30.03.2026 yildagi PF-50-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini raqamlashtirish va samaradorligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini samarali himoya qilish tizimini takomillashtirish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini soʻzsiz va oʻz vaqtida ijro etishni taʼminlash, ijro tartib-taomillarini raqamlashtirish ishlarini yanada kengaytirish hamda sohaga sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini transformatsiya qilishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini taʼminlash jarayoniga sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish orqali ijro ishlari 30 foizining ijrosini davlat ijrochisining aralashuvisiz taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ijro ishi yurituvini raqamlashtirishni yanada jadallashtirish, sohada inson omilini bartaraf etish mumkin boʻlgan jarayonlarni avtomatlashtirish orqali tezkorlik darajasini keskin oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) fuqarolarning Konstitutsiya bilan belgilangan daxlsizlik huquqlarini buzmagan holda ayrim majburiy ijro harakatlarini undiruvchilar tomonidan amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimiga ilgʻor xalqaro tajriba asosida yangicha yondashuvlarni joriy qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish mexanizmlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2027-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish va axborot tizimlarini takomillashtirish orqali davlat ijrochilari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning kamida 70 foizi avtomatlashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini taʼminlashdagi ish yurituv jarayonlari zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida elektron shaklda yuritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ijro harakatlari davomida undirilgan pul mablagʻlarini taqsimlash jarayonlari raqamlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bosh prokuratura va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2026-yil 1-iyuldan boshlab sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlariga asosan davlat daromadiga oʻtkazilishi nazarda tutilgan avtomototransport vositalari va koʻchmas mulklarni davlat ijrochisining qarori asosida toʻgʻridan-toʻgʻri Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026-yil 1-sentabrga qadar toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonidagi yuridik shaxslarning majburiyatlari boʻyicha elektron maʼlumot almashinuvini taʼminlovchi platformani joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) Markaziy bank va Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda soliq qarzi va muammoli kreditlarni undirishda quyidagilarni nazarda tutuvchi yangicha yondashuvni joriy etsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ijro hujjatlari boʻyicha mol-mulkni undiruvchi tomonidan rasmiylashtirilgan protsessual hujjatlar asosida davlat ijrochisining qarori bilan elektron onlayn auksion savdolari orqali realizatsiya qilish imkonini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) yuridik shaxslarning mol-mulklarini xatlash, koʻzdan kechirish bilan bogʻliq protsessual hujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) soliq organining soliq qarzini undirishga oid ijro hujjatlari boʻyicha — soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) garov bilan taʼminlangan majburiyatlarni bajarish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha davlat ijrochisining topshirigʻiga asosan tijorat bankining vakolatli shaxsi tomonidan amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat ijrochilarining mol-mulklarni xatlash va koʻzdan kechirish bilan bogʻliq huquqlari saqlab qolinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ijro hujjatlari boʻyicha savdolarni tashkil etish bilan bogʻliq hujjatlarni (garov hujjatlari, xatlov, koʻzdan kechirish dalolatnomalari, auksion savdo natijalari hamda undiruvchiga topshirilgan mol-mulklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va boshqa hujjatlar) elektron platformalar orqali yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) soliq organining mansabdor shaxsi yoki tijorat bankining vakolatli shaxsi tomonidan amalga oshirilgan xatlash va koʻzdan kechirish dalolatnomalariga asosan realizatsiya qilingan yoki taklif etilgan mol-mulklarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xatarlarni rasmiylashtiruvchi idoralar zimmasida qoldirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bosh prokuratura va Oliy sudning quyidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ayrim toifadagi ijro hujjatlari boʻyicha qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb eʼlon qilinganda yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda unga nisbatan yuritilgan ijro ishlarini davlat ijrochisining qarori bilan tugatish amaliyotini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) qonunda nazarda tutilgan ayrim toifadagi ijro hujjatlarini majburiy ijroga taqdim etilguniga qadar tegishli davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga topshirishni undiruvchining huquqi sifatida belgilash va ushbu ijro hujjatlari toifasiga undiruvni undiruvchi-yuridik shaxslar tomonidan qarzdor-jismoniy shaxsning ish haqi va boshqa daromadlariga qaratishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bosh prokuratura, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Savdo-sanoat palatasining ijro ishlari doirasida qarzdor yuridik shaxslarning xatlangan hisob raqamlariga kelib tushayotgan mablagʻlardan ish haqi va kommunal toʻlovlar uchun foydalanishga ruxsat berish tizimini joriy qilish haqidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bosh prokuratura, Oliy sud ikki oy muddatda manfaatdor idoralar bilan birgalikda mazkur Farmonning 5 va 6-bandida nazarda tutilgan tartib boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 2026-yil 1-maydan boshlab aliment toʻlovlarini undirish tizimi samaradorligini oshirish maqsadida aliment boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlganda qarzdorlik toʻliq bartaraf etilguniga qadar alohida yirik bitimlarni amalga oshirish, ayrim turdagi moliya-kredit va davlat xizmatlaridan foydalanishni cheklash tartibi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) ikki oy muddatda mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan tartibni tasdiqlash hamda ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlik mavjudligi tekshirilib amalga oshiriladigan yirik bitimlar, moliya-kredit va davlat xizmatlari roʻyxatini kengaytirishga oid qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov) “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJ bilan birgalikda 2026-yil 1-iyulga qadar ijro ishlari doirasida fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan kommunal toʻlovlar boʻyicha elektron maʼlumot almashinuvini “Raqamli hukumat” tizimi orqali yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda fuqarolarni ijro hujjatlari boʻyicha mavjud majburiyatlari haqida kengroq xabardor qilish maqsadida ijro jarayonida fuqarolarga nisbatan qoʻllangan cheklovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Raqamli hukumat” tizimi orqali toʻlov tashkilotlarining raqamli platformalariga begʻaraz asosda, boshqa tashkilotlarga belgilangan tartibda taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) va Markaziy bankning (T. Ishmetov) muammoli kreditlarni undirishni takomillashtirishga qaratilgan quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) muammoli kreditlar boʻyicha ijro hujjatlari asosida vujudga kelgan majburiyatlarni undirish bilan bogʻliq harakatlarni amalga oshirishni ixtisoslashtirilgan davlat ijrochilariga yuklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasidan tijorat banklari tomonidan moliyalashtiriladigan mablagʻlar hisobidan qoʻshimcha 400 ta ixtisoslashtirilgan davlat ijrochisi shtat birligini ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tijorat banklari tomonidan mablagʻ ajratilgunga qadar uch oy davomida kelgusidagi tushumlar hisobidan qoplash sharti bilan ixtisoslashtirilgan davlat ijrochisi shtat birliklarini moliyalashtirishni Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasidan amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) ixtisoslashtirilgan davlat ijrochisi shtat birliklarini qoʻshimcha ajratish yoki kamaytirish Bosh prokuror buyrugʻi bilan amalga oshirilishini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy ijro byurosi va Markaziy bank ikki oy muddatda kelishilgan holda muammoli kreditlar boʻyicha ijro hujjatlari asosida vujudga kelgan majburiyatlarni undirishda amalga oshiriladigan toʻlovlarni ajratish tartibini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlar Majburiy ijro byurosi va tijorat banklari oʻrtasida tuziladigan shartnoma doirasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Raqamlashtirish bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi qoʻshimcha serverlarni xarid qilish orqali modernizatsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bosh prokuratura manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-388-son qarorining 23-bandi “Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻlar” soʻzlaridan keyin “va Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasiga undiriladigan ijro yigʻimi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.T. Yoʻldoshev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi boʻyicha departamenti boshligʻi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 30-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-50-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 06/26/50/0296-son)