03.03.2026 yildagi PQ-75-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida kibersport, dron va robot texnologiyalari yoʻnalishidagi sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida kibersport, dron va robot texnologiyalari yoʻnalishidagi zamonaviy sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish tizimini yaratish, musobaqalar va turnirlarni tizimli ravishda oʻtkazish orqali iqtidorli harbiy xizmatchilarni aniqlash, saralash hamda ularning qobiliyatlari roʻyobga chiqishiga koʻmaklashish, professional kibersportga yoʻnaltirish, axborot texnologiyalari sohasi uchun salohiyatli kadrlar tayyorlash va ularni sohaga jalb qilish ishlarini yanada kengaytirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar Qurolli Kuchlarda kibersport, dron va robot texnologiyalari yoʻnalishidagi zamonaviy sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) kibersport, dron va robot texnologiyalari boʻyicha musobaqalar oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish orqali yuqori darajali tahliliy, texnik va strategik fikrlash qobiliyatiga ega harbiy xizmatchilarni aniqlash, qoʻllab-quvvatlash, ularning salohiyatini kompleks baholash hamda maqsadli tayyorlash va rivojlantirish tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) axborot texnologiyalari, kiberxavfsizlik, dronlarni boshqarish, robototexnika va harbiylashgan raqamli tizimlar uchun istiqbolli harbiy xizmatchilarni saralash, elektron axborot tizimlari yordamida ularning hisobni yuritish va bosqichma-bosqich tayyorlash orqali strategik ahamiyatga ega kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) iqtidorli ishtirokchilarning individual qobiliyatlari va ixtisoslashuvi asosida ularni professional kibersport, harbiy-texnik boʻlinmalar, IT va harbiylashgan raqamli tizimlar bilan bogʻliq lavozimlarga maqsadli yoʻnaltirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) harbiy xizmatni zamonaviy texnologiyalar, innovatsion faoliyat va raqamli kompetensiyalar bilan uygʻunlashtirish orqali yoshlar uchun jozibador, nufuzli va intellektual rivojlanish imkoniyatiga ega kasb sifatida shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) raqamli tahdidlarni toʻgʻri anglaydigan, zamonaviy texnologiyalarni samarali boshqara oladigan va innovatsion yechimlar ishlab chiqishga qodir harbiy mutaxassislar tarkibini shakllantirish orqali mudofaa qobiliyatining texnologik barqarorligini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) kibersport — intellektual sport turi, dron va robot texnologiyalarini harbiy-amaliy innovatsion yoʻnalish sifatida amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyaning kibersport, dron va robot texnologiyalari yoʻnalishidagi zamonaviy sport turlari boʻyicha musobaqani (keyingi oʻrinlarda — musobaqa)ni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarda (keyingi oʻrinlarda — vazirlik va idoralar) kibersport, dron va robot texnologiyalari yoʻnalishidagi sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Tashkiliy chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Musobaqalar quyidagi yoʻnalish va bosqichlarda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) yoʻnalishlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) kibersport yoʻnalishi — jamoaviy tarzda virtual, yaʼni kompyuter va raqamli muhitda oʻtkaziladigan, ishtirokchilarning strategik fikrlash, tezkor qaror qabul qilish, vaziyatni baholash, shaxsiy tarkibni jipslash, hamkorlik masalalarini amalga oshirish hamda liderlik va boshqaruv qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan musobaqa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) dron texnologiyalari yoʻnalishi — uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish, navigatsiya, vaziyatni baholash, aniq vazifalarni bajarish, xavfsiz parvozni taʼminlash hamda amaliy mashqlar orqali ishtirokchilarning texnikaviy va amaliy koʻnikmalarini aniqlashga qaratilgan musobaqa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) robot texnologiyalari yoʻnalishi — robototexnika vositalarini loyihalash, dasturlash, boshqarish va belgilangan texnik vazifalarni bajarish boʻyicha ishtirokchilarning muhandislik, algoritmik va innovatsion qobiliyatlarini baholashga qaratilgan musobaqa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) bosqichlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) birinchi bosqich — vazirlik va idoralarda har yili avgust oyida “Harbiy qism (muassasa) komandiri (boshligʻi) kubogi” ichki musobaqasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ikkinchi bosqich — har yili oktabr oyida “Harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni kubogi” musobaqasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) uchinchi bosqich — har yili dekabr oyida “Mudofaa vaziri kubogi” musobaqasi oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Musobaqada gʻolib boʻlgan harbiy xizmatchilar quyidagicha ragʻbatlantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) birinchi bosqichda gʻolib boʻlgan jamoaning har bir aʼzosi biryoʻla toʻlanadigan 10 million soʻm pul mukofoti hamda jamoa uchun harbiy qism (muassasa) komandiri (boshligʻi) kubogi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ikkinchi bosqichda gʻolib boʻlgan jamoaning har bir aʼzosi biryoʻla toʻlanadigan 30 million soʻm pul mukofoti hamda jamoa uchun harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni kubogi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) uchinchi bosqichda gʻolib boʻlgan jamoaning har bir aʼzosi biryoʻla toʻlanadigan 50 million soʻm pul mukofoti hamda jamoa uchun mudofaa vaziri kubogi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi musobaqalarni tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek, mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish, ishtirokchi vazirlik va idoralar faoliyatini hamda oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) musobaqalarni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik vositalar, maxsus texnik qurilmalar va dasturiy taʼminotlar birinchi bosqichda ishtirokchi vazirlik va idoralarning oʻzlarida mavjud moddiy-texnik baza hisobidan, ikkinchi va uchinchi bosqichlarda esa Mudofaa vazirligining oʻz ixtiyoridagi mavjud moddiy-texnik baza hisobidan taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) musobaqalar gʻoliblarini biryoʻla toʻlanadigan pul mukofotlari bilan mukofotlash vazirlik va idoralarga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Musobaqada ishtirok etuvchi hamda saralab olingan harbiy xizmatchilar hisobini yuritish maqsadida xizmat doirasida foydalanish uchun moʻljallangan yagona elektron reyestr joriy etilsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) vazirlik va idoralar oʻz tizimidan kibersport, dron va robot texnologiyalari yoʻnalishidagi zamonaviy sport turlari boʻyicha musobaqada ishtirok etgan hamda saralab olingan harbiy xizmatchilarning idoraviy elektron hisobini (ichki reyestrini) yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) musobaqalarning birinchi va uchinchi bosqichlarida ishtirok etgan hamda gʻolib boʻlgan harbiy xizmatchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish, markazlashtirilgan holda yuritish va idoralararo muvofiqlashtirish Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Musobaqalar natijalariga koʻra yuqori natijalarga erishgan hamda alohida iqtidor va salohiyatini namoyon etgan harbiy xizmatchilardan iborat maqsadli kadrlar guruhi shakllantirilib, ularni ragʻbatlantirish, kasbiy rivojlantirish hamda xizmat faoliyatini rejalashtirish maqsadida quyidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar amalga oshirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) harbiy xizmatchilarni axborot texnologiyalari, kiberxavfsizlik, uchuvchisiz uchish apparatlari, robototexnika va raqamli harbiy tizimlar sohalari boʻyicha maqsadli magistratura va doktorantura taʼlim dasturlariga, shu jumladan, xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga tanlov asosida yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ilgʻor xorijiy davlatlarning ixtisoslashgan taʼlim markazlari, ilmiy laboratoriyalari va texnologik platformalarida qisqa va oʻrta muddatli malaka oshirish kurslarida, treninglar va sertifikatlash dasturlarida ishtirok etishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ushbu harbiy xizmatchilarning kasbiy salohiyati, egallagan bilim va koʻnikmalarini inobatga olgan holda xizmat faoliyatini rejalashtirishda hamda xizmat pogʻonalari boʻyicha oʻsishida ustuvorlik berish, zarur hollarda, lavozimga tayinlash va xizmatda ilgarilash jarayonlarini tezlashtirilgan tartibda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) harbiy sohada qoʻllanishi mumkin boʻlgan raqamli texnologiyalar, innovatsion yechimlar, dasturiy mahsulotlar va intellektual tizimlarni ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy-amaliy, tajriba-konstruktorlik hamda eksperimental loyihalarga jalb etish, shuningdek, ularni amalga oshirishda ustuvor ishtirokchi sifatida belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mudofaa vazirligi vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) uch oy muddatda musobaqalarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) toʻrt oy muddatda musobaqalarni oʻtkazish belgilangan hududlarning moddiy-texnika bazasi inventarizatsiya qilinishini, zarur hollarda, uning samarali va maqbul taqsimlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) musobaqalar yakuniga koʻra yuqori natijalarga erishgan hamda alohida iqtidorini namoyon etgan harbiy xizmatchilarning kasbiy salohiyati va ixtisoslashuvini inobatga olgan holda ularni axborot texnologiyalari, kiberxavfsizlik, uchuvchisiz uchish apparatlari va robototexnika sohalari bilan bogʻliq faoliyat yoʻnalishlariga jalb etish, shuningdek, xizmat faoliyatini rejalashtirish va xizmat pogʻonalari boʻyicha rivojlantirishda ustuvorlik berish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) vazirlik va idoralarda kibersport, dron va robot texnologiyalari yoʻnalishidagi zamonaviy sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli ijrosini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul hamda shaxsan javobgar etib mudofaa vaziri Sh.G. Xalmuxamedov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 3-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-75-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PQ-75-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarda kibersport, dron va robot texnologiyalari yoʻnalishidagi sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Masʼul ijrochilar

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida kibersport, dron va robot texnologiyalari yoʻnalishidagi sport turlari boʻyicha musobaqa oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish.

1. Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruhni shakllantirish.

2. Musobaqa oʻtkazish yuzasidan qoʻshma qaror loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil iyun

Mudofaa vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Milliy gvardiya

2.

Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning musobaqa oʻtkazilishi belgilangan harbiy qism va muassasalarining moddiy-texnika bazasini shakllantirish va mustahkamlash.

1. Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaratish boʻyicha asoslangan takliflarni tayyorlash.

2026-yil iyun

Mudofaa vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Milliy gvardiya

2. Mavjud qurilmalar, zaruriy dasturiy majmualar va kompyuter vositalari bilan jihozlash hamda dron musobaqalarini oʻtkazish boʻyicha jihozlash ishlarini amalga oshirish.

2026-yil iyul

3.

Yosh mutaxassislarni kibersport, dron va robot texnologiyalari yoʻnalishidagi sport turlariga qiziqtirish hamda mazkur sport turlarini rivojlantirish maqsadida oliy harbiy taʼlim muassasalarida kibersport klublarini tashkil etish hamda ushbu klublar oʻrtasida musobaqalar oʻtkazish.

1. Oliy harbiy taʼlim muassasalarida kibersport klublarini tashkil etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

2026-yil iyul

Mudofaa vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Milliy gvardiya

2. Kibersport klubida kibersport, dron va robot texnologiyalari yoʻnalishidagi sport turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish dasturini va nizom loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil sentabr

3. Har bir vazirlik va idoralarda ichki tartibda tasdiqlash va yoʻlga qoʻyish.

2026-yil dekabr

4.

Harbiy xizmatchilar kibersport, dron va robot texnologiyalari yoʻnalishidagi sport turlarini mustaqil oʻrganish uchun turli xil axborot materiallarini va interaktiv oʻquv qoʻllanmalarni ishlab chiqish.

1. Kibersport, dron va robot texnologiyalari yoʻnalishidagi sport turlari boʻyicha turli xil axborot materiallari va interaktiv oʻquv qoʻllanmalarini shakllantirish.

2026-yil may

Mudofaa vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Milliy gvardiya

2. Oʻquv qoʻllanma ishlab chiqish va joriy etish.

Doimiy

5.

Harbiy xizmatchilar oʻrtasida kibersport, dron va robot texnologiyalari yoʻnalishidagi sport turlari jamoalarini shakllantirish maqsadida yashirin iqtidor egalarini saralab olish.

1. Harbiy xizmatchilar oʻrtasida mazkur sport turlariga qiziqish bildirgan va qobiliyatlilarni saralash mezonlarini ishlab chiqish hamda har bir vazirlik va idoralarda ichki tartibda tasdiqlash va yoʻlga qoʻyish.

2026-yil iyun

Mudofaa vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Milliy gvardiya

2. Saralab olingan harbiy xizmatchilardan tegishli jamoalarni shakllantirish.

Doimiy

6.

Harbiy xizmatchilar tarkibi bilan kibersport, dron va robot texnologiyalari yoʻnalishidagi sport turlarini oʻrganish boʻyicha qisqa muddatli kurslarni tashkil etish.

1. Harbiy xizmatchilar bilan kibersport, dron va robot texnologiyalari yoʻnalishidagi sport turlarini oʻrganish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari dasturini ishlab chiqish.

2026-yil may

Mudofaa vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Milliy gvardiya

2. Oʻqitiladigan toifalarni aniqlash, oʻqitish reja-jadvalini har bir vazirlik va idoralarda ichki tartibda tasdiqlash va yoʻlga qoʻyish.

Reja-jadvalga muvofiq

7.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarda kibersport, dron va robot texnologiyalari yoʻnalishidagi sport turlari boʻyicha musobaqada ishtirok etuvchi harbiy xizmatchilar reyestrini yuritish uchun yagona elektron platforma ishlab chiqish va undan foydalanish.

1. Harbiy xizmatchilar reyestrini yuritish elektron platformasini texnik topshiriq asosida ishlab chiqish va kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish.

2026-yil dekabr

Mudofaa vazirligi

2. Platformada sportchilar roʻyxatini shakllantirish.

2027-yil yanvar

3. Platformada sportchilar reytingini yuritish.

Doimiy

4. Reyestr maʼlumotlari asosida ishtirokchilarning tayyorgarlik darajasi, natijalari va istiqbolini baholash hamda kadrlar zaxirasini shakllantirish boʻyicha tahliliy hisobotlar tayyorlash.

Doimiy

5. Sportchilarni qoʻllab-quvvatlash, jumladan, ularning xalqaro va mintaqaviy turnirlarda ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

Doimiy

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2026-y., 07/26/75/0190-son)