31.03.2026 yildagi 1895-V-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 31.03.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yil 28-iyuldagi 102-I-sonli Qarori bilan qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustda qabul qilingan 2406-IV-sonli Qarori tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 8, 812-modda; 2024-yil, № 3, 282-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 7-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7) Kengash aʼzolarining taklifiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisida, ushbu shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar roʻyxatida boʻlish muddatini uzaytirish haqida taqdimnoma, shuningdek ushbu shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar roʻyxatidan muddatidan ilgari chiqarish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismi “Kengash” degan soʻzdan keyin “ushbu Reglamentga va boshqa” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 39-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qonunchilik palatasida, qoida tariqasida, budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi, korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi, xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi, innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi, demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi, fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi tuziladi. Qonunchilik palatasida boshqa qoʻmitalar ham tuzilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 40-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoʻmita raisi, uning oʻrinbosari va qoʻmita aʼzolari lavozimlari deputatlarning qaysi partiyaga mansubligini hamda saylov yakunlari boʻyicha olingan deputatlik oʻrinlarini inobatga olgan holda yaxlit (umumiy) qaror bilan belgilanadi. Qoʻmita raisi, uning oʻrinbosari va qoʻmita aʼzolari lavozimlariga nomzodlar koʻrsatish yuzasidan takliflarni fraksiyalarning rahbarlari oʻzaro kelishgan holda kiritadilar. Bunda bir nafar qoʻmita raisi va ikki nafar qoʻmita raisi oʻrinbosari lavozimlari oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiya uchun ajratiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 46-moddaning uchinchi qismidagi “nodavlat notijorat tashkilotlarining” degan soʻzlar “nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari, shu jumladan Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 53-moddaning uchinchi qismidagi “nodavlat notijorat tashkilotlarining” degan soʻzlar “nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari, shu jumladan Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 62-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiya qonunda fraksiyalar uchun nazarda tutilgan vakolatlar bilan bir qatorda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakillari Qonunchilik palatasining bir nafar qoʻmita raisi va ikki nafar qoʻmita raisi oʻrinbosari lavozimlarini kafolatli egallashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqilguniga qadar oʻsha masalaga doir qonun loyihasining muqobil tahririni, qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqilguniga qadar uning ikkinchi oʻqishga tayyorlangan matnining yoki tarkibiy birligi matnining muqobil tahririni, shuningdek Qonunchilik palatasi qarori loyihasining muqobil tahririni kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan oʻzining alohida fikrini Qonunchilik palatasining majlisi bayonnomasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining majlislarida hukumat aʼzolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitish (“hukumat soati”) doirasida yilning har choragida kamida bitta masala kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parlament soʻrovini yuborish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasiga yilning har choragida kamida bitta masala kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat tomonidan rad etilgan qonun boʻyicha kelishuv komissiyasida oʻz vakillarining kafolatli ishtirok etishi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 70-moddaning toʻrtinchi qismidagi “nodavlat notijorat tashkilotlarining” degan soʻzlar “nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari, shu jumladan Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ovozlarni hisoblashning elektron tizimi Qonunchilik palatasining majlisida har bir deputatning qonun loyihalari boʻyicha ochiq ovoz berishi natijalarini (qaror qabul qilinishini “yoqlab” yoki unga “qarshi” ovoz berilganligini yoxud qaror qabul qilinishiga betaraflik bildirilganligini) koʻrsatish imkoniga ega boʻlishi lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — oltinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — yettinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) 126-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 7 — 11-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7) xalqaro shartnoma loyihasining (matnining) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan oʻtkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalari boʻyicha ushbu vazirlikning xulosasi — xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishni yoki ularga qoʻshilishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) xalqaro shartnoma loyihasining (matnining) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi nuqtai nazaridan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalari boʻyicha ushbu vazirlikning xulosasi — xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishni yoki ularga qoʻshilishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi natijalari boʻyicha xulosa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) qonun loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish chogʻida toʻldirilgan cheklist;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi natijalari toʻgʻrisidagi axborot (kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarni koʻrib chiqish natijalari koʻrsatilgan holda), bundan jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilishi majburiy boʻlmagan qonun loyihalari mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) 136-modda chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) quyidagi mazmundagi 1421-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1421-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiya tomonidan qonun loyihasining ikkinchi oʻqishga tayyorlangan matnining yoki tarkibiy birligi matnining muqobil tahriri Qonunchilik palatasining Devonida roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran Qonunchilik palatasiga kiritilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiya tomonidan kiritilgan qonun loyihasining ikkinchi oʻqishga tayyorlangan matnining yoki tarkibiy birligi matnining muqobil tahriri hamda unga ilova qilingan materiallar Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan asosiy qonun loyihasi uchun masʼul qoʻmitaga beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) 143-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiya tomonidan kiritilgan qonun loyihasining ikkinchi oʻqishga tayyorlangan matnining yoki tarkibiy birligi matnining muqobil tahriri birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasining konsepsiyasiga zid boʻlishi mumkin emas”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) 144-moddaning toʻqqizinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda takliflar va fikrlar qaysi deputat yoki deputatlar tomonidan kiritilganligi koʻrsatib oʻtiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) quyidagi mazmundagi 1441-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1441-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiya tomonidan qonun loyihasining ikkinchi oʻqishga tayyorlangan matnining muqobil tahriri (bundan buyon matnda ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasi deb yuritiladi) Qonunchilik palatasiga kiritilganda masʼul qoʻmita qonun loyihasining moddama-modda muhokamasini oʻtkazadi, kelib tushgan fikrlar va takliflarni oʻrganadi hamda umumlashtiradi, zarurat boʻlganda esa qonun loyihasi boʻyicha tushgan fikrlar va takliflar yuzasidan mustaqil ekspertiza oʻtkazilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasi fraksiyalarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasi boʻyicha fikrlar va takliflar olganidan keyin masʼul qoʻmita ushbu loyihani kiritgan oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiya vakillari ishtirokida muhokama tashkil etadi. Muhokamalarga fuqarolik jamiyati institutlarining va ilmiy-tadqiqot muassasalarining vakillari, olimlar va mutaxassislar ham taklif etilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasi kiritilgan hollarda masʼul qoʻmita ushbu qonun loyihasini va asosiy qonun loyihasini ikkinchi oʻqish tartib-taomilida koʻrib chiqish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasining qarorlari loyihalarini ham tayyorlaydi va Kengashga yuboradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismi “qonun loyihasini” degan soʻzlardan keyin “ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasi kiritilgan hollarda esa ushbu qonun loyihasini ham” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) 146-moddaning toʻrtinchi qismi “qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga” degan soʻzlar “tegishincha qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga yoki ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasini kiritgan oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiyaga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) quyidagi mazmundagi 1461-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1461-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasi Qonunchilik palatasi majlisida asosiy qonun loyihasi bilan bir vaqtda koʻrib chiqilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihalari Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotganida masʼul qoʻmitaning vakili maʼruza bilan soʻzga chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼruzachi asosiy qonun loyihasini va ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasini masʼul qoʻmitada koʻrib chiqish yakunlari, kelib tushgan fikrlar va takliflar, ularni koʻrib chiqish natijalari haqida maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi asosiy qonun loyihasini va ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasini ulardan qaysi biri ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqilishini tanlash maqsadida ovozga qoʻyadi. Bunda dastlab asosiy qonun loyihasi ovozga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputatlarining qaror qabul qilish uchun talab qilinadigan eng koʻp miqdordagi ovozini toʻplagan qonun loyihasi ikkinchi oʻqish tartib-taomilida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ovoz berish yakunlariga koʻra qonun loyihalaridan birortasi ham ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun yetarli ovozlar sonini toʻplamasa, eng koʻp ovozlar sonini toʻplagan qonun loyihasi uzil-kesil ovozga qoʻyiladi. Agar uzil-kesil ovozga qoʻyish chogʻida deputatlar umumiy sonining yarmidan koʻpi uni yoqlab ovoz bersa, mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tanlanmagan qonun loyihasi rad etilgan hisoblanadi va bundan buyon koʻrib chiqilmaydi. Bu toʻxtam qoʻshimcha ovoz berish oʻtkazilmagan holda Qonunchilik palatasining tegishli qarori bilan rasmiylashtiriladi. Qonunchilik palatasining mazkur masala yuzasidan qabul qilgan qarorining nusxasi tegishincha qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga yoki ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasini kiritgan oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiyaga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiya ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqilayotgan qonun loyihasi tarkibiy birligining matni boʻyicha taqdim etgan muqobil tahrir asosiy qonun loyihasining tegishli bobi, boʻlimi, moddasi yoki bandi koʻrib chiqilayotganda muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul qoʻmitaning vakili oʻz maʼruzasida ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqilayotgan qonun loyihasi tarkibiy birligi matnining oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiya tomonidan taqdim etilgan muqobil tahriri va uni masʼul qoʻmitada koʻrib chiqish yakunlari, kelib tushgan fikrlar va takliflar, ularni koʻrib chiqish natijalari haqida maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi asosiy qonun loyihasi tarkibiy birligining matnini va ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqilayotgan qonun loyihasi tarkibiy birligi matnining oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiya tomonidan taqdim etilgan muqobil tahririni ovozga qoʻyadi. Bunda dastlab asosiy qonun loyihasi tarkibiy birligining matni ovozga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputatlarining qaror qabul qilish uchun talab qilinadigan eng koʻp miqdordagi ovozini toʻplagan matn qonun loyihasiga kiritiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) quyidagi mazmundagi 1481 va 1482-moddalar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1481-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasi ushbu Reglament 146-moddasining toʻrtinchi qismiga asosan masʼul qoʻmitaga qaytarilgan hollarda, agar ushbu qonun loyihasini Qonunchilik palatasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishi uchun tayyorlash maqsadga muvofiq boʻlmasa yoki qonun loyihasi oʻz dolzarbligini yoʻqotgan boʻlsa, masʼul qoʻmita ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi taklifni Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritishi mumkin. Bunda Kengashga Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishiga taqdim etish uchun quyidagilar yuboriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasining matni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul qoʻmitaning ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasini rad etish zarurligi asoslantirilgan xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi Qonunchilik palatasining qarori loyihasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1482-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi majlisida masʼul qoʻmitaning ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi taklifini koʻrib chiqish chogʻida muhokama masʼul qoʻmita vakilining maʼruzasi bilan boshlanadi. Bunda maʼruzachi qonun loyihasini masʼul qoʻmitada koʻrib chiqish yakunlari, kelib tushgan fikrlar va takliflar, ularni koʻrib chiqish natijalari hamda ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi taklifni kiritish sabablari haqidagi axborotni majburiy tartibda deputatlar eʼtiboriga yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul qoʻmitaning ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi taklifini muhokama qilish natijalariga koʻra qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi taklif ovozga qoʻyiladi. Agar ovoz berish yakunlariga koʻra qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi taklif Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozini toʻplagan boʻlsa, qonun loyihasi rad etilgan hisoblanadi. Toʻxtam Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi. Rad etilgan qonun loyihasi bundan buyon koʻrib chiqilmaydi va ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasini kiritgan oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan fraksiyaga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ovoz berish yakunlariga koʻra masʼul qoʻmitaning ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisidagi taklifi ovozlarning zarur sonini toʻplamagan boʻlsa, Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi quyidagi takliflardan birini ovozga qoʻyadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihasini maromiga yetkazish va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritish muddatini belgilagan holda masʼul qoʻmitaga qaytarish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Reglamentning 146-moddasida nazarda tutilgan tartibda moddama-modda ovoz berish oʻtkazgan holda, qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi oʻqishga tayyorlangan muqobil qonun loyihasini maromiga yetkazish uchun masʼul qoʻmitaga qaytarish toʻgʻrisidagi toʻxtam uni maromiga yetkazish va Qonunchilik palatasiga ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun kiritish muddati belgilangan holda, Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) quyidagi mazmundagi 171-bob bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“171-bob. Qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan loyiha matnini oʻzgartirish yoki oʻzi kiritgan qonun loyihasini chaqirib olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1811-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti loyiha matnini oʻzgartirish yoki oʻzi kiritgan qonun loyihasini chaqirib olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1812-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar uning matnini oʻzgartirish qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining mazkur masala boʻyicha Qonunchilik palatasiga yoʻllagan xatiga asosan amalga oshiriladi. Bunda Qonunchilik palatasiga qonun loyihasining oʻzgartirilgan matni, uni oʻzgartirish zarurligi asoslantirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjat Qonunchilik palatasiga kelib tushgandan keyin Qonunchilik palatasi Spikeri qonun loyihasini uning ustida ishlashni davom ettirish uchun masʼul qoʻmitaga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1813-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar uni chaqirib olish qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining mazkur masala boʻyicha Qonunchilik palatasiga yoʻllagan xatiga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining qonun loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar chaqirib olish toʻgʻrisidagi xati Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan masʼul qoʻmitaga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar chaqirib olingan taqdirda, Kengash qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishidan olib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1814-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti oʻzi kiritgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar ushbu qonun loyihasini chaqirib olish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasiga taklif kiritishga haqli. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining mazkur taklifi Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar uni chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklif qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan Qonunchilik palatasi Spikeriga yuboriladi. Bunda Qonunchilik palatasiga qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar chaqirib olish zarurligi asoslantirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul qoʻmita keyinchalik Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishiga taqdim etish uchun Kengashga quyidagilarni yuboradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasining matnini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihasini Qonunchilik palatasining koʻrib chiqishidan olib tashlash toʻgʻrisidagi Qonunchilik palatasining qarori loyihasini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi qonun loyihasini chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihasini Qonunchilik palatasining koʻrib chiqishidan olib tashlash toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihasini maromiga yetkazish va ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun palataga kiritish muddatini belgilagan holda masʼul qoʻmitaga qaytarish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining mazkur masala yuzasidan qabul qilgan qarorining nusxasi qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga yuboriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) 231-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining deputatni jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazo choralarini koʻllashga rozilik olish toʻgʻrisidagi taqdimnomalari kiritilgan kunidan eʼtiboran oʻn kun ichida Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi, Qonunchilik palatasining sessiyalari oraligʻidagi davrda esa u kiritilgan kunidan eʼtiboran oʻn kun ichida Kengash tomonidan koʻrib chiqilib, keyinchalik Kengashning ushbu masala yuzasidan qarori Qonunchilik palatasining sessiyasida tasdiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) VII boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“VII BOʻLIM. QONUNCHILIK PALATASI TOMONIDAN NAZORAT QILISH SOHASIDAGI VA BOSHQA VAKOLATLARNING AMALGA OSHIRILISHI”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22) 244 va 245-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“244-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi Davlat budjetining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni hamda zarur materiallarni hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik va toʻqqiz oylik ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni hamda zarur materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tezkor xulosasi bilan birga, ushbu tezkor xulosa olingan kundan eʼtiboran ikki kun ichida Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi Spikeri Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni, Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik va toʻqqiz oylik ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish va takliflar ishlab chiqish uchun Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasiga, boshqa qoʻmitalarga, fraksiyalarga hamda xulosa taqdim etish uchun Qonunchilik palatasi Devonining Davlat budjeti boshqarmasiga yoʻllaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish davomida fraksiyalar, qoʻmitalar va Qonunchilik palatasi Devonining Davlat budjeti boshqarmasi Davlat budjeti daromad qismining ijrosi, ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilish holati toʻgʻrisida tegishli organlardan qoʻshimcha axborotni, shuningdek ularning maqsadli sarflanishi hamda ulardan samarali foydalanilishi haqidagi maʼlumotlarni talab qilib olishi mumkin. Bunda fraksiyalar joylarda budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi masalalarini Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitalari tomonidan oʻrganilishi tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi barcha fraksiyalar va qoʻmitalarning takliflarini hamda Qonunchilik palatasi Devoni Davlat budjeti boshqarmasining takliflari va xulosasini oʻrganib chiqib, Kengashga Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni hamda Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining yarim yillik ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni Qonunchilik palatasida koʻrib chiqish uchun xulosa taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
245-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot, Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik, toʻqqiz oylik ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar fraksiyalarda va Qonunchilik palatasi qoʻmitalarida dastlabki tarzda muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yarim yillik hisobot dastlabki tarzda muhokama qilinganidan keyin Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqiladi. Uni koʻrib chiqish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti, fraksiyalarning fikrlari va takliflari, Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining xulosasi eshitiladi, muhokama oʻtkaziladi hamda hisobot Qonunchilik palatasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining birinchi chorakdagi va toʻqqiz oylik ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasida koʻrib chiqiladi hamda uning qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Davlat budjeti daromadlari prognozining bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini har chorak yakunlari boʻyicha eshitib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun belgilangan budjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq maqsadli indikatorlarning bajarilishi hamda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan rivojlantirish dasturlarining ijrosi yuzasidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar rahbarlarining hisobotlari Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitalarida har chorak yakunlari boʻyicha eshitib borilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining ijro etilish holati haqidagi axborot Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitalariga har chorak yakunlari boʻyicha maʼlumot uchun kiritib boriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23) 247-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Parlament soʻrovini yuborish haqidagi taklif qoʻmitalar, fraksiyalar, shuningdek deputatlar umumiy sonining kamida beshdan bir qismi tomonidan Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament soʻrovi tashabbuskori parlament soʻrovi loyihasini va parlament soʻrovini yuborish toʻgʻrisidagi Qonunchilik palatasining qarori loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Qonunchilik palatasi Devonining Yuridik boshqarmasiga, parlament soʻrovi loyihasidagi Davlat budjeti va iqtisodiy munosabatlar bilan bogʻliq masalalar yuzasidan xulosa olish uchun esa Qonunchilik palatasi Devonining Davlat budjeti boshqarmasiga taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi Devonining Yuridik boshqarmasi hamda Davlat budjeti boshqarmasi parlament soʻrovi loyihasi va parlament soʻrovini yuborish toʻgʻrisidagi Qonunchilik palatasining qarori loyihasi yuzasidan ular kelib tushgan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida yozma xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament soʻrovini yuborish toʻgʻrisidagi Qonunchilik palatasining qarori loyihasi soʻrov tashabbuskori tomonidan Qonunchilik palatasi Spikeriga masalani Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining qarori loyihasiga parlament soʻrovi loyihasi, shuningdek boshqa zarur materiallar ilova qilinadi. Parlament soʻrovi loyihasida soʻrovga javob berishning shakli (ogʻzaki yoki yozma) haqidagi takliflar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlar umumiy sonining kamida beshdan bir qismi tomonidan kiritilgan parlament soʻrovini yuborish toʻgʻrisidagi Qonunchilik palatasining qarorida parlament soʻroviga berilgan javobning Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilinishi bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish uchun masʼul qoʻmita belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24) quyidagi mazmundagi 2471-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2471-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining majlisida parlament soʻrovi loyihasi boʻyicha muhokama, qoida tariqasida, parlament soʻrovi tashabbuskori vakilining maʼruzasidan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament soʻrovi tashabbuskori vakilining maʼruzasidan keyin fraksiyalarning vakillari parlament soʻrovi loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyati boʻyicha munosabat bildirish uchun soʻzga chiqishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25) 249-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Parlament soʻroviga yozma javob, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi tomonidan oʻqib eshittiriladi. Qonunchilik palatasining Spikeri parlament soʻroviga yozma javobni oʻqib eshittirishni parlament soʻrovining tashabbuskoriga, agar soʻrov bir nechta tashabbuskor tomonidan kiritilgan taqdirda, ulardan birining vakiliga, ushbu Reglament 247-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan hollarda esa masʼul qoʻmitaning vakiliga topshirishi mumkin. Yozma javobning nusxalari palata majlisida oʻqib eshittirilguniga qadar oldindan deputatlarga yuboriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26) 254-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Deputat soʻrovini tayyorlash chogʻida deputat oʻzi aʼzo boʻlgan fraksiyadan yoki tegishli yoʻnalishdagi qoʻmitadan, shuningdek Qonunchilik palatasi Devoni tegishli boʻlimidan yoki boshqa mutaxassislar va ekspertlardan maslahat-uslubiy yordam koʻrsatilishini soʻrashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat soʻrovi uni yuboruvchi deputat aʼzo boʻlgan fraksiyada roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili deputatning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolariga, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan soʻroviga oʻz vaqtida javob yuborilishini taʼminlashga koʻmaklashadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27) 256-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur hisobotni koʻrib chiqishga tayyorlash uchun Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan masʼul qoʻmita belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi — oltinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini, davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish toʻgʻrisidagi masala fraksiyalar, qoʻmitalar tashabbusiga koʻra Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Bunda fraksiyalar, qoʻmitalar tomonidan Kengashga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini, davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish toʻgʻrisidagi Qonunchilik palatasining qarori loyihasi va boshqa zarur materiallar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini, davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi. Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini, davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish toʻgʻrisidagi qarorida masʼul qoʻmitaga hisobotni (axborotni) eshitishga tayyorgarlik koʻrilishini hamda uning oʻtkazilishini tashkil etish vazifasi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining hisobotlarini eshitish toʻgʻrisidagi qarori oldindan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish toʻgʻrisidagi qarori esa tegishli davlat organiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini, davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitishga tayyorgarlik koʻrish jarayonida masʼul qoʻmita sohada huquqiy jihatdan tartibga solinishi lozim boʻlgan muammoli masalalarni aniqlaydi hamda beriladigan savollarni, shuningdek qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar va takliflarni tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzosining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisoboti, davlat organi rahbarining axboroti toʻgʻrisidagi Qonunchilik palatasining qarori loyihasi masʼul qoʻmita tomonidan tayyorlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi — yettinchi qismlari tegishincha yettinchi — oʻninchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29) 260-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay oʻz majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruzani eshitadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruzada qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash hollarining (bundan buyon matnda qiynoqqa solish hollari deb yuritiladi) oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar ham aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruza dastlabki tarzda fraksiyalar tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruzani muhokama qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) chiqishi bilan boshlanadi, maʼruzadan soʻng fraksiyalarning vakillari soʻzga chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruzani eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) va Senatga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Qonunchilik palatasiga inson huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlar koʻrishga qaratilgan maxsus maʼruzani (bundan buyon matnda maxsus maʼruza deb yuritiladi) taqdim etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus maʼruza Qonunchilik palatasi, Kengash yoki qoʻmita majlisida koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash maxsus maʼruzani Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqish haqida toʻxtamga kelgan taqdirda, maxsus maʼruza mazkur moddaning uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoʻmitalar qonunlarning, Qonunchilik palatasi qarorlarining davlat organlari tomonidan ijro etilishi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini joylarga chiqib oʻrganishi toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi Spikerini oldindan xabardor qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi va yettinchi qismlari tegishincha yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qonunchilik palatasining deputatlari navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi loyihasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan koʻrib chiqilish jarayonlarida ishtirok etishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31) quyidagi mazmundagi 241-bob bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“241-bob. Navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi loyihasini koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2661-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritiladigan loyihalar portfellari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili 1-iyulga qadar Qonunchilik palatasiga kiritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritiladigan loyihalar portfellari Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan muhokama qilish va takliflar ishlab chiqish uchun fraksiyalarga hamda qoʻmitalarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritiladigan loyihalar portfeli fraksiyalarda hamda qoʻmitalarda muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhokamalarga tegishli davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning vakillari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2662-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritiladigan loyihalar portfeli fraksiyalar va qoʻmitalar tomonidan oʻn kun ichida koʻrib chiqiladi hamda taklif va tavsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32) quyidagi mazmundagi 26-bob bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“26-bob. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar roʻyxatiga kiritish haqidagi murojaatlarni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2691-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash Kengash aʼzolarining taklifiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar roʻyxatiga (bundan buyon matnda Roʻyxat deb yuritiladi) kiritish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish masalasini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash aʼzolarining taklifi Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan masʼul qoʻmitaga oʻrganib chiqish va xulosa taqdim etish uchun topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Roʻyxatga kiritish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish maqsadga muvofiqligi haqida yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida besh ish kuni ichida xulosa tayyorlaydi va uni Kengashga taqdim etadi. Bunda shu mazmundagi murojaat Senat Kengashiga kelib tushganligiga yoki tushmaganligiga aniqlik kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul qoʻmitaning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Roʻyxatga kiritish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish maqsadga muvofiqligi haqidagi xulosasiga tegishli taqdimnoma loyihasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 291-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Roʻyxatga kiritish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish yuzasidan qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Roʻyxatga kiritish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish haqida qaror qabul qilgan taqdirda, taqdimnoma Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan imzolangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdimnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga kiritilayotgan chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarosining qaysi davlat fuqaroligiga mansubligi (shaxs bir nechta davlat fuqarosi ekanligi aniqlansa, barchasi koʻrsatiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroligi boʻlmagan shaxsning qaysi davlat rezidenti ekanligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning yashash joyi yoxud turgan joyi (shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlib turgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjati seriyasi va raqami (shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlib turgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs tomonidan sodir etilgan hamda Roʻyxatga kiritish uchun asos boʻladigan harakatlar taʼrifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarosiga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga nisbatan qoʻllanadigan cheklovlar va huquqiy taʼsir choralari, ularning amal qilish muddatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2692-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Roʻyxatda boʻlish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritishning maqsadga muvofiqligi masalasi Kengash aʼzolarining taklifiga asosan, qoida tariqasida, ushbu shaxslarni Roʻyxatga kiritish masalasi yuzasidan xulosa taqdim etgan qoʻmita tomonidan oʻrganib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Roʻyxatda boʻlish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish maqsadga muvofiqligi haqida yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi hamda chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Roʻyxatda boʻlish muddati tugashidan kamida ikki oy oldin mazkur xulosani Kengashga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Roʻyxatga kiritishning tegishli asoslari ushbu shaxslarning Roʻyxatda boʻlish muddati davomida bartaraf etilmagan taqdirda, Kengash Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ushbu shaxslarning Roʻyxatda boʻlish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish yuzasidan qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Roʻyxatda boʻlish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish haqida qaror qabul qilgan taqdirda, taqdimnoma Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan imzolangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2693-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni muddatidan ilgari Roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishning maqsadga muvofiqligi masalasi Kengash aʼzolarining taklifiga asosan, qoida tariqasida, ushbu shaxslarni Roʻyxatga kiritish va (yoki) ularning Roʻyxatda boʻlish muddatini uzaytirish masalasi yuzasidan xulosa taqdim etgan qoʻmita tomonidan oʻrganib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Roʻyxatga kiritishning tegishli asoslari bartaraf etilganligiga yoki etilmaganligiga aniqlik kiritadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni muddatidan ilgari Roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritish maqsadga muvofiqligi haqida yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi va mazkur xulosani Kengashga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Roʻyxatga kiritishning tegishli asoslari bartaraf etilgan taqdirda, Kengash Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ushbu shaxslarni muddatidan ilgari Roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritish yuzasidan qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni muddatidan ilgari Roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritish haqida qaror qabul qilgan taqdirda, iltimosnoma Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan imzolangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 31-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1895-V-son