Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AHOLIGA SOTILADIGAN ELEKTR ENERGIYASINI TARIFLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublikaga yetkazib berilayotgan yonilgʻi va boshqa moddiy resurslar narxining oʻsishi munosabati bilan hamda energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, xalq xoʻjaligi tarmoqlari va aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentabrdagi 364-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
2. Respublika aholisining ayrim toifalariga ishlatilgan elektr energiyasi uchun haq toʻlash boʻyicha oldin qabul qilingan qarorlarga muvofiq amalda boʻlgan imtiyozlar saqlab qolinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 30-maydagi 273-son qarorining elektr energiyasiga cheklangan tariflarni qoʻllashga oid qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 8-sentabr,
453-son