor qurilish obyektini qabul qilishgacha boʻlgan davrda mustaqil ekspertiza qilish mexanizmini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish ishlarini bajarish yuzasidan pudrat shartnomasida tayyor obyektlarni qabul qilish davrida qabul komissiyasi tomonidan obyektiv sabablarga koʻra topilmaydigan nosozliklar va boshqa buzilishlarni bartaraf etish boʻyicha pudratchining muddatli kafolat majburiyatlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meʼyoriy-texnik hujjatlarni, qurilish meʼyorlari va qoidalarini, standartlarini takomillashtirish nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kapital qurilishda instutitsional islohotlar, uni boshqarishning tuzilmasini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998— 2000-yillarda qurilishni davlat va xoʻjalik organlari tomonidan boshqarish funksiyalarini cheklash, maʼmuriy-buyruqbozlik usullariga asoslangan tor idoraviy boshqaruvdan loyiha va qurilish faoliyatini funksional boshqaruvga quyidagi yoʻllar bilan oʻtishni taʼminlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoidaga koʻra, bir-ikki boʻgʻinli tizimiga oʻtgan holda tarmoqning xoʻjalik boshqaruvi boʻgʻinlarini qisqartirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markazlashtirishdan chiqarish va pudrat qurilish tashkilotlari hamda qurilish industriyasi korxonalari faoliyatining idoraviy xususiyatlarini bartaraf etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Barcha loyiha tashkilotlariga mustaqil tashkilot maqomini berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga qurilish faoliyatini davlat tomonidan boshqarish boʻyicha kuyidagi asosiy funksiyalarini yuklash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish, arxitektura va shaharsozlik sohasida davlat siyosatini oʻtkazish, tarmoqni rivojlantirish konsepsiyasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish ishlab chiqarishda, kapital qurilishning axborot bazasini yaratishda yagona ilmiy va texnikaviy siyosatni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish shakllari va usullarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalari va qurilish ishlarining sifatini ekspertiza qilish boʻyicha mustaqil firmalarning faoliyati monitoringini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishda meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularning monitoringini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalari va qurilish ishlarining sifatini ekspertiza qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda loyihalash, qurilish-montaj, tuzatish va foydalanish ishlari turlarini litsenziyalash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqalarda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari funksiyalarini uning hududiy organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimlar vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha esa — ularga boʻysunuvchi kapital qurilish boshqarmalari va boʻlimlari amalga oshiradilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yilda qurilish tashkilotlarini asosan boshqarishning bir-ikki boʻgʻinli tizimiga oʻtkazish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik-maʼmuriy boshqaruvning respublika va viloyat organlari koʻrinishidagi ustqurtma tuzilmalarni bosqichma-bosqich tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishning ayrim sohalarini monopoliyalashtirib olgan birlashmalar va tashkilotlarni, birinchi navbatda “Oʻzjamoaqurilish” uyushmasi, “Oʻzdehqonchilikqurilish” birlashmasi, “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyasi tizimlarini tugatish yoki majburiy ravishda ixchamlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustqurtma tuzilmalari boʻlmagan trestlar negizida mustaqil qurilish-xoʻjalik tashkilotlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat korxonalari va tashkilotlari, shu jumladan ishlamaydigan va (yoki) ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari va maydonlari, bankrot boʻlgan zarar koʻrib ishlovchi va surunkali past rentabelli korxonalar negizida xususiy qurilish tashkilotlarini tashkil etish, boshlangʻich qurilish boʻlinmalariga mustaqil yuridik shaxs maqomini berish yoʻli bilan xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudrat ishlari bozorida faqat respublika emas, balki xorijda ham xorijiy kompaniyalar bilan raqobatlasha oladigan moliya-qurilish guruhlari shaklidagi bank sarmoyasi ishtirokidagi harakatchan qurilish kompaniyalarini shakllantirishga koʻmaklashish moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuyidagi tashkiliy-huquqiy tuzilmalar pudrat qurilish faoliyatida boshlangʻich xoʻjalik boʻgʻinining asosiy subyektlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy qurilish firmalari va kichik korxonalar va tashkilotlar shaklidagi boshqa xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyatlari, shu jumladan chet el sarmoyasi ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari qurilish trestlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoqdagi institutsional islohotlarni oʻtkazish davomida loyihalash va ilmiy-tadqiqot institutlarini respublika tarmoq tuzilmalari boʻysunishidan, ularga loyihalash boʻyicha xizmatlar bozorida mustaqil ishlash huquqini bergan holda, chiqarish moʻljallanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon amaliyotida foydalanilayotgan loyihalarni faol boshqarish (menejment loyihasi) tizimi yanada rivojlanadi. Bunday tizimni shakllantirishda loyiha buyurtmachilariga keng ahamiyat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Istiqbolli qurilish texnologiyalarini takomillashtirish va ularni joriy etish yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy xomashyo va yuqori samarali texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanish asosida respublikada qurilish materiallarining zamonaviy turlarini mamlakatimizda ishlab chiqarishni tashkil etish kapital qurilish sohasida ilmiy va texnik izlanishlarning muhim yoʻnalishi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar istiqbolli texnologiyalarning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar va inshootlarni monolit usulda qurish hisobiga yigʻma temir-beton konstruksiyalarini qoʻllashning qisqartirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy qurilish bozorida talabni qondiradigan yengillashtirilgan turdagi konstruksiyalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya-texnika asbob-uskunalarining dizaynini hamda suv taʼminoti va oqovalarni biokimyoviy tozalashning resurs-energiyani tejash koʻrsatkichlarini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishni arzonlashtiradigan va uning sifat tavsifini yaxshilaydigan asosan yangi qurilish materiallarini qoʻllash.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 305-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 146-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 146-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-iyundagi 261-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 11-son, 88-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qaroriga
9-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish trestining namunaviy tuzilmasi (ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш