1-ILOVA
2-ILOVA
3-ILOVA
4-ILOVA
5-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomlanishi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
1. | Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tarkibidagi boʻlimlar va kafedralar faoliyatini qayta koʻrib chiqish va ularning malakali xodimlar bilan toʻldirilishini taʼminlash. | Taʼlimning zamonaviy uslublarini qoʻllash, raqamli texnologiyalar, ilmiy tadqiqot, tahlil ishlari koʻnikmalariga ega boʻlgan kadrlarni ishga qabul qilish. | 2026-yil may | Institut |
2. | Mamlakatdagi statistika mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun “Maʼlumotlar va tahlil ilmi” raqamli taʼlim platformasini (keyingi oʻrinlarda — Taʼlim platformasi)ni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. | 1. Taʼlim platformasining funksional, texnik va tashkiliy arxitekturasi tuzilmasini ishlab chiqish. | 2026-yil aprel | Milliy statistika qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. Taʼlim platformasining faoliyat uchun zarur boʻlgan axborot tizimlari bilan integratsiyasini tashkil etish. | 2026-yil iyul | |||
3. Ishlab chiqilgan Taʼlim platformasini test sinovlaridan oʻtkazish va foydalanishga topshirish. | 2026-yil avgust | |||
3. | Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida, Institutda tadqiqotchilar, talabalar hamda boshqa foydalanuvchilar tomonidan ilmiy tadqiqot maqsadlarida statistika maʼlumotlaridan egasizlantirilgan shaklda foydalanish imkonini beruvchi Mikromaʼlumotlar laboratoriyasini yaratish. | 1. Institut binosida talabalar va tadqiqotchilar uchun mikromaʼlumotlar bilan ishlashga moʻljallangan maxsus xona tashkil etish. | 2026-yil may | Milliy statistika qoʻmitasi, Institut |
2. “Mikromaʼlumotlar”ni Taʼlim platformasi orqali onlayn rejimida olish imkoniyatini yaratish. | 2026-yil avgust | |||
4. | Davlat maqsadli dasturlari doirasida statistika uslubiyoti va amaliyotini takomillashtirish boʻyicha tadqiqotlar olib borishga doir loyihalarni amalga oshirish. | 1. Statistika uslubiyoti va amaliyotini xalqaro tajriba va tavsiyalarga muvofiq takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlar mavzularini shakllantirish. | 2026-yil iyun | Milliy statistika qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Institut |
2. Statistika tadqiqotlari dolzarb mavzulari roʻyxatini 2026 — 2028-yillarga moʻljallangan Davlat maqsadli dasturlariga kiritish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etish. | 2026-yil avgust | |||
5. | Tarmoqlar statistikasi boʻyicha sohaviy bilim va amaliy koʻnikmalarni chuqurlashtirish maqsadida ixtisoslashtirilgan taʼlim modullarini joriy etish. | 1. Tarmoqlar statistikasida kuzatilayotgan tizimli muammolarni aniqlash va tahlil qilish, maʼlumot yigʻishdagi kamchiliklarni aniqlash va sohaga doir tavsiyalar tayyorlash. | 2026-yil avgust | Institut, vazirlik va idoralar |
2. Sohalardagi statistika yoʻnalishlariga mos kurslar tayyorlash, ularda statistika uslubiyoti, tanlanma kuzatuvlarni oʻtkazish, maʼlumot manbalari va hisob-kitob mexanizmlarini qamrab olgan maxsus oʻquv dasturlarini ishlab chiqish. | 2026-yil oktabr | |||
6. | Institutning malaka oshirish dasturlari va ilmiy faoliyatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, ilgʻor xorijiy tajribalarni joriy qilish va statistika sohasidagi xalqaro tashkilotlar bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | 1. Mahalliy mutaxassislar uchun statistika sohasidagi Joint-Vienna Institute (JVI), UNSIAP, IMF CCAMTAC, Eurostat, MODS (Koreya) kabi yetakchi xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro trenerlar ishtirokidagi gibrid, yaʼni onlayn va oflayn shakllarda mashgʻulotlarni yoʻlga qoʻyish. | Doimiy | Milliy statistika qoʻmitasi, Institut |
2. Xalqaro tajribaga asoslangan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, malaka oshirish kurslari dasturlarini OECD, IMF, Eurostat tavsiyalari asosida qayta koʻrib chiqish, interaktiv va keysga asoslangan oʻquv formatlarini joriy etish. | Doimiy | |||
3. Milliy murabbiylar korpusini yaratish maqsadida xalqaro ekspertlar ishtirokida murabbiylar uchun trening (ToT) sertifikatlangan kurslarni tashkil etish. | Doimiy | |||
4. Statistika organlari mutaxassislarining Institutning Tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish jamgʻarmasi va boshqa grant mablagʻlari hisobidan xorijda malaka oshirishini tashkil etish. | Doimiy | |||
5. Ilgʻor xorijiy tajriba va xalqaro tashkilotlar grant mablagʻlari asosida fundamental va qoʻshma amaliy tadqiqotlar loyihalarini amalga oshirish. | Doimiy | |||
6. Ilmiy maqolalar va ishlanmalarni “Scopus” va “Web of Science” bazalarida nashr etishni qoʻllab-quvvatlash, xalqaro konferensiyalar va ilmiy forumlarda ishtirok etish. | Doimiy | |||
7. | Ilgʻor jahon tajribasidan kelib chiqqan holda kreativ iqtisodiyot faoliyati aks etadigan indikatorlarni baholash metodikasi asosida mazkur sohaning rivojlanishini tahlil qilish. | 1. Kreativ iqtisodiyotning milliy iqtisodiyotdagi oʻrnini baholash boʻyicha koʻrsatkichlarni shakllantirish. | 2026-yil oktabr | Institut |
2. Shakllantirilgan koʻrsatkichlar asosida kreativ iqtisodiyotning rivojlanishi boʻyicha tahliliy maʼlumot tayyorlash. | 2026-yil dekabr | |||
8. | Iqtisodiyotda startap loyihalar salohiyati va oʻrnini baholash hamda tahlil qilish tizimini yaratish. | 1. Startap loyihalarga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmini, ularning samaradorligini baholovchi indikatorlarni hisoblash uslubiyotlarini ishlab chiqish. | 2026-yil iyul | Institut |
2. Uslubiyot asosida shakllangan koʻrsatkichlardan kelib chiqib tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash. | 2026-yil avgust | |||
9. | Statistik maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilishda sunʼiy intellektdan foydalanish tizimini joriy etish boʻyicha taklif tayyorlash. | 1. Mazkur yoʻnalishda chet el tajribasini oʻrganish. | 2026-yil may | Milliy statistika qoʻmitasi, Institut |
2. Oʻrganish natijasi asosida milliy xususiyatlarni inobatga olgan holda taklif ishlab chiqish. | 2026-yil iyun | |||
10. | Davlat organlari xodimlarining statistika va maʼlumotlar tahlili sohasidagi kasbiy koʻnikmalarini oshirishga ixtisoslashgan, yuridik shaxs tashkil etmagan holda Zamonaviy bilimlar markazi (“Centre of excellency”)ni tashkil etish. | 1. Xorijiy rivojlangan mamlakatlarning statistika va maʼlumotlar tahlili yoʻnalishidagi tajribasini oʻrganish. | 2026-yil iyul | Milliy statistika qoʻmitasi, Institut |
2. Institut faoliyatini takomillashtirish maqsadida oʻrganish natijalaridan kelib chiqib, tuzilmalar tarkibi va vazifalarini qayta koʻrib chiqish. | 2026-yil oktabr | |||
3. Maʼlumotlarni tahlil qilish (data analitika) boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash tizimini joriy etish. | 2026-yil dekabr | |||
11. | Zamonaviy bilimlar markazini (Centre of excellency) tashkil etish uchun Jahon banki ishtirokidagi “Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida Institut binolarini zamonaviy arxitektura loyihalari asosida rekonstruksiya qilish va jihozlash loyihasini amalga oshirish. | 1. Institut binolarini rekonstruksiya qilish va jihozlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish. | 2026-yil noyabr | Institut |
2. Belgilangan tartibda binolarni zamonaviy arxitektura loyihalari asosida rekonstruksiya qilish va jihozlash loyihasini amalga oshirish. | 2027-2028-yillar |
6-ILOVA
T/r | Yoʻnalish | Lavozim | Tartib |
1. | Xodimlarga ish haqi hisoblash | Boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga | Milliy statistika qoʻmitasi uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va ustama belgilash shartlari, shu jumladan, Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash tarif koeffitsiyentini 1,8 baravarga oshirilgan holda qoʻllash orqali amalga oshiriladi. Bunda: |
Direktor | 18 | ||
Direktorning oʻrinbosarlari | 16 | ||
Boʻlim rahbarlari | 16-5% | ||
Bosh va yetakchi mutaxassislar | 13 | ||
Kafedra mudirlari | Oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan lavozim maoshlari maoshlari asosida | ||
Professor-oʻqituvchilar | |||
2. | Koʻp yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda) | Barcha xodimlar (oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan lavozimlardan tashqari) | Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorlarda: 1 yildan 3 yilgacha — 0,3; 3 yildan 5 yilgacha — 0,6; 5 yildan 10 yilgacha — 0,8; 10 yildan 15 yilgacha — 1,0; 15 yildan 20 yilgacha — 1,2; 20 yildan yuqori — 1,5. Davlat tashkilotlari hamda muassasalarida koʻp yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama olish huquqini beruvchi ish staji qonunchilikda belgilangan tartibga asosan aniqlanadi. |
7-ILOVA
8-ILOVA