Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT CHEGARASIGA TUTASH HUDUDLARDA YERDAN FOYDALANISHNI TARTIBGA SOLISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qoʻriqlash va unga tutash hududlarda yerdan foydalanishni tartibga solish manfaatlarini koʻzlab Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya va kartografiya boshqarmasi chegaradosh Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlari vakillari bilan birgalikda 1994-1995-yillar mobaynida Oʻzbekiston Respublikasining Hamdoʻstlik davlatlari bilan chegaralarini aniqlasin va joylarda Oʻzbekiston Respublikasining chegaralarini biriktirib qoʻyish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga takliflar kiritsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi chegara qoʻshinlariga quyidagi yer maydonlarini bepul foydalanish uchun bersinlar;
Afgʻoniston Islom Davlati bilan chegarasining butun uzunligi boʻylab Davlat chegarasi chizigʻi (suvdagi boʻlingan joy) dan asosiy muhandislik inshootlari chegarasigacha, lekin kamida 500 metrgacha boʻlgan yerlarni;
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlari bilan chegaradagi yerlarni — chegaralar aniqlangandan va birkitib qoʻyilgandan keyin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-martdagi 115-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlari bilan chegaralardagi bunday yerlarni chegaradosh davlatlar bilan chegaralar aniqlangan va birkitib qoʻyilgan vaqtdan boshlab 2 oy mobaynida bersinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Berilgan yerlar doirasida har qanday xoʻjalik faoliyatini yuritish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari Bosh boshqarmasi ruxsatiga binoan, xoʻjalik subyektlari bilan tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar asosida, tegishli toʻlov evaziga amalga oshirilsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 26-sentabr,
480-son