Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi prezidenti Mohammed Hasan Jalood Al-Shammariga “Faxriy fuqaro” maqomini berish toʻgʻrisida
“Faxriy fuqaro” maqomini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4 va 12-bandlarini inobatga olib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusiga asosan Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi prezidenti Mohammed Hasan Jalood Al-Shammariga “Faxriy fuqaro” maqomi berilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2026-yil 23-fevral,
KQ-312-V-son