19.03.2026 yildagi 112-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatida davlat va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Andijon viloyatida tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 16-fevraldagi PQ-63-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, Andijon viloyatida zamonaviy menejment tamoyillari hamda davlat va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik tizimini joriy etish, mavjud resurslardan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalari negizida “Andijon Invest kompaniyasi” AJ va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismini shaharsozlik faoliyati obyektini qurish yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha toʻlov qiymatiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatida davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatida shaharsozlik renovatsiya loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Andijon viloyati hokimligi “Andijon Invest kompaniyasi” AJ tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalarini har yili 1-mayga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan shakllantiriladigan Investitsiya dasturiga kiritib borish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 19-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-martdagi 112-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalari negizida “Andijon Invest kompaniyasi” AJ va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Andijon viloyatida tijorat maqsadida foydalanish imkoni mavjud boʻlgan davlatga tegishli yer uchastkalari (keyingi oʻrinlarda — yer uchastkalari) negizida yuridik shaxslar ustav kapitalida ishtirok etish orqali yoki oddiy shirkat shartnomasi asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasi — yuridik shaxslar ustav kapitalida ishtirok etish orqali yoki oddiy shirkat shartnomasi asosida yer uchastkalari negizida iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish uchun 10 million AQSH dollari va undan yuqori boʻlgan ekvivalentdagi investitsiyalarni amalga oshirishga yoxud jalb etishga qaratilgan, oʻzaro bogʻliq boʻlgan tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ shartnoma — oʻz huquqlarini amalga oshirish yoki amalga oshirishdan oʻzini tiyish (voz kechish), jamiyat aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) umumiy yigʻilishida ovoz berish, jamiyatni boshqarish boʻyicha harakatlarni kelishib amalga oshirish hamda ustav kapitalidagi ulushlarini maʼlum narxda yoki muayyan holatlarda qoʻlga kiritish yoki begonalashtirishdan oʻzini tiyish tartibini belgilash majburiyatini belgilaydigan shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oddiy shirkat shartnomasi — “Andijon Invest kompaniyasi” AJ (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) va auksion gʻolibi tomonidan foyda olish yoki qonunga zid boʻlmagan boshqa maqsadga erishish uchun oʻz hissalarini qoʻshish va yuridik shaxs tuzmasdan birgalikda ishlash majburiyatini belgilaydigan shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha buyurtmachi — yer uchastkalari negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish vakolatiga ega yuridik shaxs — Kompaniya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksion gʻolibi — “E-auksion” elektron savdo platformasida oʻtkaziladigan elektron onlayn auksion savdolarida (keyingi oʻrinlarda — auksion savdolari) gʻolib deb eʼtirof etilgan ishtirokchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik jamiyati — Kompaniya va auksion gʻolibi taʼsischiligida tashkil etiladigan masʼuliyati cheklangan jamiyat yoki aksiyadorlik jamiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish huquqining boshlangʻich qiymati — baholash tashkiloti tomonidan aniqlanadigan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini baholash qiymati hamda loyiha hujjatlarini tayyorlash, baholash va rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar qiymati yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor — oʻz mablagʻlarini, qarzga olingan va jalb etilgan mablagʻlarni, mulkiy boyliklarni va ularga doir huquqlarni investitsiya faoliyati obyektlariga investitsiya sifatida kirituvchi investitsiya faoliyati subyekti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yer uchastkalari negizida investitsiya loyihalari yuridik shaxslar ustav kapitalida ishtirok etish orqali yoki oddiy shirkat shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan mexanizmlar asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tanlangan yer uchastkalari Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq Kompaniyaga 49 yildan oshmaydigan muddatga toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yer ijara huquqi uchun toʻlov va loyiha qiymatining kamida 10 foiziga teng kafolat mablagʻini joylashtirish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yer uchastkalari negizida investitsiya loyihasini taklif etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yer uchastkalari negizida amalga oshiriladigan investitsiya loyihasining master rejasi, loyiha hujjatlari va boshqa ruxsat berish hujjatlari (keyingi oʻrinlarda — loyiha hujjatlari) Kompaniya tomonidan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda investitsiya loyihasi yuridik shaxslar ustav kapitalida ishtirok etish orqali amalga oshirilganda — tashkil etiladigan xoʻjalik jamiyatining ustavi, taʼsis shartnomasi va korporativ shartnoma, oddiy shirkat shartnomasi orqali amalga oshirilganda — oddiy shirkat shartnomasi loyihalari ham tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kompaniya tomonidan belgilangan tartibda eng yaxshi takliflarni tanlash yoʻli bilan loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun professional loyiha tashkilotlari va yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini baholash uchun baholash tashkilotlari jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga xalqaro ekspertlar va xalqaro moliya tashkilotlari ham jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish huquqining boshlangʻich qiymati Kompaniya tomonidan mazkur Nizomga asosan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish huquqini mazkur Nizomning 2-bobida nazarda tutilgan hujjatlar rasmiylashtirilgandan soʻng Kompaniya tomonidan onlayn auksion savdolariga chiqarish boʻyicha buyurtma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “E-auksion” elektron savdo platformasiga yuklash uchun baholovchi tashkilotning hisoboti, loyiha hujjatlari Andijon viloyati hokimligi bilan kelishilgandan soʻng Kompaniya tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda, investitsiya loyihasi yuridik shaxslar ustav kapitalida ishtirok etish orqali amalga oshirilganda — tashkil etiladigan xoʻjalik jamiyatining ustavi, taʼsis shartnomasi va korporativ shartnoma, oddiy shirkat shartnomasi orqali amalga oshirilganda — oddiy shirkat shartnomasi “E-auksion” elektron savdo platformasi operatoriga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish huquqini savdoga chiqarishda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish huquqining boshlangʻich qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish huquqi uchun toʻlovlarni amalga oshirish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning faoliyat turi yoki yoʻnalishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha amalga oshiriladigan yer maydoni va joylashuvi (lokatsiyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniya belgilagan auditorlik tashkiloti tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonining auditdan oʻtkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-auksion” elektron savdo platformasi operatori xizmatiga toʻlovlarni auksion gʻolibi tomonidan toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniyaning loyihadagi ishtirokining foizi (50 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda auksionda shakllangan narxning 35 foizi bir oy ichida, qolgan qismi teng ulushlarda oʻn ikki oy davomida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Investitsiya loyihasi yuridik shaxslar ustav kapitalida ishtirok etish orqali amalga oshirilganda — tashkil etiladigan xoʻjalik jamiyatining korporativ shartnomasida, oddiy shirkat shartnomasi orqali amalga oshirilganda — oddiy shirkat shartnomasida qoʻshimcha ravishda quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasini amalga oshirish bilan bogʻliq tomonlarning birgalikdagi majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasini amalga oshirish muddati (4 yildan koʻp boʻlmagan muddat);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasi qiymati yoki kiritiladigan investitsiya hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya hajmlarini oʻzlashtirish reja-grafigi (yiliga kamida 25 foiz);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasining asosiy samaradorlik (KPI) koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniya belgilagan auditorlik tashkiloti tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonining auditdan oʻtkazilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniya tomonidan mazkur bandda koʻrsatilgan hujjatlarda qoʻshimcha shartlar va talablar nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Savdo natijalariga koʻra auksion gʻolibi deb topilgan shaxsga Kompaniya tomonidan bir tomonlama qoʻshimcha majburiyatlarni yuklashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish huquqini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish, auksion savdolarini oʻtkazish va auksion gʻolibini aniqlashning ushbu Nizom bilan tartibga solinmagan qismi “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kompaniya savdo yakunlangandan soʻng bir oy muddatda tashkil etiladigan xoʻjalik jamiyatiga yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi va tegishli loyiha hujjatlari qayta rasmiylashtirilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yuridik shaxslar ustav kapitalida ishtirok etish orqali yer uchastkalari negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Auksion savdolarida shakllangan narx, savdoni oʻtkazish shartlarida Kompaniyaning ulushi 50 foizdan kam miqdorda belgilanganda — auksion natijalariga koʻra shakllangan narxdan kelib chiqqan holda hisoblanadigan summadan kam boʻlmagan mablagʻ auksion gʻolibi tomonidan mazkur Nizomning 10-bandida belgilangan muddatda Kompaniya va auksion gʻolibi ishtirokida tashkil etiladigan xoʻjalik jamiyati ustav kapitaliga gʻolibning ulushi sifatida yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda auksion gʻolibi tomonidan kiritiladigan mablagʻlar toʻliq hajmda oʻz mablagʻlari va (yoki) oʻz kafolati hisobiga jalb qilingan (isteʼmolchilar mablagʻlaridan tashqari) boshqa mablagʻlar hisobidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tomonlarning ulushlari oʻzaro kelishilgan holda, xoʻjalik jamiyatining ustav kapitaliga kiritgan oʻz mablagʻlari hisobidan oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xoʻjalik jamiyati ustav kapitaliga auksion gʻolibi tomonidan kiritiladigan mablagʻlar — yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqining onlayn auksion savdolarida shakllangan narxidan, savdoni oʻtkazish shartlarida Kompaniyaning ulushi 50 foizdan kam miqdorda belgilanganda — auksion natijalariga koʻra shakllangan narxdan kelib chiqqan holda hisoblanadigan summadan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tashkil etiladigan xoʻjalik jamiyatining taʼsis hujjatlarida Kompaniyaning ulushi sotish yoki qurilgan obyektning bir qismini yoki uning qiymatini olish hisobidan belgilangan tartibda begonalashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ulush qiymati investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish huquqining auksionda shakllangan bahosidan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Oddiy shirkat shartnomasi asosida yer uchastkalari negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Auksion savdolarida ishtirok etuvchi talabgorlar savdolarda qatnashish uchun investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish huquqining boshlangʻich qiymatining kamida 10 foizini zakalat puli sifatida keyinchalik Kompaniya tomonidan ochiladigan alohida hisobvaraqqa “E-auksion” elektron savdo platformasi operatori xizmat haqini chegirgan holda oʻtkazish uchun “E-auksion” elektron savdo platformasi operatoriga oʻtkazadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur toʻlangan mablagʻlar ushbu Nizomning 10-bandiga muvofiq bir oy ichida toʻlanishi belgilangan, auksionda shakllangan narxning 35 foizini toʻlashda hamda oddiy shirkat shartnomasiga muvofiq auksion gʻolibi hissasini shakllantirishda hisobga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksion gʻolibi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar oddiy shirkat shartnomasida belgilangan alohida hisobvaraqqa oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Auksion gʻolibi tomonidan toʻlanadigan mablagʻlar (“E-auksion” elektron savdo platformasi operatori xizmat haqi bundan mustasno) oddiy shirkat shartnomasida belgilangan investitsiya loyihasini moliyalashtirish uchun ishlatiladi va uning hissasi sifatida hisobga olinadi. Bunda Kompaniyaning hissasi qiymati investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish huquqining auksionda shakllangan narxi miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Koʻchmas mulk qurilishi boʻyicha xarajat va daromadlarning hisobi alohida yuritiladi va loyiha natijasida yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqining qiymati toʻlangandan soʻng olingan sof foyda yoki uning bir qismi oddiy shirkat shartnomasida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sof foyda taqsimoti mutanosib ravishda loyiha ishtirokchilarining ulushidan kelib chiqib hisob-kitob qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oddiy shirkat shartnomasi shartlari investor tomonidan bajarilmagan taqdirda, investor tomonidan kiritilgan mablagʻlar qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Investitsiya loyihasi boʻyicha xarajat va daromadlarning hisobi alohida yuritiladi va auksion gʻolibi tomonidan toʻlovlar toʻliq toʻlangandan soʻng olingan sof foyda oddiy shirkat shartnomasida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Investitsiya loyihasini amalga oshirishda auksion gʻolibi tomonidan oʻz hissasi (ulushi) toʻliq toʻlangandan soʻng hissaning (ulushning) bozor qiymatidan kelib chiqib, tomonlar kelishuviga koʻra ularning biri yoki ikkalasining qoʻshimcha mablagʻlari hisobiga investitsiya loyihasidagi tomonlarning hissalari (ulushlari) miqdori oʻzgarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Nizomni bajarish jarayonida kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-martdagi 112-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismini shaharsozlik faoliyati obyektini qurish yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha toʻlov qiymatiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Andijon viloyatida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismini shaharsozlik faoliyati obyektini (bundan budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar va yakka tartibdagi uy-joylar mustasno) qurish yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini (keyingi oʻrinlarda — ART) ishlab chiqish boʻyicha toʻlov qiymatiga kiritish (keyingi oʻrinlarda — yigʻim) tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari — elektr uzatish tarmoqlari, aloqa liniyalari, tabiiy gaz, ichimlik suvi, issiqlik taʼminoti va suv-oqova quvurlari, temir yoʻl liniyalari, avtomobil yoʻllari, kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari va shu kabi boshqa inshootlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport infratuzilmasi — yoʻlovchi va yuk tashuvchi, shuningdek, ushbu tashuvlarni amalga oshiruvchi hamda ularga xizmat koʻrsatuvchi barcha soha va tarmoqlar majmuasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — ART olish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda murojaat qilgan yuridik va jismoniy shaxs yoki uning buyurtmasiga (shartnomaga asosan) muvofiq loyiha tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarma — Andijon viloyati hokimligi huzuridagi Andijon viloyatini rivojlantirish jamgʻarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya — Andijon viloyati hokimligi taʼsischiligidagi “Andijon Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Andijon viloyatida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismi shaharsozlik faoliyati obyektini qurish yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha toʻlov qiymatiga ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yigʻimni hisoblash va undirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yigʻim toʻliq hajmda Jamgʻarmaga oʻtkaziladi va Kompaniya tomonidan quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish maqsadlariga yoʻnaltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniya tomonidan, shu jumladan, investorlar ishtirokida investitsiya loyihalari, davlat-xususiy sheriklik loyihalari, Andijon viloyati infratuzilmasini rivojlantirish bilan bogʻliq istiqbolli loyihalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatining alohida hududlarini rivojlantirish va renovatsiya dasturlari, master reja va quriladigan obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
renovatsiya dasturlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati Andijon tumani Yangi Andijon (Bobur shahri) shaharchasi, “Yangi Oʻzbekiston” massivlari, davlat uy-joy dasturlarida koʻzda tutilgan massivlar, shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari (ichimlik va oqova suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz tarmoqlari va avtomobil yoʻli) bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiymati 200 milliard soʻmdan oshadigan, investorning oʻz mablagʻlari ulushi 25 foizdan kam boʻlmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar, shuningdek, xalqaro va respublika ahamiyatidagi avtomobil yoʻllari boʻyidagi yaxlit yer maydonlarida tashkil etiladigan yoʻlboʻyi infratuzilma obyektlarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyat hokimligining budjet ssudalarini, tijorat banklaridan jalb qilingan kreditlarni, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy va maʼnaviy zararlarni qoplashga hamda shahar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid tadbirlarini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan Kompaniya faoliyati bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yigʻim quyidagi miqdorda undiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jami qurilish hajmining har bir kub metri uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,25 baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarning qavatlar soni belgilangan parametrlardan oshirilganda qoʻshimcha qurilish hajmining har bir kub metri uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,25 baravari miqdorida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yigʻim miqdoriga nisbatan Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi qarori asosida mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan Andijon viloyatida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismi uchun toʻlov miqdorini hisoblashning namunaviy mexanizmiga muvofiq shaklda 0,5 dan 2 gacha kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. ART Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchining arizasi Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqilganidan soʻng ARTni ishlab chiqishning qiymati koʻrsatilgan invoys bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchiga — Kompaniyaga ART berilishi maʼqullanganligi haqidagi xabarnoma (keyingi oʻrinlarda — xabarnoma) yigʻim miqdori koʻrsatilgan holda yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa ariza beruvchiga xabarnoma, Kompaniya va ariza beruvchi oʻrtasida imzolanishi nazarda tutilgan yigʻim miqdorini toʻlash toʻgʻrisidagi shartnoma loyihasi (keyingi oʻrinlarda — shartnoma) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ariza beruvchi xabarnomaga javob berishda shartnomaga muvofiq yigʻim summasini bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib toʻlash mexanizmini tanlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma Kompaniya va ariza beruvchi oʻrtasida imzolanadi va yigʻim miqdori toʻliq toʻlanguniga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza beruvchiga ART qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ariza beruvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqadi va kelishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yigʻim miqdori qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda olingan loyiha-smeta hujjatlari ekspertiza xulosasi natijasiga muvofiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yigʻim miqdori aniqlangandan soʻng 2 ish kunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — Kompaniya mustaqil ravishda yoki shaharsozlik faoliyati obyektini qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihasi yuzasidan jalb qilingan investor bilan birgalikda yigʻimni toʻlash reja-grafigini tasdiqlaydi va ushbu reja-grafik asosida yigʻim toʻlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa ariza beruvchi yigʻim miqdorining 20 foizi miqdoridagi oldindan toʻlovni toʻlagan holda, shartnomani imzolaydi va yigʻimning qolgan 80 foiz miqdorini shartnomaga muvofiq toʻlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismini shaharsozlik faoliyati obyektini qurish yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha toʻlov qiymatiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismini shaharsozlik faoliyati obyektini qurish yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha toʻlov qiymatiga kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

ARTni olish uchun Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq belgilangan tartibda murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi

Invoys bilan birgalikda:

ariza beruvchiga yigʻim miqdori koʻrsatilgan xabarnoma yuboradi;

ariza beruvchiga yigʻim miqdorini toʻlash toʻgʻrisidagi shartnoma loyihasini yuboradi.

3 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Ariza beruvchi

Xabarnomaga javob beradi va shartnomaga muvofiq yigʻim summasini bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib toʻlash mexanizmini tanlaydi.

Bir oy muddatda

4-bosqich

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi

Qonunchilik hujjatlariga muvofiq tartibda ARTni ariza beruvchiga beradi.

Belgilangan muddatlarda

5-bosqich

Ariza beruvchi

1. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqib, kelishadi va ekspertizadan oʻtkazadi.

Belgilangan muddatlarda

2. Yigʻim miqdori aniqlangandan soʻng:

ariza beruvchi mustaqil ravishda yoki shaharsozlik faoliyati obyektini qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihasi yuzasidan jalb qilingan investor bilan birgalikda yigʻimni toʻlash reja-grafigini tasdiqlaydi va ushbu reja-grafik asosida yigʻim toʻlanishini taʼminlaydi;

ariza beruvchi yigʻim miqdorining  20 foizini oldindan toʻlagan holda, shartnomani imzolaydi va yigʻimning qolgan 80 foizni shartnomaga muvofiq toʻlanishini taʼminlaydi.

2 ish kunida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismini shaharsozlik faoliyati obyektini qurish yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha toʻlov qiymatiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismi uchun toʻlov miqdorini hisoblashning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY MEXANIZMI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismi uchun toʻlov miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ti=Bh*((Hb+Hyu)-(Ha+Ht+Hu ))*Kt*Ko*Kz*Kj
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ti — Andijon viloyatida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bh — bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hb — binoning umumiy hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hyu — ruxsat etilgan qavatlar sonidan yuqori boʻlgan bino hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ha — binoning avtoturargoh qismi umumiy hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ht — binoning texnik qavatlari, inshootlar va xonalar qismi umumiy hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hu — turarjoy binosining umumiy foydalanishdagi qismi umumiy hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kt — qurilish turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko — obyekt turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kz — hududiy zonalar koeffitsiyentlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kj — obyekt joylashuvi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yigʻim miqdorini kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyentlar quyidagi jadvalga muvofiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I.

Qurilish turi (Kt)

Koeffitsiyent

1.

Yangi qurilish (renovatsiya va (yoki) rivojlanish)

0.5

2.

Obyektni rekonstruksiya qilish

0,4

II.

Obyekt turi (Ko)

1.

Ijtimoiy xususiy obyektlar (oʻquv markazlari, xususiy tibbiyot muassasalari va boshqalar)

0,3

2.

Davlat ulushi 50 (ellik) foizdan ortiq boʻlgan davlat va (yoki) munitsipal mulk negizida davlat va (yoki) mulk ishtirokchisi tomonidan, shu jumladan, hamkorlikda butun mulkiy kompleks miqyosida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari doirasidagi qurilish (rekonstruksiya qilish) obyektlari.

0,2

3.

Sanoat maqsadlarida foydalaniladigan binolarni (ishlab chiqarish binolari, omborxonalar, sanoat-sinov laboratoriyalari binolari va shu kabilar) qurishga har bir qavati uchun 3 (uch) metr balandlikdan oshmagan oʻlchamda

0,1

4.

Boshqa obyektlar

0.1

III.

Hududiy zonalar koeffitsiyentlari (Kz)

1.

Viloyat markazi va shaharlar

0.5

2.

Viloyat markazi va shaharga yaqin tumanlar

0.3

3.

Viloyat markazidan 30-40 km masofadagi tumanlar

0.2

4.

Viloyat markazidan 50-60 km masofadagi tumanlar

0.1

IV.

Obyekt joylashuvi (Kj)

1.

Markaziy qatnov koʻchalaridan boshqa hududlarda joylashgan bino va inshootlar

0,1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur mexanizm Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi tomonidan har chorakda kamida bir marta qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Renovatsiya loyihasini amalga oshirish uchun renovatsiya hududida buzilgan bino va inshootlar uchun kompensatsiya sifatida beriladigan turar va (yoki) noturar joy bino va inshootlari hamda sanoat maqsadlarida foydalaniladigan binolarni renovatsiya va rekonstruksiya qilish uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat maqsadlarida foydalaniladigan binolarni (ishlab chiqarish binolari, omborxonalar, sanoat-sinov laboratoriyalari binolari va shu kabilar) qurishga har bir qavati uchun eng koʻpi bilan 3 (uch) metr balandlikkacha boʻlgan qismi uchun yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatidagi hududiy zonalar belgilangan tartibda Andijon viloyati hokimi qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV boʻlimdan boshqa holatlarda Kj= 0.1 deb qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-martdagi 112-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatida davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Andijon viloyatida qiymati 1 million AQSH dollarigacha ekvivalentdagi tijorat maqsadida foydalanish imkoni mavjud boʻlgan davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik (keyingi oʻrinlarda — DXSH) — davlat sherigi va xususiy sherikning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, DXSH loyihasini amalga oshirish uchun oʻz resurslarini birlashtirishga asoslangan hamkorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXSH bitimini tuzish huquqining boshlangʻich qiymati — baholash tashkiloti tomonidan aniqlanadigan DXSH obyektining ijara huquqini baholash qiymati hamda loyiha hujjatlarini tayyorlash, baholashni amalga oshirish va ularni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar qiymati yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXSH loyihasi — iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal etishga qaratilgan, xususiy investitsiyalarni jalb etish va (yoki) ilgʻor boshqaruv tajribasini joriy etish asosida soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXSH obyekti — mazkur Nizomda 1-ilovada belgilangan obyektlar negizida loyihalashtirilishi, qurilishi, barpo etilishi, yetkazib berilishi, moliyalashtirilishi, rekonstruksiya qilinishi, modernizatsiya qilinishi, foydalanilishi va xizmat koʻrsatilishi DXSH loyihasini roʻyobga chiqarish doirasida amalga oshiriladigan mol-mulk, mulkiy komplekslar, ijtimoiy infratuzilma, yer uchastkalari, shuningdek, DXSH loyihasini amalga oshirish jarayonida joriy etilishi lozim boʻlgan ishlar (xizmatlar) va innovatsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sherigi — Andijon viloyatida ishga tushirish qiymati 1 million AQSH dollarigacha ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirish vakolati berilgan “Andijon Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator — savdo platformasida auksionni tashkil etish hamda oʻtkazish vakolati berilgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sherik — Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning qonunchiligiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan, davlat sherigi bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzgan yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaxs yoki yuridik shaxslarning birlashmasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Andijon viloyati hokimligi Kompaniya taklifi asosida Xalq deputatlari Andijon viloyati va tuman (shahar) kengashlarida hamda jamoatchilik bilan ochiq muhokama qilgan holda Andijon viloyatida amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining manzilli roʻyxatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Andijon viloyatida DXSH loyihasi soddalashtirilgan tartibda mazkur Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xususiy sherikka DXSH bitimi muddati tugagandan soʻng DXSH obyekti Andijon viloyat hokimligiga qaytarish sharti bilan uzoq muddatli ijara huquqi asosida 10 yilgacha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. DXSH bitimini tuzish huquqining boshlangʻich qiymati Kompaniya tomonidan mazkur Nizomga asosan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. DXSH bitimida nazarda tutilmagan hamda qiymati 1 million AQSH dollari ekvivalentidan ortiq boʻlgan loyihalarni ushbu Nizomda nazarda tutilgan soddalashtirilgan tartibda savdoga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Andijon viloyatida qiymati 1 million AQSH dollarigacha ekvivalentdagi DXSH loyihasini amalga oshirish uchun uning konsepsiyasi va loyihani baholash hujjatini ishlab chiqish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. DXSH loyihasi shartlarini tasdiqlash va DXSH bitimini tuzish huquqini auksion savdolariga chiqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. DXSH loyihasi mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq namunaviy shakl asosida Kompaniya tomonidan tasdiqlangan shartlarda amalga oshiriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXSH loyihasini amalga oshirishda kapital qurilmalar qurmaslik, muhandislik tarmoqlariga zarar yetkazmaslik va obyektlar faoliyatiga toʻsqinlik qilmaslik shartlari koʻzda tutilishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniya DXSH loyihasini amalga oshirish boʻyicha shartlarni Andijon viloyat hokimligi hamda tuman (shahar)lar hokimliklari, tegishli tashkilotlar va DXSH obyektining balansda saqlovchilari bilan kelishgan holda tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yer ostida muhandislik tarmoqlari oʻtgan yoki tashqi muhandislik tarmoqlari muhofaza zonasida joylashgan hududlarda kapital qurilmalar qurmaslik, muhandislik tarmoqlariga zarar yetkazmaslik va obyektlar faoliyatiga toʻsqinlik qilmaslik shartlari bilan davlat-xususiy sheriklik loyihasini vakolatli organlar bilan kelishilgan holda amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. DXSH loyihasi shartlari va (yoki) hujjatlarini ishlab chiqish uchun Kompaniya tomonidan eng yaxshi takliflarni tanlash yoʻli bilan loyiha, konsalting va auditorlik tashkilotlari jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. DXSH obyektining ijara huquqini baholash qiymatini aniqlash uchun Kompaniya tomonidan eng yaxshi takliflarni tanlash yoʻli bilan baholash tashkiloti jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kompaniya tomonidan DXSH bitimi loyihasi tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. DXSH bitimida quyidagilar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXSH bitimining taraflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXSH bitimining predmeti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniya va xususiy sherik oʻrtasida xavf-xatarlarning taqsimlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXSH obyektining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarga oid umumiy parametrlari va samaradorlik boʻyicha talablar, shu jumladan DXSH bitimiga muvofiq oʻtkazilgan yoki loyihalashtirilishi, qurilishi, barpo etilishi, moliyalashtirilishi, rekonstruksiya qilinishi, foydalanilishi va (yoki) xizmat koʻrsatilishi lozim boʻlgan boshqa DXSH obyektlarining tavsifi, ulardan foydalanish maqsadlari va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXSH loyihasi bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni bajarish (xizmatlar koʻrsatish) muddatlari va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning tegishli infratuzilmaga nisbatan va DXSH loyihasi boʻyicha huquqlari, shuningdek, ularni boshqa shaxsga oʻtkazish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXSH loyihasini amalga oshirish uchun talab etiladigan DXSH obyektlarini xususiy sherikka berish tartib-taomili va boshqa shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sherik tomonidan tovarlarga, bajariladigan ishlarga, koʻrsatiladigan xizmatlarga doir narxlarni, tariflarni belgilash va ularni oʻzgartirish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning oʻz majburiyatlari bajarilishini taʼminlash usullari, miqdorlari va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXSH bitimining muddati va ushbu muddatni belgilash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haq toʻlash, erkin foydalanilish uchun toʻlov, foydalanganlik uchun toʻlov, xususiy sherikning Kompaniyaga toʻlovi va/yoki boshqa toʻlovlarning shakllari, miqdorlari, muddatlari, shartlari, ularni toʻlash tartibi, shu jumladan, DXSH loyihasi amalga oshirilishi munosabati bilan daromadlarning (foydaning) taqsimlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXSH bitimiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXSH bitimini tugatish asoslari, tartibi va shartlari, muddatidan oldin tugatilganlik uchun toʻlov miqdori va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXSH loyihasining amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXSH loyihasini sugʻurta qilish boʻyicha majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXSH loyihasi doirasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning DXSH bitimiga doir majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizolarni hal etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida xodimlarni ishga olish va mehnatdan foydalanishga nisbatan qoʻllaniladigan shartlar toʻgʻrisidagi ishontirishlar va kafolatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sherikning ulushlariga egalik qilishga nisbatan talablar va xususiy sherikning hamda uning affillangan shaxslarining mol-mulkiga nisbatan boshqa mulkiy huquqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxfiylik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atamalar va ularga doir tushuntirishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kompaniya DXSH bitimini tuzish huquqini barcha hujjatlar rasmiylashtirilgandan soʻng “E-auksion” elektron savdo platformasining onlayn auksion savdosiga chiqarishga buyurtma beradi. Bunda “E-auksion” elektron savdo platformasiga yuklash uchun quyidagi hujjatlar operatorga taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXSH loyihasi shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXSH obyektining ijara huquqini baholash boʻyicha baholovchi tashkilotning hisoboti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati hokimligi bilan kelishilgan DXSH bitimi loyihasi Kompaniya tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud boʻlganda loyiha hujjatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. DXSH bitimini tuzish huquqini savdoga chiqarishda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXSH obyekti toʻgʻrisida maʼlumot va uning joylashuvi (lokatsiyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXSH loyihasi qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXSH bitimini tuzish huquqining boshlangʻich qiymati va uni toʻlash muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXSH loyihasini amalga oshirish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniya belgilagan auditorlik tashkiloti tomonidan DXSH loyihasini amalga oshirish jarayonining auditdan oʻtkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-auksion” elektron savdo platformasi operatori xizmatiga toʻlovlarning auksion gʻolibi tomonidan amalga oshirilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda auksionda shakllangan DXSH bitimini tuzish huquqi narxining 35 foizi bir oy ichida, qolgan qismi teng ulushlarda oʻn ikki oy davomida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Auksion savdolari natijalari boʻyicha DXSH bitimini tuzish huquqini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar Kompaniya tomonidan Andijon viloyati hokimligi huzuridagi Andijon viloyatini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. DXSH loyihasi boʻyicha auksion savdosini oʻtkazishning ushbu Nizom bilan tartibga solinmagan qismi “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Savdo natijalariga koʻra, auksion gʻolibi deb topilgan shaxsga Kompaniya tomonidan bir tomonlama qoʻshimcha majburiyatlarni yuklashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. DXSH loyihalarining reyestrini yuritish, amalga oshirilishini monitoring qilish va hisobotni taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. DXSH bitimi ikki tomonlama elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangandan keyin uch kalendar kuni mobaynida Kompaniya rasmiy tartibda uch nusxadan iborat DXSH bitimining elektron va qogʻoz koʻrinishdagi nusxalarini vakolatli davlat organiga DXSH loyihalarining reyestriga kiritish uchun taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. DXSH loyihasi reyestrga olingandan soʻng 5 ish kuni mobaynida Kompaniyaning rasmiy veb-saytiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi ochiq maʼlumotlar portaliga (www.data.gov.uz) joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. DXSH loyihasining reyestrida jamlangan maʼlumotlari va axborotlaridan foydalanish hech qanday toʻlovlarsiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kompaniya DXSH loyihasi bajarilishi va DXSH bitimi shartlariga rioya etilishi nuqtai nazaridan monitoringni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kompaniyaning zaruratga koʻra, joylarda monitoring amalga oshirilishi uchun DXSH obyektiga kirishi va tegishli hujjatlardan foydalanishi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Monitoring oʻtkazish uchun Kompaniya vazirlik, idora va konsalting kompaniyalaridan mutaxassislarni jalb qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Monitoring quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXSH loyihasining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi koʻrsatkichlari bajarilishini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlarida toʻsqinlik qilayotgan faktorlarni aniqlash va oʻrganish, bartaraf etish boʻyicha hamkorlikda tezkor choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan muddatlar va hajmlarga muvofiq ravishda loyihalarni oʻz vaqtida moliyalashtirishni taʼminlash ustidan nazorat oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DXSH loyihasi boʻyicha olingan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. DXSH loyihasining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobot Kompaniyaga xususiy sherik tomonidan imzolangan va tasdiqlangan holda har olti oyda taqdim etiladi. Bunda hisobot shakllari Kompaniya tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Xususiy sherik hisobotlarning oʻz vaqtida taqdim etilishi, toʻliqligi va haqqoniyligi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kompaniya xususiy sherik tomonidan taqdim qilingan hisobotlarni umumlashtiradi hamda yakuni boʻyicha maʼlumotlarni Andijon viloyati hokimligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. DXSH loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Kompaniyaning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatida davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatida davlat-xususiy sheriklik loyihalari soddalashtirilgan tartibda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan obyektlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Madaniyat va istirohat bogʻlari

2.

Xiyobonlar

3.

Sayilgohlar

4.

Bulvarlar

5.

Alleyalar

6.

Daryo, kanal va ochiq kollektorlarning qirgʻoq hududlari

7.

Koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlar ostidagi hududlar

8.

Yer osti piyodalar oʻtish joylari

9.

Yoʻlning qatnov qismi orasidagi hududlar

10.

Avtoturargohlar

11.

Avtomobil yoʻllari

12.

Parkomatlar

13.

Boʻsh turgan yer uchastkalari

14.

Foydalanilmayotgan yoki kam quvvatda foydalanilayotgan bino va inshootlar

15.

Qurilishi tugallanmagan bino va inshootlar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatida davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatida davlat-xususiy sheriklik loyihasini soddalashtirilgan tartibda amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Kompaniya

1. DXSH loyihasini amalga oshirish shartlarini ishlab chiqadi.

2. Shartlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi.

3. DXSH obyektining ijara huquqini baholash uchun baholash tashkilotini jalb qiladi.

4. DXSH bitimi loyihasini tayyorlaydi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Kompaniya

DXSH bitimini tuzish huquqini barcha hujjatlar ilova qilingan holda “E-auksion” elektron savdo platformasining onlayn auksion savdosiga chiqarishga buyurtma beradi.

Zaruratga koʻra

3-bosqich

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ

Auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnomani savdo platformasida eʼlon qiladi.

Buyurtmani olgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay

4-bosqich

“E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn auksion savdolarini tashkil etadi va oʻtkazadi.

30 kun muddatda

5-bosqich

Talabgorlar

“E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn auksion savdolarida ishtirok etish uchun takliflarni kiritadi.

Belgilangan muddatda

6-bosqich

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ

Auksion gʻolibini aniqlaydi va tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiradi.

Auksion eʼloni tugagandan keyingi ish kunidan kechiktirmay

7-bosqich

Kompaniya

1. DXSH loyihalari boʻyicha DXSH bitimini reyestrga kiritadi.

3 ish kuni mobaynida

2. DXSH loyihasini Kompaniyaning rasmiy veb-saytiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi ochiq maʼlumotlar portaliga (www.data.gov.uz) joylashtiradi.

5 ish kuni mobaynida

3. DXSH loyihasi bajarilishini va DXSH bitimi shartlariga rioya etilishini monitoring qiladi.

Zaruratga koʻra

8-bosqich

Xususiy sherik

DXSH loyihasining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobotni Kompaniyaga taqdim qiladi.

Har 6 oyda

9-bosqich

Kompaniya

Xususiy sherik tomonidan taqdim qilingan hisobotlarni umumlashtiradi hamda yakuni boʻyicha maʼlumotlarni Andijon viloyat hokimligiga taqdim etadi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatida davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“TASDIQLAYMAN”

“Andijon Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi

__________

_________________

(Imzo)

(F.I.O)

20__ yil “___” __________

Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish shartlarining

NAMUNAVIY SHAKLI

I. Loyiha tavsifi

Loyihaning nomi ________________________________________________________________________

Tarmoq nomi ____________________________________________________________________________

Loyiha turi ____________________________________________________________________________

Loyiha amalga oshiriladigan joy (manzil) _________________________________________________

_______________________________________________________________________________________

II. Dastlabki tanlov natijalari

DXSH loyihasi haqida maʼlumot va loyihani amalga oshirish uchun tasdiqlovchi hujjatlar

1.

2.

3.

...

III. DXSH loyihasining moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlari

1.

DXSH loyihasining “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn auksion savdosiga qoʻyiladigan boshlangʻich qiymati

a) yer uchastkasini baholovchi tashkilot tomonidan baholangan boshlangʻich qiymat

_______ ming soʻm, yoki

_______ AQSH dollari

b) ijaraga beriladigan mol-mulkning tasdiqlangan boshlangʻich ijara qiymati _______ ming soʻm, yoki

_______ AQSH dollari

2.

DXSHning amal qilish muddati ___ yil

Aniq maʼlumot boʻlmasa, oraliq muddatni belgilang:

3 — 10 □ 11 — 20 □ 21 — 30 □ 31 — 49 □

DXSH loyihasini amalga oshirish muddati ___ yil

Aniq maʼlumot boʻlmasa, oraliq muddatni belgilang:

3 — 10 □ 11 — 20 □ 21 — 30 □ 31 — 49 □

3.

Loyihaga kiritiladigan investitsiya mablagʻlari

_______ ming soʻm, yoki

_______ AQSH dollari

Loyihaning yillik ekspluatatsiya xarajatlari

_______ ming soʻm, yoki

_______ AQSH dollari

IV. DXSH loyihasining asosiy samaradorlik (KPI) koʻrsatkichlari

1.

Yangi ish oʻrinlarini yaratish

____ta

2.

Davlat budjeti mablagʻlarini iqtisod qilish

____ mln soʻm

3.

Energiya (elektr, gaz, suv) sarfini tejash

____ kVt

____ m3

4.

Zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish

(batafsil maʼlumot)

5.

Innovatsiyalarni joriy qilish

(batafsil maʼlumot)

6.

Boshqa koʻrsatkichlar

(batafsil maʼlumot)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-martdagi 112-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatida shaharsozlik renovatsiya loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Andijon viloyatida “Andijon Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) tomonidan Andijon viloyatida shaharsozlik renovatsiya loyihalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noturar joy — turar joylar sirasiga kirmaydigan, shu jumladan, turar joylarga tutash va (yoki) turar joyning tarkibiy qismi boʻlgan bino va inshootlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik renovatsiya — aholi uchun qulay yashash muhitini shakllantirish, yer resurslaridan oqilona foydalanish, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida, avariya holatidagi mavjud yaroqsiz deb topilgan, shu jumladan, ijtimoiy va muhandislik-transport infratuzilmalari eskirgan, ekspluatatsiya muddati oʻtgan, yaroqsiz holga kelgan turar va noturar joylarni hamda yaroqli turar va noturar joylarni zamonaviy talablarga muvofiq qayta qurish, kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilishga qaratilgan va amalga oshiriladigan intensiv qurilish tadbirlari majmui (keyingi oʻrinlarda — renovatsiya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik renovatsiya loyihasi — Kompaniya tomonidan Andijon viloyati hokimligi hamda koʻchmas mulk mulkdorlari bilan kelishilgan holda, shu jumladan, Andijon viloyatida tashkil etiladigan texnik holatni aniqlash komissiyalari xulosalari asosida alohida yoki bir-biriga qoʻshni boʻlgan ikki va undan ortiq turar va noturar joylarda bosh rejaga asosan tabiatga zarar yetkazmagan holda amalga oshiriladigan loyihalar (keyingi oʻrinlarda — renovatsiya loyihasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Renovatsiya loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi PF-26-son Farmonida belgilangan talablarga muvofiq quyidagi asoslardan biri yoki barchasi mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
renovatsiya hududida joylashgan turar va noturar joy obyektlari eskirgan yoki yashash, foydalanish, ishlatish uchun yaroqsiz boʻlib, avariya holiga kelib qolganligi, hudud aholisining ijtimoiy hayotiga jiddiy taʼsir qiladigan holatlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holatlarda Favqulodda holat rejimini taʼminlash boʻyicha davlat komissiyasi xulosalari asosida renovatsiya loyihasini amalga oshirish maqsadga muvofiq deb topilgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatida renovatsiya loyihalarini amalga oshirishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatining tasdiqlangan bosh rejasi va tuman (shahar) hududi qismlarining batafsil rejalashtirish loyihalari (master rejalar)ga asosan renovatsiya loyihasini amalga oshirish nazarda tutilgan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Renovatsiya loyihasi quyidagi shartlar bajarilgan holda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) renovatsiya loyihasi amalga oshiriladigan renovatsiya hududining aniq chegarasi aholi punktlarining bosh rejalariga muvofiq Andijon viloyati hokimining tegishli qarori bilan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) renovatsiya loyihasi amalga oshiriladigan renovatsiya hududida qurilish zarur boʻlgan ijtimoiy infratuzilma obyektlari belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Kompaniya buyurtmasiga asosan Kadastr agentligining Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan renovatsiya loyihasi amalga oshiriladigan renovatsiya hududida yangi qurilish olib borilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkalarining chegaralariga tuzatishlar kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) turar va (yoki) noturar joy obyekti buzilishi talab etilganda, ularning mulkdorlari roziligi mavjud boʻlgan taqdirda, buzilayotgan obyektlar oʻrniga ushbu obyektlar buzilayotgan hududdan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda ularning maydonidan kam boʻlmagan maydon hajmida, ammo uning maydonidan 1,2 baravardan ortiq boʻlmagan hajmda notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv bitimi asosida mutanosib turar va (yoki) noturar joy obyekti bilan begʻaraz taʼminlanadi yoxud mulkdorlarning xohishiga koʻra boshqa turdagi kompensatsiya toʻlanishi tartibi va muddatlari belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) renovatsiya hududidagi xonadonlar mulkdorlariga yangi qurilgan turar joylardagi xonadonlar berilayotganda, mazkur mulkdorlarga yangi xonadonlar topshirilgunga qadar ularning oila aʼzolari bilan birga vaqtincha yashashi uchun turar joy bilan taʼminlanadi yoki ijara haqi toʻlab beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) buzilishi talab etilgan turar va (yoki) noturar joy obyekti yuzasidan mulkdorlarning ipoteka majburiyatlari mavjud boʻlgan taqdirda, mulkdorlarga ushbu obyektlar buzilayotgan hududdan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv bitimi asosida mutanosib ravishda taqdim etiladigan yangi turar va (yoki) noturar joy obyektiga nisbatan mulkdorlarning ushbu ipoteka majburiyatlari va shartlari oʻzgartirilmasdan saqlab qolinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) renovatsiya loyihasi doirasida yangi quriladigan turar va noturar joylar egallagan maydon hajmining (avtoturargoh qismi va renovatsiya hududida joylashgan eskirgan uylardagi xonadonlar mulkdorlariga beriladigan xonadonlar maydoni bundan mustasno) har bir kub metri uchun tasdiqlangan miqdordagi toʻlovlar renovatsiya loyihasini amalga oshirishga doir tegishli investitsiya shartnomasida belgilangan muddatlarda toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) zarurat mavjud boʻlgan taqdirda, turar joylar uy-joy fondidan chiqariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) zarurat mavjud boʻlgan taqdirda, turar va noturar joylar ixtisosligi oʻzgartiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) renovatsiya loyihasi hududida mavjud maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim maktablarida tahsil olayotgan bolalar hamda oʻquvchilar boshqa tegishli maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim maktablariga navbatsiz joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) renovatsiya loyihasini amalga oshirish davrida hududdagi joylarni buzishda davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yoʻq qilishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) renovatsiya loyihasi doirasida qurilish ishlarini amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlariga mazkur bandga muvofiq renovatsiya hududida joylashgan turar va noturar joylarni quyidagilar asosida belgilangan tartibda buzishga ruxsat beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning mulkdorlari bilan notarial tartibda imzolangan bitimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatida tashkil etiladigan Uy yoki turar joyning texnik holatini aniqlash komissiyalarining tegishli xulosalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Renovatsiya loyihasi mazkur Nizomga ilovada keltirilgan Renovatsiya loyihasini amalga oshirish sxemasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Renovatsiya loyihasini tashabbus qilish va amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Renovatsiya loyihasi Kompaniya tomonidan mustaqil ravishda, shuningdek, investorlarni jalb qilgan holda, Yer uchastkalari negizida “Andijon Invest kompaniyasi” AJ va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investorni tanlab olish natijasida Kompaniya va auksion gʻolibi oʻrtasida tegishli investitsiya shartnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Renovatsiya hududida renovatsiya loyihasini amalga oshirish uchun barcha mulkdorlarning notarial tartibda tasdiqlangan yozma roziligi olingan yoki renovatsiya loyihasi qiymati bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz ellik ming baravaridan oshmagan holatlarda Kompaniya yer uchastkasiga ijara huquqini berish uchun elektron onlayn-auksion oʻtkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali renovatsiya loyihasini amalga oshirish yuzasidan hamkorni tanlab olish vakolatiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Renovatsiya loyihasini tashabbus qilish va tasdiqlash tartibi Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng yaxshi takliflar asosida renovatsiya loyihasini amalga oshirish uchun hamkorni tanlab olish natijasida Kompaniya va hamkor oʻrtasida tegishli investitsiya shartnomasi imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Renovatsiya loyihasini amalga oshirish boshlanishidan kamida bir oy oldin Kompaniya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarga doir tegishli yozuvlarni davlat reyestriga kiritish uchun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining tegishli tuman filialiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal toʻlovlar boʻyicha qayta hisob-kitob qilish uchun kommunal xizmat koʻrsatish korxonalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uylarni saqlash xarajatlari yuzasidan majburiy badal va toʻlovlardan mulkdorlarning qarzdorligi boʻyicha qayta hisob-kitob qilish uchun koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qayta hisob-kitob qilish uchun soliq organlariga xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Renovatsiya loyihasi hududida qurilish va (yoki) rekonstruksiya qilish ishlarini bajarish, qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish va ularga boʻlgan huquqlarni belgilash qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Renovatsiya loyihasi natijasida qurilgan obyektlarni foydalanishga qabul qilish hamda tegishlicha mulkdorlarga ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Renovatsiya loyihasini amalga oshiruvchi investor yoki Kompaniya oʻz nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan foydalanishga qabul qilingan uy-joylarni tegishlicha mulkdorlarga shartnomaga muvofiq yangi uy-joyni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida ajratib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi uy-joyni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi ushbu uy-joyga mulk huquqining vujudga kelishini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi hamda ushbu uy-joylarni mulkdor nomiga qonunchilikda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazishga asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Renovatsiya hududida koʻp kvartirali uy-joylar qurilish ishlari yakunlanganidan soʻng uch oy muddatda koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga mazkur uy-joylar egallagan va ularga tutash hududlar doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Shartnoma boʻyicha majburiyatlardan ortgan uy-joylar investor tomonidan mustaqil tasarruf etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatida renovatsiya loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Renovatsiya loyihasini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi,

Andijon viloyati hokimligi, mulkdorlar, koʻp kvartirali uylar boshqaruv organlari,

Idoralararo maxsus komissiya, Kompaniya

Renovatsiya loyihasini tashabbus qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Kompaniya

1. Renovatsiya loyihasi yuzasidan investitsiya loyihasini tayyorlaydi.

2. Investitsiya loyihasi lotini shakllantiradi va lotni “E-auksion” elektron savdo platformasiga joylashtiradi.

Belgilangan muddatlarda

3-bosqich

Investor

1. Xoʻjalik jamiyati ustav kapitalida ishtirok etish orqali investitsiya loyihalarini amalga oshirishda auksion savdolarida ishtirok etadi va gʻolib boʻlgan taqdirda, Kompaniya bilan “E-auksion” savdosi gʻolibi sifatida tegishli shartnomani imzolaydi.

2. Oddiy shirkat shartnomasi asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirishda auksion savdolarida ishtirok etadi va gʻolib boʻlgan taqdirda, lot qiymatining kamida 10 foizini zakalat puli sifatida kiritadi.

3. Kompaniya bilan “E-auksion” auksion savdosi gʻolibi sifatida tegishli shartnomani imzolaydi.

Belgilangan muddatlarda

4-bosqich

Kompaniya va (yoki) investor

1. Kompaniya tomonidan mustaqil ravishda yoki investor bilan hamkorlikda loyiha amalga oshiriladi.

2. Qurilishi (rekonstruksiyasi) yakunlangan koʻchmas mulk obyektini foydalanishga topshiradi.

Oʻrnatilgan tartibda

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 09/26/112/0254-son)