Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
buyrugʻi
Transfer-agent faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 15-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1872-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2008-yil 28-oktabrdagi 2008-29-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1872, 2008-yil 21-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 47-son, 469-modda) bilan tasdiqlangan Transfer-agent faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor D. LI
Toshkent sh.,
2026-yil 3-aprel,
12-son
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 3-apreldagi 12-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Transfer-agent faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Nizom transfer-agent faoliyatini yuritish tartibini belgilaydi.”.
2. 4-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda emitentlarga qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli hujjatlarni qabul qilish, ularga ishlov berish va ularni topshirish xizmatlarini koʻrsatayotgan transfer-agent investitsiya vositachisi professional faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.”.
3. 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “malaka guvohnomasi” degan soʻzlar “malaka sertifikati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 10-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Transfer-agent investorlar va mulkdorlarga quyidagi xizmatlarni koʻrsatishga haqli (bundan uchinchi shaxslar oldida majburiyatlar yuklatilgan qimmatli qogʻozlarni qimmatli qogʻozlarga majburiyatlar yuklatish tugallanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasdan oʻtkazish mustasno):”;
yettinchi xatboshidagi “topshirishga haqli” degan soʻzlar “topshirish” degan soʻz bilan almashtirilsin.
5. Quyidagi mazmundagi 201-band bilan toʻldirilsin:
“201. Transfer-agentning funksiyalarini bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron hujjatlar shaklida qabul qilinishi, qayta ishlanishi va uzatilishi mumkin.”.
6. 29-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “guvohnomasidan” va “guvohnomani” degan soʻzlar tegishli ravishda “sertifikatidan” va “sertifikatni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 10/26/1872-3/0366-son)