16.04.2026 yildagi PQ-139-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-may — Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson qadrini ulugʻlash, millati, tili va dinidan qatʼi nazar, barcha yurtdoshlarimizga mehr va eʼtibor koʻrsatish Konstitutsiyamiz va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan bosh tamoyil sifatida bugungi kunda har bir soha va tarmoqda faoliyatimiz mezoniga aylanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu borada Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi kurashlarda qurbon boʻlgan ota-bobolarimiz, istiqlol davrida Vatanimiz mustaqilligi himoyasi yoʻlida jon fido etgan mard oʻgʻlonlarimiz xotirasini yod etish, bugungi kunda oramizda sogʻ-salomat yashab kelayotgan urush va mehnat faxriylariga, jonkuyar vatandoshlarimizga hurmat-ehtirom koʻrsatish yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ularning shonli umr yoʻli, mehnat faoliyati xalqimizning bebaho maʼnaviy boyligiga aylanib, yosh avlodimizni vatanparvar insonlar etib kamol toptirishda jasorat va matonat maktabi boʻlib xizmat qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni shu omillarni eʼtiborga olgan holda, mamlakatimizda 9-may — Xotira va qadrlash kunini umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan buyuk gʻalabaga butun xalqimiz qatori ulkan hissa qoʻshgan muhtaram faxriylarimizni qadrlash, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasini eʼzozlash, shuningdek, oʻsib kelayotgan yosh avlodni Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishchi guruh (A. Aripov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida oʻtkazilishini hamda madaniy-maʼrifiy tadbirlar, “uch avlod uchrashuvlari”, tasviriy sanʼat koʻrgazmalari, ijodiy kechalar, tanlovlar va ommaviy sport musobaqalarini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti mehnat faxriylari, shuningdek, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ushbu toifadagi shaxslarning yashash joyiga davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, harbiy qismlar komandirlari va faxriylar, davlat va jamoat arboblari, madaniyat va sanʼat namoyandalari, yoshlar, shu jumladan, “Jasorat maktabi” oʻquvchilari, “Vatan tayanchi” harbiy-vatanparvarlik harakati aʼzolarining tashriflarini hamda ular koʻrsatgan mardlik va jasoratning ahamiyatini targʻib qilishga qaratilgan maʼnaviy-vatanparvarlik tadbirlarni tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) yolgʻiz va kam taʼminlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari oila aʼzolarining turarjoylarini obodonlashtirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan, shuningdek, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining oila aʼzolariga tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlari nomidan biryoʻla toʻlanadigan pul mukofotlarini tantanali ravishda topshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylarining oʻz xohishlariga koʻra respublika hududidagi sanatoriylarga bir nafar kuzatuvchisi bilan birga bepul yuborilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi, Sport vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, shahar va tumanlarda Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) hududlar maʼmuriy markazlaridagi “Vatanparvarlar” bogʻlari, xiyobonlar va boshqa belgilangan joylarda harbiy-vatanparvarlik festival-aksiyalarini, shu jumladan, harbiy orkestr va ansambl jamoalarining madaniy konsert tomoshalarini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) koʻcha va maydonlar Xotira va qadrlash kunining maʼno-mazmunini ifoda etadigan koʻrgazmali targʻibot vositalari bilan bezatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, Xotira va qadrlash kuni tadbirlarini oʻtkazish bilan bogʻliq barcha xarajatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari mablagʻlari hamda homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Toshkent shahrida — Toshkent shahri hokimligining zaxira mablagʻlari, homiylik xayriyalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) sport turlari boʻyicha xotira turnirlari hamda yugurish marafonlari boʻyicha — Dasturda belgilangan masʼul vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mudofaa vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Toshkent shahrida 2026-yil 9-may kuni soat 21.00 da Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan bayram mushakbozligini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tantanali tadbirlar oʻtkaziladigan hamda bayram mushakbozligi tashkil etiladigan joylarda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 16-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-139-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-apreldagi PQ-139-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlarning nomi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Tashkiliy-amaliy tadbirlar

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda barcha shahar va tumanlarda 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarni “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida oʻtkazish boʻyicha tashkiliy ishchi guruhlarni tuzish.

2026-yil aprel

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Madaniyat vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Sport vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Mudofaa vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Ichki ishlar vazirligi,

Milliy gvardiya,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Bojxona qoʻmitasi

2.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan davlat va jamoat arboblari, ijodkor ziyolilar, sportchilar, madaniyat va sanʼat xodimlari, shuningdek, faol yoshlardan iborat targʻibot-tashviqot guruhlarini tuzish hamda Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish.

2026-yil may

Ijrochilar va tashkilotchilar mablagʻlari

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Madaniyat vazirligi,

Sport vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

Kinematografiya agentligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

3.

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida “Matonat madhiyasi” monumenti poyiga gulchambarlar qoʻyish munosabati bilan majmuaga olib boruvchi koʻcha va yoʻllar boʻyi hamda majmua hududini obodonlashtirish, manzarali daraxt va gullar ekish, ularga shakl berish, majmuani bayramona bezatish, amfiteatrning ustki qismini tozalash ishlarini tashkillashtirish.

2026-yil aprel-may

Toshkent shahar hokimligi zaxira mablagʻlari, homiylik xayriyalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Toshkent shahar hokimligi

4.

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi hududida Ikkinchi jahon urushi davriga oid zirhli texnikalar va artilleriya qurollari eksponatlariga texnik xizmat koʻrsatish va zarur taʼmirlash ishlarini tashkillashtirish.

2026-yil 1-may kuniga qadar

Mudofaa vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Mudofaa vazirligi

5.

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi hududida Ikkinchi jahon urushi davriga oid samolyot eksponatlariga texnik xizmat koʻrsatish va zarur taʼmirlash ishlarini tashkillashtirish.

2026-yil 1-may kuniga qadar

“Uzbekistan Airways” AJ mablagʻlari

Transport vazirligi,

“Uzbekistan Airways” AJ

6.

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi temir yoʻl vokzali hududidagi parovoz, vagonlar va temir yoʻllarga texnik xizmat koʻrsatish va zarur taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

2026-yil 1-may kuniga qadar

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mablagʻlari

Transport vazirligi,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

7.

“Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” mavzusida yaratilgan sanʼat asarlari katalog-albomini nashrga tayyorlash va chop etish.

2026-yil iyul-avgust

Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi,

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi,

Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi

8.

Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaga Oʻzbekiston xalqining qoʻshgan munosib hissasini keng ommalashtirish maqsadida “Ikkinchi jahon urushi: ilmiy tadqiqotlar va tarixiy maʼlumotlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani tashkil etish, uning doirasida italyan tiliga tarjima qilingan yubiley kitob-albomning taqdimotini oʻtkazish.

2026-yil aprel-may

Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi,

Fanlar akademiyasi,

“Oʻzarxiv” agentligi,

Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi,

“Ajdodlar izidan” harbiy-tarixiy jamiyati,

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Vatan himoyasi yoʻlida halok boʻlgan ajdodlar, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari nomlarini abadiylashtirish va jasoratini targʻib qilish maqsadida “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi, “Shon-sharaf” muzeyi, “Millat fidoyilari” xiyoboni, “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyi hamda viloyatlardagi muzeylarga talabalar, oʻquvchilar, harbiylarning oila aʼzolari, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarining ekskursiyalarini tashkil etish.

2026-yil aprel-may

Ijrochilar va tashkilotchilar mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Mudofaa vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Ichki ishlar vazirligi,

Milliy gvardiya,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Bojxona qoʻmitasi,

davlat va jamoat tashkilotlari

10.

Toshkent shahridagi Yangi Oʻzbekiston bogʻida 2026-yil 9-may kuni soat 21.00 da Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan bayram mushakbozligini tashkil etish.

2026-yil 9-may

Toshkent shahar hokimligi mablagʻlari

Toshkent shahri hokimligi,

Mudofaa vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Milliy gvardiya,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Bojxona qoʻmitasi

II. Madaniy-maʼnaviy tadbirlar

11.

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida joylashgan “Matonat madhiyasi” monumenti poyiga gulchambarlar qoʻyish marosimini tashkil etish.

2026-yil 7 — 9-may

Toshkent shahar hokimligi, tegishli vazirlik va idoralar mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Toshkent shahri hokimligi,

Mudofaa vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Ichki ishlar vazirligi,

Milliy gvardiya,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Bojxona qoʻmitasi,

vazirliklar, idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari

12.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlaridagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qoʻyish marosimini tashkil etish.

2026-yil 7 — 9-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari mablagʻlari, homiylik xayriyalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,

Mudofaa vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Ichki ishlar vazirligi,

Milliy gvardiya,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Bojxona qoʻmitasi,

vazirlik va idoralar

13.

Joylarda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, faxriylar tashkilotlari faollari, Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari, harbiy orkestr va ansambl jamoalari hamda faol yoshlar ishtirokida bayramga bagʻishlangan tadbirlar tashkil etish.

2026-yil 7 — 9-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Madaniyat vazirligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

Yoshlar ishlari agentligi

14.

Mahallalarda aholi orasida hurmatga sazovor boʻlgan faxriylar, ayniqsa, 100 yoshdan oshgan keksalar hamda ustozlar va murabbiylar, hudud ravnaqiga mehnati singan jonkuyar insonlarga hurmat-ehtirom koʻrsatish, minnatdorlik bildirish hamda ularni sharaflash va qadrlash maqsadida mahalla yoshlari, “Vatan tayanchi” harbiy-vatanparvarlik harakati aʼzolari tomonidan ularning yashash va ish joylariga tashrif buyurish.

2026-yil aprel-may

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

“Nuroniy” jamgʻarmasi,

Mudofaa vazirligi

15.

Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar, tashkilotlar rahbarlari hamda harbiy qismlar komandirlari tomonidan ularning yashash joylariga tashriflarni uyushtirish.

2026-yil 1 — 9-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablagʻlari, vazirliklar va idoralarga ajratilgan budjet mablagʻlari va ularning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Mudofaa vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Milliy gvardiya,

Ichki ishlar vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Sport vazirligi,

“Nuroniy” jamgʻarmasi

16.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi aks ettirilgan milliy ruhdagi tasma (lenta)lar tayyorlanib, jamoat joylarida, ommaviy tadbirlarda volontyorlar tomonidan tarqatilishini tashkil etish.

2026-yil 7 — 9-may

Ijrochilar va tashkilotchilar mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

17.

“Mahalla yettiliklari” tomonidan xalq orasida oʻzining mehnati, fidoyiligi, insonparvarlik fazilatlari bilan hurmat qozongan, hozirgi kunda namuna qilishga munosib boʻlgan insonlar xotirasini abadiylashtirish, ibratli hayotini yosh avlodga targʻib qilish maqsadida mahalla aholisi oʻrtasida ularning bugungi kundagi avlodlari ishtirokida targʻibot suhbatlarini tashkil etish.

2026-yil aprel-may

-

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

“Nuroniy” jamgʻarmasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

mahalliy hokimliklar

18.

Viloyat markazlaridagi “Vatanparvar” bogʻlari va boshqa belgilangan joylarda davlat va jamoat arboblari, faxriylar, madaniyat, sanʼat, sport namoyandalari, yoshlar, “Temurbeklar” maktabi va Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseylar oʻquvchilari, “Vatan tayanchi” harbiy-vatanparvarlik harakati aʼzolari ishtirokida “uch avlod uchrashuvlari”ni oʻtkazish.

2026-yil aprel-may

Ijrochilar va tashkilotchilar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Madaniyat vazirligi,

“Nuroniy” jamgʻarmasi,

Sport vazirligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

19.

Respublikaning barcha hududlarida aholining milliy anʼanalari va qadriyatlaridan kelib chiqib, milliy hamda zamonaviy sport turlarini, ayniqsa ommaviy yugurishni rivojlantirish maqsadida xotira turnirlari, “Men gʻolib” yugurish tadbirlari, Toshkent xalqaro yarim marafoni, boshqa ommaviy shu jumladan xalqaro yugurish tadbirlarini “ProRun” MCHJ sport yugurish markazini jalb qilgan holda yil davomida yuqori saviyada tashkil etish

2026-yil aprel — dekabr

“OKMK” AJ,

“Transgaz” AJ,

“Oʻzbekneftgaz” AJ,

“NKMK” AJ,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi va boshqa masʼul ijrochilar

Mudofaa vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Ichki ishlar vazirligi,

Milliy gvardiya,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Bojxona qoʻmitasi,

Sport vazirligi,

Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Yengil atletika federatsiyasi,

Markaziy Osiyo yurish va yugurish akademiyasi,

“ProRun” MCHJ

20.

Oʻsib kelayotgan yosh avlodni Vatanga sadoqat, mardlik va fidoyilik ruhida tarbiyalash maqsadida mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini taʼminlashda qahramonlik koʻrsatib, xizmat burchini bajarish vaqtida halok boʻlganlar oʻqigan umumtaʼlim maktablarida ularga oʻrnatilgan byustlar poyiga gul qoʻyish.

2026-yil 1 — 9-may

Ijrochilar va tashkilotchilar mablagʻlari,

mahalliy budjet mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

21.

Vafot etgan urush va mehnat faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining qabrlarini obodonlashtirish.

2026-yil aprel-may

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Nuroniy” jamgʻarmasi,

Mudofaa vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Ichki ishlar vazirligi,

Milliy gvardiya,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Yoshlar ishlari agentligi

22.

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida Ikkinchi jahon urushida Oʻzbekiston xalqining front va front ortidagi jasorati, sabr-matonati, mardligi, vatanparvarligini madh etuvchi “Oʻchmas u kunlar shuhrati” mavzusida fotolavhalar koʻrgazmasini tashkil etish.

2026-yil 1 — 10-may

Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

Mudofaa vazirligi, “Oʻzarxiv” agentligi,

Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi,

“Ajdodlar izidan” harbiy-tarixiy jamiyati

23.

Davlat hamda nodavlat telekanallarda 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlab hujjatli va badiiy filmlarni efirga uzatishni tashkil etish.

2026-yil aprel-may

-

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi,

Kinematografiya agentligi

24.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan mobil aloqa operatorlari tomonidan abonentlarga SMS tabriklar yoʻllash.

2026-yil 9-may kuni

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

25.

Oʻquvchi va talaba-yoshlarni harbiylik kasbiga qiziqtirish, ularni harbiy-vatanparvarlik va yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy qismlar hamda oliy harbiy taʼlim muassasalarida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini uyushtirish.

2026-yil aprel-may

-

Mudofaa vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Ichki ishlar vazirligi,

Milliy gvardiya,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti,

tegishli tashkilotlar

26.

Oliy va kasbiy taʼlim muassasalari, akademik litseylar, umumtaʼlim maktablarida urush va mehnat fronti faxriylari ishtirokida Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaga Oʻzbekiston xalqining qoʻshgan munosib hissasini aks ettirishga qaratilgan “Nomingiz dillarda mangu yashaydimavzusida xotira darslarini oʻtkazish.

2026-yil aprel-may

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

III. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari, xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari oilalarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish yoʻnalishidagi tadbirlar

27.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va uning oqibatida nogiron boʻlgan shaxslarga biryoʻla toʻlanadigan pul mukofotini tantanali ravishda topshirish.

2026-yil 9-mayga qadar

Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati,

Ichki ishlar vazirligi,

Milliy gvardiya,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Bojxona qoʻmitasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

“Nuroniy” jamgʻarmasi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

28.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini oʻz xohishlariga koʻra respublika hududidagi sanatoriylarga bir nafar kuzatuvchisi bilan bir martalik bepul yuborishni tashkil etish.

2026-yil davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari, homiylik xayriyalari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

29.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironligi boʻlgan front orti mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida sogʻligini yoʻqotgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga maqsadli yordam koʻrsatish, ularni protezlar, nogironlar aravachalari va boshqa zarur tibbiy asbob-anjomlar bilan taʼminlash.

2026-yil may

Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

“Nuroniy” jamgʻarmasi,

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi

30.

Yolgʻiz va kam taʼminlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turarjoylarini taʼmirlash, obodonlashtirish.

2026-yil aprel-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari, homiylik xayriyalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

“Nuroniy” jamgʻarmasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-apreldagi PQ-139-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Ishchi guruh rahbari

2.

V.V. Maxmudov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

X.M. Sultonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Spichrayteri

4.

M.P. Olloyorov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori

5.

J.A. Qoʻchqorov

Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri

6.

Z.B. Maxkamova

Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

7.

B.N. Kurbanov

Davlat xavfsizlik xizmati raisi

8.

Sh.G. Xalmuxamedov

mudofaa vaziri

9.

A.A. Tashpulatov

ichki ishlar vaziri

10.

A.I. Ikramov

favqulodda vaziyatlar vaziri

11.

B.X. Tashmatov

Milliy gvardiya qoʻmondoni

12.

B.O. Saidov

tashqi ishlar vaziri

13.

Sh.S. Xidoyatov

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri

14.

B.E. Zaxidov

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

15.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

16.

A.A. Xudayarov

sogʻliqni saqlash vaziri

17.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

18.

K.A. Sharipov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

19.

A.I. Ikramov

 sport vaziri

20.

E.G. Karimova

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

21.

S.E. Xusanov

Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari — Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni

22.

Q.M. Rafikov

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi

23.

S. Turdiyev

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi respublika boshqaruvi raisi

24.

U.M. Yusupov

“Oʻzarxiv” agentligi direktori

25.

A.A. Djurabayev

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi

26.

A.K. Koʻchimov

Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktori

27.

O.A. Xasanov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

28.

S.S. Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

29.

X.A. Batirov

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi

30.

I.M. Mirzaaliyev

Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi

31.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 07/26/139/0380-son)