Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining:
2008-yil 26-avgustda qabul qilingan “Parlament soʻrovini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi 854-I-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 2, 44-modda);
2012-yil 18-aprelda qabul qilingan “Hukumat aʼzolari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan ularning axborotini, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish tartibi toʻgʻrisida”gi 473-II-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 4, 130-modda);
2012-yil 17 oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarorlari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 545-II-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 10, 282-modda) qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 30-mart,
1885-V-son