1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat buyurtmasi. Davlat ehtiyojlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik ishlab chiqarish va ijtimoiy soha obyektlarini ishga tushirishni jadallashtirish, investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish jarayonida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda loyihaoldi va xarid hujjatlarini sifatli tayyorlash va ularni kompleks ekspertizadan oʻtkazish jarayonida zamonaviy talab va mexanizmlarni joriy qilish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar ushbu qarorning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish faoliyatini transformatsiya qilish hamda raqamlashtirish orqali inson omili, manfaatlar toʻqnashuvi va qogʻozbozlikni kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiqish sifatini oshirish, professional loyiha tashkilotlari sonini koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) loyihaoldi va xarid hujjatlarining qiymatini bozor konyunkturasi asosida maqbullashtirish hisobiga budjet mablagʻlarini oʻrtacha 15 — 20 foizga tejash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish muddatlarini maqbullashtirish hamda koʻrib chiqishning umumiy davomiyligini 25 — 30 foizga qisqartirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish sohasidagi vakolatli organ faoliyatini transformatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DMni “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DM (keyingi oʻrinlarda — Markaz) etib qayta tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Markaz faoliyatini loyihaoldi va xarid hujjatlarini ishlab chiqish bosqichidayoq sifatli tayyorlashda, investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishda “yordamchi-maslahatchi” tamoyili asosida ishlash tizimiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining Loyihaoldi va xarid hujjatlariga doir muammoli masalalarni hal etish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya)ni 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Komissiyaga (A. Aripov) quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Markazga 2026-yil 1-martga qadar taqdim etilgan va kompleks ekspertizadan oʻtkazilayotgan loyihaoldi va xarid hujjatlarining koʻrib chiqilishini jadallashtirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) loyihalardagi munozarali holatlar boʻyicha Markaz va buyurtmachi oʻrtasida maqbul yechimlarni topishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Markaz faoliyatini tahlil qilib, loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish masalalarida vazirlik, idora va tarmoq rahbarlari faoliyatiga baho berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagi hujjatlarni Markazda kompleks ekspertizadan oʻtkazish amaliyoti bekor qilinsin:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2026-yil 1-apreldan — loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiqish uchun texnik topshiriqlar. Bunda ular Markazning elektron axborot platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma)da joylashtiriladigan namunaviy shakldan foydalangan holda ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026-yil 15-apreldan — qiymati 15 million AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlgan quyidagi loyihalarning loyihaoldi hujjatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) budjet tizimi budjetlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari, belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) korporativ buyurtmachilar tomonidan amalga oshirilayotgan;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.02 Foydali qazilmalarni kavlab olish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan strategik foydali qazilmalarni qazib olish va (yoki) qayta ishlashni koʻzda tutuvchi loyihalarning loyihaoldi hujjatlari (bundan mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq amalga oshirilayotgan loyihalar mustasno). Bunda ushbu loyihalarning loyihaoldi hujjatlari Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Yer qaʼridan foydalanish markazida ekspertizadan oʻtkaziladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) binolar, inshootlar va muhandislik kommunikatsiyalarini kapital qurish va taʼmirlash boʻyicha qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravarigacha boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlariga doir tender hujjatlari va texnik topshiriqlar. Bunda ushbu hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DM yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) 2026-yil 1-sentabrdan bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllagan holda import qilinadigan tovarlar roʻyxati. Bunda mazkur funksiya “Oʻzbekekspertiza” AJga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ushbu qarorning 5-bandi bilan loyihaoldi va xarid hujjatlari Markazda ekspertizadan oʻtkazish amaliyoti bekor qilinayotgan loyihalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi va samaradorligi yuzasidan shaxsiy javobgarlik tegishli vazirlik, idora va tashkilotning birinchi rahbariga yuklatiladi hamda har chorakda kuzatuv kengashlari (mavjud boʻlganda) tomonidan muhokama qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tarmoq ilmiy-texnik kengashlarining loyihaoldi va xarid hujjatlari boʻyicha qarorlari (xulosalari) tegishli vazirlik, idora va tashkilotning birinchi rahbari tomonidan tasdiqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda loyihaoldi va xarid hujjatlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan konsalting hamda auditorlik tashkilotlari tomonidan ekspertizadan oʻtkazish hamda ularning xulosalarini tan olish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Kompleks ekspertiza jarayonining samaradorligini oshirish boʻyicha yangi instrumentlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 2026-yil 1-sentabrdan boshlab Markazda loyihaoldi hujjatlarni kompleks ekspertiza qilishning quyidagi yangi tartib-taomillari joriy etilsin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) yirik va mega loyihalarning hamda ekspertizadan ijobiy xulosa olgan loyihalarga oʻxshash loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida ularning tayyor boʻlimlarini parallel ekspertizadan oʻtkazish amaliyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) taqdim etilgan loyiha ilgari Markazda ekspertizadan oʻtgan loyiha bilan oʻxshash boʻlsa, Markazning taklifi asosida uning loyihaoldi hujjatini tezlashtirilgan ekspertizadan oʻtkazish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mavjud obyektlarda jismonan va maʼnan eskirgan mashinalar, uskunalar va texnologik liniyalarni yangilash boʻyicha loyihaoldi hujjatlarning kompleks ekspertizasi soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Bunda faqat texnik-texnologik, arxitektura-qurilish (zarur hollarda) yechimlari va moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlar hamda tovar (ish, xizmat)lar narxlari asoslanganligi oʻrganiladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) yangi quriladigan yirik va mega loyihalar boʻyicha loyihaoldi hujjatlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazishda Markaz tomonidan loyihaning xususiyatlarini hisobga olgan holda “benchmarking” usulini qoʻllash amaliyoti kiritiladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazishda nafaqat tovar (ish, xizmat)larning boshlangʻich narxi, balki ularning umumiy egalik qilish qiymati (TCO), shu jumladan, energiya samaradorligi, ekspluatatsiya va utilizatsiya xarajatlari ham inobatga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Markaz tomonidan bildirilgan eʼtiroz va kamchiliklarni bartaraf etish asosida qayta ishlangan loyihaoldi hujjatlar uchun takroran toʻlov undirish amaliyoti bekor qilinadi va yangi asoslar boʻyicha eʼtirozlar bildirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Markaz faoliyatini raqamlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilansinki, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Platformada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) har bir loyihaoldi va xarid hujjatini ekspertiza qilish jarayonining jamoatchilik uchun ochiq boʻlgan onlayn monitoringi yoʻlga qoʻyiladi (qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) kompleks ekspertizaning ijobiy xulosasi olingan loyihalar doirasida xarid jarayonlari tasdiqlangan asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarga mosligi yuzasidan monitoring qilinadi va mavjud maʼlumotlarni “Yagona investitsiya platformasi” axborot tizimiga integratsiya qilgan holda avtomatik tarzda uzatish imkoniyati yaratiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) kompleks ekspertiza natijasida ijobiy xulosa berilgan loyihaoldi va xarid hujjatlari hamda Markaz tahlillari asosida tovar (ish, xizmat)larning narxlari, texnik koʻrsatkichlari va boshqa tavsiflarni oʻz ichiga olgan, doimiy ravishda (6 oydan oshmagan muddatda) yangilab boriladigan maʼlumotlar bazasi yuritiladi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) kompleks ekspertiza natijalari boʻyicha berilgan ijobiy xulosalar Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi va boshqa davlat organlariga “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda avtomatik tarzda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 2026-yil 1-sentabrgacha mazkur qarorga 2-ilovada nazarda tutilgan davlat tashkilotlarining axborot tizimlari Platformaga integratsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiqishning samarali tizimini joriy qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 2026-yil 1-sentabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Markaz tomonidan Loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiquvchi loyiha institutlari va tashkilotlarining reytingi (keyingi oʻrinlarda — Reyting)ni yuritish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) faoliyati davomida tarmoqlar kesimida ishlab chiqilgan loyihaoldi hujjatlarning kompleks ekspertizasi natijalaridan kelib chiqib, loyiha institutlari va tashkilotlari “yuqori”, “oʻrta” va “past” ishonchlilik darajalariga ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Reyting Platformada joylashtirilib, doimiy ravishda yangilab boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) oʻrta, yirik va mega loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyiha institutlari va tashkilotlarini tanlashda faqat “eng arzon narx” mezonidan voz kechib, “sifat, tajriba va narx” mezoni majburiy hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) loyiha tashkilotlari va tashabbuskor (buyurtmachilar)ga nisbatan ragʻbatlantirish choralari joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimining samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi Markaz bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) har bir loyihaoldi va xarid hujjatlari boʻyicha mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etishni doimiy monitoring qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) har oyning 5-sanasiga qadar loyihaoldi va xarid hujjatlarining joriy holati, kechikish sabablari va ikki oy ichida qayta kiritilmagan hujjatlar hamda bunga yoʻl qoʻygan tashkilotlar (loyihachi va buyurtmachi) toʻgʻrisidagi axborotni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori B.X. Xaydarov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi O.A. Xakimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 13-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-104-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihaoldi va xarid hujjatlariga doir muammoli masalalarni hal etish boʻyicha respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A.N. Aripov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi
B.X. Xaydarov
—
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari
S.I. Samadov
—
Bosh prokuror oʻrinbosari
S.A. Mirzayev
—
Hisob palatasi raisi oʻrinbosari
L.Sh. Kudratov
—
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri
Sh.S. Xidoyatov
—
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri
B.F. Islamov
—
togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri
J.T. Mirzamahmudov
—
energetika vaziri
S.A. Sadullayev
—
iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari
Lavozimi boʻyicha
—
“Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DM direktori, Respublika komissiyasi kotibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DMning elektron axborot platformasiga integratsiya qilinadigan vazirlik va idoralarning axborot tizimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining yagona elektron platformasi hamda davlat xaridlari maxsus axborot portali
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi maʼlumotlar bazasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Milliy statistika qoʻmitasining sanoat mahsulotlari koʻrsatkichlari boʻyicha maʼlumotlar bazasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Adliya vazirligining Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining “Yagona investitsiya platformasi” axborot tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bojxona qoʻmitasining import qilinadigan tovarlar maʼlumotlar bazasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar Platformaga “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali belgilangan tartibda ulanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro maʼlumot almashish xizmatlari bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimining samaradorligini oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Chora-tadbirlar nomlanishi
Amalga oshirish shakli
Ijro muddati
Ijro uchun masʼullar
I. “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DM faoliyatini transformatsiya qilish
1.
“Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DM (keyingi oʻrinlarda — Markaz) faoliyatini transformatsiya qilish uchun xalqaro konsalting kompaniyasini jalb qilish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil 1-sentabr
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi
(keyingi oʻrinlarda — Agentlik),
Markaz
Markaz faoliyatini oʻrganish natijalari boʻyicha tegishli takliflarni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.
Tahliliy materiallar
2027 1-fevral
2.
Qaror bilan belgilanayotgan yangi talablardan kelib chiqqan holda Markazning tashkiliy tuzilmasini qayta koʻrib chiqish.
Agentlik direktori buyrugʻi
2026-yil 1-sentabr
Agentlik,
Markaz
3.
Markaz boʻlinmalarida ekspertlarni kasbiy malakasi boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish va natijasiga koʻra yetarli kasb mahoratiga ega boʻlmagan xodimlar oʻrniga yuqori malaka va tajribaga ega boʻlgan professional mutaxassislarni ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil 1-sentabr
Agentlik,
Markaz
4.
Markazning loyihaoldi va xarid hujjatlarining kompleks ekspertizasini sifatli hamda tezkor yakunlagan ekspert xodimlar uchun natijadorlikka asoslangan qoʻshimcha ragʻbatlantirish tizimini joriy etish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil 1-oktabr
Agentlik,
Markaz
II. Kompleks ekspertiza jarayonining samaradorligini oshirish boʻyicha yangi instrumentlar
5.
Loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini parallel ekspertizadan oʻtkazish va tezlashtirilgan ekspertiza xizmatini koʻrsatish tartibini ishlab chiqish.
Bunda:
tezlashtirilgan ekspertizani oʻtkazish muddatini ikki baravarga qisqartirish va ekspertiza toʻlovini amalga oshirish;
tezlashtirilgan ekspertiza xizmatidan tushgan qoʻshimcha mablagʻlarni ekspertiza jarayoniga jalb qilingan ekspert xodimlarni qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish nazarda tutiladi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil 1-avgust
Agentlik,
Markaz
6.
Mavjud obyektlarda jismonan va maʼnan eskirgan mashinalar, uskunalar va texnologik liniyalarni yangilash boʻyicha loyihaoldi hujjatlarni kompleks ekspertiza qilish jarayonining soddalashtirilgan tartibini ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil 1-iyun
Agentlik,
Markaz
7.
Bazaviy tarmoqlarning yangi quriladigan yirik va mega loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazishda Markaz tomonidan loyihaning xususiyatlarini hisobga olgan holda “benchmarking” usulini qoʻllash amaliyotini joriy qilish tartibini ishlab chiqish.
Bunda loyihaning bir birlik qiymati oʻxshash texnologik yechimga ega xalqaro va mahalliy (etalon) loyihalarning oʻrtacha bozor qiymatidan past boʻlgan taqdirda, mazkur loyihaning narx koʻrsatkichlari qismini ekspertizadan oʻtkazish talab etilmasligi nazarda tutiladi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil 1-iyun
Agentlik,
Markaz
8.
Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazishda tovar (ish, xizmat)larning umumiy egalik qilish qiymati (TCO)ni ham inobatga olish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil 1-iyun
Agentlik,
Markaz
9.
Loyihaoldi va xarid hujjatlarini ishlab chiqish sifatini tubdan yaxshilash maqsadida loyiha tashkilotlari va tashabbuskor (buyurtmachi)larning kadrlar salohiyatini oshirish, shu jumladan, loyiha boshqaruvi (Project Management) yoʻnalishi boʻyicha bazaviy tarmoqlar kesimida oʻquv kurslarini yoʻlga qoʻyish.
Bunda:
loyihaoldi va xarid hujjatlari kesimida oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Agentlik bilan kelishgan holda oʻquv kurslari jadvalini tasdiqlash;
mutaxassislarni jalb qilgan holda oʻquv kurslarini tashkillashtirish nazarda tutiladi.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil 1-sentabrdan boshlab
Agentlik,
Markaz
10.
Loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilari)ga yirik va mega loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun qoʻshimcha ravishda xalqaro konsalting kompaniyalari xizmatlarini xarid qilishni soddalashtirish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil 1-avgust
Agentlik,
Markaz
III. Loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiqishning samarali tizimini joriy qilish
11.
Xorijiy tajriba asosida loyihalarning loyihaoldi hujjatlari qiymatini, shu jumladan, ularda koʻzda tutilgan tovar (ish, xizmat)larning chegaralangan qiymatlari bozor qiymatlariga mosligini aniqlash tartibini ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil 1-sentabr
Agentlik,
Markaz
12.
Tarmoqlar kesimida kompleks ekspertiza natijalari asosida loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha loyiha tashkilotlarini “yuqori”, “oʻrta” va “past” ishonchlilik darajalariga ajratgan holda ularning reytingini shakllantirish va Markazning elektron axborot platformasiga (keyingi oʻrinlarda — Platforma) doimiy ravishda joylashtirib borish tizimini joriy qilish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil 1-avgust
Agentlik,
Markaz
13.
Oʻrta, yirik va mega loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyiha institutlari va tashkilotlarini tanlashda “eng arzon narx” mezonidan voz kechib, “sifat, tajriba va narx” mezonini joriy qilish.
Bunda:
tegishli soha boʻyicha muqaddam loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiqqan boʻlishi;
loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiqishda zamonaviy modellashtirish, hisoblash texnologiyalaridan (BIM, Micromine, CAD va boshqalar) foydalanishi;
“Shaffof qurilish” tizimida “S” va undan yuqori toifaga ega boʻlishi;
ilgari ishlab chiqilgan loyihaoldi hujjatlar boʻyicha tegishli ekspertiza tashkilotlaridan ijobiy xulosa olgan boʻlishi;
Markaz tomonidan yuritiladigan reytingda kamida “oʻrta” ishonchlilik darajasiga ega boʻlishi nazarda tutiladi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil 1-avgust
Agentlik,
Markaz
14.
Loyiha tashkilotlari va tashabbuskor (buyurtmachilar)ga nisbatan quyidagi ragʻbatlantirish choralarini joriy etish:
(a) Markaz tomonidan loyihaoldi hujjatni kompleks ekspertiza qilish natijasida bildirilgan kamchilik va eʼtirozlar 2 oydan kam vaqtda bartaraf qilinib, ijobiy xulosa olinsa:
loyiha tashkilotlariga reyting doirasida qoʻshimcha ballar beriladi va ishonchlilik darajasi yuqori pogʻonaga chiqqanda, ularning oʻxshash loyihaoldi hujjatlarini tezlashtirilgan tartibda amaldagi muddatni 5 ish kuniga qisqartirgan holda ekspertiza qilish;
ushbu loyiha tashkilotlari ishlab chiqqan oʻxshash loyihalarning loyihaoldi hujjatlari qiymatidan qatʼi nazar tashabbuskor (buyurtmachi) xohishiga koʻra unga parallel ekspertiza xizmatidan foydalanish imkoniyatini yaratish;
(b) loyihaoldi hujjatni kompleks ekspertiza qilish uchun birinchi taqdim etilgan bosqichdayoq (qayta ishlashsiz) yoki Markaz tomonidan berilgan eʼtirozlarni 1 oydan kam vaqtda bartaraf qilib ijobiy xulosa olinsa, ushbu loyiha buyurtmachisi uchun keyingi ekspertiza toʻloviga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) berish hamda ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash;
(v) loyihaoldi hujjat axborot modellashtirish texnologiyalari (BIM) va (yoki) boshqa shunga oʻxshash maxsus dasturiy taʼminot tizimlaridan foydalanib ishlab chiqilgan boʻlsa, ushbu loyihaoldi hujjatlarning tegishli boʻlimlarini soddalashtirilgan tartibda kompleks ekspertiza qilish;
(g) oʻrta, yirik va mega loyihalarning loyihaoldi hujjatlari boʻyicha kompleks ekspertiza qilish natijasida bildirilgan eʼtiroz va kamchiliklarni bartaraf etish asosida ikki oy davomida ijobiy xulosa olinsa, loyihani ishlab chiqishda ishtirok etgan loyiha tashabbuskori (buyurtmachisi) masʼul tuzilma rahbar va xodimlariga bir martalik mehnatga haq toʻlash fondining ikki baravari miqdorida ragʻbatlantirish toʻlovini amalga oshirish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil 1-avgust
Agentlik,
Markaz
15.
Loyihaning xususiyatlaridan kelib chiqib, xalqaro tajribani oʻrgangan holda investitsiya loyihalarini “fast track” (parallel loyihalash va parallel qurilish), “tayyor holda topshirish” (EPC, EPC+F) shartlari asosida amalga oshirishning zamonaviy va aniq talablari yuzasidan tartib ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil 1-sentabr
Agentlik,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,
Markaz
16.
Tarmoq va sohalarning Markazdan ijobiy xulosa olgan loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun texnik topshiriq, xarid hujjatlari va loyihani amalga oshirishning moliyaviy modellari asosida ularning namunaviy shakllarini ishlab chiqish.
Bunda:
moliyaviy model strukturalashgan, hisoblash formulalari va dastlabki maʼlumotlarga havolalarni aks ettirgan holda elektron tahrirlanadigan fayl koʻrinishida boʻlishi;
barcha moliyaviy model hisob-kitoblari formulalar orqali avtomatik amalga oshirish imkonini berishi;
ishlab chiqilgan namunaviy shakllarni Platformada joylashtirib borish nazarda tutiladi.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil 1-aprel
Markaz,
Agentlik
17.
Loyihaoldi hujjat axborot modellashtirish texnologiyalari (BIM) va (yoki) boshqa shunga oʻxshash maxsus dasturiy taʼminot tizimlaridan foydalanib ishlab chiqilgan boʻlsa, ushbu loyihaoldi hujjatlarning kompleks ekspertizasi jarayonini soddalashtirish boʻyicha tartibni ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil 1-avgust
Agentlik,
Markaz
Markaz va loyiha tashkilotlari oʻrtasida maʼlumot almashish uchun yagona formatni belgilash.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil 1-iyun
Markaz tomonidan tegishli ekspert xodimlarning BIM va/yoki shunga oʻxshash maxsus dasturiy taʼminot (modellashtirish) tizimlari bilan ishlash boʻyicha oʻquv kurslarida tajriba oshirishlarini taʼminlash.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil 1-sentabr
IV. Ekspertiza jarayonlarini raqamlashtirish
18.
Mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, loyihaoldi va xarid hujjatlari kompleks ekspertizasi jarayonida inson omilini kamaytirgan holda Platformani takomillashtirish.
Bunda buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan arizalarni roʻyxatga olish, hujjatlarni Markaz boʻlinmalari (xodimlari) oʻrtasida taqsimlash va ularning toʻliqligini tekshirishni avtomatik tarzda amalga oshirish nazarda tutiladi.
Kompleks chora-tadbirlar
2026-yil 1-sentabr
Agentlik,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Bojxona qoʻmitasi,
Soliq qoʻmitasi,
Milliy statistika qoʻmitasi,
Markaz
19.
Tovar (ish, xizmat)larning narxlari, texnik koʻrsatkichlari va boshqa tavsiflarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bazasida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish va keyinchalik ushbu maʼlumotlardan jamoatchilik uchun foydalanishni bosqichma-bosqich taʼminlash.
Amaliy chora-tadbirlar
2027-yil 1-mart
Agentlik,
Markaz,
Raqamli texnologiyalar vazirligi
20.
Platformaga oʻzining tovarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim qilgan xorijiy va mahalliy texnologik asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilarni ragʻbatlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil 1-sentabr
Agentlik,
Markaz
21.
Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllagan holda import qilinadigan tovarlar roʻyxatini ekspertiza qilish doirasida “Oʻzbekekspertiza” AJga ariza va hujjatlarni taqdim etish hamda tegishli xulosalarni olish jarayonlarini raqamlashtirish.
Kompleks chora-tadbirlar
2026-yil 1-avgust
Agentlik,
“Oʻzbekekspertiza” AJ,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Bojxona qoʻmitasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-son qaroriga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-maydagi “Imtiyozlar va preferensiyalar berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3756-son qarorining 2-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) oltinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasiga” soʻzlari “Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi huzuridagi “Oʻzbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyatiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) yettinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasining” soʻzlari “Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi huzuridagi “Oʻzbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyatining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi “Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-332-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) birinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK” soʻzlari “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DM” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) “a” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“100 baravaridan” soʻzlari “200 baravaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlari hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlariga doir tender boʻyicha xarid hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazganlik uchun ushbu kichik bandda belgilangan summaning 10 foizi miqdorida haq undiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) “b” kichik banddagi “50 ming” soʻzlari “100 ming” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Ushbu Nizom quyidagi loyihalar boʻyicha ishlab chiqiladigan hujjatlarga tatbiq etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qiymati 15 million AQSH dollari ekvivalentiga teng va undan yuqori boʻlgan quyidagi loyihalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tizimi budjetlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari, belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar. Bunda qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 50 ming baravaridan kam boʻlgan loyihalar boʻyicha ishchi loyiha ishlab chiqiladi va ularni ekspertizadan oʻtkazish “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DM yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshirilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ buyurtmachilar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar taqdim etishni koʻzda tutadigan alohida qarorlari asosida amalga oshiriladigan loyihalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) moliyalashtirish manbaidan qatʼi nazar, strategik foydali qazilmalarni qazib olish va/yoki qayta ishlashni koʻzda tutuvchi loyihalar (oltin izlovchilar usulida qazib olishdan tashqari), shuningdek, qiymati 10 million AQSH dollari ekvivalentidan ortiq boʻlgan davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida amalga oshirilayotgan loyihalar. Bunda mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimlar (MTTB) va davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida amalga oshirilayotgan loyihalarning loyihaoldi hujjatlari vakolatli organlarning tarmoq ilmiy-texnik kengashidan tegishli xulosalar olingandan soʻng ular boʻyicha tuzilgan bitim shartlari asosida texnik-texnologik va arxitektura-qurilish yechimlari hamda loyihaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi va moliyalashtirish manbalarining mavjudligi ekspertiza qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) davlat tashqi qarzi (xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari qarz mablagʻlari bundan mustasno) hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirish doirasida qiymati 5 million AQSH dollari ekvivalentiga teng va undan yuqori boʻlgan loyihalar. Bunda ushbu kichik band davlat tashqi qarzi hisobidan tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan loyihalarga tatbiq etilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v) loyihaoldi hujjatlari asosida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq, loyihaoldi hujjatlari kompleks ekspertizadan oʻtkazilmaydigan loyihalar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“g) moliyalashtirish manbaidan qatʼi nazar, xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilayotgan (bundan mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq amalga oshirilayotgan loyihalar mustasno) loyihalar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) 4-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK” soʻzlari “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DM” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) 9-banddagi “Markazda ekspertizadan oʻtkazilib” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21. Eʼtirozlar tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan bartaraf etilganda, loyihaoldi hujjatlarni takroriy ekspertizadan oʻtkazish oʻn besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xii) 22-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Markazning hujjatlar boʻyicha eʼtiroz va takliflari sohaviy normativ-huquqiy hujjatlar, meʼyorlar, talablar, standartlar va boshqa normativ hujjatlarga majburiy tarzda havola qilingan holda shakllantiriladi. Bunda tegishli havolasi boʻlmagan eʼtiroz va takliflar asossiz deb hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xiii) 23-bandning “a” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“24. Loyihaoldi hujjatlar Markazning ijobiy xulosasi olingandan soʻng bir yil (365 kalendar kun) davomida tasdiqlanmagan taqdirda, ular ushbu Nizomda belgilangan tartibda kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun yangidan kiritilgan hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xv) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“
Bosqichlar
T/r
Tadbirlar
Muddatlar
Masʼul ijrochilar
1-bosqich.
Texnik topshiriq ishlab chiqish
1.
Texnik topshiriq ishlab chiqish, uni TITK bilan kelishish
Loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilari),
TITK
2-bosqich.
Loyihaning TIA(TIHK)ni ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish
2.
Loyihani amalga oshirishni moliyalashtirishning dastlabki shartlari va manbalarini hisobga olgan holda tasdiqlangan texnik topshiriq asosida TIA/TIHK ishlab chiqish va TITK xulosasini olish.
Loyiha tashabbuskorlari
(buyurtmachilari)
3.
TIA/TIHK boʻyicha:
Markaz
50,0 mln AQSH dollarigacha boʻlgan “kichik” loyihalar
Koʻpi bilan 20 ish kuni
qiymati 50,0 mln AQSH dollaridan 200,0 mln AQSH dollarigacha boʻlgan “oʻrta” loyihalar
Koʻpi bilan 25 ish kuni
qiymati 200,0 mln AQSH dollaridan 1,0 mlrd AQSH dollarigacha boʻlgan “yirik” loyihalar
Koʻpi bilan 30 ish kuni
qiymati 1,0 mlrd AQSH dollar va undan ortiq boʻlgan “mega” loyihalar
Koʻpi bilan 45 ish kuni
4.
Keltirilgan eʼtirozlarni bartaraf etish, TITK bilan kelishish (texnologik va arxitektura-qurilish yechimlari oʻzgaradigan holatlarda) va loyiha TIA/TIHKni Markazga takroran kiritish
Loyiha tashabbuskorlari
(buyurtmachilari), loyihalashtirish tashkiloti,
TITK
5.
Qayta ishlangan loyiha TIA/TIHKni ekspertizadan oʻtkazish va xulosa berish
Hujjatlar paketi toʻliq taqdim qilingandan keyin koʻpi bilan 15 ish kuni
Markaz
6.
Markazning ijobiy xulosasi asosida loyiha TIA/TIHK parametrlarini tasdiqlash boʻyicha tegishli qaror loyihasini tayyorlash
Belgilangan muddatlarga muvofiq
Loyiha tashabbuskorlari
(buyurtmachilari)
7.
Ishchi hujjatlar hamda tender (tanlov) va boshqa hujjatlarni tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish
Tashabbuskorlar
(buyurtmachilar),
masʼul organlar
”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xvii) 5-ilovadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK” soʻzlari “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DM” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) 1-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda” soʻzlari “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DMda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Binolar, inshootlar va muhandislik kommunikatsiyalarini kapital qurish va taʼmirlash boʻyicha qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravaridan ortiq tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridini amalga oshirish uchun xarid qilish hujjatlari Markazga texnik topshiriq shaklida loyiha-smeta hujjatlari bilan birgalikda kiritiladi va ulardagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlari va narx parametrlarining asosliligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“41. Tender hujjatlari va texnik topshiriq ishlab chiqilgan holda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda tender hujjatlari va texnik topshiriq Markazda ekspertizadan oʻtkazilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) 3 va 4-ilovalardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKga” soʻzlari “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DMga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) 1-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK” soʻzlari “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DM” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) 1-ilovadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKga” soʻzlari “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DMga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi “Kon-geologiya sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy qilish hamda taʼlim va tadqiqotni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-323-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2-bandning birinchi xatboshisi “McKinsey” soʻzidan keyin “va “IMC Montan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 3-bandda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) “a” kichik banddagi “Markazga” soʻzi “Kolorado konchilik maktabi va Markazga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) “v” kichik band quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“(iv) tizimdagi rahbarlar va xodimlarning AQSHda Kolorado konchilik maktabining maxsus dasturlari boʻyicha malakasini oshirish yoʻnalishlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) taʼlim dasturlari, ilm-fan yoʻnalishlari va laboratoriyalar faoliyatini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish yoʻnalishlarida”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) quyidagi mazmundagi “v1” kichik band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“(v1) Markazga Kolorado konchilik maktabi va xalqaro nufuzga ega tashkilotlar bilan mazkur bandning “v” kichik bandida belgilangan yoʻnalishlarda, shuningdek, Markaz bilan kelishilgan holda Geologiya fanlari universiteti faoliyati doirasida taʼlim, ilmiy va infratuzilmaviy loyihalarni tijoratlashtirish maqsadida Universitet talabalari (bitiruvchilari) ishtirokida tashkil etiladigan startap va spinoff tuzilmalari va Universitet (shu jumladan, uning tizimidagi tashkilotlar) oʻrtasida tender (tanlov) oʻtkazmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish va amaliy ishlarni boshlashga ruxsat beriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) startap va spinoff tuzilmalariga Universitet kampusi va uning bino-inshootlaridan bepul foydalangan holda talabalar oʻzini oʻzi band qilishi uchun tijorat faoliyatini yuritishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Markaz tomonidan Kolorado konchilik maktabi bilan kelishilgan holda yoʻnalishlarga koʻra malakali ekspertlar ishga qabul qilinadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-noyabrdagi 750-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chetdan olib kirishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKga (keyingi oʻrinlarda — Markaz)” soʻzlari “Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi huzuridagi “Oʻzbekekspertiza” AJ (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzbekekspertiza” AJ)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) beshinchi xatboshidagi “Markaz” soʻzi “Oʻzbekekspertiza” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 4, 6, 8 — 16, 18 va 19-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Markaz” soʻzi tegishli kelishikdagi “Oʻzbekekspertiza” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. “Oʻzbekekspertiza” AJ tomonidan ekspertiza oʻtkazganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida toʻlov undiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) ilovadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKga” soʻzlari “Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi huzuridagi “Oʻzbekekspertiza” AJga soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu ilovaning 1 va 6-bandlari 2026-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu ilova 2-bandining tegishli qoidalari mazkur qarorning 5-bandida nazarda tutilgan muddatlarga mos ravishda amalga kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)