Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“YoGʻ-MOYTAMAKISANOAT” YoGʻ-MOY VA TAMAKI SANOATI KORXONALARI UYuShMASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 30-maydagi PQ-359-sonli “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oziq-ovqat sanoatining “Oʻzoziqovqatsanoat” davlat-aksionerlik konsernini qayta tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 26-sentabrdagi PF-945-son Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yogʻ-moy va tamaki korxonalari, shuningdek, mulkchilikning turli shakllaridagi xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar negizida 1-ilovaga muvofiq “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi tashkil etilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi:
yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan uyushma hisoblanadi hamda yogʻ-moy va tamaki sanoatining mulkchilikning turli shakllaridagi korxonalari va tashkilotlarini ixtiyoriylik asosida birlashtiradi;
oʻz faoliyatini muassislarning pay va boshqa badallari hamda ular tomonidan berilgan vakolatlar va funksiyalar asosida tashkil etadi;
oʻz faoliyati masalalarini mustaqil hal etadi, markazlashtirilgan sugʻurta, zaxira va boshqa jamgʻarmalar tashkil etadi;
“Oʻzoziqovqatsanoat” davlat-aksionerlik konsernining yogʻ-moy va tamaki sanoati tarmoqlariga oid shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi hamda oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
3. “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi bir oy muddatda oʻz faoliyati Ustavini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda uni qabul qilsin.
4. “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi ijroiya apparatining tuzilmasiga 2 va 2a-ilovalarga muvofiq hamda uning xodimlarining cheklangan soni 43 nafar boʻlishiga rozilik berilsin.
“Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasiga raisning ikki oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻlishi tavsiya qilinsin.
Uyushma raisi va uning oʻrinbosarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
davlatga tegishli boʻlgan aksiyalar (ulushlar, paylar) boʻyicha boshqarish huquqini “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasiga bersin, shuningdek, ushbu aksiyalar boʻyicha dividentlarning bir qismini shartnoma asosida unga bersin;
Keyingi tahrirga qarang.
“Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi bilan birgalikda uyushma tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ishini 1994-yilda tugallasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoati (“Oʻzoziqovqatsanoat”) davlat-aksionerlik konsernini tashkil etish va uning faoliyati masalalari” toʻgʻrisida 1993-yil 24-maydagi 245-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H.Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 26-sentabr,
482-son
“Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlari, korxonalar va tashkilotlar
ROʻYXATI
“Yangiyoʻl yogʻ-moy kombinati” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
Kattaqoʻrgʻon yogʻ-moy kombinati
“Buxoro yogʻ-ekstraksiya zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Qarshi yogʻ-ekstraksiya zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
Qoʻqon yogʻ-moy kombinati ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Fargʻona yogʻ-moy kombinati” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
Andijon yogʻ-moy kombinati ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
Asaka yogʻ-ekstraksiya zavodi
Uchqoʻrgʻon yogʻ-ekstraksiya zavodi
Namangan yogʻ-ekstraksiya zavodi
“Toshkent yogʻ-moy kombinati” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Surxonoziqovqatsanoat” birlashmasi
“Guliston yogʻ-ekstraksiya zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
Koson yogʻ-ekstraksiya zavodi ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
Kogon yogʻ-ekstraksiya zavodi
“Xoʻjayli yogʻ zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Chimboy yogʻ zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Beruniy yogʻ zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
Urganch yogʻ-moy kombinati
“Samarqand tamaki-fermentlash zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Urguttamakifermsanoat” ishlab chiqarish birlashmasi ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Toshkent tamaki fabrikasi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
Toshkent mahsulot taʼminoti va uni sotish ixtisoslashtirilgan bazasi
Samarqand mahsulot taʼminoti va uni sotish ixtisoslashtirilgan bazasi
Urganch mahsulot taʼminoti va uni sotish ixtisoslashtirilgan bazasi
“Xoʻjayli mahsulot taʼminoti va uni sotish ixtisoslashtirilgan bazasi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoati ilmiy-tadqiqot instituti
Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoati davlat loyihalash instituti
“Oʻzorgoziqovqatsanoat” ishlab chiqarish birlashmasi
“Toshkent tajriba-mexanika zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
Ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlarni komplektlash va yetkazib berish boʻyicha ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish korxonasi
“Samo” firmasi
Oziq-ovqat xomashyosi va moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash boʻyicha ishlab chiqarish-muvofiqlashtirish markazi
“Oʻzoziqovqatsanoattrans” ishlab chiqarish-transport birlashmasi ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi ijroiya apparati
TUZILMASI
Rahbariyat
Yogʻ-moy va tamaki sanoatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish boʻlimi
Tijorat ishlari, tayyor mahsulotni yetkazib berish va tashqi aloqalar boʻlimi
Iqtisodiyot, moliya va narx belgilash boʻlimi
Davlat tasarrufidan chiqarish, hisob va hisobot boʻlimi
Investitsiyalar va ilmiy-texnika taʼminoti boʻlimi
Ishlar boshqarmasi
“Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi ijroiya apparatining
tuzilmasi
JAMI: 43 kishi