18.03.2026 yildagi 109-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika va mahalliy ijro eguvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish doirasida qogʻozdan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida qogʻozsiz ish yuritishga oʻtish jarayonini jadallashtirish va elektron hujjat aylanish samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qogʻozdan foydalanishga qatʼiy meʼyorlar oʻrnatish va uning aylanmasini tubdan kamaytirish choralarini koʻrish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026 — 2030-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish doirasida qogʻozdan foydalanishni kamaytirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish doirasida qogʻozdan foydalanishni tartibga solish boʻyicha dastur 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2026-yil 1-mayga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi qogʻozsiz ish yuritishga bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqib, Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha ichki xizmat yozishmalari, buyruqlar, yigʻilish bayonlari va hisobotlarni toʻliq elektron shaklda yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
printerlarni ikki tomonlama chop etish rejimida ishlatish boʻyicha majburiy talabni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlangan qogʻoz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan keng foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2026-yil 1-iyunga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlatilgan qogʻozlarni yigʻish uchun maxsus chiqindi quti (konteyner)larini tashkil etsin va ularni qayta ishlash korxonalariga yetkazish tizimini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir tarkibiy boʻlinmadagi xodimlar soni, ish hajmi va haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda, qogʻoz sarfi uchun cheklov joriy qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, 2026-yil 1-maydan boshlab respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusi besh yil davomida xarajatlar smetasini tuzish jarayonida qogʻoz, siyoh, printer va nusxa koʻchirish uskunalarini xarid qilish xarajatlari miqdori har yili 15 foizga kamaytirilgan holda rejalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
printerlardan markazlashgan holda umumiy foydalanish tizimi joriy qilinadi. Bunda umumiy foydalanishdagi ochiq ofisda (open space) faoliyat yurituvchi har 20 nafar xodim uchun 1 dona printer ajratiladi va ularga hisob identifikatorlari oʻrnatilib, har bir xodim kesimida qogʻoz sarfining hisobi yuritib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qogʻozsiz ish yuritish respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholash mezonlaridan biri hisoblanadi. Bunda ushbu koʻrsatkich har oy yakuni boʻyicha tahlil qilinib, xodimlarning shaxsiy ustamalarini belgilashda inobatga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda bir marotaba “Qogʻozsiz bir kun” ekoaksiyasi oʻtkaziladi hamda ushbu kun davomida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan hujjatlar toʻliq elektron shaklda yuritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy arxivlardagi hujjatlarni toʻliq raqamlashtirish orqali davlat arxiviga elektron shaklda topshirish va qabul qilish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Raqamli texnologiyalar vazirligi 2026-yil 1-iyunga qadar qogʻozni tejash boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqsin hamda uning respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga elektron shaklda yetkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror talablari davlat sirlari bilan bogʻlik hujjatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy arxivlardagi hujjatlarni davlat arxiviga elektron shaklda topshirish va qabul qilish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 18-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-martdagi 109-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026 — 2030-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish doirasida qogʻozdan foydalanishni kamaytirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI KOʻRSATKICHLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(foizda)

T/r

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

Qogʻozdan foydalanishni kamaytirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar

2026-yil

2027-yil

2028-yil

2029-yil

2030-yil

I. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari

1.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

15

30

45

60

75

2.

Adliya vazirligi

15

30

45

60

75

3.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

15

30

45

60

75

4.

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

15

30

45

60

75

5.

Raqamli texnologiyalar vazirligi

15

30

45

60

75

6.

Energetika vazirligi

15

30

45

60

75

7.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

15

30

45

60

75

8.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

15

30

45

60

75

9.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

15

30

45

60

75

10.

Suv xoʻjaligi vazirligi

15

30

45

60

75

11.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

15

30

45

60

75

12.

Transport vazirligi

15

30

45

60

75

13.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

15

30

45

60

75

14.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

15

30

45

60

75

15.

Sport vazirligi

15

30

45

60

75

16.

Madaniyat vazirligi

15

30

45

60

75

17.

Tashqi ishlar vazirligi

15

30

45

60

75

18.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

15

30

45

60

75

19.

Ichki ishlar vazirligi

15

30

45

60

75

20.

Mudofaa vazirligi

15

30

45

60

75

21.

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

15

30

45

60

75

22.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

15

30

45

60

75

23.

Turizm qoʻmitasi

15

30

45

60

75

24.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

15

30

45

60

75

25.

Milliy antidoping agentligi

15

30

45

60

75

26.

Madaniy meros agentligi

15

30

45

60

75

27.

Yoshlar ishlari agentligi

15

30

45

60

75

28.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

15

30

45

60

75

29.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

15

30

45

60

75

30.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi

15

30

45

60

75

31.

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi

15

30

45

60

75

32.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

15

30

45

60

75

33.

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

15

30

45

60

75

34.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi

15

30

45

60

75

35.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

15

30

45

60

75

36.

Soliq qoʻmitasi

15

30

45

60

75

37.

Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita

15

30

45

60

75

38.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi

15

30

45

60

75

39.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

15

30

45

60

75

40.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

15

30

45

60

75

41.

Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi

15

30

45

60

75

II. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

42.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

15

30

45

60

75

43.

Andijon viloyati hokimligi

15

30

45

60

75

44.

Buxoro viloyati hokimligi

15

30

45

60

75

45.

Jizzax viloyati hokimligi

15

30

45

60

75

46.

Qashqadaryo viloyati hokimligi

15

30

45

60

75

47.

Navoiy viloyati hokimligi

15

30

45

60

75

48.

Namangan viloyati hokimligi

15

30

45

60

75

49.

Samarqand viloyati hokimligi

15

30

45

60

75

50.

Surxondaryo viloyati hokimligi

15

30

45

60

75

51.

Sirdaryo viloyati hokimligi

15

30

45

60

75

52.

Fargʻona viloyati hokimligi

15

30

45

60

75

53.

Xorazm viloyati hokimligi

15

30

45

60

75

54.

Toshkent viloyati hokimligi

15

30

45

60

75

55.

Toshkent shahri hokimligi

15

30

45

60

75

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ushbu maqsadli koʻrsatkichlar har bir respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2025-yilda qogʻozdan foydalanish koʻrsatkichlariga nisbatan kamayib boruvchi tarzda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-martdagi 109-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish doirasida qogʻozdan foydalanishni tartibga solish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTUR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochi

1.

2026 — 2030-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish doirasida qogʻozdan foydalanishni kamaytirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarga erishish.

1. Qogʻozdan foydalanishni kamaytirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun har bir yil uchun alohida oyma-oy kalendar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Maqsadli koʻrsatkichlarga erishish holatini har oy yakuni boʻyicha rahbariyat huzurida muhokama qilish va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan zarur choralarni koʻrish.

3. Har yil yakuni boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarga erishish natijasi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish.

2026 — 2030-yillar

Mablagʻ talab etilmaydi

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

2.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qogʻozsiz ish yuritishga bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish:

barcha ichki xizmat yozishmalari, buyruqlar, yigʻilish bayonlari va hisobotlarni toʻliq elektron shaklda yuritish;

printerlarni ikki tomonlama chop etish rejimida ishlatish boʻyicha majburiy talabni joriy qilish;

qayta ishlangan qogʻoz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan keng foydalanish.

1. Qogʻozsiz ish yuritishga bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha “yoʻl xaritasi” loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil 10-aprel

Mablagʻ talab etilmaydi

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

2. “Yoʻl xaritasi” loyihasini Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishish.

2026-yil 20-aprel

3. “Yoʻl xaritasi”ni belgilangan tartibda tasdiqlash.

2026-yil 1-may

3.

Ishlatilgan qogʻozlarni yigʻish uchun maxsus chiqindi quti (konteyner)larini tashkil etish va ularni qayta ishlash korxonalariga yetkazish tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Ishlatilgan qogʻozlarni yigʻish uchun maxsus chiqindi quti (konteyner)larini belgilangan tartibda xarid qilish.

2026-yil 1-iyun

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

2. Maxsus chiqindi quti (konteyner)larida yigʻilgan qogʻozlarni qayta ishlash korxonalariga topshirish.

Doimiy

3. Qayta ishlash korxonalariga topshirilgan qogʻoz chiqindilari boʻyicha elektron hisobot yuritish.

Doimiy

4.

Har bir tarkibiy boʻlinmadagi xodimlar soni, ish hajmi va haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda, qogʻoz sarfi uchun cheklov joriy qilish.

1. Ishchi guruh tuzish.

2026-yil 15-aprel

Mablagʻ talab etilmaydi

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

2. Tarkibiy boʻlinma va xodimlar kesimida qogʻoz sarfini chuqur tahlil qilish.

2026-yil 15-may

3. Har bir tarkibiy boʻlinmadagi xodimlar soni, ish hajmi va haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda, ajratiladigan qogʻozning aniq miqdorini belgilash.

2026-yil 1-iyun

5.

Kelgusi besh yil davomida xarajatlar smetasini tuzish jarayonida qogʻoz, siyoh, printer va nusxa koʻchirish uskunalarini xarid qilish xarajatlari miqdorini har yili 15 foizga kamaytirgan holda rejalashtirish.

1. Qogʻoz, siyoh, printer va nusxa koʻchirish uskunalarini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni tahlil qilish.

2. Xarajatlar smetasi loyihasida qogʻoz, siyoh, printer va nusxa koʻchirish uskunalarini xarid qilish xarajatlari miqdorini har yili 15 foizga kamaytirgan holda rejalashtirish.

3. Xarajatlar smetasini belgilangan tartibda tasdiqlash.

2026-yil 1-maydan boshlab

Mablagʻ talab etilmaydi

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

6.

Printerlardan markazlashgan holda umumiy foydalanish tizimini joriy qilish.

1. Umumiy foydalanishdagi ochiq ofisda (open space) faoliyat yurituvchi har 20 nafar xodim uchun 1 dona printer ajratish.

2. Printerlarga hisob identifikatorlarini oʻrnatish.

3. Har bir xodim kesimida qogʻoz sarfining hisobini yuritib borish.

2026-yil 1-maydan boshlab

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

7.

Qogʻozsiz ish yuritishni respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholash mezonlaridan biri etib belgilash.

1. Qogʻozsiz ish yuritishni eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholash mezonlaridan biri etib belgilash.

2. Har oy yakuni boʻyicha xodimlarning qogʻozsiz ish yuritish boʻyicha faoliyatini tahlil qilish va baholash.

3. Baholash natijalarini xodimlarning shaxsiy ustamalarini belgilashda inobatga olish.

2026-yil 1-maydan boshlab

Mablagʻ talab etilmaydi

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

8.

“Qogʻozsiz bir kun” ekoaksiyasini oʻtkazish hamda ushbu kun davomida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan hujjatlarni toʻliq elektron shaklda yuritish.

1. Har oyda bir marotaba “Qogʻozsiz bir kun” ekoaksiyasini oʻtkazish.

2. Ushbu kun davomida xodimlarning hujjatlarni toʻliq elektron shaklda yuritishini tashkil etish.

2026-yil 1-maydan boshlab

Mablagʻ talab etilmaydi

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

9.

Idoraviy arxivlardagi hujjatlarni toʻliq raqamlashtirish orqali davlat arxiviga elektron shaklda topshirish va qabul qilish tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Idoraviy arxivlardagi hujjatlarni toʻliq raqamlashtirish.

2. Hujjatlarni davlat arxiviga elektron shaklda topshirish.

2026-yil 1-maydan boshlab

Mablagʻ talab etilmaydi

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 09/26/109/0252-son)