Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 30.05.1994 yildagi 273-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AHOLIGA SOTILADIGAN YoQILGʻI, ELLEKTR ENERGIYASI ChAKANA NARXLARINI HAMDA YOʻLOVChI TAShISh TRANSPORTI XIZMATLARINI TARIFLARINI OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaga keltirilayotgan neft va boshqa yoqilgʻi resurslari narxlarining oshishi munosabati bilan, shuningdek, energiya resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirish hamda xalq xoʻjaligi tarmoqlarining barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1994-yilning 1-iyunidan boshlab yoqilgʻi-energetika resurslarining chegaralangan chakana narxlari hamda shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchi tashish transporti xizmatlarining tariflari ilovaga muvofiq belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aholining ayrim toifalariga respublika Hukumati ilgari qabul qilgan qarorlarga muvofiq berilgan amaldagi imtiyozlar saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda mazkur qarorga ilovaga muvofiq yangi chakana narxlar va tariflar preyskurantlarini tasdiqlasinlar hamda barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga yetkazsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar koʻmir va avtomobil benzinining qoldiqlarini 1994-yil 1-iyundagi holatga koʻra qayta baholab chiqsinlar, qayta baholashdan tushgan summani oʻzlarining aylanma mablagʻlarini toʻldirishga yoʻnaltirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 27-yanvardagi 45-son, 1994-yil 29-apreldagi 226-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-may 1994-yil,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
273-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 30-maydagi
273-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi, energiya, shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchilarni tashuvchi transport xizmatiga belgilanadigan chakana narx va tariflarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegaralangan miqdorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻlchov birligi ‎ Chakana narxi (tarif)
‎ bir birlik uchun soʻm-kuponlarda
Tabiiy gaz‎ 1000 m³‎ 3500‎
Elektr energiyasi ‎ kVt. soat‎ 30‎
Elektr plitalar bilan jihozlangan uy-joylarda yashovchi aholiga beriladigan elektr energiyasi ‎ kVt. soat‎‎ 15‎
Avtomobil benzini ‎(oʻrtacha) litr‎ 1000‎
Koʻmir (oʻrtacha)‎ tonna‎ 25000‎
Shahar transportida yoʻlovchilar tashish:‎
avtobus, tramvay, trolluybus‎ bir marta yurish‎ 100‎
metro ‎ --“‎-- 100‎
Shahar atrofiga qatnaydigan avtobuslarda yoʻlovchilar tashish:‎
umumiy tipdagi ‎ 1 km yoʻl uchun ‎ 17‎
yumshoq oʻrinli ‎ --“‎--‎ 25‎