Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 10.07.1998 yildagi 295-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 10.07.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZBEKISTON HAVO YOʻLLARI” MILLIY AVIAKOMPANIYASI TIZIMIDA KADRLAR BILAN IShLAShNI YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasida oʻtkazilgan tekshirish natijasida kadrlarni reja asosida tayyorlash, qayta tayyorlash, tanlash, ular zaxirasini shakllantirish va ularni joy-joyiga qoʻyish masalalarida kamchiliklar aniqlandi. Keyingi yillarda kadrlar qoʻnimsizligi tendensiyasi yuzaga keldi. Fuqaro aviatsiyasida tajribaga ega boʻlmagan xodimlarni zaxiraga qoʻshib qoʻyish hollari mavjud. Direksiya apparatining rahbarlik lavozimlariga oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislar tayinlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishni tashkil etishni yaxshilash va uni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi A. Gʻ. Roʻzmetov kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish intizomini buzganligi uchun Vazirlar Mahkamasining qarori bilan intizomiy javobgarlikka tortilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasini tekshirish yakunlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining rahbar xodimlari ishtirokida kompaniya boshqaruvi kengashining kengaytirilgan majlisida muhokama qilinganligi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tadbirlar belgilanganligi va amalga oshirilayotganligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining tegishli buyrugʻi chiqarilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi (Roʻzmetov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan belgilangan tadbirlarning bajarilishi ustidan amaliy nazoratni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati bilan kelishilgan holda boshqaruv kengashida kompaniya apparati va kompaniyaga qarashli korxonalar rahbarlik lavozimlarini almashtirish uchun kadrlar zaxirasini bir oy muddatda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi markaziy apparati rahbar xodimlarini, korxonalar va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari hamda ularning oʻrinbosarlarini navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin va attestatsiyadan oʻtkazishi jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Attestatsiya komissiyasi bir hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqitish uchun malakali mutaxassislar va olimlarni jalb etgan holda (navbatdan tashqari attestatsiyadan oldin) oʻqitish mavzui rejasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish tartibini, fuqaro aviatsiyasida iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda kadrlarning tutgan oʻrnini, uning ishini tashkil etish prinsiplari va usullarini, bozor islohotlari sharoitlarida uning faoliyat koʻrsatishining qonunchilik-huquqiy asoslarini yorituvchi masalalar roʻyxatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (Roʻzmetov), Mudofaa vazirligi (Tursunov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Gʻulomov), “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati (Kucherov)ning Toshkent davlat aviatsiya instituti, Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati oʻquv markazi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining oʻquv-mashq qilish markazi va Oʻzbekiston Respublikasi mudofaaga yordam beruvchi “Vatanparvar” tashkilotining bazasida Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiyasi ehtiyojlari uchun kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashga oid takliflari 3-ilovaga* muvofiq qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (Tursunov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Gʻulomov) 1998-yil 1-sentabrgacha Toshkent davlat aviatsiya institutining aviatsiya mutaxassisliklari boʻyicha zaxiradagi ofitsyerlar tayyorlovchi zarur darajada kengaytirilgan harbiy kafedrasini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi (Gʻofurov), Moliya vazirligi (Sayfuddinov) 1999 va keyingi yillar uchun investitsiya dasturini shakllantirishda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga Toshkent davlat aviatsiya institutining yangi oʻquv-laboratoriya kompleksi qurilishi va sport kompleksi qurilishini tugallash uchun mablagʻ bilan taʼminlashning markazlashtirilgan manbalari limitlarini maqsadli ajratishni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Moliya vazirligi (Sayfuddinov) 1999 va keyingi yillar uchun respublika budjetini shakllantirishda nostandart asbob-uskunalar va jihozlar sotib olish, shuningdek, Toshkent davlat aviatsiya instituti binolarini, inshootlarini va muhandislik kommunikatsiyalarini mukammal tuzatish uchun mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Moliya vazirligi (Sayfuddinov), “Ustoz” (Gʻulomov) va “Umid” (Azimov) respublika jamgʻarmalari Toshkent davlat aviatsiya instituti ilmiy kadrlarini tayyorlash va uning professor-oʻqituvchilari tarkibini 4-ilovaga* muvofiq qayta tayyorlash uchun teng ulushlarda zarur mablagʻlar ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari L. A. Axmetov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 10-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
295-son