Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON OZIQ-OVQAT SANOATI (“OʻZOZIQOVQATSANOAT”) DAVLAT-AKSIONERLIK KONSERNINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-sentabrdagi 482-son “Yogʻmoytamakisanoat” Yogʻ-moy va tamaki sanoati korxonalari uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzoziqovqatsanoat” konsernini “Oʻzbekiston davlat-aksionerlik konserniga aylantirish toʻgʻrisida”gi Farmonni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi;
1. Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoati (“Oʻzoziqovqatsanoat”) davlat-aksionerlik konserni tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning roʻyxati ularning yuridik shaxs huquqlari saqlanib qolgan holda 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzoziqovqatsanoat” davlat-aksionerlik konserni:
Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi, uning faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlikni esa Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi amalga oshiradi;
korxonalar, boʻlinmalarning moliyaviy-iqtisodiy, xoʻjalik va ijtimoiy faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlaydi, konsern Kengashi qaroriga asosan markazlashtirilgan, sugʻurta, zaxira va boshqa jamgʻarmalarni tashkil etadi;
davlat ehtiyojlari buyurtmalarini bajarish uchun konsernga markazlashtirilgan tartibda ajratiladigan kapital mablagʻlar, moddiy-texnika resurslari fondlarining egasi hisoblanadi;
konsern tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning davlat mulkini boshqaradi.
3. “Oʻzoziqovqatsanoat” konsernini boshqarishning yuqori organi Kengash hisoblanadi, u boshqaruvni va taftish komissiyasini saylaydi.
Konsern boshqaruvi apparati tuzilmasi va uning xodimlarining chekdangan soni 76 kishidan iborat qilib 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. “Oʻzoziqovqatsanoat” konsernida raisning 3 nafar oʻrinbosari shu jumladan, 1 nafar birinchi oʻrinbosari boʻlishiga ruxsat berilsin. Boshqaruv rahbariyati konsern Kengashi tomonidan saylanadi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Boshqaruv raisi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi hayʼat aʼzolari tarkibiga kiradi.
Konsern boshqaruvining raisi maqomi, maishiy, tibbiy va transport xizmati, koʻrsatish sharoitlari boʻyicha respublika vaziriga, raisning birinchi oʻrinbosari vazirning birinchi oʻrinbosariga, rais oʻrinbosarlari vazirning oʻrinbosarlariga tenglashtirilsin,
4. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mulki qoʻmitasi va “Oʻzoziqovqatsanoat” konserni 1993-1994-yillarda 3-ilovaga muvofiq oziq-ovqat sanoati davlat korxonalarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirishga doir tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirishga doir tashkiliy tadbirlarni oʻtkazishda korxonalar va tashkilotlarni yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish maqsadga muvofiq ekanligidan kelib chiqish zarur. Ushbu aksionerlik jamiyatlari har birining davlatga tegishli boʻlgan aksiyalari ulushi 51 foizdan kam boʻlmasligi kerak.
5. Oʻzbekiston Respublikasi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamgʻarmasi:
davlatga tegishli boʻlgan aksiyalar paketlariga muvofiq aksionerlik jamiyatlari faoliyatiga. rahbarlik qilish huquqlarini “Oʻzoziqovqatsanoat” konserniga bersin;
davlatga tegishli boʻlgan aksiyalar boʻyicha dividendlarning bir qismini aksionerlik birlashmalariga ularni rivojlantirish uchun shartnoma asosida berishni amalda qoʻllasin.
6. “Oʻzoziqovqatsanoat” konserni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda konsern Ustavini ishlab chiqsin va uni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. “Oʻzoziqovqatsanoat” konserni boshqaruvining ijro etuvchi apparati quyidagi manzilda joylashtirilsin: Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 7-uy.
8. Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 11-yanvardagi 5-son qarori 4-bandining Oʻzbekiston SSJ Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Oʻzoziqovqatsanoat” respublika ishlab chiqarish ilmiy birlashmasini OʻzSSJ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzpishcheprom” oziq-ovqat sanoati konserniga aylantirishga doir qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari oʻrtoq I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklatilsin.
Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil iyul oyida Vazirlar Mahkamasi majmui majlisida koʻrib chiqilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 24-may,
245-son
“Oʻzoziqovqatsanoat” konserni tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning
ROʻYXATI
Yangiyoʻl yogʻ-moy kombinati
Kattaqoʻrgʻon yogʻ-moy kombinati
Buxoro yon-ekstraksiya zavodi
Qarshi yogʻ-ekstraksiya zavodi
Qoʻqon yogʻ-moy kombinati
Fargʻona yogʻ-moy kombinati
Andijon yogʻ-moy kombinati
Asaka yogʻ-ekstraksiya zavodi
Uchqoʻrgʻon yogʻ-ekstraksiya zavodi
Namangan yogʻ-ekstraksiya zavodi
Toshkent yogʻ-moy kombinati
Denov yogʻ-ekstraksiya zavodi
Guliston yogʻ-ekstraksiya zavodi
Koson yogʻ-ekstraksiya zavodi
Kogon yogʻ-ekstraksiya zavodi
Xujayli yogʻ-zavodi
Chimboy yogʻ-zavodi
Beruniy yogʻ-zavodi
Urganch yogʻ-moy kombinati
Toshkent pivo zavodi
Toshkent “Lazzat” alkogolsiz ichimliklar zavodi
Toshkent mineral suv quyish zavodi
Toshkent yaxna ichimliklar kombinati
Qibray yaxna ichimliklar kombinati
Andijon alkogolsiz ichimliklar kombinati
Buxoro pivo zavodi
Namangan yaxna ichimliklar kombinati
Samarqand pivo zavodi
Fargʻona yaxna ichimliklar zavodi
Xamza mineral suv quyish zavodi
Qoʻqon pivo zavodi
Nukus pivo zavodi
Urganch alkogolsiz ichimliklar zavodi (Urganch yogʻ-moy kombinati bilan birlashadi)
Qarshi alkogolsiz ichimliklar zavodi
Xonobod alkogolsiz ichimliklar zavodi (Andijon alkogolsiz ichimliklar kombinati bilan birlashadi)
Chortoq oziq-ovqat konsentratlari tajriba zavodi
Samarqand “Narziya” qandolatchilik fabrikasi
Tashkent “Oʻrtoq” qandolatchilik fabrikasi
Yangiyoʻl “Lazzat” qandolat ishlab chiqarish birlashmasi
Urganch qandolatchilik fabrikasi
Olmaliq qandolatchilik fabrikasi
Namangan “Dilorom” qandolatchilik fabrikasi
Samarqand choy qadoqlash fabrikasi
Samarqand tamaki-fermentlash zavodi
“Urguttamakifermsanoat” ishlab chiqarish birlashmasi
Toshkent tamaki fabrikasi
Toshkent oziq-ovqat konsentratlari kombinati
* * *
Oziq-ovqat xomashyosi va moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash boʻyicha ishlab chiqarish-muvofiqlashtirish markazi
Mahsulot taʼminoti va uni sotish boʻyicha Toshkent ixtisoslashtirilgan bazasi
Mahsulot taʼminoti va uni sotish boʻyicha Samarqand ixtisoslashtirilgan bazasi
Mahsulot taʼminoti va uni sotish boʻyicha Urganch ixtisoslashtirilgan bazasi
Mahsulot taʼminoti va uni sotish boʻyicha Xujayli ixtisoslashtirilgan bazasi
Mahsulot taʼminoti va uni sotish boʻyicha Asaka ixtisoslashtirilgan bazasi
Ishlab chiqarish-texnologiya ahamiyatiga molik tayyor mahsulotlarni butlash va yetkazib berish hamda xalq isteʼmol mollarini yetkazib berish boʻyicha Toshkent ixtisoslashtirilgan korxonasi
“Samo” firmasi
* * *
“Pishchevik” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi va uning tarkibiga kiruvchi muassasalar:
“Oʻzgipropiщeprom” va “Piщeprom” institutlari negizida tashkil etiladigan Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoati davlat loyihalash instituti (Uzgipropiщeprom);
Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoati ilmiy-tadqiqot loyihalash-konstruktorlik instituti (UzNIPKIpiщeprom);
“Oʻzorgpiщeprom” ishlab chiqarish birlashmasi;
Toshkent tajriba-mexanika zavodi;
Andazalash, metrologiya va mahsulot sifatini nazorat qilish markazi.
* * *
“Oʻzpishcheremstroy” taʼmirlash-qurilish birlashmasi
Qurilayotgan korxonalar respublika direksiyasi
Namangan qurilayotgan korxonalar direksiyasi
Sirdaryo qurilayotgan korxonalar direksiyasi
Andijon qurilayotgan korxonalar direksiyasi
Urganch qurilayotgan korxonalar direksiyasi
* * *
“Oʻzpiщepromtrans” ishlab chiqarish avtotransport birlashmasi
“Oʻzoziqovqatsanoat” konserni ijro etuvchi apparatining
TUZILMASI
Rahbariyat
Yogʻ-moy sanoatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi
Qandolatchilik, choy va tamaki sanoatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi
Pivo-alkogolsiz ichimliklar sanoatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi
Tijorat ishlari, tayyor mahsulotlarni yetkazib berish va tashqi iqsodiy aloqalar Bosh boshqarmasi
Iqtisodiyot, narxlarni va istiqbolni belgilash boshqarmasi
Buxgalterlik hisob-kitobi, hisobot va moliya boshqarmasi Nazorat-taftish boʻlimi
Nazorat-taftish boʻlimi
Investitsiya, qayta qurish va texnika bilan qayta jihozlish boshqarmasi
Ilmiy-texnika taʼminoti boshqarmasi
Shartnoma-huquq ishlari boʻlimi
Kadrlar va maxsus ishlar boʻlimi
Ishlar boshqarmasi
1993-1994-yillarda oziq-ovqat sanoati davlat birlashmalari, korxonalari va tashkilotlarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirishga doir
TAShKILIY TADBIRLAR
| |
Jami korxonalar | 1993-1994-yillarda xususiylashtirish uchun moʻljallangan |
Qayta oʻzgartirishning tavsiya etilayotgan shakli |
|
aksionerlik yoki | |||
| Yogʻ-moy korxonalari | 19 | 19 | 19 |
| Qandolatchilik, choy va tamaki korxonalari | 10 | 10 | 10 |
| Pivo-alkogolsiz ichimliklar korxonalari | 15 | 15 | 15 |
| Taʼminot va sotish korxonalari | 7 | 5 | 5 |
| Boshqa korxonalar | 11 | 4 | 4 |
| Konsern boʻyicha jami | 62 | 53 | 53 |