Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 26.07.2005 yildagi PQ-136-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 10.02.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 21-iyuldagi PF-3631-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar. investitsiyalar va savdo vazirligi faoliyati samarali tashkil etilishini taʼminlash maqsadida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining.2007-yil 6-fevraldagi PQ-578-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 4-6-son, 40-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tuzilmasi hamda viloyatlar va Toshkent shahar tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3 va 4-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirga, zarurat boʻlganda, xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida Vazirlik markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining.2007-yil 6-fevraldagi PQ-578-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 4-6-son, 40-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarining vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, muassasalar va tashkilotlar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ularning birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi “Oʻzinterimpeks” davlat tashqi savdo aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzmarkazimpeks” davlat tashqi savdo aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzsanoatmashimpeks” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Markazsanoateksport” davlat tashqi savdo aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻrta Osiyo Trans” xalqaro avtotransportda yuk tashish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekekspertiza” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzekspomarkaz” respublika savdo-koʻrgazma markazi ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining davlat paketlarini boshqarishga vakil qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzurida Tashqi iqtisodiy faoliyatning axborot taʼminotini tashkil etish va tashqi bozorlar marketing tadqiqotlari hamda moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi, shuningdek uning mablagʻlarini shakllantirish manbalari saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 28-avgustdagi 409-son qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 23-oktabrdagi 368-son qarori 7-bandining 4-xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 26-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-136-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2005-yil 26-iyuldagi PQ-136-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyatlar va Toshkent shahar tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekekspertiza” ochiq aksiyadorlik jamiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbektenderkonsalting” agentligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzinkomsentr” Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy axborot-tijorat markazi
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzekspomarkaz” respublika savdo-koʻrgazma markazi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Interservis” xoʻjalik hisobidagi respublika tashqi savdo birlashmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Interqurilish” xoʻjalik hisobidagi respublika tashqi savdo firmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Xalqaro hamkorlik markazi” AJ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida kadrlar malakasini oshirish markazi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Hamkor” — “Delovoy partnyor” gazetasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Oʻzinfoinvest” agentligi
(1-ilovaning “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar roʻyxati” nomli boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-fevraldagi PQ-578-sonli qarori asosida 12-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 4-6-son, 40-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutasaddilik qilinadigan ixtisoslashtirilgan tashqi savdo va transport kompaniyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzinterimpeks” davlat tashqi savdo aksiyadorlik kompaniyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzmarkazimpeks” davlat tashqi savdo aksiyadorlik kompaniyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsanoatmashimpeks” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Markazsanoateksport” davlat tashqi savdo aksiyadorlik kompaniyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzmaxsusimpeks” davlat korxonasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻrta Osiyo Trans” xalqaro avtotransportda yuk tashish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻztashqitrans” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-fevraldagi PQ-578-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 4-6-son, 40-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2005-yil 26-iyuldagi PQ-136-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2005-yil 26-iyuldagi PQ-136-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar va Toshkent shahar tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2005-yil 26-iyuldagi PQ-136-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb yuritiladi) tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvi vakolatli organi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlik tizimiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmalari, ixtisoslashtirilgan xoʻjalik hisobidagi tashkilotlar, xorijiy davlatlardagi Vazirlikka idoraviy mansub tashkilotlar hisoblanadigan xoʻjalik hisobidagi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, savdo va iqtisodiy vakolatxonalar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy boʻlinmalar ikki tomonlama boʻysunadilar hamda Vazirlikka va tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga hisob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlik oʻz faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlikni va uning hududiy boʻlinmalarini moddiy-texnik taʼminlash, shuningdek Vazirlik tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash ajratiladigan mablagʻlar doirasida davlat budjeti mablagʻlari, oʻziga qarashli tashkilotlar ajratmalari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida yagona davlat siyosati oʻtkazilishini, eksportni ragʻbatlantirishni, xorijiy investitsiyalarni jalb etishni, tashqi savdoni erkinlashtirishni, tashqi savdo aloqalarini kengaytirish va mustahkamlashni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar (sarmoyalar, xizmatlar) jahon bozorlarining kompleks marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, tashqi va ichki sotish bozorlarining istiqbolliligi va samaradorligini hisobga olgan holda ularning holati va rivojlantirish istiqbollarini chuqur tahlil qilish, xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli, barqaror savdo-iqtisodiy munosabatlar oʻrnatilishiga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini rivojlantirish va oshirish hamda uning jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashuvi boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishiga koʻmaklashish, mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquq va manfaatlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiyot va moliya institutlari, boshqa xalqaro huquq subyektlari bilan oʻzaro foyda koʻrish asosida savdo-iqtisodiy va moliyaviy hamkorligini rivojlantirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qulay investitsiya muhitini shakllantirishga va respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar jalb etilishiga koʻmaklashish, investitsiya loyihalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish, xorijiy investorlarni zarur axborotlar bilan qoʻllab-quvvatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida yagona davlat siyosati oʻtkazilishini, eksportni ragʻbatlantirishni, xorijiy investitsiyalarni jalb etishni, tashqi savdoni erkinlashtirishni, tashqi savdo aloqalarini kengaytirish va mustahkamlashni taʼminlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruv organlarining tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasini tashqi iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqishda, tashqi savdo, valyuta balansining asosiy indikatorlari parametrlarini shakllantirishda hamda mamlakatning valyuta, bojxona-tarif va soliq siyosatini takomillashtirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teng sheriklik va kamsitmaslik prinsiplariga asoslangan tashqi iqtisodiy faoliyatni erkin va teng huquqli amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar, shu jumladan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, toʻqimachilik tovarlari, fuqaro aviatexnikasi bilan xalqaro savdo qilish, xizmatlar koʻrsatish, intellektual mulk obyektlari bilan xalqaro savdo qilish, davlat xaridlarini, yuklab joʻnatishdan oldingi inspeksiyani amalga oshirish, tashqi savdoda sanitariya, fitosanitariya va texnik chora-tadbirlarning qoʻllanishi sohasida davlat siyosati oʻtkazilishi bilan bogʻliq tadbirlarni muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimli tahlilni amalga oshiradi va manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda investitsiya muhitini yaxshilashga va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga xorijiy investitsiyalar jalb etishni faollashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotni va eksport salohiyatini rivojlantirishni taʼminlaydigan investitsiyalarni jalb etish sohasida xalqaro moliya institutlari va iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini tanlash boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlar bilan ishlash va xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda maxsus iqtisodiy zonalar boʻyicha davlat siyosatini shakllantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi qonunlarni sharhlaydi va ular boʻyicha tushuntirishlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning tashqi savdosi infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy iqtisodiy integratsiyani amalga oshirishga doir takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdoni erkinlashtirish, tashqi savdo aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida va chet elda vazirliklar va idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda xalqaro savdo-sanoat koʻrgazmalari, yarmarkalar, forumlar, taqdimotlar, konferensiyalar va shu kabi tadbirlarni tashkil etadi hamda oʻtkazadi, reklama-axborot ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar, chet elda qisqa muddatli va uzoq muddatli oʻquv stajirovkalari va seminarlari, Vazirlikning oʻquv markazida Vazirlik tizimi xodimlari hamda boshqa vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mutaxassislari uchun oʻqitishdan oʻtganligi toʻgʻrisida sertifikat bergan holda oʻqitish muammolari boʻyicha ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tovarlar (sarmoyalar, xizmatlar) jahon bozorlarining kompleks marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, tashqi va ichki sotish bozorlarining istiqbolliligi va samaradorligini hisobga olgan holda ularning holati va rivojlantirish istiqbollarini chuqur tahlil qilish, xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli, barqaror savdo-iqtisodiy munosabatlar oʻrnatilishiga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subyektlarining xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli, barqaror sheriklik munosabatlarini yoʻlga qoʻyish maqsadida tovarlar (sarmoyalar, xizmatlar) jahon bozorlarini tadqiq etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar, tovarlar bilan xalqaro savdo qilishning ahvolini, xorijiy davlatlardagi iqtisodiy vaziyatni tahlil qiladi, konyunkturani oʻrganadi va shu asosda jahon tovarlar va xizmatlar bozori rivojlanishi tendensiyalarini prognozlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi va ichki sotish bozorlarining holatini va ularni rivojlantirish prognozini ularning istiqbolliligi va samaradorligini hisobga olgan holda chuqur tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika xoʻjalik yurituvchi subyektlarining tashqi bozorlarga kirib borishi uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlashga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, tashqi iqtisodiy hamkorlikning har xil shakllari kengaytirilishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rahbariyatini va Vazirlar Mahkamasini tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha zarur axborotlar bilan taʼminlashni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqa, oʻrta va uzoq muddatli davrda mamlakat asosiy eksport tovarlarining jahon bozoridagi ahvolini tadqiq etadi va ssenariyli rivojlanishini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovarlarini sotish bozorlarini diversifikatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarini huquqiy, narx, valyuta, moliya, kredit masalalari, tashqi bozorlarning eksportga yetkazib beriladigan mahsulot sifatiga, texnik tavsiflariga qoʻyadigan talablari boʻyicha metodik, axborot va maslahat bilan taʼminlashni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda, xorijiy sheriklarni izlashda va ularning ishonchliligi va amaliy reputatsiyasini oʻrganishda, xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli, barqaror savdo aloqalari oʻrnatishda mamlakatning xoʻjalik yurituvchi subyektlariga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarda marketing xizmatlarini tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatishida metodik va amaliy yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo infratuzilmasining elektron savdo jahon tizimiga integratsiyasi, Internetning global tarmogʻida milliy ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilarning mavjud boʻlishini kuchaytirish, Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyat axborot markazini tashkil etish boʻyicha dasturlar va kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tijorat sohasida savdo siyosatini shakllantirishda qatnashadi, davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda elektron savdo sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini rivojlantirish va oshirish hamda uning jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashuvi boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishiga koʻmaklashish, mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquq va manfaatlarini taʼminlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar bozorlarini marketing tadqiq etish asosida, tovarlarning yangi turlarini, ularni keyinchalik eksport qilish uchun ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga doir takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
importning oʻrnini toʻldirish va mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari boʻyicha takliflar kiritadi, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish konsepsiyalari va dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchilarning har xil guruhlari, eng avvalo kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishni talab etadigan texnik jihatdan murakkab mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy manfaatlari kelishib olinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport salohiyatni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi sotish bozorlari ehtiyojlari va talablarini oʻrganadi, eksport strategiyasini, shuningdek eksport nomenklaturasini kengaytirish va hajmini koʻpaytirish, eksportni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish, milliy tovar ishlab chiqaruvchilarning ham anʼanaviy eksport nomenklaturasi bilan savdo qilish shart-sharoitlarini maqbullashtirish va yangi vositalarni joriy etish hisobiga, ham noanʼanaviy eksport mahsulotlari (ishlar va xizmatlar)ning boshqa turlarini kiritish va eksport nomenklaturasi diversifikatsiyasi hisobiga xalqaro bozorlarga chiqishi boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportning har xil mexanizmlari va sxemalarini, tashqi bozorlarning talablarini va mahalliy moddiy-xomashyo resurslaridan eng yuqori darajada foydalanish imkoniyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarish jarayonini maqbullashtirishga doir tavsiflarni ishlab chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda transport, transport kommunikatsiyalari hamda xalqaro logistika, tashqi savdo yuklarini tashishni maqbullashtirish, respublikaning tranzit potensialini oshirish va transport-kommunikatsiya tizimlarini xalqaro transport kommunikatsiyalariga integratsiyalash maqsadida yangi transport yoʻnalishlari (yoʻlaklari)ni ishlab chiqish sohasida tashqi iqtisodiy siyosat masalalari boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
(8-band “v” kichik bandining sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 23-sentabrdagi PQ-962-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 393-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marketing tadqiqotlarini amalga oshiradi hamda milliy eksportning butun nomenklaturasi boʻyicha marketing va tahliliy sharhlar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport salohiyatini kengaytirish, mamlakatning eksport siyosatini shakllantirish va amalga oshirish maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bogʻliq tadbirlarni muvofiqlashtiradi hamda eksport qiluvchi korxonalarni iqtisodiy ragʻbatlantirishga doir takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qilinadigan tovarlar miqdori va sifatini ekspert baholash tizimini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika korxonalari, shu jumladan kichik biznes korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni eksportga sotishni tashkil etishda qatnashadi, xorijiy bozorlarning marketing tadqiqotlarini amalga oshirishda korxonalarga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan taqdim etiladigan axborotlar asosida eksport va import monitoringini amalga oshiradi hamda eksport va import prognozlari bajarilishini tahlil qiladi, eksport va import surʼatlari, nisbati va samaradorligini natura va narx ifodasida prognozlashtiradi, ularga tuzatish kiritishga doir takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar, shuningdek eksport mahsulotlarining tarmoq ishlab chiqaruvchilari va eksport qiluvchilar boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng muhim tovarlarni, shu jumladan paxta tolasi, rangli metallar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda eksportga yetkazib berish balanslarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning kelib chiqishini sertifikatsiyalash, yuridik shaxslar tomonidan, shu jumladan oʻz ehtiyojlari uchun xorijiy investorlar tomonidan olib kelinadigan mahsulotlarni sertifikatsiyalash, mamlakatda ishlab chiqarilgan, eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlarni sertifikatsiyalashni, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan texnologiya asbob-uskunalari, ehtiyot qismlar, materiallar va komponentlarni mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarishda texnologiya jarayonida foydalaniladiganlar toifasiga kiritish toʻgʻrisida xulosalar berishni mustaqil amalga oshiradi yoki bu boradagi vakolatlarni oʻzgalarga beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish, eksport-importni litsenziyalash, eksport kontraktlarni roʻyxatga olish va import kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish, boshqa savdo-iqtisodiy shartnomalarni roʻyxatga va hisobga olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
(8-band “v” kichik bandining oʻn yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 23-sentabrdagi PQ-962-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 393-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga tovarlar eksporti va importi yuzasidan miqdoriy cheklashlar joriy etish toʻgʻrisida, tovarlarning ayrim turlari eksporti va/yoki importiga davlat monopoliyasini oʻrnatish toʻgʻrisida, shuningdek tovarlarni chetdan olib kirish va chetga olib chiqishga nisbatan himoya choralari, kompensatsiya, antidemping choralari va boshqa choralarni qoʻllanish tartibi toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya choralarini, antidemping va kompensatsiya bojlarini joriy etishdan oldin, belgilangan tartibda tekshiruvlar oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan tashqi savdo va transport kompaniyalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyalari tomonidan respublika ishlab chiqaruvchilarining tovarlari eksporti prognozi bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyalari tomonidan oʻz mablagʻlari va jalb etilgan mablagʻlar hisobiga tashqi savdo infratuzilmasi obyektlari, tashqi iqtisodiy hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarida qoʻshma korxonalar tashkil etilishini, yuklab ortishdan oldingi inspeksiya, sifat sertifikatsiyasi tizimini rivojlantirish dasturida ishtirok etishni muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini chet elda belgilangan tartibda ifodalaydi va himoya qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining xalqaro va xorijiy tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan ishbilarmonlik amaliyotini cheklashga yoʻl qoʻyadigan yoki respublikaning xoʻjalik yurituvchi subyektlari oldidagi majburiyatlarni halol bajarmagan xorijiy davlatlar kompaniyalari roʻyxatini yuritadi, ushbu roʻyxatning mazmuni yuzasidan tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlariga maslahatlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat budjeti mablagʻlari, davlat tashqi qarzlari yoki hukumat kafolatlari hisobiga moliyalashtiriladigan kontraktlar boʻyicha tijorat, valyuta va toʻlov shartlari va tashqi savdo narxlari ustidan, shuningdek ularni eksport va (yoki) import qilishga doir qonun hujjatlarida belgilangan tartibda iqtisodiy siyosat choralari koʻriladigan tovarlarning ayrim turlariga nisbatan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro iqtisodiy nizolarni hal etishga doir takliflar kiritadi, xorijiy mamlakatlarda xoʻjalik nizolarini sudgacha boʻlgan tartibda tartibga solishda Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda yordam beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali xavfli yuklar, harbiy texnika, harbiy mol-mulk, portlovchi moddalar va buyumlarni tranzit boʻyicha tashishda belgilangan tartibda xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan holatlarda tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududida yoki uning tashqarisida qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslarini kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazmasligi toʻgʻrisidagi xulosani belgilangan tartibda beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport faoliyatini ragʻbatlantirishning xalqaro amaliyotini oʻrganish va respublikaning amaldagi qonunchiligini tahlil qilish asosida Vazirlar Mahkamasiga eksport salohiyatini rivojlantirish sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiyot va moliya institutlari, boshqa xalqaro huquq subyektlari bilan oʻzaro foyda koʻrish asosida savdo-iqtisodiy va moliyaviy hamkorligini rivojlantirishni taʼminlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro va hukumat tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy hamkorligi ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirishga doir takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari, shu jumladan savdo-iqtisodiy, investitsiya, moliya, soliq, transport-kommunikatsiya, ilmiy-texnik va boshqa sohalardagi hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini xorijiy mamlakatlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan kelishib oladi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga chet elda Oʻzbekiston Respublikasining savdo vakolatxonalarini ochish va yopish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining topshirigʻiga koʻra muzokaralar oʻtkazadi va xalqaro shartnomalar tuzadi, shuningdek boshqa davlatlarning tashqi iqtisodiy organlari, firmalari, kompaniyalari va korxonalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha tomonlarning majburiyatlari bajarilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar va xalqaro moliya institutlarining texnikaviy, muruvvat, begʻaraz yordami va boshqa yordamlarini oʻrganib chiqish hamda olish jarayonida ishtirok etadi.
(8-bandning “g” kichik bandini yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 10-fevraldagi PQ-1055-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 7-son, 68-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo va tarif bosh bitimi/Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya kotibiyati funksiyasini bajaradi, mamlakatning Savdo va tarif bosh bitimi/Jahon savdo tashkilotiga kirishi, shu jumladan qonun hujjatlarini Savdo va tarif bosh bitimi/Jahon savdo tashkilotining normalari va qoidalariga moslashtirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan vazirliklar va idoralarning oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyalarining xorijiy davlatlarga davlat tashriflari bilan bogʻliq tadbirlarni axborot-tahlil, shartnomaviy-huquqiy, tashkiliy jihatdan taʼminlashda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar)ning Oʻzbekiston boʻyicha kotibiyati funksiyalarini bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy hamkorlik masalalari boʻyicha xorijiy delegatsiyalarni qabul qilish va ularning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi, shu jumladan kutib olish va kuzatishlarni tashkil etish, delegatsiya aʼzolariga vizalar olish va vizalar muddatini uzaytirish, ularni mehmonxonalarga joylashtirish, ularga transport xizmati koʻrsatish, muzokaralar, biznes-seminarlar, konferensiyalar, Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab safarlarni tashkil etish bilan bogʻliq chora-tadbirlar kompleksini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda oʻz vakillarini Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilar sifatida yuboradi, ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qulay investitsiya muhitini shakllantirishga va respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar jalb etilishiga koʻmaklashish, investitsiya loyihalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish, xorijiy investorlarni zarur axborotlar bilan qoʻllab-quvvatlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oqimlarini tahlil qiladi, ularni jalb etish va ragʻbatlantirish boʻyicha jahon tajribasini oʻrganadi va umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va mintaqalarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda, koʻrsatib oʻtilgan dasturlarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi hamda parametrlarini hisoblab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik muhim investitsiya dasturlarini va ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni, tashqi kreditlarni jalb etadi, korxonalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan axborotlar asosida ulardan samarali foydalanish monitoringini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida xorijiy davlat, bank va tijorat kreditlarini jalb etish, valyuta mablagʻlaridan oqilona foydalanilishini nazorat qilish va hukumat kafolatlari bilan taʼminlangan kreditlarning qaytarilishini taʼminlash, ularning hisobini yuritish ishlarida oʻz vakolatlari doirasida qatnashadi, shuningdek idoraviy mansub tashqi iqtisodiy tashkilotlarga kreditlar hisobiga operatsiyalarni amalga oshirishni topshiradi hamda kreditlar hisobiga tuziladigan kontraktlar amalga oshirilishining Vazirlar Mahkamasi tomonidan Vazirlikka yuklangan loyihalar boʻyicha ularni taqdim etish shartlariga muvofiqligi ustidan tezkor nazoratni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va respublika mintaqalari boʻyicha jalb etiladigan investitsiyalarni maqbul joylashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy moliya va sugʻurta institutlari hamda donor-mamlakatlarni respublika uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etishga jalb etish boʻyicha ular bilan takliflarni, istiqbolli va joriy dasturlarni oʻrganadi, umumlashtiradi va takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarini tayyorlash, amalga oshirish va ularning samaradorligini baholash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi, Vazirlar Mahkamasiga investitsiya jarayoni samaradorligini oshirish va ustuvor investitsiya loyihalari portfelini yangilash boʻyicha aniq takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustuvor investitsiya loyihalari portfelini shakllantirishda qatnashadi, ularni uzoq muddatli prognozlar, iqtisodiy rivojlantirish ustuvorliklari va tarkibiy qayta oʻzgartirishlar, shuningdek Hukumat tomonidan belgilangan ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yoʻnalishlari asosida xalqaro moliyaviy tuzilmalar, xorijiy moliya va sugʻurta institutlari hamda donor-mamlakatlar bilan amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun iqtisodiyotning ustuvor sektorlari roʻyxatini va eng muhim ishlab chiqarishlarni aniqlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, yirik korxonalarni xususiylashtirish boʻyicha tanlovlar tashkil etishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalar loyihalari amalga oshirilishi monitoringini, shu jumladan investitsiya shartnomalari shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan hollarda investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlari ekspertizasini oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ularga tadbirkorlik obyektlarida moddiy va nomoddiy boyliklar va huquqlar berish hamda chet eldagi boshqa faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarini xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalarida axborotlar bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
potensial xorijiy investorlarni respublikadagi mavjud potensial investitsiya imkoniyatlari va amalga oshiriladigan loyihalar, mamlakat qonunchiligi haqidagi axborotlar bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro qiziqish uygʻotuvchi masalalarni muhokama qilish uchun respublikada va chet elda xalqaro konferensiyalar, seminarlar va biznes-forumlarni muntazam oʻtkazishni nazarda tutgan holda potensial investorlar va donor-mamlakatlar bilan doimiy aloqalar oʻrnatish hamda bu aloqalarni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq tadbirlarni muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
potensial xorijiy investorlarni, shu jumladan xorijiy davlatlardagi Oʻzbekiston Respublikasi elchixonalaridagi savdo-iqtisodiy maslahatchilar, ixtisoslashtirilgan axborot resurslari (Internet, nashrlar va boshqalar) orqali xabardor qilish uchun milliy xoʻjalik yurituvchi subyektlarning loyihalarning asosiy parametrlari va zarur investitsiyalarning nazarda tutilayotgan hajmlari toʻgʻrisidagi axborotlarni oʻz ichiga oluvchi investitsiya takliflari boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo va tarif bosh bitimi/Jahon savdo tashkiloti prinsiplariga muvofiq yuklab joʻnatishdan oldingi inspeksiya boʻyicha faoliyatning tashkil etilishini muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish uchun investitsion takliflarning yagona bazasini shakllantiradi va muntazam yangilab boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika Hukumati nomidan xorijiy investor bilan qonun hujjatlarida belgilangan hollarda investitsiya shartnomalarini tuzadi.
(8-band “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 23-sentabrdagi PQ-962-sonli qarori asosida xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 393-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) unga yuklangan boshqa vazifalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 23-sentabrdagi PQ-962-sonli qarori asosida “e” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 393-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq takliflarni belgilangan tartibda kiritish, qarorlar, normativ hujjatlar loyihalarini kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning organlari, chet eldagi xalqaro va boshqa tashkilotlar, firmalar, kompaniyalar va korxonalar, xorijiy davlatlarning elchixonalari va missiyalari, Oʻzbekiston Respublikasidagi xalqaro tashkilotlar va xorijiy firmalar, kompaniyalar va korxonalar bilan toʻgʻridan toʻgʻri aloqalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar bilan belgilangan tartibda texnik va iqtisodiy axborotlarni ayirboshlashni amalga oshirish hamda qonun hujjatlariga muvofiq vazirliklar, idoralar va tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlaridan axborotlarni soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar, shu jumladan transport va transport yoʻlaklari sohasidagi masalalar boʻyicha tegishli vakolatli organlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlardan statistik maʼlumotlar, takliflar, xulosalarni, tashqi savdo asosiy indikatorlari parametrlarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini tekshirish uchun zarur boʻlgan, shuningdek transport kommunikatsiyalari sohasida tashqi iqtisodiy siyosatning strategik masalalari boʻyicha takliflarni oʻrganish va ishlab chiqish maqsadlarida shu jumladan idoraviy statistika materiallarini va boshqa axborotnoma materiallarni belgilangan tartibda olish, shuningdek yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq yozishmalarni yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirliklar, idoralar, davlat tashkilotlari, mahalliy hokimiyat va davlat boshqaruvi organlari, shuningdek korxonalar masʼul shaxslarining tashqi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish, tashqi bozorda respublika manfaatlariga rioya qilinishi, respublikaning eksport salohiyatini kengaytirish masalalari hamda tashqi iqtisodiy aloqalarga oid boshqa masalalar boʻyicha hisobotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning belgilangan tartibini buzayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va hollarda choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari muammolari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi, ilmiy-texnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalari tuzish, maxsus kengashlar chaqirish, shuningdek maslahatlar olish, ushbu muammolarni oʻrganish va hal qilish uchun ham respublikadan, ham xorijdan olimlar, mutaxassislar va ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz qurilish moddiy-texnika bazasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va unga qarashli boʻlinmalar tomonidan respublikada va xorijda turli xizmatlar koʻrsatish va faoliyatdan olinadigan oʻz ixtiyorida qoladigan budjetdan tashqari mablagʻlardan oʻz moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va ijtimoiy maqsadlar uchun foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning lavozim maoshlariga shaxsiy qoʻshimchalar, shuningdek xorijiy tillarni bilishi va uzoq muddat xizmat qilganligi uchun ustamalar toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikning va Vazirlik roziligi bilan oʻziga qarashli tashkilotlarning rasmiy taklifiga koʻra Oʻzbekistonga kelgan xorijiy delegatsiyalarning respublika hududida yashashi va transport xarajatlariga haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar infratuzilmasini rivojlantirish manfaatlarini koʻzlab ham respublika hududida, ham xorijda obyektlarni, shu jumladan xorijiy firmalar ishtirokida, qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik tizimida budjet mablagʻlaridan oqilona foydalanilishini muntazam nazorat qilish, oʻziga qarashli tashkilotlarning tijorat, moliya va xoʻjalik faoliyatini tekshirish va taftish qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlik oʻz vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlikka qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan vazir boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirning toʻrt nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi,
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik markaziy apparati xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida markaziy apparat tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi, uning shtatlar jadvalini, shuningdek xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik markaziy apparati boʻlinmalari, viloyatlar va Toshkent shahar tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi toʻgʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlikda Vazir (hayʼat raisi), vazir oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri (lavozimiga koʻra), Vazirlikning, idoraviy mansub tashkilotlarning boshqa rahbar xodimlaridan 11 kishidan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼatning shaxsiy tarkibi Vazirlikning taqdimnomasiga koʻra Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat majlislariga, zarur hollarda, respublika huquqni muhofaza qilish, moliya organlari va boshqa vazirliklar, idoralar, tashkilotlarning oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarini boshqarishda qatnashuvchi vakillari taklif qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Hayʼat oʻzining muntazam ravishda oʻtkaziladigan majlislarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmalari, oʻziga qarashli kompaniyalar, firmalar, markazlar va tashkilotlar, savdo vakolatxonalari, Oʻzbekiston Respublikasi elchixonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilar faoliyati bilan bogʻliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik apparati boʻlinmalari rahbarlarini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirini va vazir oʻrinbosarini, oʻziga qarashli tashkilotlar rahbarlari va ularning oʻrinbosarlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilarni belgilangan tartibda tasdiqlash bilan bogʻliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat topshiriqlarini bajarish va Vazirlik faoliyati prognozlari bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat Vazirlik vakolatiga tegishli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat uning majlisida aʼzolarining yarmidan koʻpi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Hayʼat qarorlari vazirning buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat aʼzolari bilan hayʼat raisi oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, vazir oʻz qarorini amalga oshiradi. Kelib chiqqan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida vazir Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlik belgilangan tartibda Vazirlik tizimini, shu jumladan oʻziga qarashli tashkilotlar tizimini safarbarlik yuzasidan tayyorlashga doir tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 225-modda; 2007-y., 4-6-son, 40-modda; 2008-y., 39-son, 393-modda; 2009-y., 7-son, 68-modda; 2011-y., 7-8-son, 56-modda; 2013-y., 1-son, 2-modda; 2016-y., 48-son, 547-modda)