07.04.1994 yildagi 192-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Chet ellarda Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik vakolatxonalarini ochish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jiddada (Saudiya Arabistoni Qirolligi), Dubayda (Birlashgan Arab Amirliklari), Qarochida (Pokiston Islom Respublikasi) Oʻzbekiston Respublikasining Bosh konsulxonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tel-Avivda (Isroil Davlati), Frankfurt-Maynda (Germaniya Federativ Respublikasi), Nyu-Yorkda (Amerika Qoʻshma Shtatlari), Qohirada (Misr Arab Respublikasi), Bangkokda (Tailand Qirolligi), Seulda (Koreya Respublikasi), Quala-Lumpurda (Malayziya), Mozori Sharifda (Afgʻoniston Islom Davlati) Oʻzbekiston Respublikasining konsulxonalari ochilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining shtat jadvali va xarajatlar smetasi tasdiqlansin (1 — 11-ilovalar*).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1 — 11-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1994-yilda har bir konsullik muassasasining shtatdagi xodimlarining oʻrtacha soni 4 kishidan, ulardan diplomatik tarkibda 3 kishi, maʼmuriy tarkibda 1 kishidan iborat qilib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vazirligining Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi diplomatik vakolatxonalarida ishlovchi kadrlarni muntazam ravishda almashtirib turishni taʼminlash maqsadida qoʻshimcha 40 nafar shtat xodimi ajratish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin (12-ilova*).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 12-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1994-yilda konsullik muassasalarining xarajatlar smetasiga muvofiq va qoʻshimcha shtat xodimlari uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsullik muassasalarining “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining chet ellardagi vakolatxonalari xizmat xonalaridan, aloqa vositalari va boshqa xizmatlaridan foydalanganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan toʻlanmagan 1992-1993-yillardagi haqiqiy xarajatlarni oʻz mablagʻlari hisobidan qoplasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 1994 — 1996-yillarda ochiladigan konsullik muassasalariga keyinchalik oʻz xarajatlarini oʻzi qoplash prinsipi asosida “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi vakolatxonalarining xizmat xonalarini, aloqa vositalari va boshqa xizmatlarini tekinga bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi konsullik muassasalarini shtat jadvaliga muvofiq malakali kadrlar bilan butlash toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 7-aprel,

192-son