21.04.2026 yildagi 195-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

Aholining ekologik turmush tarzini shakllantirish hamda tadbirkorlik subyektlarining atrof-muhitga salbiy taʼsirini kamaytirish harakatlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga muvofiq aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va inson salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ekologik tamoyillarni oʻzining kundalik hayotiga joriy etishda yuqori koʻrsatkichlarga erishganlarga “Ekofaol fuqaro” maqomini berish hamda ular uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirma va davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan banklarda isteʼmol kreditini olishda chegirma taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi yoʻnalishlarda belgilangan koʻrsatkichlarni bajargan tadbirkorlik subyektlariga “yashil tadbirkor” maqomini berish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻkalamzorlashtirish, jumladan, korxonani “yashil belbogʻ” bilan oʻrash, sugʻorish tizimlarini oʻrnatish, tomchilatish, yomgʻirlatish va konteynerli (qopli) sugʻorish tizimini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya tejamkorligini taʼminlash, jumladan, energiya tejovchi uskunalar va texnologiyalarni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning atrof-muhitga taʼsirini kamaytirish, jumladan, ekologik huquqbuzarlik sodir etmaslik, atmosferaga tashlamalarni onlayn monitoring qilish tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishga sirkulyar iqtisodiyotni joriy qilish (“7R” tamoyilini tatbiq etish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “yashil tadbirkor” maqomini olgan tadbirkorlik subyektlariga quyidagi qoʻllab-quvvatlash choralarini qoʻllash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shaffof qurilish” platformasida ustuvorlik berish;

muayyan muddat davomida ekologik tekshiruvlardan ozod etish;

xalqaro bozorlarga chiqish uchun qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi doirasida qoʻshimcha ball berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Ekofaol fuqaro” maqomi har chorakda oʻtkaziladigan tanlov asosida har bir hududdan eng yuqori ball toʻplagan 50 nafar tanlov ishtirokchilariga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ekofaol fuqaro” maqomini berish uchun tanlov Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi) “ekofaolfuqaro.uz” maxsus platformasida oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov gʻoliblari har chorak yakunidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar tantanali tarzda Ekologiya qoʻmitasining hududiy boshqarmalari tomonidan taqdirlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Yashil tadbirkor” maqomi bir yilda bir marotaba oʻtkaziladigan tanlov asosida eng yuqori ball toʻplagan 10 ta tadbirkorlik subyektlariga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil tadbirkor” maqomini berish uchun tanlov Ekologiya qoʻmitasining “yashiltadbirkor.uz” maxsus platformasida oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov gʻoliblari keyingi yilning birinchi choragiga qadar tantanali tarzda Ekologiya qoʻmitasi tomonidan taqdirlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tanlov natijalarini baholashning toʻplangan yakuniy ballari maxsus platformada avtomatlashtirilgan holda aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) istisno tariqasida, Ekologiya qoʻmitasi raisining qaroriga koʻra ekologik tamoyillarni oʻzining kundalik hayotiga joriy etish hamda atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytirishda yuqori koʻrsatkichlarga erishgan shaxslarga “Ekofaol fuqaro” maqomi va “Yashil tadbirkor” maqomi tanlov oʻtkazmasdan berilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlar doirasidagi xarajatlar Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bir million yashil oila” umummilliy harakati doirasida “Ekofaol fuqaro” maqomini berish hamda maqomni olgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil tadbirkor” maqomini berish hamda maqomni olgan tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ekologiya qoʻmitasi uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ekofaol fuqaro” maqomi hamda “Yashil tadbirkor” maqomini olish imkoniyatini beruvchi “ekofaolfuqaro.uz” va “yashiltadbirkor.uz” maxsus platformalarini (keyingi oʻrinlarda — maxsus platformalar) ishga tushirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda maxsus platformalarga tanlov ishtirokchilari tomonidan kiritilgan maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan holda tasdiqlash imkoniyatini yaratish maqsadida Transport vazirligi, Energetika vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati, “Hududgaz taʼminot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJning maʼlumotlar bazasini maxsus platformalarga “Elektron hukumat” tizimi Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi va Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda “Yashil tadbirkor” maqomini olgan tadbirkorlik subyektlari uchun “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasida qoʻshimcha ball berish imkoniyatini yaratish maqsadida ushbu barqarorlik reytingiga tegishli mezonlar kiritish masalasida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi elektron platformasi “Yashil tadbirkor” platformasi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga ushbu qaror ijrosi bilan bogʻliq tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 21-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
195-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-apreldagi 195-son qaroriga
1-ILOVA

“Bir million yashil oila” umummilliy harakati doirasida “Ekofaol fuqaro” maqomini berish hamda maqomni olgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom “Ekofaol fuqaro” maqomini berish hamda maqomni olgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

Apellyatsiya komissiyasi — Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) tomonidan 5 — 7 nafardan iborat tarkibda tasdiqlanadigan, tanlov davomida tanlov ishtirokchilari bergan apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish hamda tegishli qaror qabul qilish vakolatiga ega komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus platforma — “Ekofaol fuqaro” maqomini berish uchun tanlov oʻtkaziladigan “ekofaolfuqaro.uz” platformasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov — tanlov ishtirokchilari tomonidan maxsus platformaga kiritilgan maʼlumotlarni tanlov mezonlari asosida baholash orqali eng yuqori ball toʻplagan tanlov ishtirokchilarini aniqlash boʻyicha oʻtkaziladigan tadbir;

3. “Ekofaol fuqaro” maqomi har chorakda oʻtkaziladigan tanlov asosida har bir hududdan eng yuqori ball toʻplagan 50 nafar tanlov ishtirokchilariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Ekofaol fuqaro” maqomi ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda jismoniy shaxslarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Ekofaol fuqaro” maqomini berish uchun tanlov Qoʻmita tomonidan maxsus platformada oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Ekofaol fuqaro” maqomini berish hamda maqomni olgan shaxslarni ragʻbatlantirish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoʻmita raisining qaroriga koʻra ekologik tamoyillarni oʻzining kundalik hayotiga joriy etish hamda atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytirishda yuqori koʻrsatkichlarga erishgan shaxslarga “Ekofaol fuqaro” maqomi tanlov oʻtkazilmasdan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish

8. Tanlov ishtirokchilari Qoʻmitaning maxsus platformasida roʻyxatdan oʻtadi hamda ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan baholash mezonlariga muvofiq talab etiladigan maʼlumotlarni kiritadi.

9. Tanlov ishtirokchilari tomonidan maxsus platformaga kiritilgan maʼlumotlar ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan baholash mezonlariga muvofiq baholanadi hamda tanlov ishtirokchilari toʻplagan yakuniy ballar avtomatlashtirilgan holda aniqlanadi.

10. Tanlov ishtirokchilari toʻplagan yakuniy ballar aniqlangandan soʻng bir ish kuni ichida tanlov natijalari maxsus platformada eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tanlov natijalari boʻyicha uch oy davomida har oyda kamida 80 ball — jami 240 va undan yuqori ball toʻplagan tanlov ishtirokchisiga “Ekofaol fuqaro” maqomi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Ekofaol fuqaro” maqomi berilgan tanlov ishtirokchisi keyingi uch oy uchun 80 balldan past ball toʻplagan taqdirda, “Ekofaol fuqaro” maqomi bekor qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Ekofaol fuqaro” maqomini olgan shaxslar roʻyxati Qoʻmitaning rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tanlov gʻoliblarini taqdirlash va ragʻbatlantirish

14. Tanlov gʻoliblari har chorak yakunidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar tantanali tarzda Ekologiya qoʻmitasining hududiy boshqarmalari tomonidan taqdirlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Ekofaol fuqaro” maqomini olgan shaxslar guvohnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi hamda ular ekologik tadbirlarda faxriy mehmon sifatida ishtirok etish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Ekofaol fuqaro” maqomini olgan shaxslarga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirma beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan tijorat banklarida isteʼmol kreditini olishda chegirmalar qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tanlov ishtirokchilarining apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish

17. Tanlov natijalaridan norozi boʻlgan tanlov ishtirokchilari tanlov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida Apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki maxsus platforma orqali elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berishi mumkin.

18. Apellyatsiya komissiyasining tarkibi va ish tartibi Qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi.

Bunda Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish jarayoniga jamoatchilik asosida malakali mutaxassislarni jalb etishi mumkin.

19. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati kelib tushgan kundan boshlab uni 15 ish kunida koʻrib chiqadi.

20. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

tanlov natijasini oʻzgartirishsiz qoldirish;

tanlov natijasini oʻzgartirish.

21. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqishda tanlov ishtirokchisining tanlovda toʻplagan ballarini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

22. Apellyatsiya komissiyasi oʻz qarorini qabul qilingan kunning oʻzida apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan tanlov ishtirokchisiga maʼlum qilishi lozim.

23. Tanlov ishtirokchisi apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha Apellyatsiya komissiyasining qabul qilgan qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.

5-bob. Yakunlovchi qoidalar

24. Tanlov ishtirokchisi tomonidan maxsus platformaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun javobgarlik uning zimmasiga yuklanadi.

25. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

“Bir million yashil oila” umummilliy harakati doirasida “Ekofaol fuqaro” maqomini berish hamda maqomni olgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

“Ekofaol fuqaro” maqomini berish hamda maqomni olgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Jismoniy shaxslar

1. Tanlov ishtirokchilari Ekologiya qoʻmitasining “ekofaolfuqaro.uz” maxsus platformasida (keyingi oʻrinlarda — maxsus platforma) roʻyxatdan oʻtadi.

Oʻz xohishiga koʻra

2. Baholash mezonlariga muvofiq talab etiladigan maʼlumotlarni maxsus platformaga kiritib boradi.

Har oyning 20-sanasiga qadar uch oy davomida

2-bosqich

Ekologiya qoʻmitasi,

masʼul vazirlik va idoralar

Tanlov ishtirokchilari tomonidan maxsus platformaga kiritilgan maʼlumotlarni baholash mezonlariga muvofiq baholanishini hamda tanlov ishtirokchilari toʻplagan yakuniy ballar avtomatlashtirilgan holda aniqlanishini taʼminlaydi.

Yilning I choragi uchun 15-aprelgacha,

II choragi uchun 15-iyulgacha,

III choragi uchun 15-oktabrgacha,

IV choragi uchun 15-yanvargacha

3-bosqich

Ekologiya qoʻmitasi

Tanlov natijalarini maxsus platformada eʼlon qiladi.

Toʻplangan yakuniy ballar aniqlangandan soʻng bir ish kuni ichida

4-bosqich

Ekologiya qoʻmitasining hududiy boshqarmalari

Tanlov natijalari boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan tanlov ishtirokchilariga “Ekofaol fuqaro” maqomini beradi hamda ularni tantanali tarzda taqdirlaydi.

Har chorak yakunidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bir million yashil oila” umummilliy harakati doirasida “Ekofaol fuqaro” maqomini berish hamda maqomni olgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ekofaol fuqaro” maqomini olish uchun tanlov ishtirokchilarini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEZONLARI

T/r

Baholash mezonlari

Maksimal ball

Tanlov ishtirokchilari tomonidan “ekofaolfuqaro.uz” platformasiga kiritilgan maʼlumotlar haqqoniyligini tasdiqlash usuli

1.

Kundalik piyoda yurish (har kuni kamida 10 000 qadam uchun 1 ball, bir oyda kamida 200 000 qadam uchun 20 ball).

20 ball

Ekologiya qoʻmitasining “ekofaolfuqaro.uz” platformasida real vaqt rejimida maʼlumot olish orqali tasdiqlash.

2.

Jamoat transportidan keng foydalanish (avtobus, elektrobus, tramvay, trolleybus, metro).

10 ball

Transport vazirligining “Avtomatlashtirilgan transport toʻlov tizimi operatori” platformasi hamda tanlov ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan boshqa maʼlumotlar asosida tasdiqlash.

3.

“Yashil transportda”, shu jumladan, velosiped, elektr va gibrid dvigateli bilan harakatlanadigan transport vositasida harakatlanish.

10 ball

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati platformasi hamda tanlov ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida tasdiqlash.

4.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish mavsumida (bahor va kuz fasllarida) va uni parvarishlashda faol ishtirok etish, bunda oʻz uyining, mahallasining atrofida, qarovsiz qolgan hududlarda daraxt koʻchatlarini ekish, “yashil belbogʻ” barpo qilish.

Ekilgan koʻchat daraxtlarining koʻkarishi va oʻsishi, ularning parvarishini taʼminlash (har bir koʻchat uchun 1 ball, umumiy 20 balldan oshmasligi kerak).

20 ball

Ekologiya qoʻmitasining “Yashil makon” platformasi orqali tasdiqlash.

5.

Qattiq maishiy chiqindini olib chiqib ketganlik uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida (har oyning 10 sanasidan kechiktirmagan holda) toʻlab borish.

10 ball

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining “Toza makon” platformasi orqali tasdiqlash.

6.

Suv, tabiiy gaz va elektr energiyasi resurslaridan oqilona foydalanish (mavsumiy taqdim qilingan limitdan oshmagan holda).

10 ball

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ platformalari hamda tanlov ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida tasdiqlash.

7.

Shaxsiy uyda quyosh fotoelektr stansiyasini oʻrnatish va undan foydalanish.

10 ball

Ekologiya qoʻmitasining “ekofaolfuqaro.uz” platformasida real vaqt rejimida maʼlumot olish orqali tasdiqlash.

8.

Chiqindilarni turlariga qarab saralashni yoʻlga qoʻyish (“qayta ishlanadigan”, “oziq-ovqat chiqindilari”, “qayta ishlanmaydigan” paketlarni tasdiqlovchi kamida 3 ta fotosurat platformaga joylashtiriladi).

3 ball

Ekologiya qoʻmitasining “ekofaolfuqaro.uz” platformasida real vaqt rejimida maʼlumot olish orqali tasdiqlash.

9.

Plastik mahsulotlardan foydalanishni kamaytirish (kamida 3 ta fotosurat platformaga joylashtiriladi).

4 ball

Ekologiya qoʻmitasining “ekofaolfuqaro.uz” platformasida real vaqt rejimida maʼlumot olish orqali tasdiqlash.

10.

Oziq-ovqat isrofgarchiligining oldini olish (kamida 3 ta fotosurat platformaga joylashtiriladi).

3 ball

Ekologiya qoʻmitasining “ekofaolfuqaro.uz” platformasida real vaqt rejimida maʼlumot olish orqali tasdiqlash.

11.

Tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablarining buzilishi holati mavjudligi.

- 30 ball

Ekologiya qoʻmitasining “Ekonazorat axborot tizimi” orqali tasdiqlash.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-apreldagi 195-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil tadbirkor” maqomini berish hamda maqomni olgan tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom

1. Ushbu Nizom “Yashil tadbirkor” maqomini berish hamda maqomni olgan tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) tomonidan 5 — 7 nafardan iborat tarkibda tasdiqlanadigan, tanlov davomida tanlov ishtirokchilari bergan apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish hamda tegishli qaror qabul qilish vakolatiga ega komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus platforma — “Yashil tadbirkor” maqomini berish uchun tanlov oʻtkaziladigan “yashiltadbirkor.uz” platformasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov — tanlov ishtirokchilari tomonidan maxsus platformaga kiritilgan maʼlumotlarni tanlov mezonlari asosida baholash orqali eng yuqori ball toʻplagan tanlov ishtirokchilarini aniqlash boʻyicha oʻtkaziladigan tadbir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Yashil tadbirkor” maqomi bir yilda bir marotaba oʻtkaziladigan tanlov asosida eng yuqori ball toʻplagan 10 ta tadbirkorlik subyektlariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Yashil tadbirkor” maqomi ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektlariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Yashil tadbirkor” maqomini berish uchun tanlov Qoʻmita tomonidan maxsus platformada oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Yashil tadbirkor” maqomini berish hamda maqomni olgan tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoʻmita raisining qaroriga koʻra atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytirishda yuqori koʻrsatkichlarga erishgan tadbirkorlik subyektlariga “Yashil tadbirkor” maqomi tanlov oʻtkazilmasdan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tanlov ishtirokchilari Qoʻmitaning maxsus platformasida roʻyxatdan oʻtadi hamda ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan baholash mezonlariga muvofiq talab etiladigan maʼlumotlarni kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tanlov ishtirokchilari tomonidan maxsus platformaga kiritilgan maʼlumotlar ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan baholash mezonlariga muvofiq baholanadi hamda tanlov ishtirokchilari toʻplagan yakuniy ballar avtomatlashtirilgan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tanlovni oʻtkazish jarayonida tanlov ishtirokchilarining natijalari 100 balli tizim asosida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tanlov ishtirokchilari toʻplagan yakuniy ballar aniqlangandan soʻng bir ish kuni ichida tanlov natijalari maxsus platformada eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Yashil tadbirkor” maqomini olgan tadbirkorlik subyektlari roʻyxati Qoʻmitaning rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tanlov gʻoliblarini taqdirlash va ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tanlov gʻoliblari har yili 1-iyunga qadar tantanali tarzda Qoʻmita tomonidan taqdirlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Eng yuqori ball bilan “Yashil tadbirkor” maqomini olgan 1 ta tadbirkorlik subyekti vakili “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog” faxriy unvoni hamda 10 ta tadbirkorlik subyektlari vakillari “Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Yashil tadbirkor” maqomiga ega tadbirkorlik subyektlari maxsus guvohnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi hamda ularning vakillari ekologik tadbirlarda faxriy mehmon sifatida ishtirok etish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Yashil tadbirkor” maqomini olgan tadbirkorlik subyektlariga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shaffof qurilish” platformasida ustuvorlik berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan muddat davomida ekologik tekshiruvlardan ozod etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro savdo koʻrgazmalarida qatnashish uchun moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot va xizmatlar “ekologik toza mahsulot” va “ekologik toza xizmat” sifatida reklama qilinishini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashil startaplar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash uchun ixtisoslashtirilgan moliyalashtirish dasturlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi doirasida qoʻshimcha ball berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tanlov ishtirokchilarining apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tanlov natijalaridan norozi boʻlgan tanlov ishtirokchilari tanlov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida Apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki maxsus platforma orqali elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Apellyatsiya komissiyasining tarkibi va ish tartibi Qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish jarayoniga jamoatchilik asosida malakali mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati kelib tushgan kundan boshlab uni 15 ish kunida koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov natijasini oʻzgartirishsiz qoldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov natijasini oʻzgartirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqishda tanlov ishtirokchisining tanlovda toʻplagan ballarini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Apellyatsiya komissiyasi oʻz qarorini qabul qilingan kunning oʻzida apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan tanlov ishtirokchisiga maʼlum qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tanlov ishtirokchisi apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha Apellyatsiya komissiyasining qabul qilgan qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tanlov ishtirokchisi tomonidan maxsus platformaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun javobgarlik uning zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil tadbirkor” maqomini berish hamda maqomni olgan tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

“Yashil tadbirkor” maqomini berish hamda maqomni olgan tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Tadbirkorlik subyektlari

1. Tanlov ishtirokchilari Ekologiya qoʻmitasining “yashiltadbirkor.uz” maxsus platformasida (keyingi oʻrinlarda — maxsus platforma) roʻyxatdan oʻtadi.

Oʻz xohishiga koʻra

2. Baholash mezonlariga muvofiq talab etiladigan maʼlumotlarni maxsus platformaga kiritadi.

Har yili 1-aprelga qadar

2-bosqich

Ekologiya qoʻmitasi,

masʼul vazirlik va idoralar

Tanlov ishtirokchilari tomonidan maxsus platformaga kiritilgan maʼlumotlarni baholash mezonlariga muvofiq baholanishini hamda tanlov ishtirokchilari toʻplagan yakuniy ballar avtomatlashtirilgan holda aniqlanishini taʼminlaydi.

Har yili 1-mayga qadar

3-bosqich

Ekologiya qoʻmitasi

Tanlov natijalarini maxsus platformada eʼlon qiladi.

Toʻplangan yakuniy ballar aniqlangandan soʻng bir ish kuni ichida

4-bosqich

Ekologiya qoʻmitasi

Tanlov natijalari boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan 10 ta tanlov ishtirokchilariga “Yashil tadbirkor” maqomini beradi hamda ularni tantanali tarzda taqdirlaydi.

Har yili 1-iyunga qadar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil tadbirkor” maqomini berish hamda maqomni olgan tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil tadbirkor” maqomini olish uchun tanlov ishtirokchilarini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEZONLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Baholash mezonlari

Maksimal ball

Tanlov ishtirokchilari tomonidan “yashiltadbirkor.uz” platformasiga kiritilgan maʼlumotlar haqqoniyligini tasdiqlash usuli

1.

Koʻkalamzorlashtirish, “yashil belbogʻ”larni tashkil etish, sugʻorish tizimlarini oʻrnatish, jumladan, tomchilatish, yomgʻirlatish va konteynerli (qopli) sugʻorish tizimini joriy qilish.

10 ball

Ekologiya qoʻmitasining “Yashil makon” platformasi orqali tasdiqlash.

2.

Energiya tejamkorligini taʼminlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish:

energiya tejovchi uskunalar va texnologiyalarni joriy qilish;

diodli (LED) lampalar, tejamkor energiya qurilmalaridan foydalanish;

muqobil energiya manbalari, jumladan, quyosh panellari va shamol turbinalarini joriy qilish;

bino va inshootlarda tabiiy yorugʻlikdan keng foydalanish;

bino va inshootlarda energiyani tejash uchun yuqori sifatli izolyatsiyadan foydalanish;

suvni tejaydigan qurilmalar va texnologiyalarni joriy etish;

yomgʻir suvlarini toʻplash va ulardan foydalanish;

oqova suvlarni tozalash inshootlarini oʻrnatish va oqova suvlardan qayta foydalanishni (10 — 20 foizga) tashkil etish.

20 ball

Ekologiya qoʻmitasi, Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ platformalari hamda tanlov ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida tasdiqlash.

3.

Korxonaning atrof-muhitga taʼsirini kamaytirish, atmosferaga zararli moddalar tashlamalarini onlayn monitoring qilish tizimini joriy etish va atmosfera havosiga tashlamalarni kamaytirish uchun quvvati 99,5 foiz filtr oʻrnatish.

20 ball

Ekologiya qoʻmitasining platformasi orqali tasdiqlash.

4.

Korxona tomonidan yashil loyihalarni joriy etish, mahsulotlarni ishlab chiqarish va xizmatlarni koʻrsatishda texnologik jarayonlarning atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida belgilangan talablarga muvofiqligini baholash (koʻrsatkichlar oʻtgan yilga nisbatan taqqoslangan holda).

20 ball

Ekologiya qoʻmitasining platformasi orqali tasdiqlash.

5.

Elektr energiyasida harakatlanuvchi transport vositalaridan keng foydalanish (yiliga 5 — 10 foiz atrofida transport vositalarini yangilash).

10 ball

Ekologiya qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati platformasi hamda tanlov ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida tasdiqlash.

6.

Ishlab chiqarishga sirkulyar iqtisodiyotni joriy qilish (7R) tamoyilini tatbiq etish, jumladan:

ishlab chiqarish jarayonida chiqindisiz, chiqindisi kam texnologiyalardan foydalanish (reduce);

sintetik, polimer qoplama, oʻram, tara, idish va boshqalardan foydalanmaslik yoki foydalanishni qisqartirish (rethink);

ishlab chiqarilgan mahsulotni taʼmirlab, qayta ishlatish imkoniyatini yaratish, servis xizmatlarini tashkil etish (repair);

koʻp marotaba ishlatiladigan tara, qoplama, oʻram va boshqalardan foydalanish (refuce);

ishlab chiqarishda hosil boʻladigan chiqindilardan qayta foydalanish (reuse);

hosil boʻlgan chiqindilarni saralash va qayta ishlashga yoʻnaltirish (recycle);

qayta ishlangan mahsulotlardan keng foydalanish (repurpose).

20 ball

Ekologiya qoʻmitasi, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining “Toza makon” platformasi orqali tasdiqlash.

7.

Tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablarini buzganlik, yaʼni ekologik huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilganligi holati mavjudligi (koʻrsatkichlar oʻtgan yilga nisbatan taqqoslangan holda).

- 30 ball

Ekologiya qoʻmitasining “Ekonazorat axborot tizimi” orqali tasdiqlash.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2026-y., 09/26/195/0402-son)