1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Muddati | Masʼul ijrochilar |
I. Bolalar va yoshlar oʻrtasida inson huquqlari boʻyicha bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish | ||||
1. | Har yili dekabr oyida “Inson huquqlari” haftaligini tashkil etish. | 1. Barcha umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlarida “Yangi Oʻzbekiston va inson huquqlari” mavzusida festivalni (ochiq eshiklar kuni) doimiy tarzda oʻtkazish. 2. Tadbir doirasida huquqiy savol-javoblar, mahorat darslari, kvestlar, teatr-sahnalashtirish kabi interaktiv shakllardan foydalanish. 3. Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda (onlayn koʻrsatuvlar, vebinarlar, ijtimoiy tarmoq chellenjlari) chora-tadbirlarning qamrovini kengaytirish. 4. “Inson huquqlari viktorinasi”, “Esse yozish” yoki “Rol oʻyin (modellashtirilgan sud jarayoni)” kabi mavzuli tanlovlar oʻtkazish. 5. Bolalar va yoshlar uchun maxsus mobil ilova yoki veb-portal orqali festivalga oid axborot tarqatish. | 2026-yil dekabrdan boshlab har yili | Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Inson huquqlari boʻyicha vakil (Ombudsman), Bola huquqlari boʻyicha vakil, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, fuqarolik jamiyati institutlari, taʼlim tashkilotlari |
2. | “Bolalar va yoshlar uchun inson huquqlari taʼlimi: gender tenglik, iqlim oʻzgarishi va raqamli inklyuziya” milliy innovatsion tashabbuslar tanlovini oʻtkazish. | 1. “Bolalar va yoshlar uchun inson huquqlari taʼlimi: gender tenglik, iqlim oʻzgarishi va raqamli inklyuziya” milliy innovatsion tashabbuslar tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom va dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Tanlovni har yili muntazam ravishda oʻtkazib borish, nominatsiyalar boʻyicha tanlov gʻoliblarini taqdirlash. | 2026-yil iyundan boshlab doimiy | Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi. Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi |
3. | Inson huquqlari sohasida taʼlim bilan bogʻliq muammoli yoʻnalishlarga qaratilgan maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovini eʼlon qilish. | 1. Tadqiqot oʻtkazish uchun ilmiy-tadqiqot loyiha mavzularini shakllantirish va Innovatsion rivojlanish agentligiga taqdim etish. | 2026-yil mart | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, taʼlim tashkilotlari |
2. Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan amaliy loyihalar tanlovini tashkil etish. | 2026-yil may | |||
3. Tanlovga kelib tushgan loyiha talabnomalarining ekspertiza natijalariga koʻra saralab olinishini tashkil etish va moliyalashtirish. | Tanlov natijalariga koʻra | |||
4. | Inson huquqlarining dolzarb masalalari boʻyicha xorijiy oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarida malaka oshirishni tashkil etish. | 1. Maqsadli koʻrsatkichlarni tuzishda inson huquqlari masalalari boʻyicha kadrlarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish va takliflar ishlab chiqish. 2. Inson huquqlari sohasining dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha xorijda malaka oshirish bosqichida taʼlim olish hamda malaka oshirishga qaratilgan ochiq stipendiya tanlovlarini eʼlon qilish. | 2026-yil maydan boshlab doimiy | “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, buyurtmachi vazirlik va idoralar |
5. | “Inson huquqlari: xalqaro standartlar va milliy qonunchilik” mavzusida huquqbuzarlikning oldini olish boʻyicha profilaktika inspektorlari uchun seminar-treninglar tashkil qilish. | 1. Seminar-treningni oʻtkazishga moʻljallangan dastur va oʻquv modulini ishlab chiqish. 2. Seminar-trening jarayonida inson huquqlari boʻyicha xalqaro va milliy ekspertlarning ishtirokini taʼminlash. 3. Seminar-treningni onlayn va oflayn formatda oʻtkazish. | 2026-yil maydan boshlab doimiy | Ichki ishlar vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Bola huquqlari boʻyicha vakil |
6. | Huquqni muhofaza qilish organlari va Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan kursantlar va talabalar, malaka oshirish tinglovchilari uchun “Inson huquqlari” oʻquv dasturini ishlab chiqish va taʼlim jarayoniga tatbiq etish. | 1. Huquqni muhofaza qilish organlari va Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim tashkilotlari malakali mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tashkil etish. | 2026-yil may | Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim tashkilotlari kursantlari va talabalari, tinglovchilari uchun “Inson huquqlari” oʻquv dasturini ishlab chiqish. | 2026-yil may-iyun | |||
3. “Inson huquqlari” oʻquv dasturini taʼlim jarayoniga tatbiq etish. | 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab | |||
4. “Inson huquqlari” oʻquv dasturi asosida yangi darslik (oʻquv qoʻllanma) ishlab chiqish. | 2026-yil sentabr | |||
5. Yangi darslikni (oʻquv qoʻllanmani) chop etish hamda taʼlim jarayoniga tatbiq etish. | 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab | |||
7. | “Ombudsman soati” tadbirlarini oʻtkazish. | 1. Umumiy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarida “Ombudsman soati” tadbirlarini oʻtkazish. 2. Tadbir doirasida huquqiy savol-javoblar, mahorat darslari kabi interaktiv shakllardan foydalanish. | 2026-yil martdan boshlab | Inson huquqlari boʻyicha vakil (Ombudsman), Bola huquqlari boʻyicha vakil |
8. | Maktablarda “Kelajak soati” darslari mavzulariga inson huquqlariga oid mavzularni kiritish. | 1. Bolalarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida interfaol darslarni tashkil etish. 2. Maktab oʻquvchilari orasida “Mening huquqlarim” mavzusida insholar, rasmlar, videoroliklar tanlovini tashkil etish. | 2026 — 2029-yillar | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
9. | Kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlarida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” oʻquv va maxsus kurslari oʻqitilishini muntazam monitoring qilish. | 1. Monitoringni sifatli oʻtkazish yuzasidan ishchi guruh shakllantirish. 2. Reja-jadval boʻyicha tegishli kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlarida monitoring oʻtkazish. 3. Monitoring natijalari boʻyicha takliflar tayyorlash hamda manfaatdor vazirlik va idoralarga kiritish. | 2026 — 2029-yillar | Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, |
II. Atrof-muhit va iqlim oʻzgarishi boʻyicha huquqiy savodxonlikni oshirish | ||||
10. | Pedagog kadrlar, shuningdek, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi xodimlari uchun “Atrof-muhit va iqlim oʻzgarishi boʻyicha huquqiy bilimlar hamda xalqaro-huquqiy majburiyatlarning bajarilishi” mavzusida tematik malaka oshirish kurslarini (seminar-treninglar) tashkil qilish. | 1. Malaka oshirish kursining dasturi va oʻquv modulini xalqaro atrof-muhit huquqi, ekologiya huquqi boʻyicha xalqaro standartlar va mexanizmlar, Barqaror rivojlanish maqsadlari, toza atrof-muhitga boʻlgan inson huquqlari kabi ekologik huquqlarga oid mavzular asosida ishlab chiqish. | 2026-yil may | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti |
2. Kurslarni tashkil qilishda xalqaro atrof-muhit huquqi sohasida milliy va xalqaro ekspertlarni jalb qilish. 3. Kurslarni gibrid formatda (oflayn va onlayn) amalga oshirish, masofaviy taʼlim platformalari orqali keng qamrovni taʼminlash. | 2026 — 2029-yillar | |||
11. | Aholi oʻrtasida ekologik huquqlar boʻyicha axborot-targʻibot kampaniyalarini oʻtkazish. | 1. Ekologik taʼlimga bagʻishlangan ommaviy axborot vositalarida (televideniye, ijtimoiy tarmoqlar) roliklar va maʼlumotlar tarqatish. 2. “Toza muhit — inson huquqi” mavzusida seminarlar va treninglar oʻtkazish. | 2026 — 2029-yillar | Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, fuqarolik jamiyati institutlari |
12. | NNTlarni jalb etgan holda, Inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnoma qoidalari yuzasidan “muqobil” hisobotlarni tayyorlash va Orxus konvensiyasining asosiy tamoyillari boʻyicha tushuntirish ishlarini amalga oshirishda amaliy yordam koʻrsatish. | 1. NNT vakillari uchun oʻquv-seminar konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish, ishtirokchilar roʻyxatini shakllantirish. | 2026-yil iyun | Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, fuqarolik jamiyati institutlari (kelishuv asosida) |
2. Xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalar ijrosi yuzasidan “muqobil” hisobotlarni tayyorlash va aholining atrof-muhitga doir qarorlarni qabul qilishda ishtirokini kengaytirishga qaratilgan Orxus konvensiyasinish asosiy tamoyillari boʻyicha NNT vakillari uchun oʻquv-seminar tashkil etish va oʻtkazish. | 2026-yil avgust | |||
III. Raqamli texnologiyalar doirasida inson huquqlari himoyasini kuchaytirish | ||||
13. | “Mening raqamli huquqlarim” mavzusida interaktiv treninglar, viktorinalar va bahs-munozaralar tashkil etish. | 1. Barcha umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi va talabalari oʻrtasida “Digital Rights Week” tadbirlarini oʻtkazish. 2. Ijtimoiy tarmoqlarda #MyDigitalRights xeshteg kampaniyasini boshlash. 3. Keys-stadi asosida “mening huquqim buzilganda” simulyatsiyali mashgʻulotlar Oʻtkazish. | 2026-yil sentabrdan boshlab | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
14. | “Sunʼiy intellekt va inson huquqlari: imkoniyatlar va tahdidlar” mavzusida tadqiqot va tavsiyalar ishlab chiqish. | 1. Sunʼiy intellektning turli sohalarga (taʼlim, sogʻlikni saqlash, bandlik, adliya) taʼsirini inson huquqlari nuqtai nazaridan oʻrganish. 2. Milliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida davra suhbati, konferensiya oʻtkazish. 3. Sunʼiy intellektni tartibga solish va etik tamoyillar boʻyicha milliy tavsiyalar loyihasini tayyorlash. | 2027-yil davomida | Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, ilmiy-tadqiqot institutlari va taʼlim tashkilotlari |
15. | Bolalar va yoshlar uchun raqamli muhitda inson huquqlari taʼminlangan holda keng imkoniyatlar yaratish. | 1. Barcha yosh toifalari, nogironligi boʻlgan shaxslar, kam taʼminlanganlar va chekka hududdagi fuqarolar uchun raqamli muhitda teng va erkin foydalanish, xususan, kiberbullingdan himoya, zararli kontentdan asrash, shaxsiy maʼlumotlar daxlsizligi, onlayn firibgarlik va ekspluatatsiyadan ogohlik, xavfsiz ijtimoiy muloqot, raqamli gigiyena, ijodiy salohiyatni namoyon etish, raqamli tadbirkorlik, ishonchli axborotdan foydalanish, mediasavodxonlik kabi imkoniyatlarni yaratish. 2. Davlat va xususiy sektor hamkorligida raqamli infratuzilmani yaxshilash, zamonaviy uskunalar va qulay platformalardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish. 3. Fuqarolarning qonuniy va ishonchli axborot manbalariga teng va erkin kirishini taʼminlash maqsadida interaktiv treninglar, onlayn kitobxonliklar, davlat hamda nodavlat axborot platformalaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish. | 2026-2027-yillar | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, fuqarolik jamiyati institutlari |
16. | Bolalar va yoshlarni raqamli muhitda himoya qilish, raqamli muhitdagi huquqlari, xavfsizligi, shaxsiy maʼlumotlari himoyasini taʼminlash maqsadida raqamli innovatsiyalar orqali huquqiy ong va inklyuziyani rivojlantirish. | 1. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida kiberxavfsizlik, shaxsiy maʼlumotlar muhofazasi va raqamli etika mavzularida oʻquv soatlarini tashkil etish. 2. Kiberbulling, kiberhujumlar, manipulyatsiya, nafrat tili va onlayn zoʻravonlikka qarshi koʻnikmalarni shakllantirish. 3. Elektron darsliklar, videodarslar, keyslar bilan boyitilgan masofaviy kurs platformalarini ishlab chiqish. 4. Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirilgan texnologiyalar (audio, Brayl, ovozli interfeys) orqali huquqiy axborotdan foydalanish imkoniyatlarini yaratish. 5. Oʻquvchilarda axborot olish huquqi va undan masʼuliyatli foydalanish koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida interaktiv darslar, onlayn resurslar, davlat hamda nodavlat axborot manbalaridan foydalanish boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish. | 2026-yil sentabrdan boshlab | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
17. | “Raqamli dunyoda inson huquqlari: imkoniyatlar va tahdidlar” mavzusida davra suhbatlari tashkil etish. | 1. Suhbatlarga ommaviy axborot vositalari, blogerlar, huquqshunoslar, kiberxavfsizlik mutaxassislarini jalb etish. 2. Maxsus videokoʻrsatuv shaklida suhbatlarni keng auditoriyaga yetkazish. 3. Yoshlar uchun “onlayn huquqlar” boʻyicha muammolarni tahlil qilish va jamoatchilik fikrini oʻrganish asosida amaliy takliflar ishlab chiqish. 4. “Raqamli huquqlar konsepsiyasi”ni ishlab chiqish va tegishli davlat organlariga taqdim etish. | 2026 — 2029-yillar | Yoshlar ishlari agentligi, Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
IV. Davlat organlari xodimlarining inson huquqlari va gender tenglik sohasidagi bilim va koʻnikmalarini oshirish | ||||
18. | Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida inson huquqlari va gender tenglik masalalari boʻyicha oʻquv soatlarini joriy etish. | 1. Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv reja-dasturlariga inson huquqlari va gender tenglik masalalari boʻyicha mavzularni kiritish. | 2026-yil may | Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi (kelishuv asosida), Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Boshqaruv kadrlari uchun oflayn va onlayn formatda tashkil etiladigan oʻquvlarga inson huquqlari va gender tengligi mavzularini joriy etish. | 2026 — 2029-yillar | |||
19. | Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini amalga oshirish jarayonida ishtirok etayotgan davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlar doirasidagi malakasini tizimli ravishda oshirishni taʼminlash. | 1. Davlat organlari va tashkilotlari uchun inson huquqlariga rioya etish hamda ularni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirishga oid oʻquv kurslari boʻyicha oʻquv rejasini tasdiqlash. 2. Uquv kursini milliy ekspertlar hamda soha mutaxassislari ishtirokida samarali tarzda tashkil etish. | 2026-yil maydan boshlab doimiy | Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, manfaatdor vazirlik va idoralar, taʼlim tashkilotlari |
20. | Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi, boshqa davlat organlari hamda tashkilotlari xodimlari uchun seminar-treninglar oʻtkazish. | 1. Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari boʻyicha seminar-treninglar dasturi, modulini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Seminar-treninglarni tashkil etish. 3. Maxsus maktab internatlarda “Nogironlar huquqlari toʻgʻrisida”gi Konvensiya qoidalari boʻyicha seminar-treninglar tashkil etish. | 2026-yil apreldan boshlab doimiy | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Oʻzbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi |
21. | Davlat organlari va tashkilotlari matbuot xizmatlari xodimlari uchun “Inson huquqlari va ochiqlik siyosati tamoyillari” mavzusida oʻquv-seminarlarni tashkil qilish. | 1. Uquv-seminarlar dasturi va rejalarini ishlab chiqish. 2. Oʻquv-seminarlarni onlayn va oflayn formatda tashkil etish. 3. Matbuot xizmatlari xodimlari uchun inson huquqlariga oid xalqaro standartlar boʻyicha oʻquv materiallari va metodik qoʻllanmalar tayyorlash. | 2026-yil sentabrdan boshlab | Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, manfaatdor vazirlik va idoralar |
22. | Nazorat qiluvchi organlar uchun tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida tekshiruv oʻtkazish tartibi boʻyicha muntazam ravishda treninglar va seminarlar tashkil etish. | 1. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida tekshiruv oʻtkazish boʻyicha seminar-treninglar dasturi, modulini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Barcha nazorat qiluvchi organlar xodimlarining ishtirokida oflayn va onlayn trening va seminarlar oʻtkazish. | 2026 — 2029-yillar | Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (kelishuv asosida), manfaatdor vazirlik va idoralar |
V. Inson huquqlari boʻyicha taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish | ||||
23. | Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari sohasidagi taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi qabul qilinganining 15 yilligi: ilgʻor tajriba, chaqiriqlar va kelgusidagi chora-tadbirlar” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazish. | 1. Xalqaro konferensiya konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish. | 2026-yil sentabr | Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, oliy taʼlim tashkilotlari |
2. Konferensiyani tashkiliy jihatdan yuqori darajada oʻtkazish. | 2026-yil dekabr | |||
24. | Inson huquqlari sohasidagi jahon taʼlim dasturining beshinchi bosqichi ijrosi boʻyicha dastlabki va yakuniy axborotlarni tayyorlash va BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasiga kiritish. | 1. Dastlabki axborotlar loyihasini tayyorlash, ilmiy jamoatchilik bilan muhokama qilish. | 2027-yil sentabr | Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Tashki ishlar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasiga dastlabki axborotni taqdim qilish. | 2027-yil noyabr | |||
3. Yakuniy axborot loyihasini tayyorlash, milliy muhokamasini oʻtkazish. | 2029-yil sentabr | |||
4. BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasiga yakuniy axborotni taqdim qilish. | 2029-yil noyabr | |||
2-ILOVA
1. | A.X. Saidov | — | Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, Komissiya raisi |
2. | F.F. Eshmatova | — | Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) |
3. | S.M. Raxmonova | — | Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili |
4. | A.A. Buriyev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil |
5. | A.Z. Saʼdullayev | — | Yoshlar ishlari agentligi direktori |
6. | M.Sh. Istamov | — | adliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
7. | Sh.A. Karimov | — | maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari |
8. | S.B. Radjabov | — | oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari |
9. | U.X. Abdullayeva | — | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
10. | Lavozimiga koʻra | — | Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi oʻrinbosari |
11. | G.S. Ismailova | — | “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori |
12. | B.K. Xodjayev | — | Toshkent davlat yuridik universiteti rektori |
13. | A.A. Umarov | — | Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti birinchi prorektori |
14. | R.A. Xatamov | — | Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshligʻi |
15. | M.M. Mamasiddiqov | — | Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshligʻi |
16. | E.V. Kolenko | — | Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari |
17. | M.H. Rustambayev | — | Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi |
18. | M.T. Turgʻunov | — | Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori |
19. | Sh.Yo. Abduqodirov | — | Odil sudlov akademiyasi rektori |
20. | K.N. Ishanxodjayev | — | Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi (kelishuv asosida) |
21. | Lavozimiga koʻra | — | Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi boʻlim boshligʻi, komissiya kotibi |