Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 03.09.1998 yildagi 375-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 05.08.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KAPITAL QURILIShDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI ChUQURLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital qurilishda bozor munosabatlarini shakllantirishning tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlarini yaratish, qurilish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, bozor prinsiplari va mexanizmlari asosida qurilish majmuini boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yoʻnalishlari deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudrat qurilish tashkilotlar va qurilish industriyasi korxonalarini xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, qurilish boshqaruv tuzilmalarini ixchamlashtirish va monopoliyadan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy qurilish firmalari tashkil etilishini ragʻbatlantirish, qurilish sohasida oʻrta va kichik korxonalar va tashkilotlarni, bozor infratuzilmasini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilish pudrat va loyiha ishlari bozorini shakllantirish, qurilish faoliyatida shartnoma munosabatlarining ahamiyatini kuchaytirish, buyurtmalarni joylashtirishda hamma joyda tender savdolarini joriy etish, ustun darajada foydalanishga tayyor holda qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash darajasini oshirish hamda ularni shakllantirish, koʻrib chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish, qurilishning meʼyoriy-texnik negizini yangilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqni boshqarishning barcha boʻgʻinlarida institutsional islohotlarni amalga oshirish, boshqarishning ustun darajada bir-ikki boʻgʻinli tizimiga oʻtgan holda qurilish majmuini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
brigada pudratini joriy etish, ishning tugallangan bosqichlari boʻyicha haq toʻlash asosida pudrat qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish shakllari va mexanizmini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish ishlari muddatlarini qisqartirish va tannarxni pasaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1998—2000-yillarda qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital qurilish iqtisodiy islohotlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi 2-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari raisligida kapital qurilishni isloh qilish boʻyicha hududiy komissiyalar tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublikada qurilish sohasida bozor munosabatlarini shakllantirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratuvchi qonun hujjatlari qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin (3-ilova*).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998—2000-yillarda qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturini amalga oshirish va chora-tadbirlari 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 305-sonli qarori bilan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurilishni tashkil etish toʻgʻrisida nizom 6-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishni kontrakt asosida tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom 7-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozor munosabatlari sharoitlarida qurilishda shartnomaviy narxlarni belgilash tartibi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi Vazirlar Mahkamasining Qurilish va uy-joy kommunal sohasi kompleksi, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlasin. Olib borilayotgan ishlarning natijalari toʻgʻrisida har chorakda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyasi, “Oʻzjamoaqurilish” uyushmasi, “Oʻzagroqurilish” birlashmasi bilan birgalikda boshqaruvning respublika organlarini tugatgan holda koʻrsatib oʻtilgan tuzilmalar qayta tashkil etilishini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarorining 1999-yil 1-yanvargacha tayyorlansin va tasdiqlash uchun kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi komissiyasi bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida imzolangan Memorandumga muvofiq tarkibiy qayta oʻzgartirishlar amalga oshirilishini taʼminlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi, “Oʻzsuv qurilish” konserni, “Oʻzmontajmaxsus qurilish” va “Oʻzbektransmaxsus qurilish” uyushmalari, “Oʻzbekgidroenergiya qurilish” tresti, “Oʻzbekneftgaz qurilish” birlashmasi bilan birgalikda 1999-yil 1-yanvargacha 2 boʻgʻinli tizimga oʻtishni, ortiqcha tuzilmalar tugatilishini, mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan Dasturning soʻzsiz bajarilishini koʻzda tutgan holda ularning boshqaruv tizimini takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qurilishda asosiy birlamchi xoʻjalik boʻgʻini sifatida qurilish trestini boshqarishning namunaviy tuzilmasi 9-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar va idoralarga, kompaniyalar, korporatsiyalar, uyushmalar, mustaqil qurilish trestlariga 1998-1999-yillar mobaynida qurilish trestlarini boshqarishning koʻrsatib oʻtilgan namunaviy tuzilmasiga oʻtkazish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi, Qoʻngʻirot soda zavodi, Qizilqum fosforit kombinati qurilishi singari muhim xalq xoʻjaligi ahamiyatiga ega boʻlgan yirik qurilishlarda Hukumat qarori bilan belgilangan buyurtmachi va bosh pudratchining tavsiyalari boʻyicha barcha manfaatdor subpudrat tashkilotlarning vakillaridan iborat tarkibda respublika shtab-markazlarini shakllantirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan shtab-markazlarning shakllantirilishi va ularning faoliyat koʻrsatishi uchun masʼuliyat bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaruriyat boʻlganda shtab-markazlar huzurida xarajatlarning umumiy smetasi hisobiga 5—7 kishidan iborat qurilish-montaj ishlarni muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlar tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb-hunar kollejlarini va akademik litseylarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha respublika, viloyat ixtisoslashtirilgan qurilish trestlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy soha obyektlari, birinchi navbatda namunaviy loyihalar boʻyicha qurilayotgan kollejlar va litseylar uchun qurilish konstruksiyalari va materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan qurilish industriyasi korxonalarini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998-yil 1-noyabrgacha ushbu masala boʻyicha qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga quyidagi vazifalarni hal etish yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish, arxitektura va shaharsozlik sohasida davlat siyosatini olib borish, tarmoqni rivojlantirish tamoyilini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish ishlab chiqarishda, kapital qurilishning axborot negizini yaratishda yagona ilmiy va texnika siyosatini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish faoliyatini davlat tomonidan boshqarishning shakl va usullarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalari va qurilish ishlari sifatini ekspertiza qilish boʻyicha mustaqil firmalar faoliyati ustidan monitoringni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishda monitoringni va meʼyoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish faoliyatida standartlashtirish va sertifikatsiyalash, qurilishda narx belgilash tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi makro iqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat mulk qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlari va meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqilishi uchun masʼul boʻlgan boʻlinmalar tashkil etilishini nazarda tutgan holda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining yangilangan tuzilmasini va uning toʻgʻrisidagi nizomini bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Toshkent shahar hokimligi va “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyaning Toshkent shahar kapital qurilish Bosh boshqarmasini va “Toshshaharloyiha” institutining korporatsiya tarkibidan chiqarish va ularni Toshkent shahar hokimligiga boʻysundirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hukumatning quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston SSR agrosanoat kompleksini boshqarish strukturasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1991-yil 11-yanvardagi 5-son qarorining 8-bandi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining moliya- qurilish korporatsiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 27-dekabrdagi 622-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-banddan “Toshshaharloyiha” instituti, Kapital qurilish bosh boshqarmasi va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1-ilovadagi oxirgi ikkita xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida Kapital qurilishda pudrat savdolari (tendyerlar)ni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 1997-yil 28-fevraldagi 114-son qarorining 2-bandi quyidagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Pudrat savdolari (tendyerlar)ni tashkil etish boʻyicha Respublika boshqarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida savdolar oʻtkazish boʻyicha uslubiy rahbarlikni amalga oshirish va koʻrsatmalar berish yuklansin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Respublikada tugallanmagan ishlab chiqarish qurilishi hajmlarini qisqartirish, ishlab chiqarish obyektlarini rekonstruksiya qilish va ularning bir qismini xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishga, qayta ixtisoslashtirishga doir tub chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1990-yil 29-avgustdagi 302-son qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida Kapital qurilishda pudrat savdolari (tendyerlar)ni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 1997-yil 28-fevraldagi 114-son qarorining 1-bandi va unga ilova;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Qurilishni kontrakt asosida va obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomlarni, bozor munosabatlari sharoitlarida qurilishdagi shartnomaviy narxlarni belgilash tartibini tasdiqlash haqida” 1993-yil 21-iyuldagi 369-son qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-apreldagi 177-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlari va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga mazkur qarorlardan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 3-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
375-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998—2000-yillarda qurilishda iqtisodiy islohotlarning chuqurlashtirishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1998— 2000-yillarda qurilishda iqtisodiy islohotlarning chuqurlashtirishning maqsadlari va asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Dasturining maqsadi — kapital qurilishda bozor munosabatlarni shakllantirishning tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy shart sharoitlarini yaratish, bozor prinsiplari va mexanizmlari asosida qurilish majmuini boshqarish tizimini takomillashtirishdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar 1998—2000-yillarda qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudrat qurilishi tashkilotlari va qurilish industriyasi korxonalarini xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, qurilishda boshqaruv tuzilmalarini ixchamlashtirish va monopoliyadan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy qurilish firmalari tashkil etilishni ragʻbatlantirish, qurilish sohasida oʻrta va kichik korxonalar hamda tashkilotlarni, bozor infratuzilmasini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital qurilishda pudrat va loyiha ishlari bozorini shakllantirish, qurilish faoliyatida shartnoma munosabatlarining ahamiyatini kuchaytirish, buyurtmalarni joylashtirishda hamma joylarda tender savdolarini joriy etish, ustun darajada foydalanishga tayyor holda qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash darajasini oshirishi hamda ularni shakllantirish, koʻrib chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish, qurilishning meʼyoriy-texnik negizini yangilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarishning ustun darajada bir-ikki boʻgʻinli tizimiga oʻtgan holda qurilish majmuini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoqni boshqarishning barcha boʻgʻinlarida instutitsional islohotlarni amalga oshirish, boshqaruv apparatini va xarajatlarini qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Brigada pudratini joriy etish, ishning tugallangan bosqichlari boʻyicha haq toʻlash asosida pudrat qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish shakllari va mexanizmini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish ishlari muddatlarini qisqartirish va tannarxni pasaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Pudrat ishlari bozorini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda pudrat ishlari bozorini shakllantirish hal qiluvchi oʻrin tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maqsadlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi tomonidan loyiha va qurilish ishlarini bajaruvchi (bosh pudratchi)ni tanlov (tender) asosida tanlab olishni hamma joyda joriy etishga bosqichma-bosqich oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya faoliyatini subyektlarning ishlab chiqarish-xoʻjalik va boshqa oʻzaro munosabatlarini tartibga solishning yagona shakli sifatida shartnoma munosabatlarini mustahkamlash; pudrat shartnomalarini bajarishda majburiyatlarining taʼminlanishi uchun javobgarlikning turli shakllari va mexanizmlarini joriy etish nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudrat shartnomalarini bajarishda majburiyatlarning taʼminlanishi uchun javobgarlikning turli shakllari va mexanizmlarini joriy etish nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudrat ishlarining jadallashgan bozorini shakllantirish maqsadida xususiylashtirish va monopoliyadan chiqarish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, mulkchilikning turli shakllariga asoslangan loyiha va qurilish tashkilotlari oʻrtasida raqobat muhitini yaratish nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qurilish korxonalarini va tashkilotlarini xususiylashtirish, ishlab chiqarishlarni aksiyalashtirish jarayoni davom ettiriladi, ular 2000-yilning boshida asosan tugallanadi. Bunda faqat mamlakat iqtisodiyoti uchun alohida ahamiyatga ega boʻlgan neft-gaz, energetikaning ayrim yirik qurilish-montaj tashkilotlari va qurilishning boshqa maxsus turlari davlat mulki boʻlib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish biznesi sohasida xususiy kompaniyalar va firmalarni shakllantirish ham yangi korxonalar tashkil etish yoʻli bilan, ham zarar koʻrib ishlayotgan va istiqbolsiz qurilish tashkilotlarini jismoniy va yuridik shaxslarga sotish asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish-montaj ishlarini ayrim turlarini va investitsiya-qurilish faoliyati bilan bogʻliq boshqa ishlar ustidan oʻz monopoliyasini oʻrnatib olgan har xil turdagi korxonalar va tashkilotlar birlashmalarini tugatish yoki majburiy ravishda ixchamlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Trestlar negizida qurilishda dastlabki asosiy boʻgʻin sifatida mustaqil qurilish-xoʻjalik tizimlarini tashkil etish, ustqurtma tuzilmalarini tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarni loyihalashtirish va qurish, shu jumladan obyektlarni foydalanishga tayyor holda topshirish uchun buyurtmalarni tanlov (tender) asosida joylashtirish tizimini joriy etish monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini shakllantirishning boshqa muhim mexanizmlari boʻlib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamma joyda pudrat tashkilotlarini tender asosida tanlab olish usuliga amalda oʻtish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tender savdolarini oʻtkazish mexanizmi boʻyicha barcha zarur meʼyoriy- huquqiy hujjatlarini 1998-yil oxirigacha ishlab chiqarishni taʼminlash nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdolar predmeti xususiyatlariga qarab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha, muhandislik-qidiruv, konstruktorlik va boshqa tayyorgarlik ishlarini bajarishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan korxonalar, binolar va inshootlarni, shu jumladan foydalanishga tayyor holda qurish va texnika bilan qayta jihozlashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnologik asbob-uskunalar keng toʻplamini, shu jumladan foydalanishga tayyor holda yetkazib berishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani boshqarishda, uning boʻyicha maslahat berishda, uni nazorat qilishda pudratchilarni yoki maslahatchilarni tender asosida tanlab olish uchun hujjatlar ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hamma joyda Tender savdolarining oʻtkazilishi uchun qulay sharoitlar yaratilishga yoʻnaltirilgan tashkiliy va meʼyoriy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tender savdolarini oʻtkazishda, tender hujjatlarini rasmiylashtirishda, pudrat qurilish tashkilotlari, qurilish materiallari va pudrat ishlariga boʻlgan narxlar toʻgʻrisida maxfiy boʻlmagan axborotlarni berishda, tender savdolarini oʻtkazishda ularning tashkilotchilari sifatida va boshqalarda buyurtmachilarga maslahat yordamida koʻrsatuvchi mustaqil konsalting tashkilotlari tuzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat boshqaruvi organlari uchun faqat markazlashtirilmagan manbalar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan davlat buyurtmasi obyektlari boʻyicha ularning buyurtmachi boʻlish huquqini belgilab beruvchi aniq chegaralarni belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudrat faoliyatida shartnoma munosabatlarini mustahkamlash Investitsiya jarayonining barcha ishtirokchilarini ularning ishlarini pirovard natijalari uchun javobgarliklarini oshirishga yoʻnaltirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, Qurilishni kontrakt asosida tashkil etish toʻgʻrisidagi va obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomlar, buyurtmachi va pudratchining oʻzaro munosabatlari mexanizmini belgilab beruvchi boshqa meʼyoriy hujjatlar shartnoma munosabatlarini shakllantirishning qonuniy asoslari boʻlib xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda shartnoma tuzish, sheriklarni tanlash, majburiyatlarni respublika qonun hujjatlariga zid kelmaydigan oʻzaro xoʻjalik munosabatlarning har qanday boshqa shartlarini belgilash investitsiya faoliyati subyektlarining mutloq vakolatlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma majburiyatlari va u bilan bogʻliq qonunga oid hujjatlar ijro etilmaganda qattiq jazolarni joriy etish nazarda tutiladi. Pudratchilar, tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat koʻrsatuvchilar mahsulot yetkazib beruvchilar oʻrtasida munosabatlarning zarur shakli sifatida kontraktdan oldingi bitimlar tuzish rivojlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudrat shartnomalarini bajarishda majburiyatlarni taʼminlashning Shartnoma asosida joriy etiladigan kafillik, banklar va boshqa maxsus moliya institutlari tomonidan beriladigan kafolat, tavakkalchilikni sugʻurtalash, garov, zakalat, neustoyka, mol-mulkni chegirib qolish, taʼminotning boshqa shakllaridan keng foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudrat ishlari bozorida raqobat darajasini oshirish maqsadida ularda xorijiy loyihalash va qurilish kompaniyalarini keng qatnashishi nazarda tutiladi. Ularning pudrat ishlari bozorida qatnashishi ustun darajada tender asosida amalga oshiriladi. Loyiha yoki qurilish-montaj ishlari uchun tender yoki tanlov eʼlon qilinganda xorijiy ishtirokchi tomonidan tender shartlariga binoan buyurtmanoma beriladi va takliflar tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik yoki maxsus investitsiya loyihalari boʻyicha tender savdolarida qatnashish uchun xorijiy pudrat tashkiloti birinchi klassli xorijiy bankning majburiyatlari bajarilishi yuzasidan kafolat majburiyatini taqdim etishi va respublika hududida pudrat qurilish faoliyatini amalga oshirish huquqini olish uchun vakolatli davlat boshqaruv organidan ruxsat olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy tashkilotlar bilan oʻzaro hisob-kitoblar amaldagi qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qurilish materiallari va butlovchi buyumlar bozorini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish ishlab chiqarishni butlash va uni olib borish uchun ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb qilish sohalarida raqobat yaratish maqsadida quyidagilar moʻljallanmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish materiallari va butlovchi buyumlar ishlab chiqarish sohasida monopoliyadan chiqarishni davom ettirish, qurilish industriyasi korxonalari boʻysunishida idoraviy yondashuvdan voz kechish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudratchilar tomonidan mamlakatimizdagi va xorijdagi qurilish materiallari yetkazib beruvchilarning bevosita mahsulot ishlab chiqaruvchilar orasidan tender usulida tanlab olinishini keng qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish materiallari ulgurchi bozorlarini tashkil etish, yarmarka savdolarini muntazam ravishda oʻtkazish, qurilish materiallari va butlovchi buyumlarni tovar-xomashyo birjalari orqali sotishni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan qurilish-investitsiya birjasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudratchilarga qurilishning shartnomada belgilangan smeta qiymati doirasida subpudrat tashkilotlari va qurilish materiallari va butlovchi buyumlar, konstruksiyalar va asbob-uskunalar yetkazib beruvchi korxonalarni tanlab olishda toʻliq mustaqillik berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudrat tashkilotlariga koʻrsatiladigan xizmatlar bozorida, ularning qaysi idoraga qarashliligidan qatʼi nazar, mamlakatimiz qurilish materiallari va konstruksiyalari yetkazib beruvchi korxonalarining, ixtisoslashtirilgan korxonalarining erkin qatnashishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli loyiha hujjatlari va mablagʻ bilan taʼminlashning tasdiqlangan manbalarning mavjud boʻlishi qurilish obyektlarini qurishning majburiy sharti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihalari sifatini oshirish investitsiya loyihasining biznes-rejalari va texnik-iqtisodiy asoslarini (TIA) ishlab chiqish jarayonlarini tubdan yaxshilashga asoslanadi. Investitsiya loyihalarining biznes-rejalari va texnik-iqtisodiy asoslari investor (investor-buyurtmachi)lar tomonidan mustaqil ravishda yoki ularning buyurtmasi boʻyicha shartnoma shartlarida konsalting yoki injiniring kompaniyalari tomonidan ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablagʻ bilan taʼminlash manbalaridan qatʼi nazar, tegishli yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida rasmiy tashkilotlarning yoki mustaqil ekspert tashkilotining xulosasini joriy etish nazarda tutiladi. Buyurtmachi investor boʻlib hisoblanmagan taqdirda, buyurtmachi investordan faqat ekspert xulosasi mavjud boʻlganda investitsiya loyihasini amalga oshirishga buyurtma qabul qilish mexanizmi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudratchi buyurmachi bilan kelishgan holda loyiha-smeta hujjatlarini tuzishga mustaqil ravishda shartnoma tuzishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha kompaniyalarni tanlab olish buyurtmachi (investor-buyurtmachi) tashabbusi boʻyicha tender asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun shartnomalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tender savdosida yutib chiqqan pudrat loyiha tashkilotlarining javobgarligini oshirish nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika investitsiya dasturiga kirgan va toʻliq yoki qisman markazlashtirilgan manbalar hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan loyiha-smeta hujjatlari yirik investitsiya loyihalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklarning kredit resurslari hisobiga investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari uchun loyiha-smeta hujjatlarini ham umumiy belgilangan tartibda, ham injiniring kompaniyalari tomonidan ishlab-chiqilgan va vakolatli banklar ekspert komissiyasi tomonidan maʼqullangan namunaviy loyihalar asosida ishlab chiqish imkoniyati nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Narx belgilash mexanizmini takomillashtirish va qurilish qiymatini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish qiymatini qisqartirish maqsadida pudrat ishlari va ularni bajarish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika resurslari bozor narxlarining oʻz-oʻzini tartibga solishi uchun shart-sharoit yaratish yoʻli bilan qurilishda vujudga kelgan narx belgilash tizimiga jiddiy oʻzgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda, bu zaruratga qarab monopoliyaga qarshi narxni tartibga solishda davlat taʼsirini inkor etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyekt yoki xizmat uchun chegaralangan oxirgi narxni belgilangan holda qurilish, loyihalashtirish, materiallar, konstruksiyalar va asbob-uskunalar xarid qilishga buyurtmalarni tender savdolari tizimi orqali joylashtirishga ustuvor ahamiyat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy natijalar uchun moliyaviy javobgarlik pudratchiga yuklanadi, qurilishning amaldagi qiymatini pasaytirish natijasida erishilgan mablagʻlar esa uning ixtiyorida qoladi va amaldagi sarf-xarajatlarni va qurilish muddatlarini qisqartirishni ragʻbatlantirish uchun xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudratchilar bilan hisob-kitoblarni kontrakt qiymatining kontraktlarda kelishib olingan muayayn foizgacha avans toʻlovlari bilan amalga oshirish moʻljallanmoqda. Yakuniy hisob-kitoblarni obyekt qurilishi tugallangandan va u foydalanishga topshirilgandan keyin amalga oshirish nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish qiymatini pasaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-qidiruv va pudrat qurilish ishlarini amalga oshirish yuzasidan barcha tender takliflarida loyiha va qurilish ishlarining boshlangʻich qiymati va tender qatnashchilarining tegishli tanlov takliflari faqat chegaralangan miqdorlarda belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 1-yanvardan boshlab qurilish qiymatining qimmatlashishi indekslarini qoʻllash toʻliq bekor qilinadi va barcha investitsiya loyihalarining qiymati amaldagi narxlarda belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish xizmatlari uchun haq toʻlash mustaqil ekspertiza oʻtkazilgandan keyin amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomalarning oʻz vaqtida bajarilmagani uchun moddiy zarar pudratchi tashkilotlar tomonidan qoplangan holda obyektlarni qurish muddatlarini qatʼiy tartibga solish nazarda tutilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar buyurtmachining aybi bilan loyiha-smeta hujjatlari oʻz vaqtida taqdim etilmagan va asbob-uskunalar yetkazib berilmagan hamda boshqa majburiyatlar bajarilmagan boʻlsa, unda buyurtmachi javob beradi va pudratchiga yetkazilgan moddiy zararni toʻlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomalarning muddatida bajarilmagani uchun moddiy zararning miqdori va smetadan ortiq barcha xarajatlar oldingi davrdagi tender savdolarining oʻrtacha narxlari boʻyicha yoxud birja narxlari boʻyicha belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-madaniy sohalar (turar-joy, sogʻliqni saqlash, taʼlim) obyektlarini qurishda namunaviy loyihalardan keng foydalaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ham meʼyoriy bazani takomillashtirish hisobiga, ham qurilish tashkilotlarini boshqarish tuzilmasini tartibga solish hisobiga qurilishda qoʻshimcha xarajatlarni keskin qisqartirish chora-tadbirlari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish muddatlarini qisqartirish maqsadida ishlarning smenaligi cheklanmagan holda vaxta usulini rivojlantirish nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika mintaqalarida qurilish qiymati, qurilish materiallari, konstruksiyalar, transport, qurilish mexanizmlari va ishchi kuchi narxlari aniq darajasini roʻyxatdan oʻtkazish va tahlil qilish boʻyicha maʼlumotlar bankini shakllantirish uchun xoʻjalik hisobidagi axborot-tahlil marketing firmalarining tashkil etish moʻljallanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish materiallari va konstruksiyalariga boʻlgan talabning mavsumiy va texnologik talabning oʻzgarishini hisobga oluvchi, narxlarning oʻzgaruvchan tizimiga ega boʻlgan qurilish materiallari va konstruksiya materiallariga boʻlgan talabning mavsumiy va texnologik talabni oʻzgarishini hisobga oluvchi, narxlarning oʻzgaruvchan tizimiga ega boʻlgan qurilish materiallari bilan savdo qiluvchi ixtisoslashtirilgan ulgurchi taʼminot-savdo firmalari tarmoqlari tashkil etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qurilishning meʼyoriy-texnik bazasini takomillashtirish yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar qurilishning meʼyoriy-texnik bazasini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishda loyihalashtirish, texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish, meʼyoriy va texnik hujjatlar milliy meʼyorlari tizimini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istiqbolli qurilish materiallarini, tejamli, hajmli-rejalashtirilgan va texnik yechimlarni keng qoʻllash asosida qurilishning resurslarini tejovchi yangi usullari va texnologiyalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik va oʻrta tadbirkorlikni birinchi navbatda taʼminlagan holda yangi uslubiy asosda ommaviy qoʻllaniladigan loyiha mahsulotlari fondini qayta tiklash va kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish qiymatini arzonlashtirish, sifatini oshirish asosida qurilish ishlarini samaradorligini, mamlakatimiz pudrat qurilish tashkilotlarining raqobatbardoshliligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha mahsulotlari va materiallari loyihalash, muhandislik-qidiruv ishlarini sertifikatsiyalash markazlarini tashkil etishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kapital qurilish sifatini va qurilish meʼyorlari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarining sifatini oshirish, xavfsizligini taʼminlash uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya jarayonining barcha bosqichlarida — biznes-reja va TIAni ishlab chiqishdan tayyor qurilish obyektini qabul qilishgacha boʻlgan davrda mustaqil ekspertiza qilish mexanizmini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish ishlarini bajarish yuzasidan pudrat shartnomasida tayyor obyektlarni qabul qilish davrida qabul komissiyasi tomonidan obyektiv sabablarga koʻra topilmaydigan nosozliklar va boshqa buzilishlarni bartaraf etish boʻyicha pudratchining muddatli kafolat majburiyatlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meʼyoriy-texnik hujjatlarni, qurilish meʼyorlari va qoidalarini, standartlarini takomillashtirish nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kapital qurilishda instutitsional islohotlar, uni boshqarishning tuzilmasini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998— 2000-yillarda qurilishni davlat va xoʻjalik organlari tomonidan boshqarish funksiyalarini cheklash, maʼmuriy-buyruqbozlik usullariga asoslangan tor idoraviy boshqaruvdan loyiha va qurilish faoliyatini funksional boshqaruvga quyidagi yoʻllar bilan oʻtishni taʼminlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoidaga koʻra, bir-ikki boʻgʻinli tizimiga oʻtgan holda tarmoqning xoʻjalik boshqaruvi boʻgʻinlarini qisqartirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markazlashtirishdan chiqarish va pudrat qurilish tashkilotlari hamda qurilish industriyasi korxonalari faoliyatining idoraviy xususiyatlarini bartaraf etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Barcha loyiha tashkilotlariga mustaqil tashkilot maqomini berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga qurilish faoliyatini davlat tomonidan boshqarish boʻyicha kuyidagi asosiy funksiyalarini yuklash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish, arxitektura va shaharsozlik sohasida davlat siyosatini oʻtkazish, tarmoqni rivojlantirish konsepsiyasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish ishlab chiqarishda, kapital qurilishning axborot bazasini yaratishda yagona ilmiy va texnikaviy siyosatni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish shakllari va usullarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalari va qurilish ishlarining sifatini ekspertiza qilish boʻyicha mustaqil firmalarning faoliyati monitoringini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishda meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularning monitoringini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalari va qurilish ishlarining sifatini ekspertiza qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda loyihalash, qurilish-montaj, tuzatish va foydalanish ishlari turlarini litsenziyalash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqalarda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari funksiyalarini uning hududiy organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimlar vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha esa — ularga boʻysunuvchi kapital qurilish boshqarmalari va boʻlimlari amalga oshiradilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yilda qurilish tashkilotlarini asosan boshqarishning bir-ikki boʻgʻinli tizimiga oʻtkazish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik-maʼmuriy boshqaruvning respublika va viloyat organlari koʻrinishidagi ustqurtma tuzilmalarni bosqichma-bosqich tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishning ayrim sohalarini monopoliyalashtirib olgan birlashmalar va tashkilotlarni, birinchi navbatda “Oʻzjamoaqurilish” uyushmasi, “Oʻzdehqonchilikqurilish” birlashmasi, “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyasi tizimlarini tugatish yoki majburiy ravishda ixchamlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustqurtma tuzilmalari boʻlmagan trestlar negizida mustaqil qurilish-xoʻjalik tashkilotlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat korxonalari va tashkilotlari, shu jumladan ishlamaydigan va (yoki) ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari va maydonlari, bankrot boʻlgan zarar koʻrib ishlovchi va surunkali past rentabelli korxonalar negizida xususiy qurilish tashkilotlarini tashkil etish, boshlangʻich qurilish boʻlinmalariga mustaqil yuridik shaxs maqomini berish yoʻli bilan xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudrat ishlari bozorida faqat respublika emas, balki xorijda ham xorijiy kompaniyalar bilan raqobatlasha oladigan moliya-qurilish guruhlari shaklidagi bank sarmoyasi ishtirokidagi harakatchan qurilish kompaniyalarini shakllantirishga koʻmaklashish moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuyidagi tashkiliy-huquqiy tuzilmalar pudrat qurilish faoliyatida boshlangʻich xoʻjalik boʻgʻinining asosiy subyektlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy qurilish firmalari va kichik korxonalar va tashkilotlar shaklidagi boshqa xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyatlari, shu jumladan chet el sarmoyasi ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari qurilish trestlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoqdagi institutsional islohotlarni oʻtkazish davomida loyihalash va ilmiy-tadqiqot institutlarini respublika tarmoq tuzilmalari boʻysunishidan, ularga loyihalash boʻyicha xizmatlar bozorida mustaqil ishlash huquqini bergan holda, chiqarish moʻljallanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon amaliyotida foydalanilayotgan loyihalarni faol boshqarish (menejment loyihasi) tizimi yanada rivojlanadi. Bunday tizimni shakllantirishda loyiha buyurtmachilariga keng ahamiyat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Istiqbolli qurilish texnologiyalarini takomillashtirish va ularni joriy etish yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy xomashyo va yuqori samarali texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanish asosida respublikada qurilish materiallarining zamonaviy turlarini mamlakatimizda ishlab chiqarishni tashkil etish kapital qurilish sohasida ilmiy va texnik izlanishlarning muhim yoʻnalishi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar istiqbolli texnologiyalarning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar va inshootlarni monolit usulda qurish hisobiga yigʻma temir-beton konstruksiyalarini qoʻllashning qisqartirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy qurilish bozorida talabni qondiradigan yengillashtirilgan turdagi konstruksiyalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya-texnika asbob-uskunalarining dizaynini hamda suv taʼminoti va oqovalarni biokimyoviy tozalashning resurs-energiyani tejash koʻrsatkichlarini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishni arzonlashtiradigan va uning sifat tavsifini yaxshilaydigan asosan yangi qurilish materiallarini qoʻllash.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 305-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishni tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurilishda investitsiya jarayoni qatnashchilari oʻrtasidagi oʻzaro tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy munosabatlarni tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurish usuli foydalanish yoki xizmat koʻrsatish uchun topshirishga tayyorlab qoʻyilgan obyektlarni investitsiya jarayonining barcha bosqichlarini boshqarish funksiyalarini bir tashkiliy tuzilmada toʻplash asosida qurilishini taʼminlashni nazarda tutadi va u tayyor qurilish mahsuloti (loyihalash-qurilish-montaj ishlarini bajarish, shu jumladan qurilishlarni texnologik va muhandislik uskunalari bilan butlash, — foydalanishga topshirish) yaratishning yagona uzluksiz kompleksi jarayoni sifatida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishni kontrakt asosida tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom va mazkur Nizom asosida, shuningdek pudrat savdolari natijalari boʻyicha tuziladigan foydalanishga tayyor holda qurish kontrakti obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishda investitsiya jarayoni qatnashchilari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning asosi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishdagi investitsiya jarayoni qatnashchilari hisoblanadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bundan buyon “buyutmachi” deb ataladigan obyektlar qurilishi boʻyicha buyurtmachilar (mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar) — vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalari, xorijiy investorlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bundan buyon “bosh pudratchilar” deb ataladigan bosh pudratchi tashkilotlar (mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar) — qurilish korporatsiyalari, konsernlar, uyushmalar, trestlar loyihalash-konstruktorlik institutlari va tashkilotlari, qurilish va injiniring firmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bundan buyon “subpudratchilar” deb ataladigan, loyihalarda nazarda tutilgan maxsus ish turlarini bajarish uchun bosh pudratchi tomonidan kontrakt asosida jalb qilingan (mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar) subpudratchi qurilish tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan qurilish, qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash tashkilotlari va boshqa tashkilotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh pudratchi buyurtmachi oldida, subpudratchi esa bosh pudratchi oldida investitsiya jarayonining barcha bosqichlaridagi ishlar kompleksini amalga oshirish boʻyicha kontraktning bajarilishi uchun iqtisodiy javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Obyektni foydalanishga tayyor holda qurish uchun pudrat kontrakti buyurtmachi bilan bosh pudratchi oʻrtasida tuziladi, amaldagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq “loyihalash-qurilish, montaj va maxsus qurilish ishlari, uskunalarini yetkazib berish va montaj qilish, shuningdek mahsulot chiqarish bilan ishga tushirish-sozlash ishlari” jarayonining bajarilishini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurish chogʻidagi investitsiya jarayoni qatnashchilarining oʻzaro munosabatlari kapital qurilish sohasidagi amaldagi meʼyoriy hujjatlar, qurilishni kontrakt asosida tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek mazkur Nizom bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishni tashkil etish shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Uy-joylarni va boshqa ijtimoiy obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga oʻtishdan oldin investitsiya jarayoni qatnashchilarining zarur tarkibi va vazifasi jihatidan qayta quriladi. Bunda investitsiya jarayonini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida boshqaruvning tashkiliy shakllari — loyiha hujjatlarini ishlab chiqishdan boshlab foydalanishga topshirish yoki xizmat koʻrsatish uchun tayyorlab qoʻyilgan obyektlarni buyurtmachilarga topshirishgacha boʻlgan barcha jarayonlarni mustaqil ravishda amalga oshira oladigan loyihalash-qurish birlashmalari tashkil etilishini taʼminlash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻtkazish quvuri, temir yoʻl, avtomobil transporti, aloqa, energetika, suv xoʻjaligi qurilish obyektlarini foydalanishga tayyor holda qurishga oʻtish tarmoqning pudratchi va boshqa tashkilotlarini shu usulda ishlashga oʻtkazish asosida tarmoq prinsipi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlab olingan koʻlamga koʻra ixtisoslashtirilgan qurilish birlashmalari, loyihalash-qurish birlashmalari, qurilish-montaj (ixtisoslashtirilgan) trestlari va boshqalar pudratning yangi turiga oʻtkazilishi mumkin. Shu bilan bir vaqtda tarmoq (korxona, birlashma)ning investitsiya jarayoni qatnashchilari faoliyatini tashkiliy, tarkibiy va vazifasi jihatidan qayta qurish, shuningdek manfaatdor hokimliklar ishtirokida oʻzlariga qarashli tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish masalalarini tartibga solish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Vazifalarni buyurtmachilar va bosh pudratchilar oʻrtasida taqsimlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurish tizimi asosida vazifalarni buyurtmachilar va bosh pudratchilar oʻrtasida quyidagicha taqsimlashni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh pudratchiga obyektlar qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va qayta jihozlanishiga tasdiqlangan loyiha hujjatlarini, mikrorayonlar, dahalar, shaharsozlik komplekslari, posyolkalar va qishloq aholi yashash joylari qurilishning loyihalarini va boshqa loyiha hujjatlarini bazaviy narxlarda taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanuvchi tashkilotlar bilan birgalikda xomashyo, materiallar, yonilgʻi-energetika resurslari oʻz vaqtida yetkazib berilishini, amaldagi meʼyoriy hujjatlarda nazarda tutilgan ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirishda zarur boʻlgan foydalanuvchi qadrlarni qabul qilish va toʻldirishni taʼminlaydi. Zarur boʻlgan hollarda koʻrsatib oʻtilgan kadrlarni kelishilgan muddatlarga bosh pudratchi (subpudratchi) tashkilotlar tarkibiga beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh pudratchidan qurilishi tugallangan obyektni qabul qilib olishni taʼminlaydi va qabul qilib olingan obyektlarni foydalanib oluvchi tashkilotlar balansiga topshirishni amalga oshiradi, shuningdek tugallangan qurilishlar boʻyicha hisob-kitoblarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh pudratchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi loyiha-smeta hujjatlari oʻz kuchi bilan yoki tashqi loyiha qidiruv tashkilotlari bilan shartnoma boʻyicha ishlab chiqilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi hujjatlarni texnologik izchillikni va qurilishning aniq shartlarini hisobga oluvchi hajmlarda va muddatlarda mustaqil topshirishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish-montaj va maxsus qurilish ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini, qurilishlarni texnologik va muhandislik uskunalari, konstruksiyalar va materiallar bilan butlashni taʼminlaydi, obyektni foydalanishga topshirish uchun zarur boʻlgan ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt buyurtmachiga tasdiqlangan loyiha va kontraktda kelishib olingan talablarga muvofiq kontrakt majburiyatlari bilan belgilangan muddatlarda topshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Buyurtmachi, bosh pudratchi va subpudratchi tomonidan bajariladigan har bir funksiya boʻyicha vazifalarni aniq taqsimlash tegishli pudrat va subpudrat kontraktlarini tuzish chogʻida qurilishning aniq sharoitlariga qarab aniqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Investitsiya jarayoni qatnashchilari oʻrtasidagi shartnomaviy munosabatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Buyurtmachi bosh pudratchi bilan obyektni foydalanishga tayyor holda qurish yuzasidan kontrakt tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kontraktga kiritilgan ishlarning qiymati qurilishdagi shartnomaviy narxlarni belgilash tartibiga muvofiq aniqlanadigan shartnomaviy narx boʻyicha qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Foydalanishga tayyor holda qurishni amalga oshirayotgan bosh pudratchi loyiha va smetalarda belgilangan ehtiyojlarga muvofiq moddiy-texnika resurslari, uskunalar bilan taʼminlashni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishlarni texnologik asbob-uskunalar, buyumlar va materiallar bilan butlash qurilishni kontrakt asosida tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bosh pudratchi obyektlarni foydalanishga topshirishni taʼminlash uchun ishga tushirish-sozlash ishlari boʻyicha kontrakt tuzadi. Ishga tushirish-sozlash ishlarining qiymati alohida smeta bilan aniqlanadi va asosiy faoliyat mablagʻlari hisobiga buyurtmachi tomonidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Qurilishni mablagʻ va kredit bilan taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bosh pudratchining obyektni buyurtmachiga foydalanishga tayyor holda qurib topshirgungacha qilgan xarajatlari bosh pudratchining mablagʻlari, buyurtmachining avanslari yoki banklarning kreditlari hisobiga qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishni mablagʻ bilan taʼminlash butun davr mobaynida normativ muddatlar doirasida qurilishni tashkil etish loyihasiga toʻla muvofiq ravishda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudratchiga foydalanishiga tayyor holda qurishga berilgan bank krediti uchun foizlar toʻlashga mablagʻlar qurilishning normativ muddatlaridan kelib chiqqan holda shartnoma narxida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Buyurtmachi bosh pudratchi bilan mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatishga tayyorlab qoʻyilgan qurilishi tugallangan obyektni dalolatnoma boʻyicha qabul qilib olgandan soʻng shartnoma narxlari boʻyicha hisob-kitob qilishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh pudratchi subpudratchi bilan uzil-kesil hisob-kitoblarni shartnoma narxlari belgilanadigan tegishli ish turlari komplekslari subpudratchi tomonidan nihoyasiga yetkazilgandan soʻng amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishda nihoyasiga yetkazilmagan qurilishlar boʻyicha sarf-xarajatlar obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar bosh pudratchi tomonidan bajariladigan faoliyatning barcha turlari boʻyicha hisob-kitob va hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Foydalanishga tayyor holda qurishda bosh pudratchi tomonidan bajariladigan faoliyatning barcha turlari boʻyicha hisob-kitob va hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qaroriga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishni kontrakt asosida tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom kapital qurilish (kengaytirish, rekonstruksiya qilish, texnikaviy qayta jihozlash, toʻliq taʼmirlash) yuzasidan kontraktlarni tuzish va bajarish tartibini, buyurtmachilar va pudratchilarning huquqlari va majburiyatlarini, ularning qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash boʻyicha javobgarligini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontrakt investitsiya faoliyati subyektlari oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy huquqiy hujjat hisoblanadi, pudratchi unga koʻra buyurtmachining topshirigʻi boʻyicha muayyan ishni aniq muddatda bajarish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa ishni qabul qilish va shartlashilgan narxda hamda belgilangan muddatda uning haqini toʻlash majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontrakt obyektlar qurilishining butun davri, ishlarning alohida turlari yoki komplekslari uchun tuziladi, bunda qurilish muddatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan qurilishning normativ muddatlarini aniqlash tartibiga muvofiq normativ muddatlardan oshmasligi kerakligi, bajarilgan ishlar uchun uzil-kesil hisob-kitoblar esa faqat kontraktda nazarda tutilgan qurilish obyekti belgilangan tartibda buyurtmachiga topshirilgandan keyingina amalga oshirilishi koʻzda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontrakt tomonlarning majburiyatlari va javobgarligini belgilash, tashkiliy-texnologik taqsimlash va yuridik jihatdan mustahkamlash maqsadida tuziladi. Kontraktlarning turi va shakllari har xil boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Investitsiya faoliyatidagi kontrakt munosabatlari quyidagilar asosida quriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitishuvni tuzishda, uning mazmunini, shartlarini va oʻzaro majburiyatlarni belgilashda ahdlashayotgan tomonlarning mustaqilligi, bunda qonun hujjatlari hamda respublika Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan yoki kontraktni tuzuvchi tomonlarning oʻzaro roziligi boʻlgan hollardan tashqari, har qanday organlarning va mansabdor shaxslarning aralashmasligini eʼtiborda tutish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt munosabatlarini huquqiy taʼminlash tizimi, xoʻjalik tavakkalchiliklarini sugʻurtalash, kafolatlar berish, kafillik hamda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid boʻlmagan boshqa chora-tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchi (buyurtmachi) manfaatlarini ustuvorligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kontrakt quyidagilarni nazarda tutishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning mulkiy javobgarligi va majburiyatlarni zarur darajada bajarmaganlik tufayli yetkazilgan zararlarni, shu jumladan boy berilgan foyda oqibatida koʻrilgan bilvosita zarar va ziyonlarni toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontraktni bajarish chogʻida vujudga keladigan muammolarni, ularning paydo boʻlish manbalaridan qatʼi nazar, kelishilgan holda hal etishga tomonlarning intilishi, bunda xoʻjalik sudlari amaliyotini hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitishuv qatnashchilari malakasini ularning ishlab chiqarish, texnik va moliyaviy imkoniyatlari boʻyicha tasdiqlash, shuningdek bitishuvni banklar, sugʻurta tashkilotlari yoki boshqa muassasalar tomonidan kafolatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt (loyiha)da nazarda tutilgan materiallar, buyumlar, konstruksiyalar, asbob-uskunalar, mashinalar, mexanizmlarni, ularning qurilish jarayonida qoʻllanishiga koʻra, sertifikatsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy investorlar, pudratchilar, loyihachilarning birgalikdagi faoliyatini tartibga solish hamda pudrat boʻyicha majburiyatlarni bajarishda ularning javobgarligiga doir qoidalarga amal qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yangi qurilish, korxonalarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash, qoidaga koʻra, tanlov asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa qurilishlar (obyektlar) boʻyicha kontraktlar tanlov asosida ham, shuningdek buyurtmachi va pudratchining muzokaralari asosida ham tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov shartlari buyurtmachi tomonidan belgilanadi. Buyurtmachi tomonidan tanlov eʼlon qilinadigan vaqtgacha qurilishning loyiha hujjatlarini, uni mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini tayyorlash masalalari hal etilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Qurilishda kontraktlar tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro munosabatlariga va javobgarligi taqsimotiga koʻra kontraktlarning quyidagi turlaridan foydalanishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toʻgʻridan-toʻgʻri kontraktlar, asbob-uskunalar va materiallarni yetkazib bergan yoki bermagan holda, kompleksning tarkibiy qismi boʻlgan alohida obyektlarda qurilish, montaj yoki maxsus ishlar hajmlarini bajarish yuzasidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻgʻridan-toʻgʻri kontrakt boʻyicha pudratchi faqat oʻzining toʻgʻridan toʻgʻri majburiyatlari, oʻz ishlari va xizmatlari uchun javob beradi, obyekt (umuman kompleks) qurilishni tugallash uchun hamda barcha ishlarni muvofiqlashtirish uchun javobgarlik buyurtmachi zimmasida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻgʻridan-toʻgʻri kontrakt 1991-yilgi bazaviy narxlarda belgilangan qiymatga ega boʻlgan tasdiqlangan loyiha asosida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Loyiha-qurilish kontrakti obyektni loyihalash va qurish boʻyicha majburiyatlarni bosh pudratchi zimmasiga yuklashni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektni loyihalash, loyihalash institutlarining kuchi bilan ham va pudratchining litsenziyaga ega boʻlgan loyihalash boʻlinmalari kuchi bilan ham va uning rahbarligida bajarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Tayyor holda foydalanishga topshirish” kontrakti loyiha-qurilish kontraktini rivojlantirilishi hisoblanadi. Bunda bosh pudratchi buyurtmachining barcha anʼanaviy funksiyalarini, shu jumladan ishga tushirish-sozlash va ishga tushirish ishlarini oʻz zimmasiga oladi. Obyekt buyurtmachiga doimiy foydalanishga toʻliq tayyor holda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻllanish sohasi: ijtimoiy soha obyektlari, namunaviy texnologiyaga ega boʻlgan sanoat obyektlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudratchi (buyurtmachining roziligi yoki uningsiz, agar bu kontraktda aks etgan boʻlsa) bosh pudratchi rolini bajaradi va ishlarining bir qismini yoki turini bajarish uchun boshqa tashkilotlarni (subpudratchilarni), ular bilan subpudrat kontraktlari tuzgan holda jalb etishi mumkin. Ushbu kontrakt kontraktlarning toʻgʻridan toʻgʻri turlariga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etkazib beruvchi zavodlar bilan kontraktlar, qoidaga koʻra, faqat murakkab va noyob asbob-uskunalarni yaratishda yoki asbob-uskunalarni toʻplash holida yetkazib berish yuzasidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Uch tomonlama kontrakt uchinchi shaxslar (sugʻurta kompaniyasi yoki mablagʻ bilan taʼminlovchi bank va tarkibiga pudratchi kiradigan pudratchi tashkilotlar uyushmasi) ishtirokida tuziladi, ular buyurtmachiga yoki bosh pudratchiga nisbatan (agar ulardan biri iqtisodiy nochor boʻlib qolsa) kafil sifatida chiqishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh pudratchining kafili bosh pudratchi iqtisodiy nochor boʻlib qolganda buyurtmachining manfaatlarini himoya qilishni kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudratchi majburiyatlarini bajarmay qolgan taqdirda iqtisodiy javobgarlikni oʻz zimmasiga oladigan sugʻurta kompaniyasi, bank yoki yuqori tashkilot kafillikka oluvchi boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudratchi oʻzining kafillikka oluvchilarini buyurtmachiga tavsiya qiladi, buyurtmachi esa ushbu tavsiyani qabul qilish yoki rad etish huquqiga egadir. Kontraktda kafillikka oluvchining vazifalari va uning iqtisodiy majburiyatlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh pudratchining iqtisodiy nochorligi tufayli buyurtmachi kontraktni bekor qilishga majbur boʻlgan taqdirda kafillikka oluvchi obyekt toʻliq qurib boʻlgungacha qurilishni davom ettirish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. Bunda u buyurtmachiga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha muayyan xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi, bu xarajatlar unga bosh pudratchining qarz majburiyatlari bilan kompensatsiya qilinadi. Ushbu summa kontraktda kelishib olinadi va ishlarni kontraktga muvofiq bajarish boʻyicha bosh pudratchining pul kafolati hisoblanadi va u pulni kafillikka oluvchining schyotiga oʻtkazadi. Kafillikka oluvchi ishni oʻz kuchi bilan yoki oʻz xohishiga koʻra istalgan pudratchini jalb qilgan holda tugallashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachining kafili buyurtmachi iqtisodiy nochor ahvolga tushib qolgan taqdirda iqtisodiy majburiyatlarni bajarishini kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablagʻ bilan taʼminlovchi bank, sugʻurta kompaniyasi yoxud boshqa muassasa kafillikka oluvchi boʻlishi mumkin. Kontrakt buyurtmachi aybi bilan toʻxtatilgan taqdirda kafillikka oluvchi bosh pudratchi tomonidan bajarilgan ishlar qiymatini va kontrakt toʻxtatilgan kunda qilingan asosli xarajatlarni toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kontrakt bahosini belgilash shartlariga koʻra kontraktlar quyidagi turlarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatʼiy, qurilish oxirigacha oʻzgarmaydigan, savdoda yoki buyurtmachi bosh pudratchining yakka tartibdagi muzokaralari belgilangan narx asosida kontrakt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor munosabatlari sharoitlarida qurilishda shartnomaviy narxlarni belgilash tartibiga binoan bosh pudratchi va buyurtmachi tomonidan belgilanadigan, 1991-yilgi smeta narxlaridagi ochiq shartnomaviy narx asosidagi kontrakt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilgan ishlarning haqiqiy qiymati, narxlar oʻzgarishini hisobga olgan holda, buyurtmachi va pudratchi tomonidan har oyda (har chorakda) belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Kontraktlarni tuzish tartibi va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yakka tartibdagi muzokaralar asosida buyurtmachi tomonidan bosh pudratchi tanlangandan keyin tomonlarga dastlabki (kontraktdan oldingi) bitim tuzish tavsiya qilinadi. Unda buyurtmachi va bosh pudratchining qurilish yuzasidan kontraktning mazmuni boʻyicha maqsadi, shartlashilgan muddatlarda kontraktni tuzishni va ishlarni bajarishni boshlashni taʼminlovchi dastlabki tadbirlar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Dastlabki bitim quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning nomi va unga doir asosiy maʼlumotlar (bosh pudratchining quvvati, ishlarining bazaviy narxlaridagi hajmi, qurilishning normativ muddatlari va qurilishni boshlanishining moʻljaldagi muddati);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-smeta hujjatlari tarkibi, hajmi va ularni berish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish maydonini bosh pudratchiga topshirish muddatlari va imoratlarni buzish zarurati tugʻilgan taqdirda uni boʻshatish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishni asbob-uskunalar, materiallar, konstruksiyalar va buyumlar bilan taʼminlash tartibi va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt turini (anʼanaviy, loyiha-qurilish yoki “tayyor holda topshirish”) tanlash va uni tuzish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishni mablagʻ bilan taʼminlash manbai;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning kontraktni tuzishdan oldingi bitimni buzganlik uchun javobgarligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Dastlabki bitim kontrakt tuzish uchun zamin boʻlib xizmat qiladi va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni prognozlash, konstruksiyalar, buyumlar, asbob-uskunalar tayyorlashga buyurtmalarni joylashtirishni hozirlash, subpudratchi tashkilotlar, yetkazib beruvchilar bilan kontraktlarni tayyorlash va shu kabilar uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Dastlabki bitim bank ixtiyoriga koʻra bosh pudratchi faoliyatini kreditlash asos boʻlib xizmat qilishi mumkin va ayni bir vaqtda kontrakt imzolangungacha tomonlar manfaatlarini himoya qilishi uchun hujjat boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qurilish yuzasidan kontrakt tuzishning dastlabki bitimda kelishilgan muddatlari boshlanganda buyurtmachi bosh pudratchiga kontraktni tayyorlash uchun yetarli boʻlgan quyidagi texnik hujjatlarni berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishning tasdiqlangan titul roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslar, loyiha va smetalarni ishlab chiqish boʻyicha yoʻriqnomalar va koʻrsatmalarda nazarda tutilgan qurilish qiymatining yigʻma smeta hisob-kitobi bilan birga loyiha yoki ishchi loyiha — 2 nusxa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishning birinchi yili uchun asbob-uskunalar va materiallar berish jadvali, agar bu qurilishning uzluksiz texnologiyasida koʻzda tutilgan va ular bilan taʼminlash buyurtmachi zimmasiga yuklangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerdan foydalanish huquqini beruvchi hujjat nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish chiqindilarini va ortiqcha tuproqni tashlash joyini ajratish toʻgʻrisidagi ruxsatnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
etishmagan tuproqni qazib olish uchun karyerlar ochish uchun ruxsatnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlarni unumdor qilishga moʻljallangan unumdor tuproq qatlamini uyish uchun joy ajratishga ruxsatnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kengaytirish, rekonstruksiyalash va texnikaviy qayta jihozlashga moʻljallangan ishlab turgan korxonalar, bino hamda inshootlarning holatini va mustahkamligini tasdiqlovchi materiallar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Obyekt qurilishi ikki va undan koʻproq bosh pudratchilar tomonidan amalga oshirilgan taqdirda buyurtmachi mazkur hujjatlarni har qaysi bosh pudratchiga oʻzlari bajaradigan ish hajmi uchun kontrakt tayyorlash uchun beradi. Bunda barcha bosh pudratchilar uchun umumiy boʻlgan hujjat turlari boʻyicha hujjatlar koʻchirmalari va nusxalari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Pudratchi ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni buyurtmachidan olgan kunidan boshlab 20 (kalendar) kun muddatda ularni subpudratchi tashkilotlar bilan birgalikda koʻrib chiqishga, qurilish davom etishining normativ muddatlarini hamda ishga tushiriladigan komplekslar, texnologik bosqichlar, alohida obyektlar va inshootlar boʻyicha topshiriqlarni hisobga olgan holda umuman qurilish boʻyicha ishlarni bajarish jadvali bilan kontrakt loyihasini buyurtmachiga berishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Buyurtmachi pudratchidan kontrakt loyihasini olgan kunidan boshlab 10 (kalendar) kun muddatda uni koʻrib chiqishga, imzolashga va pudratchiga qaytarishga majburdir. Eʼtirozlar mavjud boʻlgan taqdirda buyurtmachi kelishmovchiliklar boʻyicha protokol tuzishga va uni xuddi muddatda imzolangan kontrakt bilan birga pudratchiga qaytarishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Pudratchi kelishmovchiliklar boʻyicha protokol bilan imzolangan kontraktni buyurtmachidan olgan kunidan boshlab 15 (kalendar) muddatda buyurtmachi bilan kelishmovchiliklarni tartibga solishga majburdir. Agar kelishuvga erishilmasa, u holda bahsli masalalar hal etish uchun buyurtmachi va bosh pudratchining yuqori tashkilotlariga beriladi. Agar bahslar ushbu tashkilotlar tomonidan ham hal etilmasa, ular xalq sudiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bahsli masalalar yuqori tashkilotlar tomonidan 15 kun muddatda berilmasa, u holda buyurtmachining takliflari taklif qilingan, kontrakt esa tuzilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kelishmovchiliklar koʻrib chiqish uchun pudratchi tomonidan ushbu organlarga koʻrsatilgan muddatda berilmasa, u holda buyurtmachining takliflari qabul qilingan, kontrakt esa tuzilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kontrakt tuzilgandan keyin buyurtmachi tegishli nazorat organlari va tashkilotlarning kuyidagi ishlarni amalga oshirish yuzasidan ruxsat toʻgʻrisidagi hujjatlarni kontrakt alohida shartlarida nazarda tutilgan muddatlarda bosh pudratchiga berishga majburdir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr quvvati uzatish va aloqa havo liniyalari hududida, shahar yoʻllarining qatnov qismida, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari shoxobchalaridagi foydalaniladigan uchastkalarda ishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl qoplamlarini koʻchirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti va qurilish maydonida joylashgan inshootlar va kommunikatsiyalar (kabel, gaz, suv quvurlari, kanalizatsiya) mavjud joylarda ishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro uy-joy obyektlari boʻyicha qurilish ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon daraxtlarini kesish va koʻchirib oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishga xalaqit beradigan imoratlar va inshootlarni koʻchirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv va yerlardan maxsus foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Buyurtmachi obyekt qurilishi boshlangungacha 10 kundan kechikmay geodezik rejalash asosiga va qurilish hududidagi birkitilgan ushbu reja punktlari va belgilariga (ularning naturadagi tasdigʻi bilan) doir texnik hujjatlarni dalolatnoma boʻyicha bosh pudratchiga berishga majburdir. Geodezik rejalash tarkibi va hajmlari qurilish boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qurilish tugallangach bosh pudratchi koordinatlar joylashish sxemasini va katalogini hamda qurilishlar davridagi geodezik rejalash ishlari vaqtida oʻrnatiladigan va u tugallangungacha saqlanadigan geodezik belgilar balandligini buyurtmachiga berishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qurilish yuzasidan kontrakt tuzishda buyurtmachi va bosh pudratchi kontraktning alohida shartlarida boshqa oʻzaro majburiyatlarni ham nazarda tutadilar. Bunda ular amaldagi qonunchilikka, ushbu Nizomga, qurilish normalariga, qoidalariga amal qiladilar va qurilishni tashkil etish hamda ishlarni amalga oshirish loyihalaridan va obyektni qurishning aniq shart-sharoitlaridan kelib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Qurilishni materiallar, konstruksiyalar, buyumlar va texnologik asbob-uskunalar bilan taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qurilishni materiallar, konstruksiyalar va qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur boʻlgan buyumlar, shuningdek erkin sotib olinadigan barcha namunaviy asbob-uskunalar va apparatlar bilan taʼminlash bosh pudratchi va subpudratchining vazifasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishni nostandart, texnologik va energetika asbob-uskunalari, shuningdek maxsus materiallar bilan taʼminlash buyurtmachining vazifasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning kelishuviga koʻra buyurtmachi materiallar va asbob-uskunalar yetkazib berish yuzasidan tayyorlovchi zavodlar yoki boshqa yetkazib beruvchilar (sotuvchilar) bilan tuzilgan shartnoma kontraktlarini amalga oshirishni bosh pudratchiga berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachining yetkazib berish hajmlari va nomenklaturasi vedomost bilan rasmiylashtiriladi. U qurilish kontraktga ilova hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi tomonidan qurilish maydoniga texnologik va nostandart asbob-uskunalar, armaturalar, maxsus materiallar yetkazib berish bosh pudratchi bilan kelishilgan jadval boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Pudratchi zarurat boʻlganda buyurtmachi bilan kelishib olish uchun namunalarni, sifat sertifikatsiyalarini, pol materiallari uchun prospektlarni, devor va shift qoplamlarini, santexnika va elektrotexnika asbob-uskunalarini, mebel hamda boshqa materiallar va buyumlarni beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Bosh pudratchi buyurtmachining roziligi bilan qurilish-montaj ishlarini bajarishda binolar va inshootlarni qismlarga boʻlishda olingan materiallar hamda konstruksiyalardan yoki tegishli buyumlardan foydalanishga haqlidir. Ushbu materiallar va konstruksiyalarning yaroqliligini buyurtmachi, pudratchi va loyihalovchilar bilan birgalikda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Buyurtmachi yetkazib bergan, montaj qilinadigan asbob-uskunalar va materiallar qurilishni tashkil etish loyihasida nazarda tutilgan obyektlar yonidagi omborlarda dalolatnomalar boʻyicha, kompleks holida, standartlar va texnik shartlar talablariga muvofiq, toʻliq soz holatda hamda tomonlar kelishib olgan qurilish jadvalida koʻzda tutilgan muddatlarda bosh pudratchiga yoki uning ishonchnomasiga koʻra subpudratchiga topshiriladi. Ogʻir vaznli va yirik oʻlchamli asbob-uskunalarni buyurtmachi obyekt yonidagi omborda yoki kelishuvga koʻra montaj hududida yoki yiriklashtirish (yigʻuv) maydonchasida topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yirik oʻlchamli asbob-uskuna uni tayyorlash boʻyicha texnik shartlarga muvofiq qurilish maydonchasiga alohida qismlarga ajratib yetkazib berilsa, u holda uni yigʻib berish buyurtmachining vazifasi hisoblanadi. Yirik oʻlchamli asbob-uskunani yigʻish va taxt qilib berish buyurtmachi bilan toʻgʻridan toʻgʻri kontrakt boʻyicha subpudratchi montaj tashkiloti tomonidan buyurtmachi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi yoki bu ishni subpudratchining oʻzi bajarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Asbob-uskunalarni omborda saqlash shartlari standartlar talablariga, qurilish normalari va qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak. Asbob-uskunalar normativdagi muddatdan ortiqcha saqlangan taqdirda montaj qilishdan oldin ular ushbu muddatning yuzaga kelishida aybdor boʻlgan tashkilot mablagʻlari hisobiga taftishdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qabul qilib olish, montaj qilish yoki sinab koʻrish chogʻida bosh pudratchi va subpudratchi tomonidan asbob-uskunalarning but emasligi va buzilganligi aniqlangan taqdirda bosh pudratchi yoki subpudratchi bu toʻgʻrida buyurtmachini xabardor qilishga hamda, agar bu yetkazib berish kontraktida nazarda tutilgan boʻlsa, texnik jihatdan mumkin boʻlgan qisqa muddatda ushbu asbob-uskunani but qilish yoki but holdagisi bilan almashtirish talabi bilan tayyorlagan zavodga yoki uni yetkazib beruvchi eʼtiroz bildirish uchun tegishli dalolatnoma (reklamatsiya) tuzishda qatnashishga majburdirlar. Dalolatnoma (reklamatsiya) tuzish yetkazib berish kontraktini tuzgan tomonlar vazifasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Obyektlarni qurish kompleks import asbob-uskunalar bazasida yoki kompensatsion bitimlar asosida amalga oshirilgan taqdirda buyurtmachi asbob-uskunalarni yetkazib berish va montaj qilish shartlarini xorijiy firma bilan kelishib olish uchun bosh pudratchini hamda montaj qiluvchi tashkilotlarni jalb qilishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Buyurtmachi tomonidan bosh pudratchiga beriladigan materiallar, buyumlar va asbob-uskunalar uchun hisob-kitoblar hamda ularni qabul qilib olish, saqlash va tashish boʻyicha bosh pudratchining xarajatlarini qoplash qurilish kontraktiga alohida shartlarda belgilangan, tomonlar kelishgan narxlar va shartlar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Bosh pudratchi va subpudratchi obyektni butlash uchun oʻzlariga berilgan asbob-uskunalarning (obyektni buyurtmachiga topshirgungacha kompleks sinab koʻrish maqsadida) saqlanishi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish shart-sharoitlarini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Buyurtmachi buziladigan, koʻchiriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan binolarda yashovchi shaxslarni koʻchirishga hamda qurilishni tashkil etishga xalaqit beradigan bino va inshootlarni tomonlar bilan kelishilgan muddatlarda buzishni yoki qurilish maydonchalaridan koʻchirishni taʼminlashga majburdir. Qurilish qiymati yigʻma smeta hisob-kitobida nazarda tutilgan va qurilish maydonchasini tomonlar bilan kelishilgan muddatlarda boʻshatish bilan bogʻliq shartnomaviy narxlar tarkibiga kirgan qurilish-montaj ishlari pudratchi tashkilot tomonidan bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Buyurtmachi bosh pudratchi bilan kelishilgan muddatlarda oʻz kuchi bilan asbob-uskunalarni, texnologik quvurlarni, texnologik quvurlarni, apparaturalarni, mexanizmlar va qurilmalarni demontaj qilishga, buziladigan, koʻchiriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan obyektlardagi ishlab turgan tarmoqlarni ishlashdan toʻxtatishga majburdir. Tomonlarning kelishuviga koʻra, koʻrsatib oʻtilgan ishlarni bajarish, tegishli haq toʻlagan holda, bosh pudratchiga topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ishlab turgan korxonalarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash chogʻida qurilish maydonini ajratib qoʻyish mumkin boʻlmagan hollarda buyurtmachi pudratchiga ish koʻlamini yaratishga, bosh pudratchi va subpudratchining ish maydonini va joyini ishlarni bajarishga xalaqit beradigan barcha inshootlardan, ombor binolardan, tashlandiqlardan bosh pudratchi bilan kelishilgan tartibda va muddatlarda boʻshatishga, shuningdek korxonalarning asosiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan qurilishdagi texnika xavfsizligi boʻyicha tadbirlarni (himoya qurilmalari oʻrnatishni, yongʻindan saqlash va qoʻriqlashni) oʻz hisobiga taʼminlashga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Zarurat boʻlganda qurilish maydonini oʻzlashtirish jarayonida yoki qurilish davomida mavjud yer osti qurilmalarini va konstruksiyalarini ochish, loyiha yechimlariga muvofiq va foydalanuvchi tashkilot nazorati ostida, bosh pudratchi tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Qurilishni tashkil etish loyihasiga muvofiq buyurtmachi qurilish ehtiyojlari uchun foydalanishi mumkin boʻlgan oʻzining asosiy fondlaridan bino va inshootlarni, amortizatsiya ajratmalari normalari boʻyicha toʻlov bilan bosh pudratchiga ijaraga beradi, shuningdek bosh pudratchiga oʻz ustaxonalardan hamda boshqa yordamchi ishlab chiqarishlaridan foydalanish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Bosh pudratchi buyurtmachi uchun barpo etilayotgan bino va inshootlarni toʻliq pardozlash va unga topshirishga boʻlgan davrda, ushbu binolar va inshootlar shartnomadagi muddatlarda toʻliq soz holatda topshirilgan taqdirda, ulardan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun vaqtinchalik va haq toʻlamasdan foydalanishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Buyurtmachi qurilgan bino va inshootlardan obyekt qurilishi toʻliq tugallangunga qadar, agar bu bosh pudratchining kelgusidagi ishlariga xalaqit bermasa, foydalanishga haqlidir. Bu holda buyurtmachi ushbu bino va inshootlarni bosh pudratchidan dalolatnoma boʻyicha qabul qilib olishga va obyekt toʻliq topshirilgungacha (qabul qilib olgungacha) ularning saqlanishi uchun javob berishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Buyurtmachida oʻzining suv, gaz, bugʻ va elektr bilan taʼminlash obyektlari va boshqa yordamchi qurilmalari mavjud boʻlgan taqdirda u bosh pudratchiga ulardan amaldagi narxlar va taʼriflar boʻyicha foydalanish huquqini beradi. Agar amaldagi narxlar va taʼriflar smetadagi narxlardan yuqori boʻlsa, buyurtmachi qiymatidagi tafovutni kompensatsiya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar va aholi punktlari tashqarisida, shuningdek oʻzlashtirilmagan hududlarda joylashgan, qurilishi yangidan boshlangan obyektlarda qurilish ehtiyojlarini suv, gaz, issiqlik va elektr energiya bilan taʼminlash obyektlar va qurilmalar barpo etish bosh pudratchi tomonidan buyurtmachining qurilish smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Buyurtmachi ilgari ishlab chiqarishga berilgan loyiha-smeta hujjatlariga oʻzi kiritgan oʻzgarishlar bilan bogʻliq barcha xarajatlar va zararlarni oʻzgartirilgan hujjatlar bosh pubdratchiga berilgandan keyin 10 kun muddatda tuzilgan dalolatnoma asosida bosh pudratchiga toʻlashga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Buyurtmachi tomonidan butun obyekt qurilishini konservatsiyalash yoki toʻxtatish zarurligi toʻgʻrisida qaror qilingan taqdirda qurilish kontrakti bekor qilinadi, alohida obyektlar qurilishi konservatsiya qilinganda yoki toʻxtatilganda esa u kontraktga qoʻshimcha bitim bilan aniqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Qurilish kontrakti quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar qaroriga koʻra va tomonlar tashabbusi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishning kelishilgan jadvalida nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlarini bajarish muddatlari bosh pudratchi tomonidan muttasil buzilgan va ishlar sifati past boʻlgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlar amaliy hamkorlik qilishdan doimiy ravishda bosh tortgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi kontraktda nazarda tutilgan majburiyatni muttasil buzgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻ bilan taʼminlovchi bank buyurtmachini toʻlovga qodir emas deb eʼlon qilgan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Qurilish kontrakti buyurtmachi va bosh pudratchiga bogʻliq boʻlmagan quyidagi sabablarga koʻra bekor qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika Hukumati qaroriga koʻra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar va asbob-uskunalarni tashishdagi uzilishlar tufayli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish obyektining vayron boʻlishiga yoki toʻliq yoʻq boʻlishiga olib kelgan tabiiy ofat roʻy berganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa fors-major holatlari tufayli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Qurilish kontrakti tuzilgach va kontraktda kelishilgan muddatlarda mablagʻ bilan taʼminlash ochilgach buyurtmachi kontraktda tomonlar kelishgan miqdordagi, biror qurilish shartnomaviy qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi avansni bosh pudratchining hisob-kitob schyotiga oʻtkazadi. Avansni toʻlash kontraktda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Tomonlar kontraktda, tomonlarning xoʻjalik tavakkalchiliklari xarakteriga, ularning moliyaviy ahvoli va boshqa hollariga koʻra toʻlov hamda hisob-kitoblarning boshqa shartlari va tartibini nazarda tutishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Kontrakt boʻyicha kelishmovchiliklarning hal qilish va mulkiy javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ishlarning toʻxtatish yoki kontraktning buzilishiga olib keluvchi nizoli holatlar paydo boʻlgan taqdirda tomonlar yuqorida qayd qilingan oqibatlarni bartaraf etish uchun ushbu holatlarni muzokaralar yoʻli bilan hal qilishga intilishlari kerak
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kelishmovchiliklarni hal qilishga erishilmasa, ular tegishli xoʻjalik sudida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Dastlabki (kontraktdan oldingi) bitim buzilgan va qurilish kontraktini tuzishdan bosh tortilgan taqdirda aybdor tomon ikkinchi tomonga kontraktdan oldingi bitimda kelishilgan miqdorda jarima toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ushbu Nizomning 14 va 18-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni berish muddatlarini buzganlik, qurilish kontraktni 16 va 17-bandlarida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etishni kechiktirganlik uchun aybdor tomon ikkinchi tomonga kechiktirilgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida jarima toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Buyurtmachi kontrakt boʻyicha quyidagi majburiyatlarga rioya qilmaganlik yoki ularni zarur darajada bajarmaganlik uchun bosh pudratchi oldida mulkiy javob beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 19-bandida nazarga tutilgan ishlarni amalga oshirishga tegishli nazorat organlari va tashkilotlarning ruxsati haqidagi hujjatlarni kechiktirganlik hamda geodeziya rejalarini hamda qurilish hududida birkitilgan punktlar va ushbu reja belgilarini berishni kechiktirganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida jarima;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
montaj qilish uchun asbob-uskunalar, materiallar va buyumlarni, shu jumladan asbob-uskunalarni montaj qilish uchun zarur boʻlgan materiallar va buyumlarni berish muddatlarini buzganlik uchun — muddatida yetkazib bermagan asbob-uskunalar, materiallar va alohida nomi boʻyicha buyumlar qiymatining 1 dan 4 foizgacha miqdorda jarima;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
montaj qilish uchun toʻliq but boʻlmagan asbob-uskunalar berilganda, agar toʻliq but emaslik ushbu asbob-uskunani montaj qilishlik toʻsqinlik qilganda — berilgan toʻliq boʻlmagan asbob-uskuna qiymatining, shu jumladan yetishmagan qismlar (detallar) qiymatining 5 foizi miqdorida jarima;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilayotgan obyekt boʻyicha tuzilgan kontraktga qoʻshimcha bitimni tayyorlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini berishni kechiktirganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida jarima;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishni tashkil etish loyihasiga muvofiq mavjud manbalardan suv, gaz, bugʻ va elektr energiyasi olish hamda ulardan foydalanish huquqiga ega boʻlish uchun tegishli tashkilotlarning ruxsati toʻgʻrisidagi hujjatlarni ishlar boshlanishidan oldin kamida bir oy oldin berishni kechiktirganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida jarima;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buziladigan binolarni berishni va qurilish maydonidan qurilishga ajratilgan maydondagi magistral elektr uzatish liniyalarini, temir yoʻllarni, yer osti tarmoqlarini va kommunikatsiyalarini koʻchirishga ruxsatnomalarni berishni kechiktirganlik uchun — kechiktirgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida jarima;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi tugallangan, mahsulot ishlab chiqarishga va xizmatlar koʻrsatishga tayyorlangan obyektni uning alohida navbatini, ishga tushiriladigan kompleksni, binolar, inshootlarni qabul qilib olishni boshlashni ularni topshirishga taqdim etish toʻgʻrisida bosh pudratchining xabarnomasi olingan kundan boshlab 5 kundan ortiq kechiktirilganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun bazaviy shartnoma narxining 0,15 foizi miqdorida, biroq kuniga eng kam oylik ish haqining kamida 5 baravari penya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlar qurilishi tufayli vaqtincha toʻxtatilgan yoki toʻxtatilgan qurilishlarni hamda ularning tarkibiga kiruvchi bino va inshootlarni, moddiy boyliklarni qabul qilib olishni hamda bosh pudratchi tomonidan bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun hisob-kitob qilishni kechiktirganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun shartnomaviy narxning 0,15 foizi, biroq kuniga eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida penya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻ bilan taʼminlashni ochishni qurilish kontrakti tuzilgan kundan boshlab 15 kundan ortiq kechiktirganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida jarima.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Kontrakt boʻyicha majburiyatlarni buzganlik uchun bosh pudratchining buyurtmachi oldidagi mulkiy javobgarligi turlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot ishlab chiqarishga yoki xizmatlar koʻrsatishga tayyorlangan obyektni, uning navbatini, ishga tushiriladigan kompleksni, binolarni, inshootlarni qurishni oʻz vaqtida tugallamaslik — kechiktirilgan har bir kun uchun bazaviy narxning 0,15 foizi, biroq ularni buyurtmachiga tushirgungacha kuniga eng kam oylik ish haqining 15 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorida penya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi bilan tuzilgan kontrakt boʻyicha montaj qiluvchi va boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan asbob-uskunalar montaj qilinadigan maydonlarni topshirish muddatlarini buzganlik — kechiktirilgan har bir kun uchun asbob-uskunalar qiymatining (bazaviy smeta narxlari boʻyicha) 0,15 foizi, biroq kuniga eng kam oylik ish haqining 5 baravaridan koʻp boʻlmagan penya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-smeta hujjatlari asosida pudrat kontraktining alohida shartlarida belgilangan yerlarni obod qilish muddati va hajmlarini buzganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida jarima;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh pudratchi tomonidan ish va konstruksiyalarda yoʻl qoʻyilgan qurilish jarayonida yoki oraliq qabul qilib olishda buyurtmachining mualliflik nazorati bilan va nazorat organlari tomonidan aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni nazarda tutilgan koʻpi bilan 30 kundan iborat har qaysi muddat oʻrniga kechiktirilganlik uchun — kechiktirilgan har bir kun uchun eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida jarima.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar pudratchi nuqsonlarni tomonlar belgilangan muddatda bartaraf etmasa, buyurtmachi yoki foydalanuvchi tashkilot (nuqsonini bartaraf etish ishlari qiymatining 50 foizi miqdorida vaqtida bajarmaganlik jarimasi undirgan holda) nuqsonni oʻz kuchi bilan pudratchining hisobiga bartaraf etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Bosh pudratchi nuqsonlarni kontraktda yoki uning alohida shartlarida koʻrsatilgan kafolatli muddat mobaynida, qurilishi tugallangan obyektlarning hamda qurilish va montaj ishlari turlarini dalolatnoma boʻyicha buyurtmachiga toʻliq topshirgandan keyin oʻz hisobiga bartaraf etishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Bajarilgan ishlar, ikkinchi tomonga berilgan materiallar yoki koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni toʻlash muddatlari bank tizimlarida belgilanganidan kechiktirib yuborilgan taqdirda aybdor tomon ikkinchi tomonga kechiktirilgan har bir kun uchun 0,15 foiz miqdorida penya toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov hujjatlari akseptini asossiz ravishda toʻliq yoki qisman rad etish tomon rad etgan akseptining 5 foizi miqdorida ikkinchi tomon (kreditor) foydasiga jarima toʻlanishiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Qurilish yuzasidan kontrakt tuzishda tomonlar qoida buzilganligi uchun amaldagi qonunchilik va ushbu Nizom bilan jazolar belgilanmagan boshqa majburiyatlar bajarilmagani uchun javobgarlikni nazarda tutishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Kontraktni buzgan tomon, kontrakt boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan jazolardan tashqari, ikkinchi tomonga uning xarajatlarida, mulkining yoʻqolishida yoki shikastlanishida ifodalangan, vaqtida bajarilmaganlik jarimasi (jarima penya) bilan qoplanmagan summadagi haqiqiy zararlarni ham toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki zarur darajada bajarmaganlik uchun vaqtida bajarmaganlik jarimasi (jarima penya)ni toʻlash, shuningdek koʻrilgan zararlarni oʻrnini qoplash tomonlarni majburiyatlarni naturada bajarishdan ozod qilmaydi. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qaroriga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozor munosabatlari sharoitlarida qurilishda Shartnomaviy narxlarni belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Tartib Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar tomonidan obyektlar qurilishi yuzasidan shartnomaviy narxlarni shakllantirishda yagona metodologiyani taʼminlash uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shartnomaviy narxlar bozorda vujudga kelgan shart-sharoitlarni, materiallar, qoʻllaniladigan mashina va mexanizmlar qiymati konyunkturasini, Pudrat tashkilotini foyda bilan, shu jumladan takroriy ishlab chiqarishni kengaytirish uchun zarur boʻlgan foyda bilan taʼminlashni hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Buyurtmachi va pudratchining qaroriga koʻra qurilish mahsulotiga shartnomaviy narxlarni kuyidagi ikki turi qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishning butun davrida oʻzgarmaydigan qatʼiy yoki uzil-kesil shartnomaviy narx. Narxning bunday turi qurilishi koʻpi bilan bir yil davom etadigan, texnik jihatdan murakkab boʻlmagan obyektlar uchun tavsiya qilinadi. Ushbu narxlar tarkibida ahdlashuvchi tomonlar hisoblab chiqargan va kelishib olgan prognoz qilinayotgan sababli tuzatishlar, indekslar va koeffitsiyentlarni qoʻllash yoʻli bilan pudratchining tavakkalchiligini kompensatsiya qilishni taʼminlovchi mablagʻlar hisobga olinishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishda foydalaniladigan materiallar narxlarning, mehnatga haq toʻlash shartlarining oʻzgarishi hamda shartnomaviy narxlarda hisobga olinmagan boshqa xarajatlarning paydo boʻlishi munosabati bilan qurilish davomida kontrakt shartlariga muvofiq aniqlashtiriladigan ochiq shartnomaviy narx.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq narx kontrakt boʻyicha tomonlar belgilaydigan cheklangan aniq darajaga ega boʻlishi mumkin. Narx kontraktga muvofiq cheklangan darajadan oshirmagan holda, qurilish jarayonida pudratchining asoslovchi hujjatlari asosida aniqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qurilish mahsulotiga shartnomaviy narxlarni obyektlar boʻyicha shartnomaviy narxlar asosida butun qurilish uchun shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Alohida hollarda ixtisoslashtirilgan qurilish sharoitlarida shartnomaviy narxlarni tegishli ish hajmlari uchun mahalliy smetalar boʻyicha aniqlashga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qurilish mahsulotiga shartnomaviy narxlar buyurtmachi (investor) va pudratchi tomonidan teng huquqli asosda, kapital qurilish, rekonstruksiya qilish, zamonaviylashtirish va toʻliq taʼmirlash yuzasidan kontrakt tuzish chogʻida belgilanadi hamda smeta qiymatining bazaviy darajasi, mehnat va moddiy resurslarning, mashina va mexanizmlar mashina-soatlarining smeta-normativ xarajatlari hamda pudrat tashkilotlarining bozor munosabatlari tufayli qilgan qoʻshimcha xarajatlari asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qurilish smeta qiymatining bazaviy darajasi Oʻzbekiston Respublikasida qurilish shart-sharoitlari uchun smeta normalari baholarini qoʻllash boʻyicha umumiy qoidalariga (SniR-91 Uz) hamda Vazirlar Mahkamasining 1992-yil Vazirlar Mahkamasi martdagi 126-son qaroriga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yigʻma smeta hisob-kitobi boʻyicha bazaviydan yuqori qiymatda pudratchi tashkilotlarning bozor munosabatlarini shakllantirish tufayli paydo boʻlgan quyidagi qoʻshimcha xarajatlari (kompensatsiyalar) hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish ishlab chiqarishda band boʻlgan ishchilar asosiy ish haqining koʻpayishi. U 1991-yilgi narxlarda hisoblangan eng kam ish haqi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan joriy davr uchun belgilangan eng kam ish haqi oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi. Tafovutga ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar qoʻshiladi. Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasiga ajratmalar asosiy ish haqidan, uning koʻpayishini hisobga olgan holda, amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
smeta normativlariga asos qilib olingan 1991-yilgi narxlar oʻrniga erkin (bozor) narxlari boʻyicha sotib olinadigan moddiy resurslarning qimmatlashishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudrat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish vaqtida asosiy materiallar va konstruksiyalar qiymatini koʻrsatish tavsiya qilinadi. Koʻrsatilgan qiymat faqat buyurtmachi bilan kelishib oshirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish mashina va mexanizmlarini ishlatish qiymatining qimmatlashishi, u 1991-yilgi bazaviy narx bilan joriy reja hisob-kitob narxlari boʻyicha haqiqiy qiymat oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha xarajatlarni Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 12-martdagi 126-son qarorida qabul qilingan bazaviy darajaga nisbatan koʻpayishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan normalar bilan qoplanmaydigan uy-joy kommunal xoʻjaligi zararlarini qoplash hamda ijtimoiy soha obyektlarini, sogʻlomlashtirish lagyerlarini va shu kabilarni saqlash xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtinchalik bino va inshootlarga qoʻshimcha xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qish vaqtidagi qurilish-montaj ishlariga qoʻshimcha xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudratchi tashkilotlarning mahsulotlarni ishlab chiqarish (ishlar, xizmatlarni amalga oshirish) boʻyicha mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi toʻgʻrisida nizomga hamda Hukumat va tegishli iqtisodiyot idoralari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga muvofiq boshqa xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning qaroriga koʻra qurilish mahsuloti shartnomaviy narxlar tarkibida hisobga olinadigan boshqa xarajatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida keltirilgan qoʻshimcha xarajatlar qoʻshimcha xarajatlarni, rejali jamgʻarmalarni va limitlangan xarajatlarni qoʻshmasdan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish mahsuloti shartnomaviy narxi yakuni va qurilish qiymatining yigʻma hisob-kitobidan keyin, qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovi boʻyicha xarajatlarni qoplash mablagʻlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda sanab oʻtilgan xarajatlardan tashqari, buyurtmachi tomonidan shartnomaviy narx tarkibida elektr energiyasi va ishlarning qoʻshma xarakteri (ishchilarni tashish) qiymatidagi tafovutga bosh pudratchining xarajatlari ham kompensatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bajarilgan qurilish-montaj va taʼmirlash-qurish ishlari uchun hisob-kitoblar haqiqiy qilingan xarajatlar boʻyicha, asoslovchi hujjatlarni (yetkazib beruvchilar schyotlarini, toʻlov topshiriqnomalari bilan birga yetkazib berish shartnomalarini, tayyorlovchi zavodlar kalkulatsiyalarini va shu kabilarni) taqdim etgan holda hamda keyinchalik chiqarilgan narx hosil qilishni tartibga soluvchi qonunchilik va normativ hujjatlarni hisobga olib amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qurilish mahsulotiga erkin (shartnomaviy) narxlarni aniqlashning ushbu Tartibini, idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurilish va toʻliq taʼmirlashni amalga oshiruvchi barcha tashkilotlarga tatbiq etish tavsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shartnomaviy narxlarni hisoblab chiqarishni “ qurilish qiymatini aniqlashning resurs usuli” hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining qurilish va montaj ishlari qiymatini bazaviy, joriy va prognoz narxlarda aniqlash boʻyicha uslubiy tavsiyalari asosida amalga oshirish tavsiya etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qaroriga
9-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish trestining namunaviy tuzilmasi (ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш