21.04.2026 yildagi PQ-153-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ipak yoʻli” davlat muzeyini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand shahrining jahon sivilizatsiyasi va Ipak yoʻli tarixidagi beqiyos oʻrnini chuqur yoritish, uning boy tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylash va zamonaviy muzey shakllari orqali keng jamoatchilikka taqdim etish, shuningdek, shaharning sayyohlik jozibadorligini oshirish va turistik salohiyatini yanada kuchaytirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Samarqand shahri Koʻksaroy maydoni 2-uy manzilida “Ipak yoʻli” davlat muzeyi (keyingi oʻrinlarda — Muzey) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Muzey davlat muassasasi hisoblanadi va Madaniy meros agentligi tizimiga kiradi hamda Muzey faoliyati uning binosida qurilish-montaj ishlari yakunlanganidan soʻng boshlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Muzeyni saqlash xarajatlari Samarqand viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari, Muzeyning oʻz daromadlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Muzeyga shtat birliklarini ajratish hamda xodimlarga ish haqi toʻlash Madaniy meros agentligi tizimidagi muzeylar uchun belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Muzey binosini loyihalash, qurish, jihozlash, hududini obodonlashtirish va Muzey ekspozitsiyasini yaratish ishlarini (keyingi oʻrinlarda — qurilish-montaj ishlari) amalga oshirishning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) loyihalash ishlari boʻyicha 2026-yilda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda Dastur doirasida iqtisod qilingan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Muzey binosini qurish, jihozlash, hududini obodonlashtirish va Muzey ekspozitsiyasini yaratish ishlari boʻyicha — buyurtmachining hisob-kitobiga koʻra 2026-yil uchun moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida iqtisod qilingan, shuningdek, 2027-2028-yillar uchun ushbu dastur doirasida ajratiladigan mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Samarqand viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Madaniy meros agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kadastr agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Samarqand shahri Koʻksaroy maydoni 2-uy manzilida joylashgan Samarqand viloyati hokimligining avtoxoʻjaligi binosi hamda unga tutash boʻlgan hudud bilan birgalikda jami 9 gektar yer uchastkasi Muzey binosini qurish uchun Madaniy meros agentligiga davlat mulki sifatida operativ boshqarish huquqi asosida bepul berilishini va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 9 gektar yer uchastkasi hududida joylashgan mulk huquqi asosida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli koʻchmas mulk obyektlarini Muzey tashkil etish maqsadida jamoat ehtiyoji uchun baholangan qiymatda Madaniy meros agentligi tasarrufiga olinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Kadastr agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Madaniy meros agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Samarqand shahri Koʻksaroy maydoni 2-uy manzilida joylashgan Samarqand viloyati hokimligining avtoxoʻjaligi binosini Muzey binosini qurish ishlarini jadallashtirish maqsadida demontaj qilish uchun Madaniy meros agentligiga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamoat ehtiyoji uchun olingan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli koʻchmas mulk obyektlari qiymati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Muzey binosida qurilish-montaj ishlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan qurilish materiallari, uskunalar, maxsus texnikalar, mexanizmlar, metall konstruksiyalar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, xomashyo va materiallar, oʻsimliklar, jihozlar, mebel va inventarlar 2029-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etilsin. Bunda mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyozlar, istisno tariqasida, Madaniy meros agentligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat asosida taqdim etilishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tashqi ishlar vazirligi Jamgʻarma va Madaniy meros agentligining viza talabnomalariga binoan Muzey binosida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan chet ellik mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan zarur hollarda, Toshkent va Samarqand xalqaro aeroportlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Ipak yoʻli” davlat muzeyini tashkil etish boʻyicha 2026 — 2028-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Muzey faoliyatini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Madaniy meros agentligi direktori B.G. Abdikarimov hamda Samarqand viloyati hokimi A.M. Boboyev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 21-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-153-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-apreldagi PQ-153-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ipak yoʻli” davlat muzeyini tashkil etish boʻyicha 2026 — 2028-yillarga moʻljallangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

1.

“Ipak yoʻli” davlat muzeyi (keyingi oʻrinlarda — Muzey) binosini qurish uchun yer maydoni ajratish.

1. Samarqand shahri Koʻksaroy maydoni 2-uy manzilida joylashgan Samarqand viloyati hokimligining avtoxoʻjaligi binosini unga tutash hududi bilan birga jami 9 gektar yer uchastkasini Muzey binosini qurish uchun Madaniy meros agentligiga davlat mulki sifatida operativ boshqarish huquqi asosida bepul berish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2. Toʻqqiz gektar yer uchastkasi hududida joylashgan xususiy mulk huquqi asosida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli koʻchmas mulk obyektlarini Muzey tashkil etish maqsadida jamoat ehtiyoji uchun baholangan qiymatda Madaniy meros agentligi tasarrufiga olish.

3. Mulkni topshirish-qabul qilish hamda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish.

2026-yil iyul

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika maqsadli jamgʻarmasi

Samarqand viloyati hokimligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Kadastr agentligi,

Madaniy meros agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2.

Muzeyning ilmiy konsepsiyasi va tematik-ekspozitsion rejasini ishlab chiqish.

1. Yuqori malakali xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb etgan holda, Muzeyning ilmiy konsepsiyasi va tematik-ekspozitsion rejasini ishlab chiqish.

2027-yil avgust

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida

Madaniy meros agentligi,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Fanlar akademiyasi

2. Muzeyning ilmiy konsepsiyasi va tematik-ekspozitsion rejasini Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi bilan kelishish.

2027-yil dekabr

3.

Muzey ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

1. Muzey ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Muzey ustavini davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2028-yil dekabr

-

Madaniy meros agentligi,

Adliya vazirligi

4.

Muzeyga shtat birliklarini ajratish va malakali mutaxassislarni jalb qilish.

1. Muzeyning shtatlar jadvalini shakllantirish.

2028-yil sentabr

-

Madaniy meros agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

2. Muzeyga malakali mutaxassislarni jalb qilish.

2028-yil dekabr

5.

Muzey fondini Markaziy Osiyo hududida Buyuk ipak yoʻlining shakllanishi, rivojlanishi va jahon tamadduniga taʼsirini yorituvchi madaniy boyliklar bilan boyitish.

1. Muzey fondini shakllantirish maqsadida “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi fondidagi hamda boshqa respublika muzeylaridagi noyob, eng sara muzey ashyolarini oʻrganish va saralash.

2026-2027-yillar davomida

Davlat budjeti mablagʻlari va Madaniy meros jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniy meros agentligi,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Samarqand viloyati hokimligi

2. Muzey fondi uchun saralangan ashyolarni qadoqlash, muzeyga barcha xavfsizlik choralarini koʻrgan holda tashish.

2028-yil dekabr

3. “Milliy merosga mening hissam” umumxalq aksiyasi doirasida aholidan Buyuk ipak yoʻli tarixiga oid tarixiy materiallar, madaniy boyliklar, noyob suratlarni xarid qilish choralarini koʻrish.

2027-2028-yillar davomida

6.

Muzey fondiga ajratiladigan muzey ashyolarini (madaniy boyliklarni) malakali chet ellik va mahalliy mutaxassislarni jalb qilgan holda, restavratsiya va konservatsiya qilish.

1. Muzey ashyolarini restavratsiya qilish uchun chet ellik va mahalliy yuqori malakali mutaxassislar (restavratorlar) bilan muzokaralar oʻtkazish.

2. Yuqori malakali mutaxassislar (restavratorlar)ni ularning ilmiy xulosasi va asoslangan takliflariga koʻra toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzgan holda jalb qilish.

3. Muzey ashyolarini restavratsiya va konservatsiya qilish choralarini koʻrish.

2027-2028-yillar davomida

Davlat budjeti mablagʻlari va Madaniy meros jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniy meros agentligi,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

7.

Buyuk ipak yoʻlining shakllanishi, rivojlanishi va jahon tamadduniga taʼsirini yorituvchi arxiv hujjatlari, noyob kitob va qoʻlyozmalarni ilmiy tadqiq qilish va raqamlashtirish.

1. Noyob kitob, qoʻlyozma, arxiv hujjatlari va boshqa materiallarni aniqlash boʻyicha chuqur fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish.

2027-2028-yillar davomida

Davlat budjeti mablagʻlari va Madaniy meros jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniy meros agentligi,

Fanlar akademiyasi,

“Oʻzarxiv” agentligi,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tadqiqotlar natijalariga koʻra, noyob kitob, qoʻlyozma, arxiv hujjatlari va boshqa materiallarni raqamlashtirish choralarini koʻrish.

2029-yildan boshlab doimiy

8.

Muzey ekspozitsiyasi uchun multimedia, VR, immersiv videoroliklar va hujjatli filmlar ishlab chiqish.

1. Muzey ekspozitsiyasini multimedia mahsulotlari bilan boyitish maqsadida malakali mutaxassislarni (tashkilotlarni) jalb qilish.

2027-yil may

Davlat budjeti mablagʻlari va Madaniy meros jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniy meros agentligi,

Kinematografiya agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

2. Multimedia mahsulotlari, xususan, VR, immersiv videoroliklar va hujjatli filmlarni yaratishning konseptual asoslarini ishlab chiqish.

2027-yil dekabr

3. Multimedia mahsulotlari, xususan, VR, immersiv videoroliklar va hujjatli filmlarni ishlab chiqish va muzey ekspozitsiyasida namoyishga qoʻyish.

2028-yil dekabr

9.

Muzeyning zamonaviy saytini yaratish hamda unda muzey faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlar yoritib borilishini yoʻlga qoʻyish.

1. Malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda zamonaviy dizaynga ega muzey saytini ishlab chiqish.

2. Saytda Muzey faoliyatini yoritib boruvchi maʼlumotlar, foto va videomateriallarni joylashtirish.

2028-yil dekabr

Madaniy meros jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniy meros agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

10.

Muzeyga kirish chiptalarini onlayn va elektron xarid qilish imkoniyatini yaratish hamda tizimni toʻliq raqamlashtirish.

1. Onlayn chipta sotish tizimini joriy etish.

2. Onlayn chipta sotish tizimini elektron toʻlov tizimlari bilan integratsiya qilish (bank kartalari, QR kod va boshqa elektron toʻlov usullari orqali toʻlovlarni qabul qilishni yoʻlga qoʻyish).

3. Muzeyga kirish nuqtalarida turniketlar oʻrnatgan holda, elektron chiptalarni skanerlash orqali kirishni nazorat qilish tizimini joriy etish.

2028-yil dekabr

Davlat budjeti mablagʻlari va Madaniy meros jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniy meros agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

11.

Muzeyning xorijiy davlatlardagi turli muzey, arxiv, kutubxona va boshqa ilmiy-maʼrifiy muassasalar hamda mutaxassislar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

1. Muzey bilan hamkorlik oʻrnatilishi rejalashtirilgan xorijiy muassasalar va mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish.

2027-yil dekabr

-

Madaniy meros agentligi,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Tashqi ishlar vazirligi

2. Roʻyxatga muvofiq xorijiy muassasalar va mutaxassislar bilan muzokaralar oʻtkazish.

2028-yil dekabr

3. Muzokaralar natijasiga koʻra, ikki tomonlama memorandumlar imzolash choralarini koʻrish.

2029-yildan boshlab doimiy

12.

ALIPH xalqaro tashkilotiga aʼzolik badalini toʻlash uchun Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasiga tegishli mablagʻlarni ajratish.

1. 2027 — 2030-yillar uchun aʼzolik badalini Jamgʻarmaning har yillik xarajatlar smetasida nazarda tutish.

2. Belgilangan miqdorlarda mablagʻlarni har yili ajratib borish.

2027 — 2030-yillar

Davlat budjeti mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

13.

ICCROM xalqaro tashkilotiga aʼzolik badalini toʻlash uchun Madaniy meros agentligiga tegishli mablagʻlarni ajratish.

1. 2027-yildan boshlab aʼzolik badalini Agentlikning har yillik xarajatlar smetasida nazarda tutish.

2. Belgilangan miqdorlarda mablagʻlarni har yili ajratib borish.

2027-yildan boshlab doimiy

Davlat budjeti mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Madaniy meros agentligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-apreldagi PQ-153-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga aʼzolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4756-son qaroriga 1-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) quyidagi mazmundagi 201-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

201.

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

Madaniy meros muhofazasi boʻyicha xalqaro alyans (International alliance for the protection of heritage — ALIPH)

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) quyidagi mazmundagi 67-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

67.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi

Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish boʻyicha xalqaro tadqiqotlar markazi (ICCROM)

.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida madaniy meros sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-177-son qaroriga 2-ilova “Oqqoʻrgʻon tumani oʻlkashunoslik muzey-memoriali” soʻzlaridan keyin “, “Ipak yoʻli” davlat muzeyi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-400-son qarori bilan tasdiqlangan Xodimlarining ish haqi miqdorlari oshirilayotgan davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari roʻyxati quyidagi mazmundagi 531-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

531.

Samarqand shahri “Ipak yoʻli” davlat muzeyi

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi “2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 975-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2-ilovaning “Samarqand viloyati” boʻlimi quyidagi mazmundagi 42-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

42.

“Ipak yoʻli” davlat muzeyi

Samarqand shahri

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 4-ilovaning “Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan moliyalashtiriladigan muzeylar” boʻlimi quyidagi mazmundagi 101-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

101.

“Ipak yoʻli” davlat muzeyi

Samarqand shahri

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2026-y., 07/26/153/0401-son)