26.09.1994 yildagi 480-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT CHEGARASIGA TUTASH HUDUDLARDA YERDAN FOYDALANISHNI TARTIBGA SOLISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qoʻriqlash va unga tutash hududlarda yerdan foydalanishni tartibga solish manfaatlarini koʻzlab Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya va kartografiya boshqarmasi chegaradosh Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlari vakillari bilan birgalikda 1994-1995-yillar mobaynida Oʻzbekiston Respublikasining Hamdoʻstlik davlatlari bilan chegaralarini aniqlasin va joylarda Oʻzbekiston Respublikasining chegaralarini biriktirib qoʻyish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi chegara qoʻshinlariga quyidagi yer maydonlarini bepul foydalanish uchun bersinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Afgʻoniston Islom Davlati bilan chegarasining butun uzunligi boʻylab Davlat chegarasi chizigʻi (suvdagi boʻlingan joy) dan asosiy muhandislik inshootlari chegarasigacha, lekin kamida 500 metrgacha boʻlgan yerlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlari bilan chegaradagi yerlarni — chegaralar aniqlangandan va birkitib qoʻyilgandan keyin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-martdagi 115-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlari bilan chegaralardagi bunday yerlarni chegaradosh davlatlar bilan chegaralar aniqlangan va birkitib qoʻyilgan vaqtdan boshlab 2 oy mobaynida bersinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Berilgan yerlar doirasida har qanday xoʻjalik, tadbirkorlik va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyatni yuritish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining ruxsatiga binoan, taraflar oʻrtasida ijara, investitsiya va davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida rasmiylashtiriladigan shartnomalarga muvofiq, tegishli toʻlov evaziga amalga oshirilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 26-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
480-son