Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.06.2022 27.08.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1168
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.06.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT PATENT IDORASI direktorining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomalarni tuzish va topshirish qoidalari va davlat ekspertizasini oʻtkazish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 27-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1168]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 31-martdagi 7-mh-sonli “Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3358, 31.03.2022-y.) asosan 2022-yil 1-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 30-avgustdagi “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi Qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomalarni tuzish va topshirish qoidalari va davlat ekspertizasini oʻtkazish tartibi” tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2002-yil20-iyundagi 36-sonli buyruq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu buyruqning ijro etilishi yuzasidan nazorat qilish direktor oʻrinbosari V.V. Yermolayeva zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor A. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 19-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Davlat patent idorasi direktorining 2002-yil 19-avgustdagi 42-son buyrugʻi bilan

“TASDIQLANGAN”

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomalarni tuzish va topshirish qoidalari va davlat ekspertizasini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) muvofiq ishlab chiqilgan hamda integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomalarni (bundan buyon matnda roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma deb keltiriladi) tuzish va topshirish qoidalarini hamda davlat ekspertizasini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Integral mikrosxemalar topologiyalarining (bundan buyon matnda topologiya deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan (bundan buyon matnda Agentlik deb keltiriladi) roʻyxatdan oʻtkazilishi, ilgari tijorat maqsadlarida qoʻllanilmagan topologiyani huquqiy muhofaza qilishning asosiy sharti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma bitta topologiyaga oid boʻlishi lozim. Bazaviy matritsaviy kristall topologiyasini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma bazaviy matritsaviy kristallning topologiyasiga oid va xuddi shuningdek, uning asosida amalga oshirilgan buyurtma integral mikrosxemalar topologiyasiga oid materiallardan iborat boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma muallif (mualliflar), ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorislari (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb keltiriladi) tomonidan bevosita yoki ishonchli shaxs orqali Agentlikka topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar topologiyadan tijorat maqsadlarida foydalanilgan holatlar mavjud boʻlsa, Qonunning 8-moddasiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topologiyadan birinchi marta foydalanilgan sanadan eʼtiboran ikki yildan oshmagan muddatdan kechiktirilmay topirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOʻLIM. TALABNOMANI TUZISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma quyidagi hujjatlarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) integral mikrosxemalar topologiyasini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza (bundan buyon matnda roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza deb keltiriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) topologiyani identifikatsiyalovchi depozitga qoʻyiladigan materiallar, shu jumladan, referat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davlat ekspertizasini oʻtkazish uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi yoxud patent boji toʻlashdan ozod qilish, shuningdek, uning miqdorini kamaytirish asoslarini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ishonchli shaxs orqali talabnoma topshirilgan hollarda talabnomada qoʻshimcha ravishda ishonchli shaxs vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma mavjud boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ilgari tijorat maqsadlarida foydalanilgan topologiyaga doir roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomada qoʻshimcha ravishda mazkur topologiyadan tijorat maqsadlarida birinchi marta foydalanish sanasini tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma hujjatlarini rasmiylashtirishga qoʻyiladigan umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma hujjatlari ularni bevosita reproduksiya qilish imkoniyati boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma hujjatlari A4 210 x 297 mm formatdagi pishiq, oq, tekis, yarqiramaydigan qogʻozda bajarilishi va har bir hujjat alohida varaqdan boshlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma hujjatlari varaqlaridagi hoshiyalar oʻlchami quyidagidan kam boʻlmasligi lozim, mm.:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chapdan — 20;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqoridan — 15;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻngdan va pastdan — 10.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma hujjatlarining har birida ikkinchi va undan keyingi barcha varaqlar arab sonlari bilan raqamlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma hujjatlari qora rangli shriftda bosilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma hujjatlari, odatda oʻzbek yoki rus tilida taqdim etilishi lozim. Agar roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma boshqa tilda tuzilgan boʻlsa, u holda uning tarjimon tomonidan bajarilgan va tasdiqlangan oʻzbek yoki rus tilidagi toʻliq tarjimasi ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma hujjatlarining matni toʻliq va aniq boʻlishi, bir-biridan farqlanmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma hujjatlaridagi imzolar imzo qoʻyuvchining familiyasi, ismi va otasi ismining bosh harflari koʻrsatilgan holda ochib berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs nomidan qoʻyilgan imzoda uning rahbari lavozimi koʻrsatiladi, rahbar imzosi tegishli muhr bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma hujjatidagi ism, familiya va sharifi bosh kelishikda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomada yuridik shaxsning toʻliq rasmiy nomi keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Arizaga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza mazkur Qoidalar ilovasiga muvofiq TO-1 shaklda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agar baʼzi maʼlumotlarni tegishli grafalarda toʻliq joylashtirishning iloji boʻlmasa, u holda ular arizaning tegishli grafasida: “davomini qoʻshimcha varaqda qarang” deb koʻrsatilgan holda, xuddi oʻsha shaklda qoʻshimcha varaqda keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Arizaning “ariza” soʻzi tepasidagi grafalari ariza Agentlikka kelib tushgandan keyin rekvizitlarni kiritish uchun moʻljallangan va talabnoma beruvchi tomonidan toʻldirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Topologiyani roʻyxatdan oʻtkazish soʻralgan 71-kod ostidagi grafada talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar) toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiriladi: yuridik shaxsning rasmiy nomi (taʼsis hujjatiga muvofiq) yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi (va otasining ismi, agar u bor boʻlsa), bunda familiya ism oldida keltiriladi. Shuningdek, ushbu grafada talabnoma beruvchilarning turar joylari yoki manzillari, shu jumladan mamlakatning rasmiy nomi va toʻliq pochta manzili haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. Topologiya mualliflari boʻlgan talabnoma beruvchilarning turar joyi bu grafada keltirilmaydi, balki faqat arizaning ikkinchi varagʻidagi 97-kod ostidagi grafada bayon etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Soʻngra shu grafaning oʻzida, “nomiga” degan soʻzlardan keyin nomiga guvohnoma berilishi soʻralayotgan shaxs (shaxslar) toʻgʻrisida shu kabi maʼlumotlar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Nomiga guvohnoma soʻralayotgan Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari, tashkilotlari uchun OKPO kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa) koʻrsatiladi. Agar OKPO kodi oʻrnatilmagan boʻlsa, tegishli oʻrinda “oʻrnatilmagan” deb koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Nomiga guvohnoma soʻralayotgan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi chet ellik yuridik shaxslar yoki jismoniy shaxslar uchun Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) ST.3 boʻyicha mamlakat kodi (agar u belgilangan boʻlsa) koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Agar nomiga guvohnoma soʻralayotgan shaxslar va/yoki talabnoma beruvchilar bir nechta boʻlsa, koʻrsatilgan maʼlumotlar ularning har biri uchun keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Agar talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar) nomiga guvohnoma soʻralayotgan boʻlsa, u holda nomiga guvohnoma soʻralayotgan shaxs (shaxslar) haqidagi maʼlumotlar oʻrniga, “nomiga” degan soʻzlardan keyin “talabnoma beruvchi” (“talabnoma beruvchilar”) degan soʻzlar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. 54-kod ostidagi grafada topologiyaning nomi keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Keyingi grafada topologiyaning alternativ nomi (agar u bor boʻlsa) keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. “Eng yaqin analogi haqida maʼlumotlar” grafasida talabnoma berilgan topologiyaning eng yaqin analogi haqida zaruriy bibliografik maʼlumotlar roʻyxati keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Keyingi grafada topologiyadan tijorat maqsadlarida birinchi marta foydalanilganda hujjatlashtirilgan holda qayd etilgan sana va joy nomi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. “Ushbu topologiyadan tijorat maqsadlarida birinchi marta foydalanilgan sanaga nisbatan huquq egasi haqida maʼlumotlar” grafasida talabnoma berilgan topologiyadan tijorat maqsadlarida birinchi marta foydalanilgan sanaga nisbatan huquq egasining nomi (ismi), joylashgan manzili (turar joyi), fuqaroligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. “Mazkur topologiyani yaratishda foydalanilgan, muhofazaga olingan topologiyalar haqida maʼlumotlar” grafasida talabnoma berilgan topologiyani yaratishda foydalanilgan, muhofazaga olingan topologiyalar haqida zaruriy bibliografik maʼlumotlar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. 98-kod ostidagi grafada pochta orqali tez yetkazib berish boʻyicha odatdagi talablarni qondiradigan yozishmalar uchun manzil, xat oluvchining ismi yoki nomi, va telefon, teleks, faks raqamlari (agar ular boʻlsa) keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Arizaning ikkinchi varagʻidagi “Ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati” grafasi ilova qilinadigan hujjatlar nusxalari va har bir nusxasidagi varaqlar soni koʻrsatilgan holda tegishli katakchalarda “X” belgisini qoʻyib chiqish orqali toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. “Talabnoma topshirish va muhofaza hujjatini olish huquqi yuzaga kelishi uchun asos” grafasida talabnoma topshirish va guvohnoma olish uchun tegishli asos (asoslar) “X” belgisini qoʻyish bilan belgilanadi. Koʻrsatilgan grafa guvohnoma talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar) nomiga soʻralgan holatlarda toʻldiriladi, talabnoma beruvchilar tarkibi mualliflar tarkibi bilan bir xil boʻlgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. 72-, 97-kodlar ostidagi grafada topologiya muallifi (mualliflari) haqidagi maʼlumotlar keltiriladi: familiyasi, ismi (otasining ismi, agar bor boʻlsa), shuningdek mamlakat nomi va uning BIMT ST.3 standarti boʻyicha kodini oʻz ichiga olgan toʻliq turar joyi manzili.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Keyingi grafada arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va ularning depozit qilingan materiallarga mos kelishi talabnoma beruvchilar va mualliflarning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Arizaning oxirgi “Imzo” grafasini, imzo qoʻyish sanasini koʻrsatgan holda toʻldirish barcha hollarda majburiydir. Ariza talabnoma beruvchi, shuningdek, nomiga guvohnoma berilishi soʻralayotgan shaxs tomonidan (agar u talabnoma beruvchi boʻlmasa) imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan ariza tashkilot rahbari tomonidan uning lavozimi koʻrsatilgan holda imzolanadi, imzo muhr bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Talabnoma ishonchli shaxs orqali topshirilganda, ariza eslatib oʻtilgan ishonchli shaxs tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ariza grafalaridagi imzolar imzo qoʻyuvchi familiyasi, ismi va otasi ismining bosh harflari koʻrsatilgan holda ochib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Imzo qoʻyishni talab qiladigan u yoki bu maʼlumotlar qoʻshimcha varaqda keltirilgan hollarda, u ham shunday tartibda imzolanadi. Talabnoma beruvchi yoki ishochli shaxsning imzosi har bir qoʻshimcha varaqda keltirilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomaning deponent materiallarini rasmiylashtirish uchun qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Roʻyxatdan oʻtkazilayotgan topologiya, jumladan referat identifikatsiyasini taʼminlovchi materiallar Agentlik tomonidan depozitga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Depozitga qoʻyiladigan talabnoma materiallari quyidagilardan iborat boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topologiyaning har bir qatlamini aks ettiradigan vizual qabul qilinadigan materiallarning quyida keltirilgan turlaridan birining toʻliq toʻplami, bitta nusxada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) fotoshablonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) topologiyaga oid yigʻma chizma yoki qatlam shaklli topologik chizmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) integral mikrosxemada belgilangan topologiyaning har bir qatlami fotosurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy byulletenda chop etish uchun moʻljallangan quyidagi maʼlumotlar kiritilgan referat, ikkita nusxada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) integral mikrosxema topologiyasining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) talabnoma beruvchining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) topologiyasi uchun muhofaza soʻralgan integral mikrosxemaning foydalanish sohasi, qoʻllanilishi yoki vazifasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) topologiyasi uchun muhofaza soʻralgan integral mikrosxemani tayyorlashda qoʻllaniladigan texnologiya turi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Referat matnining oʻrtacha hajmi – 700 bosma belgidan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Talabnoma topshirilayotgan sanadan bir muncha ilgari tijorat maqsadlarida foydalanilgan topologiyani roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirishda talabnomaning depozitga qoʻyilgan materiallari qoʻshimcha ravishda mazkur topologiyani, undan tijorat maqsadlarida foydalanilgan paytdagi shaklini oʻz ichiga olgan toʻrtta integral mikrosxema namunasiga ega boʻlishi, referat esa — qoʻshimcha ravishda topologiyadan tijorat maqsadlarida birinchi marta foydalanilgan sana haqida maʼlumotlarga va integral mikrosxema namunasining asosiy texnik tavsifiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Vizual qabul qilinadigan materiallardagi tasvirlar masshtabi 20:1dan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Topologik chizmalarning grafik tasvirlari tekis oq qogʻozda bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Varaqlar formati taxlangan holda 210 x 297 mm boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafik tasvirlar bajarilgan varaq hoshiyalarining minimal oʻlchami quyidagicha, mm.:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqoridan va chapdan — 20;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻngdan — 15;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pastdan — 10.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Fotosuratlardagi tasvirlar aniq-ravshan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Chizmalar va fotosuratlarning barcha nusxasida tasvirlarning masshtabi koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma tarkibiga kirgan integral mikrosxema namunalari zarurat tugʻilganda ulardan topologiya har bir qatlamining vizual qabul qilinadigan tasvirini olish imkoniyati bilan bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Agar topologiya qatlamlaridan birortasida maxfiy maʼlumotlar (masalan, “nou-xau”ga oid) boʻlsa, vizual qabul qilinadigan materiallarda ushbu qatlamning tegishli qismi (yoki butun qatlam) chiqarib olinishi va kodlangan shakldagi topologiyani identifikatsiya qiluvchi depozitga qoʻyilgan materiallar tarkibiga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Patent boji toʻlanganiga doir hujjatlarga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Talabnomaga belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjat, yoki patent bojini toʻlashdan ozod qilish uchun asoslarni tasdiqlovchi hujjat, tegishli iltimosnoma bilan birga ilova etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Patent boji belgilangan miqdordan kam toʻlangan boʻlsa, boj toʻlanganini tasdiqlaydigan hujjatdan tashqari, boj miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlovchi hujjat va tegishli iltimosnoma taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Talabnoma beruvchi tomonidan ishonchli shaxsga berilgan vakolatlarni tasdiqlovchi ishonchnomaga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Ishonchli shaxs orqali topshirilgan talabnomaga ishonchli shaxsga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan va uning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma, yoxud ishonchnoma nusxasi ilova etiladi. Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Ishonchnomada ishonchli shaxsning vakolatlari koʻlami belgilangan va ishonchnoma berilgan sana koʻrsatilgan boʻlishi lozim, aks holda u haqiqiy hisoblanmaydi. Ishonchnoma uni bergan shaxs tomonidan imzolangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Ishonchnomaning amal qilish muddat uch yildan ortiq boʻlmasligi lozim. Agar ishonchnomada koʻrsatilgan muddat uch yildan ortiq boʻlsa, u berilgan sanadan eʼtiboran uch yil davomida haqiqiy hisoblanadi. Agar amal qilish muddati koʻrsatilmagan boʻlsa, ishonchnoma berilgan sanadan eʼtiboran bir yil davomida haqiqiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida rasmiylashtirilgan ishonchnoma uni bergan mamlakat qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOʻLIM. TALABNOMANI TOPShIRISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Talabnoma beruvchi tomonidan talabnomani topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Talabnoma muallif, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) tomonidan bevosita Agentlikka topshiriladi yoki pochta xizmati orqali joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Talabnoma bir nechta talabnoma beruvchilar tomonidan topshirilishi mumkin. Bunda talabnoma beruvchilardan birining muhofaza hujjatini berish boʻyicha tadbirlarda qatnashishni rad etishi qolgan talabnoma beruvchi yoki talabnoma beruvchilarning muhofaza hujjatini olish uchun kerakli xatti-harakatlarni amalga oshirishiga toʻsiq boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Talabnoma bevosita talabnoma topshiruvchi tomonidan yoxud ishonchli shaxs orqali topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Qonunning 8-moddasiga muvofiq, agar ilgari topologiyadan tijorat maqsadlarida foydalanilgan boʻlsa, talabnoma Agentlikka topologiya birinchi marta foydalanilgan sanadan eʼtiboran ikki yildan oshmagan muddatdan kechiktirilmay topirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III BOʻLIM. TALABNOMANING DAVLAT EKSPERTIZASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-§. Davlat ekspertizasini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomada kerakli hujjatlarning mavjudligi va ularning belgilangan talablarga muvofiqligi Agentlik tomonidan talabnoma materiallari taqdim etilgan sanadan eʼtiboran ikki oy muddatda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazishda quyidagilar tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomada boʻlishi lozim boʻlgan hujjatlarning mavjudligi (2-§);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma hujjatlarining belgilangan talablarga muvofiq tarzda toʻgʻri rasmiylashtirilgani (3-§).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Mazkur Qoidalarining 60-bandida keltirib oʻtilgan talabnomani Davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalariga koʻra, Agentlik talabnoma beruvchiga talabnoma roʻyxatga olish uchun qabul qilingani toʻgʻrisida chop etish va guvohnoma berish uchun bojni toʻlash muddati koʻrsatilgan yoki sabablari koʻrsatilgan holda roʻyxatga olishni rad etish toʻgʻrisida bildirishnoma, yohud talabnoma hujjatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun kiritilishi kerak boʻlgan maʼlumotlar koʻrsatilgan soʻrovnomani joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Talabnoma beruvchi tomonidan Qonunning ikkinchi boʻlimi 8-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmaganda, yaʼni, topologiyadan tijorat maqsadlarida birinchi marta foydalanilgan sanadan eʼtiboran roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirilgunga qadar belgilangan ikki yillik muhlatga talabnoma beruvchi amal qilmaganda Agentlik talabnomani roʻyxatdan oʻtkazish uchun qabul qilmaslik huquqiga ega. Bunda talabnoma materiallari talabnoma beruvchiga qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Agar roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma rasmiy ekspertizasi jarayonida roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma uning hujjatlariga qoʻyilgan talablarga rioya etilmagan holda rasmiylashtirilgani aniqlansa, talabnoma beruvchiga kamchiliklar koʻrsatilib soʻrovnoma joʻnatiladi va etishmagan yoki tuzatilgan hujjatlarni soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida taqdim etish taklif qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda soʻralgan materiallarni yoki ularni topshirish muddatlarini uzaytirish haqidagi iltimosnomani taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Topologiyani roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingunga qadar talabnoma beruvchi talabnoma materiallariga tuzatishlar, aniqliklar va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Agar talabnoma barcha kerakli hujjatlarni oʻz ichiga olgan, ularni tuzishda mazkur Qoidalarda belgilangan talablarga rioya etilgan boʻlsa, va talabnomada koʻrsatilgan taklif Qonunning 8-moddasi ikkinchi qismiga zid boʻlmasa, u holda Agentlik topologiyani roʻyxatdan oʻtkazish haqida qaror qabul qiladi va bu haqida talabnoma beruvchini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TO-1 Forma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(22) Kelib tushgan sanasi

(21) Talabnomaning qayd raqami

‎‎Integral mikrosxema topologiyasini roʻyxatdan oʻtkazish uchun
‎ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga,
‎100000, Toshkent sh., Mustaqillik koʻchasi, 59 uy. ‎

‎Quyida imzo chekuvchi(lar)
‎(71) talabnoma beruvchi(lar)





‎Quyida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etgan holda integral mikrosxema topologiyasini ____________________________ nomiga roʻyxatdan oʻtkazilishini soʻrayman (soʻraymiz)





‎toʻliq ismi-sharifi yoki nomi va turar joylari yoki manzillari koʻrsatiladi, muallif- talabnoma beruvchilarning turar joyi haqidagi maʼlumotlar 97-kod ostidagi grafada bayon etiladi.






‎tashkilotning OKPO kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa)

‎BIMTning ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi
(54) Integral mikrosxema topologiyasining nomi


Davlat buyurtmasi boʻyicha bajariladigan muammo (mavzu) shifri ________________________
Muqobil nomi

Mazkur topologiyaning eng yaqin analogi haqida maʼlumotlar

‎‎

Topologiyadan tijorat maqsadlarida birinchi marta foydalanilgan sana va joy nomi _______ ___________sana ___ oy _____________ yil, mamlakat _______________________________

Mazkur topologiyadan tijorat maqsadlarida birinchi marta foydalanilgan sanaga nisbatan huquq egasi haqida maʼlumotlar
‎Ismi-sharifi nomi
‎Fuqaroligi

‎Mazkur topologiyani yaratishda foydalanilgan muhofazaga olingan topologiyalar haqida maʼlumotlar

‎(98) Yozishma uchun manzil (toʻliq pochta manzili, adresatning ismi-sharifi va nomi)

‎Telefon:___________________ Teleks: _______________________________Faks:

Ilova qilinadigan hujjatlar va materilalar roʻyxati (X bilan belgilansin)

nusxalarning soni

Muallif(lar) imzosi (imzolari), sana

□mazkur topologiyani undan tijorat maqsadlarida foydalanilgan paytdagi holida tarkibiga olgan integral mikrosxema namunalari

4‎

□mazkur topologiyaning har bir qatlamini, shu jumladan, spetsifikasini aks ettiradigan quyida keltirilgan vizual qabul qilinadigan materiallardan birining toʻliq komplekti □fotoshablonlar, ___dona.
‎□topologiyaga oid yigʻma chizma yoki qatlam shaklli topologik chizmalar ____varaqda. □integral mikrosxemada qayd etilgan topologiyaning har bir qatlami fotosurati ____dona.





‎1

‎‎1


‎1‎

□referat

2‎

□topologiyadan tijorat maqsadlarida birinchi marta foydalanilgan sana va joy nomini tasdiqlovchi hujjat nusxasi___varaqda



‎1‎

□boj toʻlanganini tasdiqlaydigan yoki bojini toʻlashdan ozod qilish uchun asoslarni tasdiqlovchi hujjat

1

1‎

□boj miqdorini kamaytirish uchun asoslar mavjudligi

1‎

□talabnoma tarjimasi

1‎

□talabnoma beruvchining ishonchli shaxsga bergan vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma

1‎

(72) muallif(lar)
‎(familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, ilmiy darajasi va ish joyi)

(97) Turar joyining toʻliq manzili (viloyat, tuman, shahar, qoʻcha, uy, xorijliklar uchun BIMTning ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi)

Muallif(lar)
‎imzosi(imzolar), sana

‎‎










___ Men (biz)‎‎‎‎‎ ___‎‎___________________________________________________________________________
(lavozim)
‎_____________________________________________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________________________________________
‎(F.I.Sh.)
ushbu bilan mazkur talabnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini va deponentga qoʻyilgan tegishli identifikatsiya qilinadigan tegishli hujjatlarga mosligini tasdiqlayman(tasdiqlaymiz).

Imzo



Talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar)ning yoki muhofaza hujjati soʻralayotgan shaxs, huquq egasi vakilining imzosi (imzolari); imzo (imzolar) qoʻyilgan sana (yuridik shaxs nomidan imzolanganda rahbar imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)

(Oʻzbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi Bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 36-son buyrugʻi (roʻyxatdan oʻtgan sanasi 30.09.2011-y 1168-1-son)