07.04.2026 yildagi PQ-128-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar tizimida respublika kitobxonlik tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar tizimida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish va shaxsiy tarkibning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — vazirlik va idoralar), Yoshlar ishlari agentligi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining 2026-yildan boshlab har yili:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) alohida-alohida muddatli harbiy xizmatchilar, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar, oliy harbiy va oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari kursantlari (keyingi oʻrinlarda — kursantlar) hamda harbiy-akademik litseylar oʻquvchilari (keyingi oʻrinlarda — oʻquvchilar) oʻrtasida “Maʼnaviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovini (keyingi oʻrinlarda — kitobxonlik tanlovi) toʻrt bosqichda oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) kitobxonlik tanlovining respublika bosqichida vazirlik va idoralarning muddatli harbiy xizmatchilari, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilari, kursantlari hamda oʻquvchilari orasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) birinchi oʻrinni egallagan jami toʻrt nafar gʻolibning har birini Oliy Bosh qoʻmondonning bosh sovrini — elektromobil hamda diplom bilan taqdirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ikkinchi oʻrinni egallagan jami toʻrt nafar sovrindorning har birini bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobari miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti hamda diplom bilan taqdirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) uchinchi oʻrinni egallagan jami toʻrt nafar sovrindorning har birini bazaviy hisoblash miqdorining 70 barobari miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti hamda diplom bilan taqdirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) kitobxonlik tanlovining respublika bosqichida birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallagan muddatli harbiy xizmatchilarning xizmat muddatini ragʻbatlantirish tariqasida bir oyga qisqartirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar kitobxonlik tanlovining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasida mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mustahkam kafolatlaridan biriga aylanib borayotgan Qurolli Kuchlarni chinakam maʼrifat maskaniga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) vazirlik va idoralarning harbiy xizmatchilari, kursantlari va oʻquvchilarining mutolaa madaniyatini oshirish orqali ularning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishi, vatanparvarlik tuygʻulari hamda jangovar ruhini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) vazirlik va idoralarning harbiy xizmatchilari, kursantlari va oʻquvchilarining maʼnaviy-axloqiy tayyorgarligini yangi bosqichga olib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) vazirlik va idoralarning harbiy xizmatchilari, kursantlari va oʻquvchilarining kasbiy, intellektual hamda maʼnaviy salohiyatini oshirib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida “Maʼnaviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovini tashkil etish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) kitobxonlik tanlovi quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) birinchi bosqich — harbiy qismlar, oliy harbiy va oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari hamda harbiy-akademik litseylarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ikkinchi bosqich — harbiy okrug (birlashma, boshqarma, qoʻshilma)larda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) uchinchi bosqich — vazirlik va idoralarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) toʻrtinchi bosqich — respublika miqyosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) kitobxonlik tanlovi roʻyxati Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlanadigan badiiy adabiyotlar doirasida oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) kitobxonlik tanlovi respublika bosqichining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) tashkiliy-amaliy masalalari — vazirlik va idoralar, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ilmiy-ijodiy masalalari — Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tashkiliy qoʻmita:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) bir oy muddatda kitobxonlik tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) kitobxonlik tanlovini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida kitobxonlik tanlovining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) gʻolib va sovrindorlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) birinchi oʻrin uchun elektromobillar va diplomlar Oliy Bosh qoʻmondon nomidan mudofaa vaziri tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ikkinchi va uchinchi oʻrinlar uchun biryoʻla toʻlanadigan pul mukofotlari hamda diplomlar Oliy Bosh qoʻmondon nomidan vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan topshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) gʻolib va sovrindorlari boʻlmagan boshqa ishtirokchilari (bundan muddatli harbiy xizmatchilar, kursantlar va oʻquvchilar mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan vazirlik va idoralar rahbariyati tomonidan taqdirlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, kitobxonlik tanlovining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) birinchi, ikkinchi va uchinchi bosqichlari gʻoliblarini ragʻbatlantirish bilan bogʻliq xarajatlar tegishlicha vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) respublika bosqichida birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallagan gʻoliblar va sovrindorlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar ushbu gʻoliblar va sovrindorlar xizmat qilayotgan
va oʻqiyotgan vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga Mudofaa vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan birgalikda kitobxonlik tanlovining mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 7-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-128-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-apreldagi PQ-128-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tizimida “Maʼnaviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovini tashkil etish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Sh.G. Xalmuxamedov

—

mudofaa vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi

2.

A.Z. Saʼdullayev

—

Yoshlar ishlari agentligi direktori, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

3.

O.A. Xasanov

—

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

4.

S.S. Saidov

—

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

5.

D.N. Sattarov

—

ichki ishlar vaziri oʻrinbosari  —  Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻi

6.

N.B. Kadirov

—

favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari  —  Maʼnaviy-maʼrifiy  ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻi

7.

B.A. Shayakubov      

—

Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari

8.

Z.A. Abdullayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari  

9.

S.D. Mamayusupov

—

Milliy gvardiya qoʻmondonining tarbiyaviy ishlar, kadrlar va yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari

10.

A.Sh. Babajanov

—

Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi rahbari oʻrinbosari

11

U.R. Salomov

—

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari

12.

O.B. Choriyev

—

Bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

13.

B.M. Axmedov

—

madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari

14.

A.K. Koʻchimov

—

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

15.

A.A. Djurabayev

—

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

16.

X.X. Salimov

—

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi oʻrinbosari

17.

I.M. Mirzaaliyev

—

Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2026-y., 07/26/128/0323-son)