07.04.2026 yildagi PF-56-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mening bogʻim” loyihalarini shakllantirish va amalga oshirishda jamoatchilik hamda xalq vakillari ishtirokini kengaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston xalqi va Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosini tashkil etish hamda hududlarda “Mening bogʻim” loyihalarini amalga oshirishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va jamoatchilik tashabbuskorligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Asosiy vazifalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Mening bogʻim” loyihalarini tashkil etish jarayonlarini takomillashtirish, ularni amalga oshirishda yangi mexanizmlarni joriy qilishning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Mening bogʻim” loyihalari tanlovida gʻolib boʻlmagan loyihalarni saylovchilar manfaatlari va hududning ekologik holatidan kelib chiqqan holda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari (keyingi oʻrinlarda — deputatlar) tomonidan gʻolib deb eʼlon qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “Mening bogʻim” loyihalarini hududning tuproq-iqlim sharoiti va suv taʼminotiga mos ravishda shakllantirish tizimini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) “Mening bogʻim” loyihalari doirasida yashil bogʻlar va yashil jamoat parklarida daraxtlar va oʻsimliklarni ekish, ularni doimiy parvarishlash, barpo etilgan obyektlar holatini sifatli saqlashning yangi amaliyotini kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Mening bogʻim” loyihalarini shakllantirish jarayonlarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokini yoʻlga qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi), Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri Kengashlarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Ochiq budjet” axborot portalidagi tanlovda gʻolib boʻlmagan kamida bitta “Mening bogʻim” loyihasini deputatlar tomonidan tegishli saylov okrugidagi saylovchilar manfaatlari va hududning ekologik holatidan kelib chiqib, gʻolib deb eʼlon qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Tashabbusli budjet jarayonlarida parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha komissiyasi tomonidan mazkur jarayonlarni muvofiqlashtirish, “Mening bogʻim” loyihalarning moliyalashtirilishi va amalga oshirilishi ustidan parlament nazoratini olib borishni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi takliflarini maʼqullash doirasida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026/2027-yilgi mavsumdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Mening bogʻim” loyihalari (keyingi oʻrinlarda — loyihalar) doirasida yashil bogʻlar va yashil jamoat parklarini tashkil qilish uchun har yili Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni taqsimlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) 60 foiz mablagʻlar — “Ochiq budjet” axborot portali (keyingi oʻrinlarda — portal) orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan loyihalarni moliyalashtirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) 40 foiz mablagʻlar — deputatlar tomonidan tegishli saylov okrugida gʻolib boʻlmagan, lekin saylovchilar manfaatlarini inobatga olgan holda gʻolib deb eʼlon qilingan loyihalarni moliyalashtirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) portalda deputatlar tashabbuslari asosida moliyalashtiriladigan loyihalar uchun alohida sahifa tashkil etilib, shu turdagi barcha loyihalarning jamoatchilik uchun ochiq roʻyxati yuritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) deputatlar tomonidan gʻolib deb eʼlon qilingan loyihalar portaldagi “Deputat tashabbusi” sahifasiga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash orqali kiritiladi va bu loyihalarni moliyalashtirish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) portal orqali shakllantiriladigan loyihalar va har bir deputat tomonidan bir mavsumda kamida bitta gʻolib deb eʼlon qilinadigan loyihani moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablagʻlar bazaviy hisoblash miqdorining bir ming baravarigacha miqdorni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) deputatlar tashabbusi asosida moliyalashtiriladigan loyihalar uchun qoʻyiladigan talablar Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bogʻim” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomda nazarda tutilgan mezonlar asosida belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) bir loyiha doirasida yashil bogʻlar va yashil jamoat parklarini tashkil etishga bir gektargacha oʻlchamdagi yer maydoni ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yangi joriy etilayotgan amaliyotni dastlabki bosqichda eksperiment tariqasida sinab koʻrish maqsadida 2025/2026-yilgi mavsumda portal orqali oʻtkazilgan tanlovda yetarlicha ovoz yigʻilmagani sababli gʻolib aniqlanmagan tuman va shaharlardagi loyihalarni deputatlar tomonidan saylov okruglaridagi saylovchilar manfaatlarini inobatga olgan holda gʻolib deb eʼlon qilishga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. “Mening bogʻim” loyihalarini shakllantirish, saralab olish, yashil bogʻlar va yashil jamoat parklarini barpo etish hamda ularni saqlash jarayonlarini yanada takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq loyihalarni shakllantirish jarayonlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Kadastr agentligi har yili 1-sentabrga qadar respublikaning barcha tuman (shahar) hokimliklari tasarrufidagi boʻsh yer uchastkalari, ular maydoni va manzili haqidagi maʼlumotlarni inventarizatsiyadan oʻtkazib, natijalarini Ekologiya qoʻmitasiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Ekologiya qoʻmitasi har yili 20-dekabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda taqdim etilgan yer maydonlarining tuproq tarkibini oʻrganadi va sugʻorish manbalari mavjudligini aniqlagan holda koʻchat ekish uchun yaroqli maydonlar roʻyxatini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) yashil bogʻlar va yashil jamoat parklarini tashkil etishga maqbul yerlarni aniqlashtirib, roʻyxatini portalga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) deputatlar loyiha uchun boʻsh turgan yer uchastkalari roʻyxatini shakllantirishda oʻzining tegishli hududdagi saylovchilari manfaatlaridan kelib chiqib ishtirok etishi mumkin boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) loyihalar doirasida yashil bogʻlar va yashil jamoat parklarini barpo etish boʻyicha ovoz berish jarayonlarini tashkil etish qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Mening bogʻim” loyihalari doirasida yashil bogʻlar va yashil jamoat parklarini barpo etish uchun tanlanadigan yer maydonlariga qoʻyiladigan talablar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) aholi tomonidan yashil bogʻlar va yashil jamoat parklarini tashkil qilish boʻyicha maydon manzili hamda rasmlarini koʻrsatgan holda tashabbus bildirish amaliyoti saqlab qolinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) mazkur masalalar boʻyicha aholi tarafidan tashabbus bildirilganda Ekologiya qoʻmitasi tomonidan 5 kun muddatda portal orqali tashabbus muallif(lar)iga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) tegishli yer uchastkasida tashabbusni amalga oshirish imkoniyatlari (boʻsh turganligi, auksionga chiqarilganligi yoki qishloq xoʻjaligiga moʻljallanganligi kabi maʼlumotlar) va maqsadga muvofiqligi (iqlim va hududning oʻziga xosligi) haqida xabar beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) tashabbusni amalga oshirish imkoniyati mavjud boʻlmagan yoki maqsadga muvofiq boʻlmagan hollarda ular istiqomat qiladigan yoki roʻyxatda turadigan hududda ovoz berishga chiqarilgan yer uchastkalari haqida maʼlumot beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) loyihalarning tuman (shahar)lar kesimidagi roʻyxati ovoz berish jarayonlariga 15 kun qolganda jamoatchilik uchun eʼlon qilinadi va roʻyxatga aholi tomonidan ilgari surilgan hamda ovozga chiqarish maqsadga muvofiq deb topilgan loyihalar ham kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) loyihalar uchun yer uchastkalari roʻyxatini shakllantirishda, birinchi navbatda, tegishli tuman (shahar)lar markazidagi, aholi doimiy gavjum boʻlgan hududlardagi hamda koʻp xonadonli uylar atrofidagi boʻsh turgan yer maydonlariga eʼtibor qaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) loyihalar doirasida yashil bogʻlar va yashil jamoat parklarini tashkil etish uchun ajratilgan yer maydonlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) tegishli loyiha yetarlicha ovoz yigʻa olmaganda, deputat tomonidan gʻolib deb eʼlon qilish uchun yetarli asoslar boʻlmaganda yoki loyiha qiymati ajratilgan summadan kam boʻlgan taqdirda, iqtisod qilingan mablagʻlar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzilli koʻkalamzorlashtirish investitsiya dasturidagi, shu jumladan, tegishli hududdagi boshqa loyihalarga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) yer maydonlariga qoʻyiladigan talablar doirasida zarur infratuzilmani yaratish tuman (shahar) hokimliklari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 2025/2026-yilgi mavsumdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) gʻolib loyihalar doirasida yashil bogʻlar va yashil jamoat parklarini yaratish, parvarishlash, oʻsimliklar kasalligi va zararkunandalarga qarshi kurashish tadbirlari Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi tizimi tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ekilgan daraxt va buta koʻchatlarini parvarishlash, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish tadbirlarini tashkil etishda tegishli tuman (shahar) obodonlashtirish boʻlimlari shartnoma asosida tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari doirasida jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov) bir oy muddatda loyiha doirasida portalning “Deputat tashabbusi” sahifasi deputatlarning shaxsiy elektron kabinetlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Kadastr agentligi bir oy muddatda tuman (shahar) hokimliklari tasarrufida boʻsh turgan yer uchastkalari, ularning maydoni va manzili haqidagi maʼlumotlar boʻyicha axborot tizimi “Yashil makon” elektron platformasi va deputatlarning shaxsiy elektron kabinetlariga integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov) loyihalarning ekologik holatini baholashda Ekologiya qoʻmitasining soʻroviga asosan ikki hafta muddatda tegishli hududda suv taʼminoti toʻgʻrisidagi haqqoniy maʼlumotlarni taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hisob palatasi 2026-yil 1-maydan boshlab hududlarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini oʻrganib borish boʻyicha ishchi guruhlar orqali gʻolib boʻlgan loyihalarni qonunchilikka asosan moliyalashtirish va ularning samaradorligini taʼminlash jarayonlari ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin va har yil yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilansinki, 2026/2027-yilgi mavsumdan boshlab Ekologiya qoʻmitasi har yarim yilda tuman (shahar)lar kesimida gʻolib boʻlgan loyihalar doirasida yashil bogʻlar va yashil jamoat parklari tashkil etilishi va parvarishlash jarayonlari yuzasidan ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilikka axborot berib boradi, maʼlumotlarni rasmlar bilan birga rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar orqali eʼlon qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ekologiya qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha maʼlumotlarni keng jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazishni tashkillashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari A. Ramatov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 7-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-56-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-apreldagi PF-56-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mening bogʻim” loyihalari doirasida yashil bogʻlar va yashil jamoat parklarini barpo etish uchun tanlanadigan yer maydonlariga qoʻyiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yer maydonining oʻlchami 1 gektargacha boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aholi yashash hududiga yaqinligi — Yer maydoni aholi yashash punktlari va unga tutash boʻlgan hududlarda boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Relyefning qulayligi — yer maydonlari tekis, qurilish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borishga yaroqli boʻlishi, yer tuprogʻi unumdor, shoʻrlanmagan, koʻchat ekish uchun yaroqli boʻlishi, yer maydoni tabiiy ofatlar xavfi yuqori boʻlgan hududlarda joylashmagan boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ekologik xavfsizlik — yer maydoni sanoat korxonalari, chiqindilar poligoni, avtotrassalar va boshqa ifloslanish manbalaridan xavfsiz masofada joylashgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sugʻorish tizimini tashkil etish imkoniyati mavjudligi — sugʻorish uchun yerosti yoki yerusti suv manbalariga ulanish imkoniyati mavjud boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Huquqiy maqomining aniqligi — yer uchastkasi mahalliy hokimlik zaxirasida boʻlishi hamda bahsli holatlarga ega boʻlmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Muhandislik kommunikatsiyalariga yaqinlik — elektr taʼminoti, suv tarmoqlari va yoritish tizimlarini oʻrnatish imkoniyati mavjud boʻlishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Magistral muhandislik tarmoqlariga yaqin joylashmagan boʻlishi — gaz, neft, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari, magistral suv quvurlari hududidan oʻtmagan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qurilish chiqindilari bilan ifloslanmagan boʻlishi — yer sathida beton, asfalt, metall va boshqa qurilish chiqindilari mavjud boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mavjud daraxtlarni kesish talab etilmasligi — loyihani amalga oshirish mavjud sogʻlom daraxtlarni yoʻq qilishni taqozo etmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yer maydonlari oʻtgan yillarda loyiha boʻyicha yashil bogʻ va yashil jamoat parklari barpo qilinmagan mahallalar hududlaridan tanlanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yer maydonlarini “Yangi Oʻzbekiston” massivlari hamda koʻp xonadonli turar joy majmualari hududlaridan tanlashga ustuvorlik berilishi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2026-y., 06/26/56/0324-son)