13.03.2026 yildagi PQ-103-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy statistika tizimi mutaxassislari malakasini oshirish hamda sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali yuqori samaradorlikka erishish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-27-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, milliy statistika tizimini zamon talablari asosida yanada takomillashtirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Asosiy maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar ushbu qarorning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) milliy statistika tizimi mutaxassislari malakasini oshirishda oʻqitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish va xorijiy tajriba asosida statistika uslubiyotini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) har ikki yilda 3 ming nafar milliy statistika tizimi mutaxassislarini oʻqitib borish imkonini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) yashirin va kreativ iqtisodiyotni baholash maqsadida statistika metodologiyasini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) milliy statistika tizimini raqamlashtirishni jadallashtirish, innovatsion yechimlarni qoʻllagan holda koʻrsatilayotgan raqamli xizmatlar hajmini 2 barobarga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Milliy statistika tizimida mutaxassislar malakasini oshirish va tadqiqotlar olib borish tizimini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Milliy statistika qoʻmitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari va ularni amalga oshirish boʻyicha vazifalar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, 2026-yil 1-apreldan boshlab Institutda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) vazirlik va idoralarning maʼmuriy maʼlumotlarini yuritish, statistika uslubiyotlarini ishlab chiqish va ochiq maʼlumotlar portali bilan ishlashga masʼul boʻlgan xodimlari uchun har ikki yilda shartnoma asosida 48 soatgacha boʻlgan malaka oshirish kurslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) statistika hisobotlarini taqdim etuvchi subyektlar, jumladan, tadbirkorlik subyektlari uchun zarur amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin va uni moliyalashtirish manbalari hamda mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Milliy statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Institut tomonidan Jahon banki koʻmagida respublikada yashirin va kreativ iqtisodiyot ulushini statistik baholash metodikasini takomillashtirish va baholash natijalarini eʼlon qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ushbu yoʻnalishda ishlarni tashkil etish uchun Milliy statistika qoʻmitasi shtat birliklari doirasida Institutga qoʻshimcha 6 ta shtat birligi ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Institut tomonidan oʻquv jarayoniga professor-oʻqituvchilar hamda soha boʻyicha mutaxassislarni mehnatiga soatbay (kunbay, ishbay) haq toʻlagan holda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Milliy statistika qoʻmitasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-sentabrga qadar malaka oshirish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun “Maʼlumotlar va tahlil ilmi” raqamli taʼlim platformasini (keyingi oʻrinlarda — Platforma) joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Platforma Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Platforma operatori Institut hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Platformani saqlash xarajatlari Milliy statistika qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Milliy statistika tizimida raqamli xizmatlar koʻrsatishda yangicha yondashuvlarni tatbiq etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Milliy statistika tizimini raqamlashtirish hamda sohada zamonaviy xizmatlarni joriy etish maqsadida Milliy statistika qoʻmitasi huzurida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Raqamli statistika markazi” — Digitstat (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Markaz statistika sohasida raqamlashtirish yoʻnalishida faoliyat koʻrsatuvchi yagona integrator hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Markaz 4-ilovaga muvofiq vazifalarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilab qoʻyilsinki, Milliy statistika qoʻmitasida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash xarajatlari uchun mablagʻlar Davlat budjetidan 2026-yilda Statistika dasturi doirasida, keyingi yillarda Milliy statistika qoʻmitasining asoslantirilgan talabnomasiga koʻra ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Milliy statistika qoʻmitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 5-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Milliy statistika qoʻmitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ustama belgilash tartibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 8-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Milliy statistika qoʻmitasi raisi B.S. Hamrayev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 13-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-103-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-103-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy statistika qoʻmitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari va ularni amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAZIFALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalqaro ilgʻor tajriba asosida milliy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ustuvorliklariga mos ilmiy va amaliy statistik tadqiqotlarni olib borish, zamonaviy tahlil usullarini joriy etish orqali hudud va sohalar kesimida maʼlumotlarga asoslangan tahlillar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yashirin iqtisodiyot va kreativ iqtisodiyotni baholash uslubiyotini takomillashtirish hamda davriy ravishda ularning iqtisodiyotdagi ulushini hisoblash va natijalarini eʼlon qilib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni kengaytirish, jumladan, sunʼiy intellekt (AI) va katta hajmdagi maʼlumotlar (Big Data) asosida maʼlumotlarning sifati va ishonchliligini oshirish boʻyicha tadqiqotlar olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Statistik maʼlumotlarni muqobil manbalar, jumladan, sunʼiy yoʻldosh va dron orqali olingan tasvirlar, mobil va bank tizimi maʼlumotlari hamda boshqa maʼmuriy maʼlumotlardan foydalangan holda yuritish usullarini joriy etish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Statistika organlari hamda vazirlik va idoralar soha mutaxassislarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish va bilimlarini baholab borishning uzluksiz tizimini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarida statistikani shakllantirishning oʻziga xosligini hisobga olgan holda, maxsus taʼlim modullarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish natijalarini tizimli va chuqur tahlil qilish maqsadida deskriptiv va prediktiv statistik tahlil usullarini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat organlari uchun tahlillarga asoslangan qarorlar qabul qilish, qarorlar taʼsirini baholash va raqamlarga asoslangan boshqaruv (evidence-based policy) boʻyicha ixtisoslashgan oʻquv dasturlarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mahalliy va xorijiy olim va mutaxassislarni jalb qilgan holda oliy taʼlim muassasalarida iqtisodiyot, ijtimoiy soha va hududlar statistikasiga oid metodologik va oʻquv qoʻllanmalarni ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Institut faoliyati doirasida nashr etilayotgan elektron va bosma materiallar, shu jumladan, ilmiy maqolalar, tahliliy hisobotlar va statistik byulletenlar sifati va mazmunini doimiy ravishda takomillashtirib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Statistika organlari xodimlari faoliyati samaradorligini baholash (KPI) tizimini ishlab chiqish va joriy etish xodimlarning ish faoliyati natijadorligini aniq, oʻlchovli va shaffof koʻrsatkichlar asosida baholashga qaratilgan zamonaviy KPI tizimini shakllantirish va yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Statistika kasbining nufuzini oshirish va inson kapitalini rivojlantirish maqsadida yosh mutaxassislarni statistika sohasiga jalb etish, xodimlarni ragʻbatlantirishning meritokratik mexanizmlarini joriy etish hamda uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini shakllantirish orqali yuqori malakali kadrlar tarkibini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Interaktiv va raqamli taʼlim platformasini joriy etish orqali masofaviy, raqamlashgan va gibrid taʼlimni yoʻlga qoʻyish hamda elektron repozitoriy va malaka hujjatlarini raqamlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xalqaro hamkorlikni kengaytirish va qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy etish, zamonaviy statistika uslubiyotlarini ishlab chiqish va xalqaro standartlarga moslashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ilmiy tadqiqot tashkilotlari, akademik muassasalar va tahlil markazlari bilan hamkorlik aloqalarni kengaytirib borish hamda qoʻshma tadqiqot va loyihalarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-103-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti huzuridagi Tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish jamgʻarmasini moliyalashtirish manbalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat budjetidan har yili Institutning bir yillik mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasining 40 foizi miqdorida ajratiladigan mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalqaro grantlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jismoniy va yuridik shaxslarga tijorat xizmatlarini koʻrsatishdan olinadigan daromadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-103-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti huzuridagi Tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻNALISHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tadqiqot va oʻquv kurslarini tashkil etish uchun jalb qilingan mahalliy va xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Milliy statistika tizimi xodimlarining kasbiy salohiyati va amaliy koʻnikmalarini oshirish maqsadida xorijiy taʼlim va statistika muassasalarida stajirovkalarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tadqiqot loyihalarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hududlarga chiqqan holda tanlanma kuzatuvlar va sinov tadqiqotlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Elektron va bosma nashrlarni zamonaviy talablarga muvofiq tayyorlash va tarqatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Institut xodimlari tomonidan tayyorlangan ilmiy maqolalarni yuqori reytingli xorijiy nashrlarda chop etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Institutning elektron kutubxona fondini zamonaviy kitoblar, ilmiy nashrlar, elektron qoʻllanmalar, tadqiqot materiallari va ilmiy maʼlumotlar bilan toʻldirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Institutning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan, veb-saytini yaratish va yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Institut xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida har oylik mehnatga haq toʻlash fondining 100 foizigacha miqdorda ustamalar, mukofotlar, moddiy yordamlar va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar toʻlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Institut faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-103-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy statistika qoʻmitasi huzuridagi “Raqamli statistika markazi” — Digitstat masʼuliyati cheklangan jamiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Milliy statistika tizimini raqamlashtirish, sunʼiy intellekt (AI) va katta hajmdagi maʼlumotlar (Big Data) asosida zamonaviy raqamli yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Statistik maʼlumotlarni taqdim etishning my.stat.uz portalini va geofazoviy portalini yaratish orqali sohada raqamli xizmatlar ulushini yanada oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Buyurtmaga muvofiq “Survey as a Service” modeli va autsorsing asosida statistik kuzatuvlar, ijtimoiy va marketing tadqiqotlar, elektron soʻrovnomalar oʻtkazish xizmatini koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qonunchilik hujjatlari doirasida statistik va idoraviy registrlarni yaratish, integratsiya qilish va ularni takomillashtirib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tadqiqotchilar va boshqa turdagi foydalanuvchilar uchun belgilangan tartibda egasizlantirilgan mikro darajadagi maʼlumotlarni raqamli taqdim etish xizmatlarini yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuziladigan shartnoma asosida statistik, konsalting, tahliliy, axborot va noshirlik xizmatlar koʻrsatishni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-103-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy statistika qoʻmitasining huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tarkibidagi boʻlimlar va kafedralar faoliyatini qayta koʻrib chiqish va ularning malakali xodimlar bilan toʻldirilishini taʼminlash.

Taʼlimning zamonaviy uslublarini qoʻllash, raqamli texnologiyalar, ilmiy tadqiqot, tahlil ishlari koʻnikmalariga ega boʻlgan kadrlarni ishga qabul qilish.

2026-yil may

Institut

2.

Mamlakatdagi statistika mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun “Maʼlumotlar va tahlil ilmi” raqamli taʼlim platformasini (keyingi oʻrinlarda — Taʼlim platformasi)ni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

1. Taʼlim platformasining funksional, texnik va tashkiliy arxitekturasi tuzilmasini ishlab chiqish.

2026-yil aprel

Milliy statistika qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Taʼlim platformasining faoliyat uchun zarur boʻlgan axborot tizimlari bilan integratsiyasini tashkil etish.

2026-yil iyul

3. Ishlab chiqilgan Taʼlim platformasini test sinovlaridan oʻtkazish va foydalanishga topshirish.

2026-yil avgust

3.

Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida, Institutda tadqiqotchilar, talabalar hamda boshqa foydalanuvchilar tomonidan ilmiy tadqiqot maqsadlarida statistika maʼlumotlaridan egasizlantirilgan shaklda foydalanish imkonini beruvchi Mikromaʼlumotlar laboratoriyasini yaratish.

1. Institut binosida talabalar va tadqiqotchilar uchun mikromaʼlumotlar bilan ishlashga moʻljallangan maxsus xona tashkil etish.

2026-yil may

Milliy statistika qoʻmitasi,

Institut

2. “Mikromaʼlumotlar”ni Taʼlim platformasi orqali onlayn rejimida olish imkoniyatini yaratish.

2026-yil avgust

4.

Davlat maqsadli dasturlari doirasida statistika uslubiyoti va amaliyotini takomillashtirish boʻyicha tadqiqotlar olib borishga doir loyihalarni amalga oshirish.

1. Statistika uslubiyoti va amaliyotini xalqaro tajriba va tavsiyalarga muvofiq takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlar mavzularini shakllantirish.

2026-yil iyun

Milliy statistika qoʻmitasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Institut

2. Statistika tadqiqotlari dolzarb mavzulari roʻyxatini 2026 — 2028-yillarga moʻljallangan Davlat maqsadli dasturlariga kiritish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etish.

2026-yil avgust

5.

Tarmoqlar statistikasi boʻyicha sohaviy bilim va amaliy koʻnikmalarni chuqurlashtirish maqsadida ixtisoslashtirilgan taʼlim modullarini joriy etish.

1. Tarmoqlar statistikasida kuzatilayotgan tizimli muammolarni aniqlash va tahlil qilish, maʼlumot yigʻishdagi kamchiliklarni aniqlash va sohaga doir tavsiyalar tayyorlash.

2026-yil avgust

Institut, vazirlik va idoralar

2. Sohalardagi statistika yoʻnalishlariga mos kurslar tayyorlash, ularda statistika uslubiyoti, tanlanma kuzatuvlarni oʻtkazish, maʼlumot manbalari va hisob-kitob mexanizmlarini qamrab olgan maxsus oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

2026-yil oktabr

6.

Institutning malaka oshirish dasturlari va ilmiy faoliyatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, ilgʻor xorijiy tajribalarni joriy qilish va statistika sohasidagi xalqaro tashkilotlar bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

1. Mahalliy mutaxassislar uchun statistika sohasidagi Joint-Vienna Institute (JVI), UNSIAP, IMF CCAMTAC, Eurostat, MODS (Koreya) kabi yetakchi xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro trenerlar ishtirokidagi gibrid, yaʼni onlayn va oflayn shakllarda mashgʻulotlarni yoʻlga qoʻyish.

Doimiy

Milliy statistika qoʻmitasi,

Institut

2. Xalqaro tajribaga asoslangan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, malaka oshirish kurslari dasturlarini OECD, IMF, Eurostat tavsiyalari asosida qayta koʻrib chiqish, interaktiv va keysga asoslangan oʻquv formatlarini joriy etish.

Doimiy

3. Milliy murabbiylar korpusini yaratish maqsadida xalqaro ekspertlar ishtirokida murabbiylar uchun trening (ToT) sertifikatlangan kurslarni tashkil etish.

Doimiy

4. Statistika organlari mutaxassislarining Institutning Tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish jamgʻarmasi va boshqa grant mablagʻlari hisobidan xorijda malaka oshirishini tashkil etish.

Doimiy

5. Ilgʻor xorijiy tajriba va xalqaro tashkilotlar grant mablagʻlari asosida fundamental va qoʻshma amaliy tadqiqotlar loyihalarini amalga oshirish.

Doimiy

6. Ilmiy maqolalar va ishlanmalarni “Scopus” va “Web of Science” bazalarida nashr etishni qoʻllab-quvvatlash, xalqaro konferensiyalar va ilmiy forumlarda ishtirok etish.

Doimiy

7.

Ilgʻor jahon tajribasidan kelib chiqqan holda kreativ iqtisodiyot faoliyati aks etadigan indikatorlarni baholash metodikasi asosida mazkur sohaning rivojlanishini tahlil qilish.

1. Kreativ iqtisodiyotning milliy iqtisodiyotdagi oʻrnini baholash boʻyicha koʻrsatkichlarni shakllantirish.

2026-yil oktabr

Institut

2. Shakllantirilgan koʻrsatkichlar asosida kreativ iqtisodiyotning rivojlanishi boʻyicha tahliliy maʼlumot tayyorlash.

2026-yil dekabr

8.

Iqtisodiyotda startap loyihalar salohiyati va oʻrnini baholash hamda tahlil qilish tizimini yaratish.

1. Startap loyihalarga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmini, ularning samaradorligini baholovchi indikatorlarni hisoblash uslubiyotlarini ishlab chiqish.

2026-yil iyul

Institut

2. Uslubiyot asosida shakllangan koʻrsatkichlardan kelib chiqib tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash.

2026-yil avgust

9.

Statistik maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilishda sunʼiy intellektdan foydalanish tizimini joriy etish boʻyicha taklif tayyorlash.

1. Mazkur yoʻnalishda chet el tajribasini oʻrganish.

2026-yil may

Milliy statistika qoʻmitasi, Institut

2. Oʻrganish natijasi asosida milliy xususiyatlarni inobatga olgan holda taklif ishlab chiqish.

2026-yil iyun

10.

Davlat organlari xodimlarining statistika va maʼlumotlar tahlili sohasidagi kasbiy koʻnikmalarini oshirishga ixtisoslashgan, yuridik shaxs tashkil etmagan holda Zamonaviy bilimlar markazi (“Centre of excellency”)ni tashkil etish.

1. Xorijiy rivojlangan mamlakatlarning statistika va maʼlumotlar tahlili yoʻnalishidagi tajribasini oʻrganish.

2026-yil iyul

Milliy statistika qoʻmitasi,

Institut

2. Institut faoliyatini takomillashtirish maqsadida oʻrganish natijalaridan kelib chiqib, tuzilmalar tarkibi va vazifalarini qayta koʻrib chiqish.

2026-yil oktabr

3. Maʼlumotlarni tahlil qilish (data analitika) boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash tizimini joriy etish.

2026-yil dekabr

11.

Zamonaviy bilimlar markazini (Centre of excellency) tashkil etish uchun Jahon banki ishtirokidagi “Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida Institut binolarini zamonaviy arxitektura loyihalari asosida rekonstruksiya qilish va jihozlash loyihasini amalga oshirish.

1. Institut binolarini rekonstruksiya qilish va jihozlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish.

2026-yil noyabr

Institut

2. Belgilangan tartibda binolarni zamonaviy arxitektura loyihalari asosida rekonstruksiya qilish va jihozlash loyihasini amalga oshirish.

2027-2028-yillar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-103-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy statistika qoʻmitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ustama belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Yoʻnalish

Lavozim

Tartib

1.

Xodimlarga ish haqi hisoblash

Boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga

Milliy statistika qoʻmitasi uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va ustama belgilash shartlari, shu jumladan, Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash tarif koeffitsiyentini 1,8 baravarga oshirilgan holda qoʻllash orqali amalga oshiriladi. Bunda:

Direktor

18

Direktorning oʻrinbosarlari

16

Boʻlim rahbarlari

16-5%

Bosh va yetakchi mutaxassislar

13

Kafedra mudirlari

Oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan lavozim maoshlari maoshlari asosida

Professor-oʻqituvchilar

2.

Koʻp yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda)

Barcha xodimlar

(oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan lavozimlardan tashqari)

Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorlarda:

1 yildan 3 yilgacha — 0,3;

3 yildan 5 yilgacha — 0,6;

5 yildan 10 yilgacha — 0,8;

10 yildan 15 yilgacha — 1,0;

15 yildan 20 yilgacha — 1,2;

20 yildan yuqori — 1,5.

Davlat tashkilotlari hamda muassasalarida koʻp yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama olish huquqini beruvchi ish staji qonunchilikda belgilangan tartibga asosan aniqlanadi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-103-son qaroriga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-75-son qarori 3-bandining “v” kichik bandidagi “tuman (shahar) boʻlimlari binolarini” soʻzlari “binolarni” soʻzi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 686-son qarori qoʻyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“81. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Institutga 2 ta, shu jumladan, 1 ta xizmat va 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) 5-pozitsiyaning ikkinchi ustuni birinchi xatboshisidagi “0,08” raqami “2,0” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) 6-pozitsiyaning ikkinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻn ish kuni (toʻrt ish kunidan oshmagan muddatda soʻrovnomaga koʻra maʼlumotning mavjudligi va qiymatini maʼlum qiladi hamda toʻlov amalga oshirilgandan soʻng olti ish kunidan oshmagan muddatda soʻralgan maʼlumotlarni taqdim etadi)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 23-ilovaning 5-pozitsiyasi ikkinchi ustuni birinchi — toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“KTYADR bazasidan har bir tashkilot boʻyicha taqdim etiladigan maʼlumotlar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot soni 100 tagacha boʻlganda, BHMning 2,0 foizi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot soni 100 tadan 10 000 tagacha boʻlganda, BHMning 1,0 foiz miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot soni 10 000 tadan ortiq boʻlganda, BHMning 0,5 foizi miqdorida”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-103-son qaroriga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 686-son qarorining 9-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 106-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi “Rasmiy statistika faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida”gi 627-son qaroriga 3-ilovaning 94-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 07/26/103/0226-son)