15.04.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3818
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori, 15.04.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3818
Кучга кириш санаси
16.04.2026
Hujjat 23.07.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barqaror tokenlar aylanmasini tartibga solishning maxsus huquqiy rejimini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 15-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3818]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-noyabrdagi PQ-359-son “Oʻzbekistonda moliyaviy texnologiyalar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Barqaror tokenlar aylanmasini tartibga solishning maxsus huquqiy rejimini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori D. LI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
09-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi T. ISHMETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 31-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6/11-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2026-yil 1-apreldagi 9-son va Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 31-martdagi 6/11-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barqaror tokenlar aylanmasini tartibga solishning maxsus huquqiy rejimini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom barqaror tokenlar aylanmasini tartibga solishning maxsus huquqiy rejimini (bundan buyon matnda maxsus rejim deb yuritiladi) taqdim etish, maxsus rejim ishtirokchilarini roʻyxatga olish va ularning faoliyati ustidan monitoringni amalga oshirish, maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish, shuningdek maxsus rejim ishtirokchilari reyestrini yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi — maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun ariza bilan murojaat qiluvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim — barqaror tokenlar aylanmasi sohasida texnologiyalarni joriy etuvchi va (yoki) maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasi asosida toʻlov tizimlarini yaratuvchi va tajriba-sinov loyihalarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga alohida tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihasi — maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasi asosida tajriba-sinov tariqasida toʻlov tizimini yaratish va (yoki) barqaror tokenlarni chiqarish, shuningdek ulardan toʻlov vositasi sifatida foydalanish va toʻlovni amalga oshirishni nazarda tutuvchi loyiha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchisi — maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtgan va tajriba-sinov loyihasini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchilarining reyestri (bundan buyon matnda reyestr deb yuritiladi) — roʻyxatga olingan maxsus rejim ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladigan hamma uchun ochiq boʻlgan axborot resursi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlar — tajriba-sinov loyihalari doirasida maxsus rejim ishtirokchisi bilan shartnomaviy munosabatlarni oʻrnatayotgan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar, shu jumladan chet ellik jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barqaror token — qiymati milliy yoki xorijiy valyutaning nominal qiymatiga teng boʻlgan taʼminlangan tokenning turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitentning ekotizimi — barqaror tokenlarni chiqarish, saqlash, taqsimlash, muomalaga kiritish va ular bilan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish uchun moʻljallangan emitentning axborot tizimi, platformasi va (yoki) texnik hamda dasturiy vositalari majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barqaror tokenni chiqarish — barqaror tokenning paydo boʻlishiga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barqaror token chiqarishni roʻyxatdan oʻtkazish — chiqarilgan barqaror tokenlarni muomalaga kiritishga ruxsat berish uchun ushbu Nizom talablariga muvofiq tekshirish va barqaror tokenlarning elektron reyestriga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barqaror tokenning dastlabki taklifini joylashtirish — emitentning ekotizimida yoki kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi milliy yoki xorijiy xizmatlar provayderlarining elektron platformalarida barqaror tokenlarni muomalaga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
White Paperdeklaratsiyasi — emitent toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda barqaror tokenlarni chiqarish, saqlash, dastlabki taklifini joylashtirish, tarqatish va ulardan foydalanishga oid boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitent — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan, barqaror tokenlarni chiqaruvchi hamda ular yuzasidan “White Paper” deklaratsiyasida va (yoki) shartnomada belgilangan majburiyatlarni ularning egalari oldida oʻz zimmasiga oluvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-depozitariy — kripto-aktivlarni chiqarish, ularni dastlabki joylashtirish va saqlash yuzasidan xizmatlar koʻrsatish boʻyicha elektron platforma va (yoki) texnik va dasturiy vositalar majmuini taqdim etuvchi tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barqaror tokenlarning reyestri — vakolatli organning Oʻzbekiston Respublikasi hududida chiqarilgan va kripto-depozitariy tomonidan barqaror tokenlar chiqarilishini hisobga oluvchi axborot resursi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asoslantirilgan mulohaza — qonunchilikda belgilangan talablarga qoʻshimcha ravishda vakolatli organ tomonidan qoʻllaniladigan, koʻrib chiqilayotgan masalaning haqiqiy mazmuni rasmiy mazmunidan ustuvorligini nazarda tutuvchi professional baholash. Asoslantirilgan mulohaza vakolatli organ xizmatlar provayderlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish doirasida olingan axborotga, jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlardan, davlat organlaridan, shu jumladan chet el nazorat organlari hamda tashkilotlaridan, boshqa ochiq manbalardan olingan va asoslantirilgan mulohazani shakllantirish uchun muhim boʻlgan boshqa axborotga asoslanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi benefitsiar mulkdor — arizachini bevosita yoki bilvosita taʼsis etuvchi yoxud uning ustav jamgʻarmasidagi (kapitalidagi) ulushlariga (aksiyalariga) bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchi yoxud ushbu shaxsga bevosita yoki bilvosita egalik qiladigan yoxud uni nazorat qiladigan jismoniy shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maxsus rejimning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasi asosida toʻlov tizimlarini yaratish va (yoki) barqaror tokenlarni chiqarish hamda ular bilan operatsiyalarni amalga oshirish, shuningdek ulardan toʻlov vositasi sifatida foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalarni jalb qilish va bozorda raqobatni oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan innovatsion toʻlov yechimlarini joriy etishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar va investorlarning huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirishning muvaffaqiyatli natijalari yakunlari boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda maxsus rejim doirasida tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) pul-kredit siyosati maqsadlari va vositalariga zid kelmasligi, shuningdek moliyaviy va narx barqarorligiga tahdid yaratmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maxsus rejim doirasida quyidagi tajriba-sinov loyihalari amalga oshirilishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy va (yoki) xorijiy valyuta, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan taʼminlangan barqaror tokenlarni chiqarish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2026-yil 16-iyuldagi 04-son va Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 10-iyuldagi 21/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3818-1, 22.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2026-y., 10/26/3818-1/0772-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida barqaror tokenlardan toʻlov vositasi sifatida foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro oʻtkazmalarni (hisob-kitoblarni) amalga oshirish maqsadida barqaror tokenlardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasi asosida faoliyat yurituvchi toʻlov tizimlarini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus rejim doirasida maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasi asosida yoki ushbu texnologiyalardan foydalanishda boshqa innovatsion yondashuv qoʻllaniladigan tajriba-sinov loyihalari ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maxsus rejim ishtirokchilarini roʻyxatga olish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun taqdim etilgan arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish, shuningdek tajriba-sinov loyihalari ustidan monitoringni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organning ishchi organi funksiyalari Kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish departamentining Kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish boshqarmasi (bundan buyon matnda ishchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishchi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachining maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalarini qabul qiladi, roʻyxatdan oʻtkazadi va koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihalari boʻyicha taqdim etilgan arizalar, hujjatlar va maʼlumotlarni vakolatli organning boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirishda istisno qilinayotgan qonunosti hujjatlarining tegishli normalari roʻyxatini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan tajriba-sinov loyihalari doirasida tuziladigan xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnomalar (ofertalar, bitimlar)ning maksimal qiymati va mijozlarning cheklangan sonini kelishib beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish haqidagi xulosani vakolatli organning rahbari (oʻrinbosari)ga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qiladi va koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyestr va barqaror tokenlarning reyestrini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchilarini tashkiliy-huquqiy va konsultativ jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihalari amalga oshirilishini monitoring qiladi, samaradorligini baholaydi hamda ularni amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solish yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish boʻyicha takliflarni vakolatli organ rahbari (oʻrinbosari)ga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ rahbariga (oʻrinbosariga) maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish va tajriba-sinov loyihalarini tugatish haqidagi takliflarni kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maxsus rejim doirasida moliyaviy tizim barqarorligi va toʻlov tizimlari ishlashining barqarorligini taʼminlash masalalariga doir hujjatlar va maʼlumotlar Markaziy bankka kelishish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Markaziy bank bilan majburiy tartibda kelishilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank tomonidan tartibga solinadigan sohalarda tajriba-sinov loyihasini amalga oshirishda istisno qilinayotgan qonunosti hujjatlarining tegishli normalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimlarining kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy valyutada nominallangan barqaror tokenlarni chiqarishning cheklangan hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish natijalari ijobiy baholanganda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish zarurligi toʻgʻrisidagi xulosa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markaziy bankka maxsus rejim doirasida kelishish uchun taqdim etilgan hujjatlar Markaziy bankning Moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish departamenti tomonidan Toʻlov tizimlari departamenti bilan birgalikda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatga olish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha Markaziy bankning ijobiy xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Maxsus rejim ishtirokchilarini roʻyxatga olish talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maxsus rejim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagilarni chiqarishni nazarda tutuvchi loyihalarni amalga oshirish taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
algoritmik barqaror tokenlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anonimlik xususiyatiga ega barqaror tokenlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar bilan taʼminlangan barqaror tokenlarni.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Barqaror tokenlarni chiqarish uchun taʼminot sifatida faqat quyidagilardan foydalanilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankdagi alohida hisobvaraqda zaxiraga qoʻyilgan milliy va (yoki) xorijiy valyutadagi pul mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitentga tegishli boʻlgan, Markaziy depozitariy tomonidan Markaziy bank foydasiga bloklangan davlat qimmatli qogʻozlari. Bunda emitent ular boʻyicha daromadlarni olish huquqini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan pul mablagʻlarini zaxiraga qoʻyish uchun hisobvaraq ochish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan davlat qimmatli qogʻozlarini kiritish uchun depo hisobvaraqlarini ochish, ushbu qimmatli qogʻozlarni bloklash, shuningdek, ularni blokdan chiqarish Depozitar operatsiyalar hisobini yuritish qoidalariga (roʻyxat raqami 3628, 2025-yil 16-iyun) muvofiq taʼminotga (garovga) qoʻyilgan qimmatli qogʻozlar uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barqaror tokenlarga taʼminotni shakllantirish uchun kredit yoki garovga olingan mablagʻlar (aktivlar) yoxud boshqa jalb qilingan mablagʻlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2026-yil 16-iyuldagi 04-son va Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 10-iyuldagi 21/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3818-1, 22.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2026-y., 10/26/3818-1/0772-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Alohida hisobvaraqdagi mablagʻlar qoldigʻi, shuningdek Markaziy bank foydasiga bloklangan davlat qimmatli qogʻozlarining nominal qiymati muomalada boʻlgan tokenlarning umumiy nominal qiymatidan kam boʻlmasligi lozim.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2026-yil 16-iyuldagi 04-son va Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 10-iyuldagi 21/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3818-1, 22.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2026-y., 10/26/3818-1/0772-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼminotdagi mablagʻlar faqat barqaror tokenlarni soʻndirish uchun ishlatilishi va ulardan emitentning boshqa majburiyatlari boʻyicha foydalanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank vakolatli organ bilan kelishilgan holda likvidlilikka yoki moliyaviy barqarorlikka tahdid yuzaga kelgan taqdirda operatsiyalar hajmini va mijozlar sonini cheklash boʻyicha koʻrsatmalar berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barqaror tokenlar taʼminoti ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi, uning yetarliligini tasdiqlash davriyligi va hisobot shakli Markaziy bank tomonidan vakolatli organ bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilar maxsus rejim ishtirokchilarining rahbariyati (rahbari va oʻrinbosarlari) va oxirgi benefitsiar mulkdorlari boʻlishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terroristik faoliyatda yoki ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishda ishtirok etgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy jinoyatlarni, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatish, shuningdek ularni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi, korrupsiya va axborot texnologiyalari bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlik uchun olib tashlanmagan yoki tugallanmagan sudlanganlik holati mavjud boʻlgan, shuningdek sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozli soliq rejimini taqdim etuvchi va (yoki) benefitsiar mulkdorning shaxsini oshkor etishni hamda moliyaviy operatsiyalarni oʻtkazishda axborot taqdim etishni nazarda tutmaydigan davlat va hududning rezidenti boʻlgan, shunday davlat va hududda yashaydigan yoki roʻyxatdan oʻtgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatlar hududida doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Maxsus rejim ishtirokchilari tajriba-sinov loyihalarini kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olmasdan amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasi asosida toʻlov tizimlarini yaratish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda arizachi toʻlov tizimi operatori litsenziyasiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Emitentning ekotizimi axborot va kiberxavfsizlikning tegishli darajasini taʼminlashi, faoliyat barqarorligi, axborotni himoya qilish va barqaror tokenlarni chiqarish, saqlash, taqsimlash, muomalaga kiritish va ular bilan boshqa operatsiyalarni amalga oshirishning uzluksizligini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Maxsus rejim ishtirokchisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) axborot va kiberxavfsizlikni taʼminlash uchun masʼul mansabdor shaxsni tayinlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) axborot xavfsizligi, kirishga ruxsatlarni boshqarish, hodisalarga javob berish va faoliyat uzluksizligini taʼminlash masalalarini tartibga soluvchi, shu jumladan, quyidagi usullarni oʻz ichiga olgan ichki hujjatlarni tasdiqlashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqish, test sinovidan oʻtkazish va sanoat ekspluatatsiyasi vositalarining mantiqiy va (yoki) jismoniy ajratilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhim (kritik) qismlarda yagona nosozlik nuqtasi mavjudligini istisno qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhim ahamiyatga ega maʼlumotlarning zaxira nusxalarini yaratishni va faoliyatni tiklash imkoniyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi interfeyslar va amaliy dasturlash interfeyslarini (API) himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kriptografik kalitlarni generatsiya qilish, saqlash va ulardan foydalanishning himoyalangan mexanizmlarini qoʻllash hamda shaxsiy (maxfiy) kriptografik kalitlarning ochiq holda saqlanishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitent ekotizimining muhim qismlariga kirishda koʻp omilli autentifikatsiyadan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) emitent ekotizimining muhim qismlarini ishlab chiqish, ulardan foydalanish va boshqarish funksiyalarning taqsimlanishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mijozlarni majburiy tartibda xabardor qilish va ularning tajriba-sinov loyihasi doirasida ishtirok etishi toʻgʻrisidagi yozma roziliklarini olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Maxsus rejim ishtirokchisi barqaror tokenlarni chiqarish, ularning aylanmasi yoki taʼminotiga taʼsir qiluvchi yoxud taʼsir qilishi mumkin boʻlgan hodisa (insident) aniqlangan paytdan eʼtiboran darhol, biroq 3 soatdan kechiktirmay vakolatli organ va Markaziy bankni xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tajriba-sinov loyihalarini maxsus rejim doirasida amalga oshirish muddati uch yildan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddat oʻtgach vakolatli organ Markaziy bank bilan kelishgan holda tajriba-sinov loyihalarini maxsus rejim doirasidan chiqarish maqsadida amaldagi qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida (tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish natijalari ijobiy baholangan taqdirda) tegishli munosabatlarni tartibga solish yoki tegishli asoslarni koʻrsatgan holda tajriba-sinov loyihasini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Arizani taqdim etish va koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Arizachilar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlarni koʻrib chiqish hamda maxsus rejim ishtirokchisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun arizachi mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza hamda quyidagi maʼlumotlar va hujjatlarni vakolatli organga taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi anketa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachining hamkori sifatida ishtirok etuvchi kripto-depozitariy bilan imzolangan shartnomaning nusxasi. Bunda kripto-depozitariy arizachi sifatida ishtirok etgan taqdirda, mazkur shartnomani taqdim etish talab etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihasi doirasida xizmat koʻrsatish boʻyicha tuziladigan shartnomalar (ofertalar, bitimlar) qiymati va mijozlarning soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqarilishi rejalashtirilayotgan barqaror tokenlarni toʻliq taʼminlash uchun mablagʻlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar (maʼlumotlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“White paper” deklaratsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachining nizomi va boshqa taʼsis hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachining rahbariyati va taʼsischilari chet el fuqarolari boʻlganda, mazkur Nizomning 13-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan jinoyatlar boʻyicha belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan tegishli xorijiy mamlakatning vakolatli organidan olingan sudlanmaganligi haqidagi maʼlumotnoma hamda uning Oʻzbekiston Respublikasi davlat tiliga notarial tartibda tasdiqlangan tarjimasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachining rahbariyati (rahbar, uning oʻrinbosarlari) va taʼsischi haqidagi mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan maʼlumotlar. Bunda, taʼsischilar haqidagi maʼlumotlar oxirgi benefitsiar mulkdorgacha koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachining rahbariyati (rahbari va oʻrinbosarlari) hamda oxirgi benefitsiar mulkdorlari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlganda, vakolatli organ mazkur Nizomning 13-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlarni mustaqil tarzda, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan hujjatlar arizachining rahbari tomonidan tasdiqlanishi (imzolanishi) kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shaklda taqdim etilayotgan maʼlumotlar yuqori sifatda va “PDF”, “PNG” yoki “JPEG” formatlarda boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ariza va hujjatlar vakolatli organga qogʻoz shaklida yoki vakolatli organning elektron pochtasi manziliga elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Vakolatli organ ariza kelib tushgan kundan boshlab qirq ish kuni ichida arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza va taqdim etilgan hujjatlarni tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda qoʻshimcha ravishda tekshirish talab qilingan taqdirda, ishchi organning taklifiga koʻra arizani koʻrib chiqish muddati vakolatli organ rahbari (oʻrinbosari) tomonidan oʻn ish kunigacha uzaytirilishi mumkin. Bu haqda arizachi shu kunning oʻzida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ishchi organ arizani koʻrib chiqish jarayonida tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish uchun qonunosti hujjatlarining tegishli normalarini istisno qilish talab etilishi yoki talab etilmasligini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish uchun qonunosti hujjatlarining tegishli normalarini istisno qilish talab qilinganda, ishchi organ tegishli vakolatli organlar bilan maslahatlashuvlar oʻtkazadi hamda xulosada tajriba-sinov loyihasini amalga oshirishda istisno qilinadigan qonunosti hujjatlarining tegishli normalarini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mazkur Nizomning 8-bandida keltirilgan hujjat va maʼlumotlarni kelishish Markaziy bank tomonidan ular kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha oʻrganish, tekshirish va (yoki) qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish talab etilgan hollarda, ushbu muddat Markaziy bank rahbariyati tomonidan bir oydan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. Markaziy bank kelishish muddati uzaytirilganligi haqida vakolatli organni, shuningdek arizachini bir kun ichida yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Markaziy bank tomonidan mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlarni kelishish davri mobaynida ishchi organ tomonidan arizalarni koʻrib chiqish muddati toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ishchi organ ariza va taqdim etilgan hujjatlarni oʻttiz ish kuni ichida koʻrib chiqadi hamda koʻrib chiqish natijasi boʻyicha xulosani vakolatli organning rahbari (oʻrinbosari)ga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda hujjatlarni Markaziy bank bilan kelishish muddati alohida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ishchi organ tomonidan xulosa kiritilgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida vakolatli organning rahbari (oʻrinbosari) tomonidan arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish quyidagi holatlarda rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi mazkur Nizomning 10 — 16-bandlarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organning asoslantirilgan mulohazasi (xulosasi) asosida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, bu haqda arizachiga ishchi organ tomonidan rad etish asoslari koʻrsatilgan holda bir ish kuni ichida xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, rad etish asoslarini bartaraf etgan holda ushbu Nizomning 3-bobida nazarda tutilgan tartibda ariza topshirishi mumkin. Bunda vakolatli organ arizani umumiy asoslarda koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, ishchi organ bir ish kuni ichida tegishli maʼlumotlarni reyestrga kiritadi va bu haqda arizachiga xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorda maxsus rejim doirasida tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish uchun qoʻyiladigan talablar va shartlar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida arizachini mazkur qaror bilan yozma ravishda tanishtiradi hamda tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish talablari va shartlariga rioya qilinmagan taqdirda, maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilinishi toʻgʻrisida ogohlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish muddatini uzaytirish, reyestrga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Maxsus rejim ishtirokchisiga tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish uchun dastlabki oʻn ikki oy muddat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Maxsus rejim ishtirokchisi tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish muddatini uzaytirish istagi boʻlgan taqdirda, bu haqida ariza bilan mazkur muddat tugashidan oʻttiz kun oldin vakolatli organga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ishchi organ arizani u kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqadi va tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish muddatini uzaytirish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi xulosani vakolatli organning rahbari (oʻrinbosari)ga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ tomonidan xulosa kiritilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida vakolatli organ rahbari (oʻrinbosari) tomonidan tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi hamda bu haqda maxsus rejim ishtirokchisiga bir ish kuni ichida xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Vakolatli organ quyidagi holatlarda tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish muddatini uzaytirishni rad etishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihasini amaliyotga joriy etish uchun qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida qaror qabul qilish uchun yetarli maʼlumotlar olinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli koʻrsatkichlarga erishilmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish muddatini uzaytirish rad etilgan taqdirda, maxsus rejim ishtirokchisi oʻn kun ichida loyihani amalga oshirishni tugatishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, uning muddati oʻn ikki oygacha muddatga uzaytirilishi mumkin. Bunda, tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish muddati mazkur Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan muddatdan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Maxsus rejim ishtirokchisi, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, maxsus rejim ishtirokchisi yoxud uning huquqiy vorisi qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin besh ish kuni ichida vakolatli organga reyestrga oʻzgartirishni kiritish uchun tegishli oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ arizani qabul qilganidan soʻng ikki ish kuni ichida reyestrga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tajriba-sinov loyihalarini monitoring qilish va maxsus rejim ishtirokchisini maqomidan mahrum qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ishchi organ tajriba-sinov loyihalari amalga oshirilishi ustidan doimiy monitoring, shu jumladan, axborot va kiberxavfsizlik talablariga rioya etilishi, emitent ekotizimi faoliyatining barqarorligi va firibgarlikka qarshi kurashish choralarini baholashni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Maxsus rejim ishtirokchilari har oyda oʻz faoliyati hamda ularga berilgan imtiyoz va preferensiyalardan foydalanilishi boʻyicha vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan shakldagi hisobotlarni, shuningdek Markaziy bankdagi alohida hisobvaraqda saqlanayotgan taʼminot mablagʻlarining hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar vakolatli organga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Maxsus rejim ishtirokchilarining hisobotlari vakolatli organ tomonidan Markaziy bankka taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish va tajriba-sinov loyihasini tugatish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish uchun belgilangan muddatning tugashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchisining maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan voz kechish toʻgʻrisidagi arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatning pul-kredit siyosati yoki moliyaviy barqarorligiga tahdid yaratuvchi asoslantirilgan holatlarning aniqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar va (yoki) tajriba-sinov loyihalari boʻyicha berilgan hisobotlarda yolgʻon maʼlumotlar berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish talablari va shartlarining buzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihalari boʻyicha hisobotlar mazkur Nizomning 38-bandida belgilangan muddatda taqdim etilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihasini amalga oshirishda uchinchi shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha majburiyatlarning bajarilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qaroriga asosan maxsus rejim ishtirokchisining toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼtirof etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organning asoslantirilgan mulohazasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchisi (rahbarlari va xodimlari) tomonidan qonunchilik talablariga mos kelmaydigan yoki ular tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri taqiqlangan operatsiyalarni amalga oshirilishi fakti aniqlanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Mazkur Nizomning 40-bandida koʻrsatilgan holatlar aniqlangan kundan boshlab uch ish kuni ichida vakolatli organ tomonidan maxsus rejim ishtirokchisini maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish hamda amalga oshirilayotgan tajriba-sinov loyihasini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ishchi organ maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida reyestrga tegishli maʼlumotlarni kiritadi hamda bu haqda tegishli yuridik shaxsni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Maxsus rejim ishtirokchilarining reyestrini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Reyestr ishchi organ tomonidan yuritiladi va unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchisining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), telefon raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchisining roʻyxatdan oʻtkazish raqami va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish sanasi va asoslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va ularni amalga oshirish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish muddatini uzaytirish, reyestrga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish asoslari va sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Reyestrda mavjud boʻlgan maʼlumotlar vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Maxsus rejim ishtirokchisi maxsus rejim doirasida vakolatli organ tomonidan qabul qilingan qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barqaror tokenlar aylanmasini tartibga solishning maxsus huquqiy rejimini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus rejim ishtirokchilarini roʻyxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Masʼullar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Arizachi

1. Barqaror tokenlar aylanmasini tartibga solishning maxsus huquqiy rejimi ishtirokchi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza va hujjatlarni tayyorlaydi.

2. Ariza va tegishli hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) taqdim etadi.

oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Agentlik

Ariza va tegishli hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

40 ish kuni, uzaytirilgan taqdirda qoʻshimcha 10 ish kuni

Agentlik

1. Ishchi organ ariza va tegishli hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga majburiy tartibda kelishilishi lozim boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni yuboradi.

30 ish kuni, uzaytirilgan taqdirda qoʻshimcha 10 ish kuni

Markaziy bank

Taqdim etilgan hujjat va maʼlumotlarni koʻrib chiqadi va kelishadi

15 ish kuni,

uzaytirilgan taqdirda bir oydan koʻp boʻlmagan muddatda

Agentlik

Koʻrib chiqish natijasiga koʻra maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi

10 ish kuni

3-bosqich

Ishchi organ

Maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, bu haqda arizachiga rad etish asoslarini koʻrsatgan holda xabarnoma yuboradi

1 ish kuni

4-bosqich

Arizachi

Maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtish rad etilgan taqdirda, ushbu Nizomning 3-bobida nazarda tutilgan tartibda arizani topshiradi.

oʻz xohishiga koʻra

Agentlik

Arizani umumiy asoslarda koʻrib chiqadi.

Koʻrsatilgan davr mobaynida

5-bosqich

Ishchi organ

1. Maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, bir ish kuni ichida tegishli maʼlumotlarni reyestrga kiritadi va arizachiga xabarnoma yuboradi.

1 ish kuni

2. Arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror bilan tanishtiradi hamda tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish talablari va shartlariga rioya qilinmagan taqdirda, maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilinishi toʻgʻrisida ogohlantiradi.

3 ish kuni

6-bosqich

Maxsus rejim ishtirokchisi

1. Maxsus rejim talablari va shartlariga rioya qilgan holda tajriba-sinov loyihasini amalga oshiradi.

12 oy

2. Tajriba-sinov loyihasining amalga oshirish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza bilan Agentlikka murojaat qiladi.

muddat tugashidan 30 kun oldin

7-bosqich

Agentlik

1. Ishchi organ ariza va tegishli hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish muddatini uzaytirish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi xulosani Agentlik rahbari (oʻrinbosari)ga kiritadi.

10 ish kuni

2. Ishchi organ xulosasi asosida tajriba-sinov loyihasining amalga oshirish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

5 ish kuni

3. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida maxsus rejim ishtirokchisiga bir ish kuni ichida xabarnoma yuboriladi.

1 ish kuni

8-bosqich

Maxsus rejim ishtirokchisi

1. Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, loyihani amalga oshirishni davom ettiradi.

12 oy

2. Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish muddatini uzaytirish rad etilgan taqdirda, maxsus rejim ishtirokchisi loyihani amalga oshirishni tugatadi.

10 kun

9-bosqich

Maxsus rejim ishtirokchisi

Oʻzgartirilgan, nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, Agentlikka koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beradi.

5 ish kuni

Agentlik

Arizani qabul qilgandan soʻng reyestrga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi.

2 ish kuni

10-bosqich

Agentlik

Mazkur Nizomda koʻrsatilgan holatlar aniqlangan taqdirda, maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

3 ish kuni

Ishchi organ

Maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish toʻgʻrisida qaror asosida reyestrga tegishli maʼlumotlarni kiritadi hamda bu haqda tegishli yuridik shaxsni xabardor qiladi.

1 ish kuni

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barqaror tokenlar aylanmasini tartibga solishning maxsus huquqiy rejimini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARIZA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Yuridik shaxsning nomi:

2.

Joylashgan joyi (pochta manzili):

3.

Elektron pochta manzili:

4.

Telefon raqami:

5.

Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR)

(mavjud boʻlgan taqdirda):

6.

Xizmat koʻrsatuvchi banki:

7.

Rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi:

8.

Arizani topshirishga vakolatli shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami, elektron pochta manzili:

Sizdan ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

(murojaat maqsadi: maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki uning muddatini uzaytirish)

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

(taklif etilayotgan tajriba-sinov loyihasining qisqacha tasnifi)

amalga oshirish uchun ruxsat berishingizni soʻraymiz.

Arizaga quyidagilar ilova qilinmoqda:

1. Anketa ___ varaqda.

2. Tajriba-sinov loyiha doirasida xizmat koʻrsatish boʻyicha tuziladigan shartnomalar (ofertalar, bitimlar)ning qiymati va mijozlarning soni, tajriba-sinov loyihasida ishtirok etish uchun mijozlarning yozma roziliklari.

3. Biznes-reja.

4. Nizom va taʼsis hujjatlarining nusxasi.

5. Yuridik shaxsning rahbariyati (rahbari va oʻrinbosarlari) hamda taʼsischisi haqidagi maʼlumotlar.

Yuridik shaxs

rahbarining imzosi

___________________________

20___ yil “____” ___________

(F.I.O.)

(sana)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barqaror tokenlar aylanmasini tartibga solishning maxsus huquqiy rejimini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ANKETA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1-bob. Yuridik shaxs (arizachi) va tajriba-sinov loyihasi haqidagi maʼlumotlar

Yuridik shaxsning nomi:

Joylashgan joyi (pochta manzili):

Elektron pochta manzili:

Telefon raqami:

Rasmiy veb-sayt:

Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR):

Davlat roʻyxatidan oʻtgan sanasi va raqami:

1. Yuridik shaxs haqidagi maʼlumotlar:

1.1. Yuridik shaxsning faoliyati, shu jumladan, tashkilot tuzilmasi, faoliyat yoʻnalishi va erishgan yutuqlari haqidagi maʼlumotlar.

1.2. Yuridik shaxsning moliyaviy holati, tajriba-sinov loyihasining qiymati, tajriba-sinov loyihasining moliyalashtirish manbalari, shu jumladan har qanday jalb qilingan va (yoki) qarz mablagʻlari haqidagi maʼlumotlar.

2. Maxsus rejim doirasida tajribadan oʻtkazilishi yoki foydalanilishi rejalashtirilayotgan barqaror tokenlar aylanmasi sohasidagi texnologiya (mahsulot, xizmat) yoki ushbu sohada foydalanishda qoʻllaniladigan innovatsion yondashuv haqidagi maʼlumotlar:

2.1. Taklif etilayotgan texnologiyaning (mahsulotning, xizmatning) batafsil tavsifi, shu jumladan:

taklif etilayotgan yangi texnologiyaning (mahsulotning, xizmatning) xos xususiyatlari va ustunliklari;

taklif etilayotgan texnologiyaning (mahsulotlar, xizmatlarning) Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllanilayotgan texnologiyalardan (mahsulotlar, xizmatlardan) farqi, ushbu texnologiyalar (mahsulotlar, xizmatlar) qaysi davlatlarda qoʻllanilgani va qanday natijalarga erishilgani.

2.2. Taklif etilayotgan texnologiyaning (mahsulotning, xizmatning) foydalanish biznes-modeli va sxemasi. Har bir holat boʻyicha taklif etilayotgan texnologiyadan (mahsulotdan, xizmatdan) foydalanish jarayonini batafsil bayon etish, shu jumladan:

mijozlar bilan barqaror tokenlar aylanmasini tashkil etish va hisob-kitoblarni amalga oshirish mexanizmi;

barqaror tokenlar taʼminotini, mijozlarning mablagʻlarini saqlash va axborot xavfsizligini taʼminlash choralari.

2.3. Taklif etilayotgan texnologiyani (mahsulotni, xizmatni) batafsil tavsiflovchi texnik tizim va yechimlar hamda undan foydalanishning innovatsion usullari.

2.4. Taklif etilayotgan texnologiyaning (mahsulotning, xizmatning) prototipi tayyorligi, ishlab chiqish, shu jumladan kompleks namoyish etish muddatlari.

3. Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish uchun qoʻllanishi lozim boʻlgan imtiyoz va preferensiyalar haqidagi maʼlumot:

3.1. Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning talablari.

3.2. Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish davomida istisno etish soʻralayotgan qonunosti hujjatlarining aniq normalari hamda ularni istisno etish zaruriyatini asoslantirish.

4. Tajriba-sinov loyihasining konsepsiyasi va shakli haqidagi maʼlumotlar:

4.1. Tajriba-sinov loyihasi boʻyicha barqaror tokenlar aylanmasi sohasida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan eksperimentlar, shu jumladan, operatsiyalar turlari va ularni amalga oshirish shakllari.

4.2. 4.1-bandda koʻrsatilgan har bir eksperimentni amalga oshirilishini baholash va monitoring qilish koʻrsatkichlari.

4.3. Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirishda qoʻllaniladigan cheklovlar:

amalga oshirish muddati (loyihaning boshlanish va tugatish sanasi);

mijozlar soni va turi (masalan, jismoniy yoki yuridik shaxslar);

barqaror tokenlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda, ularni saqlashdagi limitlar va tranzaksiyalarning meʼyoriy koʻrsatkichlari, shuningdek boshqa miqdoriy cheklovlar;

koʻrilishi mumkin boʻlgan maksimal yoʻqotish va zararlar.

4.4. Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirishda yuzaga keladigan xavflar, shu jumladan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish, shuningdek, axborot xavfsizligi xavflari, texnologik xavflar va muvaffaqiyatsizliklarni boshqarish uchun joriy etiladigan nazorat mexanizmlari.

4.5. Mijozlar bilan nizoli holatlarni hal etish va ularning qonuniy huquqlari va manfaatlariga rioya etilishining kafolatlari.

4.6. Tajriba-sinov loyihasini tugatish rejasi. Bunda, tajriba-sinov loyihasini amalga oshirishda qatnashayotgan mijozlarni loyihadan chiqarish, mablagʻlarini qaytarish va xarajatlarini toʻlash boʻyicha choralar koʻrsatilishi lozim.

2-bob. Deklaratsiyalash

5. Yuridik shaxsning rahbariyati (direktor, boshqaruv raisi va oʻrinbosarlari), taʼsischilari, aksiyadorlari va oxirgi benefitsiar mulkdorlari:

har qanday jinoyat uchun tergovda qatnashgan, ayblanayotgan, sudlangan yoxud jinoiy taʼqib ostida boʻlganmi?;

oxirgi 5 yil ichida litsenziyalash yoki qonunchilik hujjatlarining boshqa talablarini buzganligi uchun maʼmuriy yoki boshqa javobgarlikka (moliyaviy sanksiyalar, litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishni toʻxtatish, tugatish yoki bekor qilish bilan bogʻliq) tortilganmi?

☐ Ha ☐ Yoʻq

5.1. Yuridik shaxs oxirgi 5 yil ichida shartnomaviy-huquqiy munosabatlar yuzasidan sudda daʼvo yoki boshqa ishlarda ishtirok etgan yoki bugungi kunda ishtirok etmoqdami?

☐ Ha ☐ Yoʻq

5.2. Yuridik shaxsga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari qoʻllanilgan yoki bugungi kunda qoʻllanilmoqdami?

☐ Ha ☐ Yoʻq

5.3. Tajriba-sinov loyihalari arizachi tomonidan ilgari taqdim etilganmi?

☐ Ha ☐ Yoʻq

5.4. Yuridik shaxs tomonidan bugungi kunda har qanday imtiyoz va preferensiyalardan foydalanilmoqdami?

☐ Ha ☐ Yoʻq

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan savollarga ijobiy javob berilgan taqdirda, quyida batafsil maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim.

☐ Mazkur anketa va unga ilova qilinayotgan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqiqiyligi va toʻgʻriligini hamda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar berilmaganligini tasdiqlayman.

☐ Arizam qanoatlantirilganidan keyin taqdim etgan hujjatlarimda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum etilishim mumkinligini tushunaman.

Yuridik shaxs rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi

Bogʻlanish telefon raqami

Elektron pochta manzili

Yuridik shaxs rahbarining imzosi

Sana

Yuridik shaxs tomonidan ariza va hujjatlarni taqdim etishga vakolat berilgan shaxs

(agar yuqoridagidan farq qilsa)

Lavozimi

Bogʻlanish telefon raqami

Elektron pochta manzili

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Anketaning barcha bandlari toʻliq toʻldirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, anketaning tegishli bandida taqdim etilayotgan hujjatlar koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barqaror tokenlar aylanmasini tartibga solishning maxsus huquqiy rejimini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs (arizachi)ning rahbariyati (rahbar va oʻrinbosarlari) va taʼsischilari haqidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1-jadval

Yuridik shaxsning rahbariyati (rahbar va oʻrinbosarlari)

Lavozim

Familiyasi, ismi va otasining ismi

Fuqarolik

JSHSHIR

(Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun)

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat

Hujjat turi

Seriya va raqami

Berilgan vaqti va amal qilish muddati

Kim tomonidan berilgan

1

2

3

4

5

6

7

8

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2-jadval

Yuridik shaxsning taʼsischilari

Familiyasi, ismi va otasining ismi yoki yuridik shaxsning nomi

Ulush hajmi

Fuqarolik (jismoniy shaxslar uchun) yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joy (yuridik shaxslar uchun)

JSHSHIR

(jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun), yoki

STIR

(yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun)

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazish

Hujjat turi

Seriya va raqami

Berilgan vaqti va amal qilish muddati

Kim tomonidan berilgan

1

2

3

4

5

6

7

8

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., 10/26/3818/0364-son; 23.07.2026-y., 10/26/3818-1/0772-son)