15.04.2026 yildagi PQ-137-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Butun umrini sanʼatga baxshida etib kelayotgan, oʻzbek milliy estradasini dunyoga tarannum qilib, yurtimizning madaniyati va sanʼati nufuzini yuksaltirishga beqiyos hissa qoʻshayotgan, serqirra faoliyati xalqlar oʻrtasida maʼnaviy koʻprik boʻlib xizmat qilayotgan ustoz sanʼatkor — Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish va yosh avlodga munosib yetkazish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 7-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabiga (keyingi oʻrinlarda — Maktab) Farrux Zokirov nomi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Farrux Zokirov nomidagi 7-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquv-tarbiya jarayonini muvofiqlashtirib borish va yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha badiiy-pedagogik kengash tashkil etilsin hamda uning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Maktabda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) “Yalla” nomidagi bolalar ansambli faoliyati tashkil etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Yoshlar ijodiy laboratoriyasi hamda “ustoz-shogird” anʼanalari asosida estrada yoʻnalishi boʻyicha ijrochilik mahorat maktablari tashkil etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) Maktab badiiy-pedagogik kengashi qarori bilan tashkil etilgan mahorat maktabining ustoz-ijodkorlari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan har oyda mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida ragʻbatlantirib borilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Yoshlar ijodiy laboratoriyasi doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 3 nafardan bolalar musiqa va sanʼat maktabining iqtidorli oʻquvchilaridan iborat guruh shakllantirilib borilsin hamda taʼtil davrida yozgi toʻgarakka jalb etilib, estrada xonandaligi boʻyicha maxsus bepul kurslarda oʻqitilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) 2026/2027 oʻquv yiliga qadar zamonaviy ovoz yozish va tasvirga olish studiyasi tashkil etilsin hamda u sahna jihoz va liboslari bilan taʼminlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) Maktab va yozgi toʻgarakka jalb qilingan oʻquvchilarning ijod namunalari televideniye va xalqaro onlayn platformalarda namoyish etib borilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Yoshlar ijodiy laboratoriyasini tashkil etish, uni jihozlash va hududlardan oʻquvchilarni yozgi toʻgarakka jalb etish, shu jumladan, ularning yashash, ovqatlanish va transport xarajatlari toʻliq Davlat budjetidan qoplansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) har yili Maktab va yozgi toʻgarakning iqtidorli 5 nafar oʻquvchilari hamda ularning oʻqituvchi va konsertmeysterlarining nufuzli xalqaro tanlovlarda ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjetidan qoplansin. Bunda ushbu tanlovlar roʻyxati Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) 2026-2027-yillarda tajriba-sinov tariqasida xalqaro nufuzli tanlovlarda gʻolib va sovrindor boʻlgan Maktab va yozgi toʻgarak oʻquvchilari (jamoalari) hamda ularni tayyorlagan oʻqituvchi (konsertmeyster) quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) “Gran-pri” va 1-oʻrin sohibi 30 million soʻm, oʻqituvchi (konsertmeyster) 20 million soʻm miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) 2-oʻrin sohibi 20 million soʻm, oʻqituvchi (konsertmeyster) 10 million soʻm miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) 3-oʻrin sohibi 10 million soʻm, oʻqituvchi (konsertmeyster) 5 million soʻm miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) ushbu bandda nazarda tutilgan xalqaro nufuzli tanlovlarning gʻolib va sovrindorlari hamda ularning oʻqituvchi (konsertmeyster)larini ragʻbatlantirish tartibi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlansin, shuningdek, 2027-yil yakunida mazkur amaliyotni respublika boʻyicha keng joriy etish yuzasidan taklif kiritilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) umumxalq bayram dasturlari va yuqori darajadagi anjumanlarning badiiy qismida Maktab va yozgi toʻgarakning iqtidorli oʻquvchilari hamda ijodiy jamoalarining ishtirok etishiga shart-sharoitlar yaratilib, qoʻllab-quvvatlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Maktabda aʼlo baholarga oʻqiyotgan oʻquvchilarning 10 nafarini Maktab badiiy-pedagogik kengashi qarori bilan Madaniyat vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktabi hamda maktab-internatlariga imtihonlarsiz qoʻshimcha kvota asosida qabul qilish tartibi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Madaniyat vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Maktabda “ustoz-shogird” ijrochilik mahorat maktablarini tashkil etishda milliy estradamizning yorqin namoyandalarini jalb etsin hamda ularning samarali faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Maktabni zarur musiqa cholgʻu asboblari, zamonaviy jihoz va texnikalar, shuningdek, musiqa darsliklari va notalar toʻplamlari bilan taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Farrux Zokirov ijro dasturi toʻliq notalashtirilishi va ularning toʻplamlari chop etilishi hamda respublika miqyosida taʼlim jarayonlariga keng tatbiq etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Maktab binosini kapital taʼmirlash va hududini obodonlashtirish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin hamda 2026-yil yakuniga qadar qurilish-taʼmirlash ishlarini yakuniga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi qarorda belgilangan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Madaniyat vazirligiga 2026-yilda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan 10 milliard soʻm ajratsin, 2027-yildan boshlab zarur mablagʻlarni Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 15-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-137-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-apreldagi PQ-137-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farrux Zokirov nomidagi 7-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquv-tarbiya jarayonini muvofiqlashtirib borish va yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha badiiy-pedagogik kengash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

F. Zokirov

—

Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti, Kengash raisi

A. Tadjixanov

—

madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari

M. Tashmatov

—

Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti

A. Mansurov

—

Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti rektori

R. Abdullayev

—

Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi

A. Tojiboyev

—

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktori

N. Qurbonova

—

“Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi direktori

D. Saparova

—

Farrux Zokirov nomidagi 7-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori, Kengash kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Kengashning tegishli aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2026-y., 07/26/137/0352-son)