1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.01.00 Fuqarolikda xalqaro huquqiy masalalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Faxriy fuqaro” maqomini berish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-avgustdagi PF-5495-son Farmonini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qo‘yilsinki, “Faxriy fuqaro” maqomi iqtisodiyot, fan, madaniyat va san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohaning rivojlanishiga katta investitsiya kiritgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida xayriya (metsenatlik) faoliyatini amalga oshirayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga “Faxriy fuqaro” maqomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan berilishi mumkinligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Bunda qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan qabul qilinadi, maqom berilishi to‘g‘risidagi guvohnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi tomonidan imzolanadi va topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga “Faxriy fuqaro” maqomini berish tashabbusi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ilgari surilgan bo‘lsa, bu haqdagi qaror Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari tomonidan qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Faxriy fuqaro” maqomini berish to‘g‘risidagi guvohnoma Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan imzolanadi va topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Faxriy fuqaro” maqomini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Faxriy fuqaro” maqomini berish to‘g‘risidagi guvohnomaning namunasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining buyurtmanomalari bo‘yicha “Faxriy fuqaro” maqomini berish to‘g‘risidagi guvohnoma blankalari belgilangan tartibda tayyorlanishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 5-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
648-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-avgustdagi 648-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Faxriy fuqaro” maqomini berish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Faxriy fuqaro” maqomini berish tartibini, shuningdek, ushbu maqom berilgan shaxslarga beriladigan huquqlarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Faxriy fuqaro” maqomi (keyingi o‘rinlarda maqom deb ataladi) chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni rag‘batlantirish shakli, iqtisodiyot, fan, madaniyat va san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohaning rivojlanishiga katta investitsiya kiritganligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida xayriya (metsenatlik) faoliyatini amalga oshirayotganligi uchun minnatdorchilik va tashakkur belgisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maqom O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish uchun asos hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Maqomni berishning asosi va tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar maqom berilishining asosi hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy shaxs yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy yoki qo‘shma korxona tashkil etish tarzida investitsiyalar kiritilishi paytida O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisob-kitob miqdorining kamida 40000 baravari miqdorida investitsiya kiritilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot, fan, madaniyat va san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohani rivojlantirishga, jahonda O‘zbekistonning ijobiy imijini takomillashtirish va ilgari surishga, O‘zbekiston xalqining bebaho ma’naviy-madaniy merosini saqlash va ko‘paytirishga katta shaxsiy hissa qo‘shganligi, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida va uning manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiriladigan xayriya (metsenatlik) faoliyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maqomni berish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maqomni berish to‘g‘risidagi taklif bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tashabbus ko‘rsatib chiqadilar va ko‘rib chiqish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy shaxsga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha maqom berilgan taqdirda, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalariga — kiritilgan investitsiyalar miqdori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy yoki qo‘shma korxona tashkil etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga — xo‘jalik jamiyatlaridan sotib olingan aksiyalar va ulushlar, shuningdek, davlat aktivlarining miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligiga — O‘zbekiston Respublikasining fani, madaniyati va san’ati, ta’limi, sog‘liqni saqlashi va ijtimoiy sohasining rivojlanishiga uning qo‘shgan hissasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish uchun so‘rov yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maqomni berish to‘g‘risidagi taqdimnoma Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari taqdimnomani ko‘rib chiqib, maqomni berish yoki maqomni berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari tomonidan maqomni berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari “Faxriy fuqaro” maqomini berish to‘g‘risidagi guvohnomani imzolaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlarining maqomni berish to‘g‘risidagi qarorlari ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maqomni berish to‘g‘risidagi guvohnoma Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maqomni berish to‘g‘risidagi guvohnoma Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari majlislarida ham topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Maqomni berish masalasini ko‘rib chiqish va qarorni qabul qilish maqom berilayotgan shaxs yo‘qligida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Faxriy fuqaro” maqomini berish tashabbusi bilan mustaqil ravishda chiqishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maqomni berish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan ilgari surilgan bo‘lsa, qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan qabul qilinadi. Bunday tartibdagi tashabbus bilan maqomni berish to‘g‘risidagi guvohnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi tomonidan imzolanadi va topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Maqom shaxsning vafotidan keyin berilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Faxriy fuqaroning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Maqom berilgan shaxslarga quyidagi huquqlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p martalik uch yillik vizani, uning amal qilish muddatini O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish zaruriyatsiz, shu jumladan, oila a’zolari (er (xotini) va voyaga yetmagan bolalar) uchun cheklanmagan miqdorda uzaytirish imkoniyati bilan davlat boji to‘lanmasdan olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni, shu jumladan, oila a’zolari (er (xotini) va voyaga yetmagan bolalar) uchun davlat boji to‘lanmasdan uch yilgacha muddatda ichki ishlar organlarida rasmiylashtirish va uzaytirish;
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha ro‘yxatga olingan joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash uchun ruxsatnomani, shu jumladan, oila a’zolari (er (xotini) va voyaga yetmagan bolalar) uchun davlat boji to‘lanmasdan olish;
(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan birinchi navbatda qabul qilinish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Maqom berilgan shaxsga nisbatan quyidagi hollarda uning maqomdan mahrum qilinishi to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxs og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilinganda — sudning taqdimnomasiga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘yilgan investitsiyalar (pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar legallashtirilishi bilan bog‘liq jinoyat sodir etilishi natijasida olinganligi holati vakolatli organlar tomonidan aniqlanishi va tasdiqlanishi — sudning taqdimnomasiga binoan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maqomdan mahrum etish berilgan huquqlar bekor qilinishiga sabab bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Faxriy fuqaro” maqomi berilgan shaxslar reyestri yuritilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Faxriy fuqaro” maqomini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Faxriy fuqaro” maqomini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va uning hududiy boshqarmalariga — kiritilgan investitsiya miqdori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy korxona yoki qo‘shma korxona tashkil etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga — xo‘jalik jamiyatlaridan sotib olingan aksiyalar va ulushlar, shuningdek, davlat aktivlarining miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vaziriligi, Sog‘liqni saqlash vaziriligi, Madaniyat vazirligiga — O‘zbekiston Respublikasi fan, madaniyat va san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohaning rivojlanishiga uning qo‘shgan hissasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish uchun.
4-bandda nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelgan vaqtdan boshlab
2-bosqich
Vazirliklar va idoralar
So‘rovni yuborgan davlat va xo‘jalik boshqaruv organiga: maqom berishga tavsiya etilgan shaxs tomonidan kiritilgan investitsiya, xo‘jalik jamiyatlaridan sotib olingan aksiyalar va ulushlar, davlat aktivlarining miqdori, shuningdek, madaniyat va san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohaning rivojlanishiga uning qo‘shgan hissasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani beradi.
Ikki kun mobaynida
3-bosqich
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari
QR Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga “Faxriy fuqaro” maqomini olishga talabgor nomzod bo‘yicha taklifni ko‘rib chiqish uchun kiritadilar.
Uch kun mobaynida
4-bosqich
QR Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari xokimlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga “Faxriy fuqaro” maqomini olishga talabgor nomzodga taqdimnoma kiritadilar.
Uch kun mobaynida
5-bosqich
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari
1. Maqomni berish to‘g‘risida taqdimnomani keyinchalik tasdiqlash yoki rad etish uchun nomzodni ko‘rib chiqadi.
2. Maqomni berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi yoki QR Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasini rad etadi.
Uch kun mobaynida
Ikki kun mobaynida
6-bosqich
QR Vazirlar Kengashi Raisi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari
1. Maqomni berish to‘g‘risidagi guvohnomani imzolaydi.
2. Maqom berilganligi to‘g‘risidagi qaror OAVda e’lon qilinishini ta’minlaydi.
3. Maqomni berish to‘g‘risidagi guvohnomani tantanali ravishda topshiradi.
Bir kun mobaynida
Bir kun mobaynida
Bir kun mobaynida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-avgustdagi 648-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Faxriy fuqaro” maqomini berish to‘g‘risidagi guvohnomaning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNASI

“Faxriy fuqaro” maqomini berish to‘g‘risidagi guvohnomasi 110x75 millimetr o‘lchamdagi kitobcha shaklida bo‘lib, 240 g/kv.m qalinlikdagi ofset qog‘ozdan tayyorlanadi. Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va to‘rtinchi betlari) yashil rangda bo‘lib, plyonka bilan qoplangan. Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda oralig‘i 3,5 millimetrli ikkita satrdan iborat matn joylashgan: birinchi satrda “Faxriy fuqaro maqomi”, ikkinchi satrda “berilganligi to‘g‘risida” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) so‘zlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVOHNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) so‘zi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangida aks ettirilgan. Guvohnomaning pastki chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr yuqoriga, markazda oralig‘i 3,5 millimetrli ikkita satrdan iborat matn joylashgan: birinchi satrda “Honorary citizen”, ikkinchi satrda “of conferring the status of” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) so‘zlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “CERTIFICATE” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) so‘zi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangida aks ettirilgan. Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) och kul rangda bo‘lib, ofset usulida chop etilgan. Guvohnomaning ichki chap tomoni (ikkinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVOHNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “-sonli” so‘zi va 15 millimetrli chiziq joylashgan. “___-sonli GUVOHNOMA” so‘zidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oralig‘i 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan. Uchinchi chiziqda “ga” so‘zi yozilgan. Pastki chiziqdan 5 millimetr quyida, markazda oralig‘i 4 millimetrli uchta satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “ning”, ikkinchi satrda “20__ y. “___” _______dagi”, keyin 15 millimetr uzunligida qaror (buyruq)ning tartib raqamini “-sonli” ko‘rsatish uchun chiziq, uchinchi satrda ““___ qarori (buyrug‘i)ga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan. Pastki chiziqdan 6 millimetr yuqorida markazda “FAXRIY FUQARO” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan matn joylashgan. Undan 5 millimetr pastda “unvoni berildi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zi yozilgan. Pastki chiziqdan 5 millimetr quyida, 4 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “M.O‘”, keyin 12 millimetr uzunligida “Faxriy fuqaro” maqomini berish to‘g‘risidagi guvohnomani imzolaydigan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini ko‘rsatish hamda imzo qo‘yish uchun chiziq, ikkinchi satrda “___”_______20__ yil” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan. Guvohnomaning ichki o‘ng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “Certificate № ____” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan. “Certificate № ____” so‘zidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oralig‘i 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan. 5 millimetr pastda, markazda oralig‘i 4 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “According to the order № _________”, ikkinchi satrda “from _______“___” 20____ year”, uchinchi satrda “honored with title of” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan. Pastki chiziqdan 6 millimetr yuqorida markazda “HONORARY CITIZEN” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan matn joylashgan. Pastki chiziqdan 5 millimetr quyida, 4 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “P.S”, keyin 12 millimetr uzunligida “Faxriy fuqaro” maqomini berish to‘g‘risidagi guvohnomani imzolaydigan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini ko‘rsatish hamda imzo qo‘yish uchun chiziq, ikkinchi satrda “___”_______20__ year” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-avgustdagi 648-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari tartibiga quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshidagi “beriladi” so‘zidan keyin “, ushbu bandning yettinchi va sakkinzinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno” so‘zlari qo‘shilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chel el fuqarolari, shuningdek, ularning oila a’zolari (er (xotini) va voyaga yetmagan bolalar) davlat boji to‘lamasdan uch yil muddatgacha ko‘p marta foydalaniladigan vizalarni olish huquqiga ega”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 61-band qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“61. Ichki ishlar vazirligi tomonidan “Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chel el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek, ularning oila a’zolari (er (xotini) va voyaga yetmagan bolalar)ga davlat boji to‘lanmasdan uch yil muddatgacha ko‘p martalik kirish-chiqish vizalari beriladi va O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan ularning muddati uzaytiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-banddagi “undiriladi” so‘zidan keyin “, ushbu Tartibning 2-bandi sakkizinchi xatboshida nazarda tutilgan holat bundan mustasno” so‘zlari qo‘shilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 10-son, 258-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 71-band qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“71. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun viloyatga boshqa davlatlardan kelgan “Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vaqtincha propiskadan o‘tgan joylari bo‘yicha tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (bo‘limlarining) (keyingi o‘rinlarda TShIIBB deb ataladi) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga (keyingi o‘rinlarda MvaFRB deb ataladi) murojaat qiladilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha 2 nusxada ariza-anketa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarosining pasporti yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi to‘g‘risidagi arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikoh tuzilganligi, bola tug‘ilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytarib beriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Faxriy fuqaro” maqomini berish to‘g‘risidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35 x 45 mm o‘lchamdagi ikkita fotosurat”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 471-band qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“471. Ichki ishlar organlari tomonidan “Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chel el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek, ularning oila a’zolari (er (xotini) va voyaga yetmagan bolalar)ga davlat boji to‘lanmasdan uch yil muddatgacha vaqtinchalik propiska rasmiylashtiriladi va uzaytiriladi”.