Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot shakli va uni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 19-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2515-6]
Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 9-sentabrdagi 83-son “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot shakli va uni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2515, 2013-yil 9-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 41-son, 553-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston auditorlar palatasi hamda Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 12-mart,
344-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi raisi B. XAMDAMOV
2026-yil 4-mart
Oʻzbekiston auditorlar palatasi raisi F. RASHIDOV
2026-yil 4-mart
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 12-martdagi 344-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot shakli va uni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-ilovaning IV bobi 24-satri quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ | |||
manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalaridan iborat boʻlgan xayriya, jamoat fondlari va boshqa fondlar (bundan bir kalendar yilda bank hisobvaraqlarida pul aylanmasi mavjud boʻlmagan jamoat fondlari mustasno) | 24 | ||
”. |
2. 2-ilovaning 24-bandi sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24-satrning 3 va 4-ustunlarida mos ravishda manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalaridan iborat boʻlgan xayriya, jamoat fondlari va boshqa fondlar (bundan bir kalendar yilda bank hisobvaraqlarida pul aylanmasi mavjud boʻlmagan jamoat fondlari mustasno) boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar soni va summasi koʻrsatiladi;”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/2515-6/0267-son)