Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZELTEXSANOAT” OʻZBEKISTON RADIOELEKTRONIKA, ELEKTROTEXNIKA VA ASBOBSOZLIK SANOATI KORXONALARI UYuShMASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-apreldagi 205-sonli “Oʻzbekiston radioelektronika, elektrotexnika va asbobsozlik sanoati korxonalari uyushmasi (“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi) faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 21-yanvardagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Birlashmalar, korxonalar, tashkilotlarning:
“Radioelektrontexpribor” Oʻzbekiston davlat radioelektronika, elektrotexnika sanoati va asbobsozlik konsernini tugatish toʻgʻrisidagi;
1-ilovaga muvofiq birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan “Oʻzeltexsanoat” Oʻzbekiston radioelektronika, elektrotexnika va asbobsozlik sanoati korxonalari uyushmasini taʼsis etish toʻgʻrisidagi;
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tomonidan “Radioelektrontexpribor” Oʻzbekiston davlat konserni qabul qilgan majburiyatlar, tuzgan shartnomalar, bitimlar va unga tegishli mol-mulklar boʻyicha huquqiy vorislik funksiyalarining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
2. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparatining 2-ilovaga muvofiq tuzilmaga ega boʻlishiga rozilik berilsin va xodimlari soni (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) 55 nafardan, shu jumladan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan uyushma raisi hamda uning 3 nafar oʻrinbosaridan iborat qilib belgilansin.
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, ijro etuvchi apparatni mablagʻ bilan taʼminlash uyushma qatnashchilari — birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning ajratmalari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Belgilab qoʻyilsinki, quyidagilar “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
uyushma taʼsischilarini huquqiy himoya qilish hamda davlat va mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarida ularning qonuniy manfaatlarini ifodalash;
bozor konyunkturasi va mahsulot marketingidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishni rivojlantirish strategiyasini belgilash, uyushma aʼzolarining — mulkchilik barcha shakllaridagi radioelektronika, elektrotexnika va asbobsozlik sanoati birlashmalari, korxonalari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini mustahkamlash;
uyushma doirasida raqobatbardoshli mahsulotlarni yaratish va ishlab chiqarishni taʼminlaydigan yagona ilmiy-texnika va investitsiya siyosatini oʻtkazish, mavjud asosiy fondlardan samarali foydalanish.
4. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga uyushma tarkibiga kiruvchi davlat korxonalarini, ularni koʻproq ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirishni nazarda tutgan holda, 1994-1995-yillarda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzeltexsanoat” uyushmasiga uyushma aʼzolari — davlat birlashmalari, korxonalari, tashkilotlarini, davlat tasarrufidan chiqarilgandan keyin esa — davlat korxonalari negizida tashkil etilgan, uyushma tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlarini, shirkatlarni davlatga tegishli aksiyalar (ulushlar, paylar)ga muvofiq boshqarish huquqini bersin.
(4-bandning 2-xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabr 525-son qarori tahririda)
5. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi ikki hafta muddatda Ustavni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda qabul qilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi tugatilayotgan konsernda oʻrnatilgan barcha telefonlarni va aloqa turlarini “Oʻzeltexsanoat” uyushmasida qoldirsin.
7. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi Toshkent shahar, Xalqlar doʻstligi koʻchasi, 52-uyda joylashgan.
8. Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashining “Oʻzbekiston davlat radioelektronika, elektrotexnika sanoati va asbobsizlik konsernini tashkil etish toʻgʻrisida” 1990-yil 26-oktabrdagi 347-son, “Oʻzbekiston davlat metallurgiya sanoati, radioelektronika, elektrotexnika sanoati va asbobsozlik, mashinasozlik konsernlari toʻgʻrisidagi ustavlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1990-yil 26-noyabrdagi 367-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari A.N. Voznenko zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 17-mart,
144-son
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 17-martdagi 144-son qaroriga
1-ILOVA
1994-yil 17-martdagi 144-son qaroriga
1-ILOVA
“Oʻzeltexsanoat” Oʻzbekiston radioelektronika, elektrotexnika va asbobsozlik sanoati korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning
ROʻYXATI
1. “Oʻzbekkabel” ijaradagi ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent shahri.
2. “Elektrsignal” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent shahri.
3. “Oʻzelektrapparat” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent shahri.
4. “Elektrterm” Oʻzbekiston ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, Namangan shahri.
5. Toshkent “Toshelektrmash” elektr-mashinasozlik zavodi.
6. Qoʻqon elektr-mashinasozlik zavodi, Fargʻona viloyati.
7. Chirchiq transformator zavodi, Toshkent viloyati.
8. “Andijonelektrdvigatel” ishlab chiqarish birlashmasi.
9. “Andijonkabel” ishlab chiqarish birlashmasi, Xonobod shahri, Andijon viloyati.
10. Navoiy “Oʻzbekelektrtuzatish” zavodi”.
11. Jizzax akkumulyator zavodi.
12. Avtomatlashtirilgan tizimlarni tayyorlash, montaj qilish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha ijaradagi ishlab chiqarish birlashmasi (“Oʻzmaxsusavtomatika” IIChB), Toshkent shahri.
13. “Sharqlift” Rossiya — Oʻzbekiston qoʻshma korxonasi, Samarqand shahri.
14. Toshkent “Signal” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi.
15. Termiz “Surxon” zavodi.
16. “Etalon” Oʻzbekiston ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent shahri.
17. “Foton” ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent shahri.
18. “Oniks” ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent shahri.
19. Toshkent “Algoritm” ishlab chiqarish birlashmasi.
20. Toshkent radioelektron apparatlar zavodi.
21. “Elektrmash” Oʻzbekiston ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent shahri.
22. Yangiobod “Sharq” ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent viloyati.
23. “Garant” Oʻzbekiston ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent shahri.
24. Toshkent nazorat va boshqaruv tizimlari maxsus konstruktorlik byurosi.
25. Toshkent mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti.
26. Toshkent davlat loyiha instituti.
27. Oʻzbekiston elektrotexnika buyumlari loyiha-konstruktorlik va texnologiya byurosi, Chirchiq shahri, Toshkent viloyati.
28. Ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj boshqarmasi, Toshkent shahri.
29. “Asboblar va hisoblash texnikasi” jamoa korxonasi, Toshkent shahri.
30. “Elektronika” ijaradagi korxona — firma doʻkon-saloni, Toshkent shahri.
31. Ijaradagi korxona — Oʻzbekiston hisoblash texnikasi va informatika ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent shahri.
32. Toshkent hisoblash texnikasi va informatika ixtisoslashtirilgan korxonasi.
33. Fargʻona “Farkond” kondensator zavodi, Doʻstlarobod shaharchasi, Fargʻona viloyati.
34. Ijaradagi korxona — Toshkent hisoblash texnikasini tuzatish va texnika xizmati koʻrsatish tajriba zavodi, Toshkent shahri.
35. Ijaradagi korxona — Toshkent avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari loyiha-konstruktorlik byurosi, Toshkent shahri.
36. Oʻzbekiston “Bakkonditsioner” respublika servis markazi, Toshkent shahri.
Eslatma. Muassislari uyushma aʼzolari — birlashmalar va korxonalar boʻlgan ilmiy-ishlab chiqarish va ishlab chiqarish birlashmalariga, qoʻshma korxonalar (shu jumladan, xorijiy sarmoya ishtirokidagi) tarkibiga kiruvchi korxonalar ham uyushma aʼzolari hisoblanadilar.
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 17-martdagi 144-son qaroriga
2-ILOVA
1994-yil 17-martdagi 144-son qaroriga
2-ILOVA
“Oʻzeltexsanoat” Oʻzbekiston radioelektronika, elektrotexnika va asbobsozlik sanoati korxonalari uyushmasi ijro etuvchi apparatining
TUZILMASI
Rahbariyat.
Marketing, birja faoliyati va moddiy-texnika resurslari boshqarmasi.
Ishlab chiqarishni rivojlantirish strategiyasi, investitsiyalar, texnika bilan qayta jihozlash boshqarmasi.
Moliya, hisob va hisobot, narx belgilash boshqarmasi.
Ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish, kooperatsiyalash, xalq isteʼmol mollari boʻlimi.
Iqtisodiy tahlil va ijtimoiy himoya qilish boʻlimi.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻlimi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar boʻlimi.
Ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini muvofiqlashtirish, yangi texnika, sertifikatsiyalashtirish va standartlashtirish boʻlimi.
Ishlar boshqarmasi.
Birinchi boʻlim.