Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
CHASTOTA SPEKTRIDAN FOYDALANISH, TELERADIODASTURLARNI SHAKLLANTIRISH VA TARQATISH HAMDA MAʼLUMOTLAR UZATISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YUZASIDAN QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
“Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida” va “Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, shuningdek, televideniye va radio dasturlarini shakllantirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni samarali muvofiqlashtirishni taʼminlash, radiochastota spektri, maʼlumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlaridan oqilona foydalanishni, axborot xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari himoya qilinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
* 1-ilova berilmaydi.
2. Quyidagilar Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
davlat boshqaruvi organlari hamda, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlarning televideniye va radio dasturlarini shakllantirish va tarqatish, telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalangan holda maʼlumotlar uzatish va televideniye va radioeshittirish radiochastota spektridan oqilona foydalanish boʻyicha faoliyatlarini muvofiqlashtirish;
teleradioeshittirish va telekommunikatsiyalar xizmatlari isteʼmolchilarining huquq va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ular tomonidan elektr aloqasining, axborotlarga ishlov berish va maʼlumotlarni uzatish tarmoqlariga oid qismini, shu jumladan, “Internet” tarmoqlarini, loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, shuningdek, televideniye va radioeshittirishlarni tarqatish faoliyati bilan shugʻullanish huquqini litsenziyalash;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning teleradioeshittirish va telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalangan holda maʼlumotlar uzatish sohasidagi faoliyatiga maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalarni) rasmiylashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha ishlarni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
radiochastota spektri hamda televideniye va radioeshittirish efir vaqtidan bexatar va oqilona foydalanish, maʼlumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy televideniye va radioeshittirishlarni, Vatanimiz teleradioeshittirishlarini boshqa davlat hududida tarqatish Oʻzbekiston axborot tarmogʻining jahon tarmoqlariga integratsiyalashuvi tartibi va shartlarini belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
idoralararo normativ hujjatlar ishlab chiqilishini, kelishib olinishini va tasdiqlanishini, shuningdek, qonun hujjatlari loyihalari tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini tashkil etish;
radiochastotalardan toʻgʻri va oqilona foydalanilishi ustidan nazoratni tashkil etish, teleradioeshittirish va axborotlar uzatish texnika vositalaridan foydalanishda qonun hujjatlari bilan taqiqlangan axborotlarni tarqatish uchun suiisteʼmolliklar qilinishini bartaraf etish sharoitlarini yaratish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasiga:
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ular tomonidan elektr aloqasining, axborotlarga ishlov berish va maʼlumotlarni uzatish tarmoqlariga oid qismini, shu jumladan, “Internet” tarmoqlarini, loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, shuningdek, televideniye va radioeshittirishlarni tarqatish faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnoma (litsenziya)lar berish va ularni qaytarib olish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
davlat boshqaruvi organlaridan, tashkilotlar va korxonalardan Komissiya vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha axborotlar olish;
qonun hujjatlariga muvofiq televideniye va radioeshittirishlarini tarqatish boʻyicha cheklashlar belgilash huquqi berilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari va, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
4. Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining joriy ishlarini taʼminlash uchun uning huzurida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat matbuot qoʻmitasi, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, “Oʻzteleradio” mutaxassislaridan iborat 5 kishilik doimiy ishlovchi ishchi guruh tashkil etilsin.
Ishchi guruhning shtatlar jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi, Kommunikatsiyalar kompleksi, Davlat matbuot qoʻmitasi, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi bir hafta muddatda, tasdiqlangan shtatlar jadvali doirasida, guruh faoliyat koʻrsatayotgan davrda uning xarajatlarini taʼminlagan holda, ishchi guruhni yuqori malakali mutaxassislar bilan butlasinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati Ishlar Boshqarmasi ishchi guruhni Vazirlar Mahkamasi binosiga joylashtirsin, zarur aloqa vositalari bilan taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Belgilansinki, Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi qarori asosida:
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ular tomonidan elektr aloqasining, axborotlarga ishlov berish va maʼlumotlarni uzatish tarmoqlariga oid qismini, shu jumladan, “Internet” tarmoqlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, shuningdek, televideniye va radioeshittirish faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyadan beradi va ularni qaytarib oladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi — belgilangan tartibda teleradiodasturlar yaratish, shakllantirish va tarqatish (translyatsiya, retranslyatsiya qilish) va maʼlumotlar uzatish bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi va ular yagona davlat reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat matbuot qoʻmitasi va “Oʻzteleradio” kompaniyasi teleradiodasturlarni tayyorlashda va shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat aloqa inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), loyihalashtirish, qurish (oʻrnatish), foydalanish, sotish va ularni chet ellardan olib kelish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
7. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlar elektr aloqasini, shu jumladan, axborotlarga ishlov berish va maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish, shuningdek, televideniye va radioeshittirishlarni tarqatish faoliyatini faqat Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi qarori asosida beriladigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosida amalga oshiradilar.
Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi televideniye va radio dasturlarini yaratish, shakllantirish va tarqatish (translyatsiya, retranslyatsiya qilish), telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalangan holda maʼlumotlar uzatish bilan shugʻullanuvchi barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shu jumladan, xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlarni joriy yilning 1-oktabrigacha qayta roʻyxatdan oʻtkazsin. Belgilangan muddatda qayta roʻyxatdan oʻtmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq televideniye va radioeshittirish faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum boʻladilar va tugatiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
2001-yil 1-yanvardan boshlab teleradiodasturlarni tarqatish (translyatsiya, retranslyatsiya qilish) va maʼlumotlarni uzatish uchun litsenziyalar besh yil muddatga beriladi.
(7-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2000-y., 9-10-son, 146-modda)
8. Belgilansinki, yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishida boʻlgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar 1999-yil 1-yanvargacha Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazilishi kerak.
Koʻrsatib oʻtilgan muddatda roʻyxatdan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazilmagan taqdirda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish noqonuniy hisoblanadi hamda ushbu vositalar va qurilmalar egalariga nisbatan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriy taʼsir choralari koʻriladi.
9. Quyidagilar:
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish), teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish bilan shugʻullanish faoliyatiga litsenziyalar berish uchun hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish tartibi 4-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasida pochta va telekommunikatsiyalar xoʻjalik yurituvchi subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati oʻrnatish boʻyicha Davlat aloqa inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizom 6-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida Radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), loyihalashtirish, qurish (oʻrnatish), foydalanish, sotish va ularni chet ellardan olib kelish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 7-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Teleradiodasturlarni tarqatish va maʼlumotlarni uzatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarni berganlik va qayta roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun davlat boji miqdorlari 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi raisi (L. Axmetov) bir oy muddatda Komissiyaning ish rejasi, doimiy ishlovchi ishchi guruh toʻgʻrisida nizom ishlab chiqilishini tashkil etsin va tasdiqlasin, Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shu jumladan aloqa sohasidagi normativ hujjatlar, davlat, tarmoq standartlari va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati talablarini buzganlik uchun jazo choralari qoʻllash yuzasidan takliflar kiritsin.
11. Kommunikatsiyalar kompleksi (L. Axmetov) ikki oy muddatda Oliy Majlisga kiritish uchun “Radiochastota spektri toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini tayyorlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 9-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin va ayrimlariga oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar kiritilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi amaldagi qonun hujjatlariga Vazirlar Mahkamasining mazkur qarorlaridan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida bir oy muddatda takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari L. A. Axmetov va A. A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 10-iyul,
293-son
Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi deyiladi) davlat boshqaruv organlarining, mulkchilik shakllardan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlarning axborotlarni shakllantirish va tarqatish hamda telekommunikatsiyalar vositalaridan foydalangan holda maʼlumotlarni uzatish, radiochastota spektridan bexatar va oqilona foydalanish, teleradioeshittirish va telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanuvchilar huquqlari himoya qilinishini taʼminlash faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, xalqaro bitimlar va shartnomalarga hamda ushbu Nizomga amal qiladi. Komissiya oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
3. Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
4. Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari komissiya raisi hisoblanadi.
5. Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining joriy faoliyatini amalga oshirish uchun uning huzurida 5 kishidan iborat doimiy ishlaydigan ishchi guruh tashkil etiladi.
Ishchi guruh rahbari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi va komissiyaning masʼul kotibi hisoblanadi.
Ishchi guruh xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Davlat matbuot qoʻmitasi, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi hamda “Oʻzteleradio” kompaniyasi mablagʻlari hisobiga shtatlar jadvali va joriy xarajatlar boʻyicha teng ulushlar doirasida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Komissiyaning vazifalari
6. Quyidagilar Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:
davlat boshqaruvi organlarining va, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlarning televideniye va radio dasturlarini shakllantirish hamda tarqatish va telekommunikatsiyalar vositalaridan foydalangan holda maʼlumotlarni uzatish, televideniye va radioeshittirish radiochastota spektridan bexatar va oqilona foydalanish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
teleradioeshittirish va telekommunikatsiyalar xizmatlari isteʼmolchilari huquq, va manfaatlarining himoya qilinishini taʼminlash;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ular tomonidan elektr aloqasining, axborotlarga ishlov berish va maʼlumotlarni uzatish tarmoqlariga oid qismini, shu jumladan, “Internet” tarmoqlarini, loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, shuningdek, televideniye va radioeshittirishlarni tarqatish faoliyati bilan shugʻullanish huquqini litsenziyalash;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning teleradioeshittirish va telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda maʼlumotlar uzatish sohasidagi faoliyatiga maxsus ruxsatnomalar (litsenziya)larni rasmiylashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha ishlarni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
radiochastota spektri hamda televideniye va radioeshittirish efir vaqtidan bexatar va oqilona foydalanish, maʼlumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy televideniye va radioeshittirish, Vatanimiz teleradioeshittirishlarini boshqa davlatlar hududida tarqatish Oʻzbekiston axborot tarmogʻining jahon tarmoqlariga, integratsiyalashuvi tartibi va shartlarini belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
idoralararo normativ hujjatlar ishlab chiqilishi, kelishib olinishi va tasdiqlanishini, shuningdek, qonun hujjatlari loyihalari tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini tashkil etish;
radiochastotalardan toʻgʻri va oqilona foydalanilishi ustidan nazoratni tashkil etish, teleradioeshittirish, axborotlar uzatish texnika vositalaridan foydalanishda qonun hujjatlari bilan taqiqlangan axborotlarni tarqatish uchun suiisteʼmollar qilinishini bartaraf etish sharoitlarini yaratish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Komissiyaning funksiyalari
7. Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq:
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ularning televideniye va radioeshittirish dasturlarini shakllantirish va tarqatish, telekommunikatsiyalar vositalaridan foydalangan holda maʼlumotlarni uzatish sohasidagi faoliyatini tashkil qilish masalalari boʻyicha, televideniye va radioeshittirish radiochastota spektridan bexatar va oqilona foydalanilishini taʼminlash boʻyicha tegishli davlat boshqaruv organlari bilan oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtiradi.
teleradioeshittirish va maʼlumotlarni uzatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha asosiy talablar va normativ hujjatlarni ishlab chiqishni va tasdiqlashni tashkil qiladi.
tegishli davlat organlari xulosalari asosida televideniye (kabelli, efir-kabelli televideniye), radioeshittirish, elektron-axborot aloqasi sohasida faoliyat koʻrsatuvchi tuzilmalarni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida, elektr aloqasining, axborotlarga ishlov berish va maʼlumotlarni uzatish tarmoqlariga oid qismini, shu jumladan, “Internet” tarmoqlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, shuningdek, televideniye va radioeshittirishlarni tarqatishga litsenziyalar berish, ularni bekor qilish, toʻxtatib qoʻyish yoki qaytarib olish toʻgʻrisida qarorlar chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
teleradiodasturlarni tarqatishni, maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari va tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirish, shu jumladan, ularni jahon axborot tizimlariga integratsiyalash davlat dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish va kelishib olishni tashkil qiladi.
litsenziya boʻyicha bitimlar shartlarining bajarilishini hamda televideniye va radioeshittirishlar va telekommunikatsiyalar vositalaridan foydalangan holda maʼlumotlarni uzatish sohasida faoliyat koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibini nazorat qilishni tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
elektr aloqasi tarmoqlari va vositalari, radioeshittirish va televideniye faoliyat koʻrsatishining axborot bexatarligini taʼminlash talablarini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida radiochastotalarni tartibga solish va boshqarishning asosiy tamoyillarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni nazorat qilish ishlarini tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Pochta va telekommunikatsiyalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda Ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamgʻarmasining teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlarni uzatish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
xorijiy davlatlar va kompaniyalarning telekoʻrsatuvlari va radioeshittirishlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida tarqatish imkoniyatini va maqsadga muvofiqligini aniqlaydi, hukumatlararo bitimlar va xalqaro shartnomalar tuzish boʻyicha takliflar kiritadi.
Oʻzbekiston televideniye va radioeshittirishlarini tarqatish hamda axborot tizimlarini jahon axborot tarmoqlariga integratsiyalash masalalari boʻyicha xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan muzokaralarda qatnashadi.
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining elektr aloqasini loyihalashtirish, qurish va undan foydalanishni litsenziyalash masalalari boʻyicha, shuningdek, radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasining teleradioeshittirishlar radiochastotalari spektridan bexatar va oqilona foydalanish masalalari boʻyicha hisobotlarini muntazam ravishda eshitib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
respublikada teleradioeshittirishlarni, maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari va tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni ishlab chiqadi;
Komissiyaning ish tartibi va rejasini, Komissiya huzuridagi doimiy ishlaydigan ishchi guruh toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Komissiyaning huquqlari
8. Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi quyidagi huquqlarga egadir:
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, shu jumladan, xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ular tomonidan elektr aloqasining, axborotlarga ishlov berish va maʼlumotlarni uzatish tarmoqlariga oid qismini, shu jumladan, “Internet” tarmoqlarini loyihalash, qurish, va ulardan foydalanish, shuningdek televideniye va radioeshittirishlarni tarqatish faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnoma (litsenziya)lar berish va qaytarib olish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
davlat boshqaruvi organlaridan, tashkilotlar va korxonalardan Komissiya vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha axborotlar olish;
oʻz majlislarida komissiya aʼzolarining hamda vazirliklar va idoralar masʼul vakillarining axborotlarini eshitish, tegishli qarorlar qabul qilish;
qonunchilikka muvofiq televideniye va radioeshittirishlarni tarqatish boʻyicha cheklashlarni belgilash;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bexatarligi darajasini taʼminlash va oshirish boʻyicha takliflar kiritish.
Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlarining davlat boshqaruvi organlari va, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiydir.
V. Komissiyaning davlat boshqaruvi organlari bilan oʻzaro munosabatlari
9. Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining qarori asosida:
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ular tomonidan elektr aloqasining, axborotlarga ishlov berish va maʼlumotlarni uzatish tarmoqlariga oid qismini, shu jumladan “Internet” tarmoqlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, shuningdek, televideniye va radioeshittirishlarni tarqatish faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi — belgilangan tartibda teleradiodasturlar yaratish, shakllantirish va tarqatish (translyatsiya, retranslyatsiya qilish) hamda maʼlumotlar uzatish bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi va ular yagona davlat reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi:
Davlat matbuot qoʻmitasi va “Oʻzteleradio” kompaniyasi orqali teleradiodasturlarni tayyorlash va shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilinishini;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi orqali teleradiodasturlarni tarqatish boʻyicha faoliyatning hamda maʼlumotlarni uzatishning litsenziya bitimlariga, texnikaviy normativlar va standartlarga muvofiq amalga oshirilishini, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanilishini;
Keyingi tahrirga qarang.
Hukumat aloqa xizmati orqali axborot bexatarligi taʼminlanishini;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aloqa inspeksiyasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), loyihalashtirish, qurish (oʻrnatish), foydalanish, sotish hamda ularni chet ellardan olib kelish tartibini;
Keyingi tahrirga qarang.
Mualliflik huquqlarini himoya qilish agentligi, “Oʻzbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi orqali teleradiomahsulotlarga mualliflik huquqlari himoya qilinishini;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Tashqi ishlar vazirligi orqali teleradioeshittirishlarni tarqatish, Oʻzbekiston axborot tizimlarini jahon axborot tarmoqlariga integratsiyalash masalalari boʻyicha hukumatlararo bitimlar va xalqaro shartnomalarning bajarilishini nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi huzuridagi ishchi guruhning
SHTATLAR JADVALI
| T/r |
Lavozimlarning nomi |
Xodimlar soni |
Yagona tarif setkasi boʻyicha razryad |
| 1. | Rahbar | 1 | 15 |
| 2. | Bosh mutaxassis | 2 | 12 |
| 3. | Yetakchi mutaxassis | 2 | 11 |
| | Jami: | 5 | |
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish), teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish bilan shugʻullanish faoliyatiga litsenziyalar berish uchun hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish
Keyingi tahrirga qarang.
TARTIBI
1. Mazkur Tartib hujjatlarni qabul qilish, ularni ekspertizadan, davlat roʻyxatidan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) hamda teleradiodasturlarni tayyorlash va tarqatish (translyatsiya, retranslyatsiya qilish) va maʼlumotlarni uzatish bilan shugʻullanish faoliyatiga maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish, shuningdek, ularni bekor qilish, toʻxtatib turish yoki qaytarib olish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) hamda teleradiodasturlarni tayyorlash va tarqatish (translyatsiya, retranslyatsiya qilish) va maʼlumotlar uzatish bilan shugʻullanish faoliyatiga maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish, shuningdek, ularni bekor qilish, toʻxtatib turish yoki qaytarib olish toʻgʻrisidagi qarorni Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi ekspert xulosalar yoki davlat boshqaruvi tegishli vakolatli organlari taqdimnomalari asosida qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlardan, shu jumladan, xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlardan davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziyalar olish uchun hujjatlarni qabul qilish, ularni ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish, Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi qarorlari loyihalarini tayyorlashni Komissiya huzuridagi doimiy ishlovchi ishchi guruh amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va faoliyat turiga litsenziya olish uchun xoʻjalik yurituvchi subyekt Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi huzuridagi doimiy ishlovchi ishchi guruhga muassis (muassislar) nomidan:
Keyingi tahrirga qarang.
muassisni;
nomini, eʼlon qilish tilini (tillarini), manzilini;
maqsad va vazifalarni;
nazarda tutilayotgan tomoshabin (tinglovchi, abonent)lar sonini;
eshittirishlar (maʼlumotlar uzatish)ning davriyligi va hajmini;
mablagʻ bilan taʼminlash va moddiy-texnika taʼminoti manbalarini koʻrsatgan holda ariza beradi.
Arizaga:
muassis (muassislar) ustavi (ustavlari)ning tasdiqlangan nusxalari, muassis yoki muassislar tomonidan tasdiqlangan ustav (Nizom), taʼsis shartnomasi;
televideniye va radio dasturlarini shakllantirish va tarqatish, telekommunikatsiyalar vositalaridan foydalangan holda maʼlumotlar uzatish vositalarining texnik tavsifnomalari, diapazonlari va radiochastotalar nominallari koʻrsatilgan roʻyxati;
ariza beruvchi tomonidan litsenziya berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun eng kam oylik ish haqining 0,5 miqdorida yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar taqdim etiladi.
5. Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi huzuridagi doimiy ishlovchi ishchi guruh hujjatlarning toʻliq paketi mavjud boʻlganda uch kun muddatda uni ekspert xulosa berish uchun Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi va “Oʻzteleradio” kompaniyasiga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi va “Oʻzteleradio” kompaniyasi ikki hafta muddatda Komissiya huzuridagi ishchi guruhga hujjatlar paketi boʻyicha ekspert xulosa taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Ishchi guruh Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining navbatdagi yigʻilishiga umumlashtirilgan ekspert xulosa va qaror loyihasini kiritadi.
8. Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining qarori ijobiy boʻlganda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi ikki hafta muddatda litsenziya bitimini rasmiylashtiradi va faoliyat turiga litsenziya beradi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi bir hafta muddatda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi va davlat reyestriga kiritadi.
Guvohnoma va litsenziya yigʻim va davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat mavjud boʻlganda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani bekor qilish va faoliyat turi bilan shugʻullanishga berilgan litsenziyani toʻxtatib qoʻyish va qaytarib olish Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining nazorat qiluvchi yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarning xulosalari yoki taqdimnomalari asosida qabul qilingan qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining roʻyxatdan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etish, roʻyxatdan oʻtkazishni bekor qilish, litsenziyani toʻxtatib qoʻyish va qaytarib olish toʻgʻrisidagi asoslangan qarori uch kun mobaynida xoʻjalik yurituvchi subyektga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasiga, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 10-iyuldagi 293-son qaroriga
5-ILOVA
1998-yil 10-iyuldagi 293-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida pochta va telekommunikatsiyalar xoʻjalik yurituvchi subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati boʻyicha Davlat aloqa inspeksiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasida pochta va telekommunikatsiyalar xoʻjalik yurituvchi subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati boʻyicha Davlat aloqa inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat aloqa inspeksiyasi deb ataladi, pochta va telekommunikatsiyalar sohasida telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi xizmati koʻrsatuvchi), shuningdek, telekommunikatsiyalar va pochta tizimlari va inshootlarini loyihalashtiruvchi va quruvchi, mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlari va normativ hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablari, litsenziyalar va xizmatlar koʻrsatish shartlari bajarilishini va ularga rioya qilinishini taʼminlovchi davlat nazorati organi hisoblanadi.
2. Davlat aloqa inspeksiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Butunjahon pochta uyushmasi Konvensiyasiga va Bitimiga, Elektr aloqasi Xalqaro Uyushmasi Tavsiyalariga, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi buyruqlari, qoidalari, yoʻriqnomalariga, mazkur Nizomga va boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasida pochta va telekommunikatsiyalar xoʻjalik yurituvchi subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati boʻyicha Davlat aloqa inspeksiyasining oʻziga berilgan vakolatlar doirasida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qabul qiladigan qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida pochta va telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi barcha yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
4. Pochta va telekommunikatsiyalar rivojlanishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa mablagʻlar Davlat aloqa inspeksiyasini mablagʻ bilan taʼminlash manbalari hisoblanadi.
5. Davlat aloqa inspeksiyasiga Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Davlat aloqa inspeksiyasi tuzilmasi Davlat aloqa inspeksiyasi boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bilan kelishiladi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat inspeksiyalarini oʻz tarkibiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Davlat aloqa inspeksiyasi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi bank muassasalarida hisob-kitob schyotiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻladi.
II. Vazifalari
8. Quyidagilar ustidan davlat nazoratini amalga oshirish Davlat aloqa inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, pochta va telekommunikatsiyalar xizmatlari koʻrsatuvchi barcha korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan pochta va telekommunikatsiyalar sohasida amaldagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablari, litsenziyalar va sertifikatlashtirishning belgilangan tartibi bajarilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish hamda pochta va telekommunikatsiyalar xoʻjalik subyektlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar sifati boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
pochta va telekommunikatsiyalar tarmogʻi axborot bexatarligini, davlat hokimiyati va boshqaruv, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasi va milliy xavfsizligi manfaatlari xamda Favqulodda vaziyatlar shart-sharoitlarida ulardan ustuvor foydalanishni taʼminlash;
respublika hududida foydalaniladigan pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar tarmoqlarining, texnik vositalar va tizimlar parametrlarining, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning radionurlanishlari parametrlarining amaldagi normalarga muvofiqligi;
radioelektron vositalarning sotib olinishi (berilishi), loyihalashtirilishi, qurilishi (oʻrnatilishi), Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilishi va chet ellardan keltirilishining, pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlari va inshootlarida sertifikatlashtirilgan asbob-uskunalar qoʻllanilishining belgilangan tartibiga rioya qilinishi;
sifat hamda pochta va telekommunikatsiyalar xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan normativ hujjatlar, davlat, tarmoq standartlari va koʻrsatiladigan xizmatlar sifati talablari buzilganligi uchun sanksiyalar miqdorlarini hisoblash tartibiga rioya qilish boʻyicha hisobot maʼlumotlarining ishonchliligi.
III. Funksiyalari
9. Davlat aloqa inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
respublika hududida joylashgan pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlarida litsenziyalar shartlari bajarilishi aloqa xizmatlari parametrlari va sifat koʻrsatkichlarining amaldagi normalarga muvofiqligi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlar oʻtkazadi;
pochta va telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatning muayyan turini tegishli litsenziyasiz amalga oshirayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni aniqlaydi;
pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlari, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar loyihalashtirilishi, qurilishi va ulardan foydalanilishi boʻyicha davlat, tarmoq standartlari, amaldagi normalar va qoidalar bajarilishi ustidan nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
pochta aloqasi xizmatlari tashkil etilishini, pochta joʻnatmalari va pul summalari saqlanishi taʼminlanishini, pochta joʻnatmalari qabul qilinishi, ularga ishlov berilishi, berilishiga rioya qilinishini va ularning belgilangan nazorat muddatlarida oʻtishini tekshiradi;
pochta va telekommunikatsiyalar sohasida oʻlchash texnikasining kalibrlangan vositalari belgilagan tartibda qoʻllanilishini nazorat qiladi;
yuridik va jismoniy shaxslarning ariza va shikoyatlarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqadi;
davlat organlari tomonidan tartibga solinadigan tariflar roʻyxatiga kiruvchi pochta va telekommunikatsiyalar xizmatlari tariflari qoʻllanilishi toʻgʻriligini tekshiradi;
isteʼmolchilar uchun koʻrsatiladigan xizmatlar, tariflar, xizmatlar koʻrsatish qoidalari, ish rejimi va xoʻjalik yurituvchi subyekt ishini tartibga soluvchi boshqa axborot mavjudligini va ulardan foydalanish imkoniyatini nazorat qiladi, shuningdek koʻrsatilayotgan xizmatlar hajmi toʻliqligini va muddatlarini nazorat qiladi;
pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlari qurilishi va rekonstruksiyasi yangidan ishga tushirilayotgan obyektlari foydalanishga qabul qilib olinishi boʻyicha komissiyalarda qatnashadi;
tekshirishlar natijalari boʻyicha aniqlangan tartib buzishlar haqida tegishli qarorlar qabul qiladi, yozma koʻrsatmalar beradi va ularni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlar litsenziyalarini qaytarib olish toʻgʻrisida takliflar kiritadi, tartibni buzishlarga doir Davlat aloqa inspeksiyasi vakolatlariga tegishli boʻlmagan materiallarni davlat nazorati tegishli organlariga ularning vakolatlari boʻyicha belgilangan tartibda beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriy tanbehlar beradi;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan pochta va telekommunikatsiyalar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar sifati buzilganligi uchun sanksiyalar hisoblash va ularning miqdorlari tartibiga rioya qilinishini nazorat qiladi, normativ hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari buzilgan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga sanksiyalar qoʻllash toʻgʻrisida belgilangan tartibda yozma koʻrsatmalar beradi;
aloqa mahsuloti sifatiga va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilishga, telekommunikatsiyalar vositalari, radioelektron vositalar radionurlanishlari va yuqori chastotali qurilmalar parametrlariga tegishli davlat va tarmoq standartlari, texnik shartlar, qoidalar, yoʻriqnomalar, litsenziya shartlari va boshqa normativ hujjatlar loyihalarini qoʻrib chiqadi va ular boʻyicha xulosalar beradi;
vazirliklar, idoralar, korxonalar (birlashmalar), ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalardan pochta va telekommunikatsiyalar vositalari va qurilmalari, texnik hujjatlari, qoidalari, ish normalarini oladi;
Davlat aloqa inspeksiyasi xodimlarini tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi;
oʻtkazilgan nazorat natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, aniqlangan kamchiliklar va tartibni buzishlarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi, ularni boshqaruvning tegishli organlari qoʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzaro hamkorlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Huquqlari
10. Davlat aloqa inspeksiyasi quyidagi huquqlarga egadir:
oʻz vakolatlari doirasida, mulkchilik shakllari va idoraviy qarashliligidan qatʼi nazar, respublika hududida joylashgan pochta va telekommunikatsiyalar xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda tekshirishlar oʻtkazish;
pochta va telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan pochta va telekommunikatsiyalar sohasida normativ hujjatlar va davlat, tarmoq standartlari talablari va koʻrsatiladigan xizmatlar sifati buzilgan taqdirda ularga nisbatan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq sanksiyalar qoʻllash;
Keyingi tahrirga qarang.
pochta va telekommunikatsiyalar ish sifatini tekshirish uchun tegishli xoʻjalik yurituvchi subyektlar mutaxassislarini jalb qilish;
pochta va telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat koʻrsatuvchi va talab etiladigan normalar, davlat, tarmoq standartlari va pochta va telekommunikatsiyalarning koʻrsatiladigan xizmatlari sifati respublika hududida ishlatiladigan telekommunikatsiyalar vositalari, radioelektron vositalar radionurlanishlar va yuqori chastotali qurilmalar parametrlari muntazam ravishda buzilishiga yoʻl qoʻyuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ayrim qurilmalari va texnologik uchastkalari ishini aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtincha toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
teleradio qabul qilib olishiga toʻsqinlik yaratilishiga olib kelgan radionurlanish normalari buzilgan taqdirda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishga berilgan ruxsatnomalarning amal qilishini toʻxtatib qoʻyish;
pochta va telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlardan Davlat aloqa inspeksiyasi vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha zarur maʼlumotlar va materiallarni talab qilish.
V. Javobgarlik
11. Davlat aloqa inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalar va oʻz vakolati doirasida qabul qilingan qarorlar bajarilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi deb ataladi) radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish sohasidagi ishlar samarali bajarilishi, radio-chastotalardan foydalanish va ularning vazifasi masalalari boʻyicha respublika manfaatlarini xalqaro tashkilotlarda huquqiy himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi huzurida tashkil etilgan.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 52-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish sohasida davlat siyosatini taʼminlovchi radiochastotalarni davlat tomonidan boshqarish organi hisoblanadi, radiochastota spektridan foydalanish masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 52-sonli qarori tahririda)
3. Radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, Xalqaro elektr aloqasi uyushmasining normativ hujjatlariga, mazkur Nizomga amal qiladi hamda Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
4. Radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasining raisi etib Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktori belgilangan.
5. Ichki ishlar, mudofaa, Favqulodda vaziyatlar, adliya, tashqi ishlar, qishloq va suv xoʻjaligi, energetika va elektrlashtirish vazirlari oʻrinbosarlari; Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, mudofaaga yordam beruvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raislarining oʻrinbosarlari; “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktorlari oʻrinbosarlari; Hukumat aloqa xizmati boshligʻining oʻrinbosari lavozimlariga qoʻra va koʻrsatib oʻtilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining taqdimnomasiga binoan radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi aʼzolari etib belgilangan.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi aʼzolari oʻz vazifalarini jamoatchilik asosida bajaradilar. Xodimlari komissiya tarkibiga kiritilgan vazirliklar, idoralar va boshqa davlat boshqaruvi organlari rahbarlari ularning komissiya tarkibida ishlashlari uchun sharoit yaratib beradilar.
7. Radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va nomi oʻzbek hamda ingliz tillarida yozilgan oʻz muhriga va oʻz hisob-kitob schyotiga ega boʻladi.
8. Komissiyaning ishlashi uchun materiallarni muvofiqlashtirish, ishlab chiqish va tayyorlash yuzasidan shoshilinch joriy ishlarni bajarish maqsadida Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi huzurida radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasining ishchi guruhi tuzilgan, unga komissiya raisining oʻrinbosari boshchilik qiladi.
Ishchi guruh faoliyati Elektromagnit moslik markazi mablagʻlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi.
9. Elektromagnit moslik markazi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasining ijro etuvchi organi hisoblanadi va Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tuzilmasiga kiritiladi.
10. Radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi raisi ishchi guruh tuzilmasini, shtatlar jadvalini va ishchi guruhni saqlash xarajatlari smetasini tasdiqlaydi.
II. Komissiyaning vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
11. Quyidagilar Radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
radiochastotalar spektrini taqsimlash va ulardan foydalanish va uni istiqbolda rejalashtirish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;
radiochastotalarni taqsimlash milliy jadvalini va radio aloqa milliy reglamentini shakllantirish;
radiochastotalarni rejalashtirish, ularni belgilash va ulardan foydalanish masalalarida xalqaro tashkilotlarda vakillik qilish va Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro huquqiy himoya qilish;
radiochastotalar spektridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
radiochastotalar spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
radiochastotalar spektridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish”;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 52-sonli qarori tahririda)
III. Komissiyaning funksiyalari
12. Belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi:
radioelektron vositalarning barcha turlariga tayinlash uchun chastotalarni hisobga olish tartibini belgilaydi;
radioelektron vositalarning radio spektridan foydalanish va undan foydalanishni nazorat qilish tartibini belgilaydi;
radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish masalalari yuzasidan normativ hujjatlar qabul qiladi. Oʻz vakolatlari doirasida radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish sohasida yoʻriqnomalar va nizomlar ishlab chiqadi;
xorijiy davlatlar aloqa maʼmuriyatlari bilan birgalikda belgilangan tartibda chastotalarni tayinlashni muvofiqlashtirishni va Xalqaro elektr aloqasi uyushmasida Oʻzbekiston Respublikasining radioelektron vositalariga tayinlangan chastotalarni roʻyxatga olishni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bilan qoʻshni davlatlar aloqa maʼmuriyatlari oʻrtasida ayrim radioxizmatlar tomonidan chastotalardan foydalanishni muvofiqlashtirish boʻyicha bitimlarni ishlab chiqishda va texnikaviy tayyorlashda qatnashadi;
xorijiy davlatlar aloqa maʼmuriyatlari bilan olib boriladigan muzokaralarda qatnashadi, erishilgan bitimlar boʻyicha respublika aloqa maʼmuriyati majburiyatlarining bajarilishini taʼminlashni tashkil etadi;
manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda respublika radioelektron vositalarining chastota tayinlovlarini xalqaro huquqiy himoya qilish yillik rejalari loyihalarini ishlab chiqadi, ularning bajarilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;
radiochastotalardan foydalanishni muvofiqlashtirish, nurlanishni nazorat qilish va oʻz vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar yuzasidan delegatsiyalarning texnikaviy topshiriqlari, koʻrsatmalari va ishchi materiallarini, shuningdek delegatsiyalarning tarkibi boʻyicha takliflarini belgilangan tartibda tayyorlaydi, delegatsiyalar ishida qatnashadi, delegatsiyalarning hisobotlarini tahlil qiladi va erishilgan bitimlarni amalga oshirishni tashkil etadi;
Xalqaro elektr aloqasi uyushmasining polosalarni taqsimlash va radiochastotalarni rejalashtirish va radio aloqasi reglamentini qayta qurish boʻyicha jahon va mintaqa maʼmuriy konferensiyalariga tayyorgarlik komissiyalarining ishida ishtirok etadi;
diplomatik vakolatxonalarning va xorijiy davlatlar boshqa organlarining, shuningdek respublika hududida joylashgan xalqaro tashkilotlarning radioelektron vositalari chastota tayinlovlarini muvofiqlashtirish va Xalqaro elektr aloqasi uyushmasida roʻyxatga olish ishlarini belgilangan tartibda olib boradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan xalqaro-huquqiy tusga ega boʻlgan va xalqaro elektr aloqasi konvensiyasi va boshqa xalqaro hujjatlar boʻyicha respublika majburiyatlariga daxldor boʻlgan masalalarni kelishib oladi;
radioelektron vositalarning elektromagnit mosligini taʼminlovchi chastota va hududiy ayirish normalarini tasdiqlaydi va ishga tushiradi;
radioelektron vositalarning elektromagnit mosligini belgilovchi radiochastotalardan, tanib olish signallaridan foydalanish talablari boʻyicha standartlarning loyihalarini va texnik shartlarini, radioelektron vositalarni yetkazib berish tartibini kelishib oladi;
vazirliklar, idoralar bilan birgalikda radioelektron vositalarning elektromagnit mosligini taʼminlovchi tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishini nazorat qilishni tashkil etadi;
ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik ishlari, davlat andozalarini ishlab chiqish, ilmiy-texnika axborotini tashkil etish, ixtirochilik va ratsionalizatorlikni rivojlantirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi va xulosalar beradi;
chastotalarni taqsimlash milliy jadvalini va respublika radio aloqasi ish tartibini ishlab chiqadi va nashr etadi;
xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy-texnikaviy aloqalar yuzasidan belgilangan tartibda takliflar tayyorlaydi va taqdim etadi;
vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va fuqarolarning radiochastotalar polosalari ajratish haqidagi buyurtmanomalarini texnikaviy ekspertizadan oʻtkazadi va ulardan foydalanish yuzasidan texnikaviy takliflar ishlab chiqadi;
yuqori chastotali qurilmalar, elektr qurilmalar, mashinalar, apparatlar, priborlarning elektromagnit mosligini belgilovchi texnikaviy tavsiflarning andozalari, texnikaviy shartlarini, shuningdek industrial shovqinlarning andozalari va umumdavlat normalari loyihalarini koʻrib chiqadi va kelishib oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
radiochastotalar organlari oʻrtasida radiochastotalar polosalarini taqsimlaydi;
radiochastotalar spektridan foydalanish sohasida radiochastotalar organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
(12-band xatboshilar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 52-sonli qaroriga muvofiq toʻldirilgan)
IV. Komissiyaning huquqlari
13. Radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi quyidagi huquqlarga egadir:
barcha turdagi radioelektron vositalarning chastota tayinlovchilarini Xalqaro elektr aloqasi uyushmasida roʻyxatga olish ishlarini olib borish;
radiochastotalar boʻyicha elektr aloqasi uyushmasi faoliyatida qatnashish va chastota spektridan foydalanish masalalari boʻyicha respublika manfaatlarini himoya qilish;
radioelektron vositalarning chastota tayinlovini xalqaro miqyosda muvofiqlashtirish ishlarini olib borish va shu maqsadda xorijiy davlatlarning aloqa maʼmuriyatlari bilan olib boriladigan muzokaralar uchun materiallar tayyorlash;
Xalqaro elektr aloqasi uyushmasining va xorijiy davlatlar aloqa maʼmuriyatlarining radioelektron vositalari chastota tayinlovlarini muvofiqlashtirish va roʻyxatga olish bilan bogʻliq boʻlgan texnik materiallarni tahlil qilish va ular yuzasidan tegishli xulosalar tayyorlash;
radioelektron vositalarning barcha turlarini respublikada tayyorlash va ishlab chiqish hamda chet ellardan sotib olish uchun chastotalar polosasini belgilash;
radioelektron vositalarga davlat andozalari, texnikaviy shartlar, normalar va ulardan foydalanish qoidalarini va boshqa normativ-texnikaviy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish.
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda radiochastotalar spektridan vaqt va (yoki) hudud boʻyicha foydalanish huquqini toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash;
(13-bandning sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 52-sonli qarori tahririda)
chastotalarni foydalanuvchilarga taqsimlash huquqi berilgan organlarning qarorlarini bekor qilish, basharti ushbu qarorlar radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan amaldagi normativ hujjatlar talablarini buzsa;
radiochastota spektrini eng koʻp darajada samarali taqsimlash va undan foydalanish masalasida, chastotalarni taqsimlovchi organlar faoliyatini tartibga solish.
Keyingi tahrirga qarang.
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), loyihalash, qurish (oʻrnatish), ishlatish hamda chet eldan keltirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Ushbu Nizom radioelektron vositalar (REV) va yuqori chastotali qurilmalar (YUCHQ)ni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), loyihalash, qurish (oʻrnatish), ishlatish hamda chet eldan keltirish tartibini belgilab beradi.
Ushbu Nizomning amal qilishi:
Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralari, uyushmalari, konsernlari, korxonalari, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalari, tashkilotlari va muassasalari;
xorijiy firmalar, banklar va tashkilotlarning vakolatxonalari va delegatsiyalari;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olinadigan (beriladigan), loyihalanayotgan, qurilayotgan (oʻrnatilayotgan), ishlatiladigan hamda chet eldan keltirilayotgan radioelektron vositalarga va yuqori chastotali qurilmalarga tatbiq etiladi.
Ushbu Nizomning amal qilishi, shuningdek xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi diplomatik va konsullik vakolatxonalarida oʻrnatiladigan radiouzatgichlarga ham tatbiq etiladi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
a) televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilib olish uchun moʻljallangan qurilmalar, maishiy radioelektronika buyumlari, agar bunday qurilmalar va buyumlarni savdo tarmoqlari orqali sotishga ruxsat berilgan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
b) Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Hukumat aloqa xizmati va Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasi va xavfsizligi maqsadida foydalaniladigan va foydalanishga moʻljallangan radioelektron vositalar;
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 52-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
v) fuqaro aviatsiyasi korxonalari tomonidan parvozlarni va havoda harakatlanish xizmatini radionavigatsiya bilan taʼminlash maqsadida foydalaniladigan hamda foydalanish uchun moʻljallangan, Xalqaro Elektr aloqasi Ittifoqi (XEI) tavsiyanomalariga va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) standartlariga muvofiq boʻlgan bortda va yerda ishlatiladigan radioelektron vositalar;
g) Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining ruxsatisiz foydalanishga yoʻl qoʻyiladigan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar;
Keyingi tahrirga qarang.
d) Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit boʻyicha olib oʻtiladigan, bojxona nazoratida boʻladigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan butun vaqt mobaynida ishlatilmaydigan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar.
3. Har qanday turdagi va maqsaddagi turgʻun radioelektron vositalarni loyihalash va qurish (oʻrnatish) faqat Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining yoki u vakil qilgan organning (bundan keyin matnda Agentlik deb ataladi) ruxsatnomasi mavjud boʻlgandagina amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu vositalarni oʻrnatish uchun qurilish yoki maydonchalarga yer uchastkalari tanlash Agentlik bilan kelishuv boʻyicha, oʻrnatilayotgan vositalarning ushbu hududda ishlatilayotgan va ilgari qurishga loyihalashtirilgan radioelektron vositalar va elektr aloqasi vositalari bilan elektromagnit jihatidan mosligi taʼminlanishini, shuningdek radiouzatish va radioelektron vositalar joylashtiriladigan hududlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Radioelektron vositalarning elektromagnit jihatidan mosligini ekspertizadan oʻtkazish ushbu vositalarni qurish uchun uchastkadan foydalanish mumkinligini Agentlik bilan tanlash va kelishib olish jarayonida, loyihalovchi tashkilotlar tomonidan bajariladi.
4. Har qanday turdagi va maqsaddagi radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni respublikada yaratish, modernizatsiyalash (radionurlanishning texnikaviy tavsiflarini oʻzgartirgan holda), keng koʻlamda ishlab chiqarish, chet eldan sotib olish, shuningdek radiochastotalardan foydalangan holda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini oʻtkazish faqat Agentlik tomonidan tegishli radiochastotalar ajratilgandan hamda texnikaviy topshiriqlar va texnikaviy shartlar kelishib olingandan keyin amalga oshiriladi.
5. Ushbu Nizomning 2-bandida nazarda tutilganlardan tashqari, barcha turdagi va maqsadlardagi radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotish faqat savdo tashkilotlari orqali, Agentlikning tegishli ruxsatnomasini koʻrsatgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasining bitta vazirligi, idorasi, korxonasi, muassasasi, tashkiloti, fuqarosi, xorijiy yuridik shaxs va fuqaroligi boʻlmagan shaxs tomonidan sotib olish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasidagi boshqa vazirlikka, idoraga, korxonaga, muassasaga, tashkilotga (shu jumladan bitta vazirlik yoki idora ichidagi), fuqaroga, xorijiy yuridik shaxsga va fuqaroga, fuqaroligi boʻlmagan shaxsga doimiy yoki vaqtincha foydalanish uchun berish Agentlik ruxsatiga binoan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Magistral va xalqaro aloqa liniyalarini loyihalash, qurish va ishlatishga faoliyatning koʻrsatilgan turiga belgilangan tartibda beriladigan litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda ruxsat etiladi.
8. Respublika hududida foydalanishga moʻljallangan har qanday turdagi va maqsaddagi radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni (shu jumladan turli xil asbob-uskunalarga va transport vositalariga butlovchi buyumlarni chet eldan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltirish Agentlik ruxsatiga binoan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni xorijiy davlatlar vakolatxonalari hamda xorijiy firmalar, banklar va tashkilotlar vakolatxonalari va delegatsiyalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltirish Agentlik tomonidan tegishli vazirliklar va idoralarning iltimosnomalari boʻyicha berilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan ruxsatnomaga binoan, Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan shartlarda qaytarib olib ketish majburiyati bilan amalga oshiriladi.
Havaskorlik radio aloqasi boʻyicha rasmiy musobaqalarda foydalanish uchun moʻljallangan radioelektron vositalarni xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltirish Agentlikning “Vatanparvar” Oʻzbekiston Respublikasi mudofaaga koʻmaklashuvchi tashkilotlar Markaziy kengashi iltimosnomasi boʻyicha berilgan ruxsatnomaga binoan, Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan shartlarda qaytarib olib ketish majburiyati bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Rasmiy sport musobaqalarida, shuningdek koʻrgazma va yarmarkalarda foydalanish uchun chet elga vaqtinchalik olib ketilgan radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qaytarib olib kelish ushbu vositalar va qurilmalarni olib ketish vaqtida ularni qaytarib olib kelish toʻgʻrisida bojxona organiga berilgan majburiyatlar asosida amalga oshiriladi.
11. Radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Agentlikning ruxsatnomasisiz Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltirish taqiqlanadi, ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan vositalar va qurilmalar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlatish bevosita Agentlik ruxsatnomasi boʻyicha, xorijiy firmalar, banklar, tashkilotlarning vakolatxonalari, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan ishlatish esa vazirliklar va idoralarning tegishli xizmatlari orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi diplomatik va konsullik vakolatxonalarida oʻrnatiladigan radiouzatgichlarni ishlatish Agentlik ruxsatnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, idoralari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlari, fuqarolari, xorijiy yuridik shaxslar hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan tegishli ruxsatnomasiz tayyorlangan yoki sotib olingan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar ish qonunchilikda belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida koʻrib chiqilgungacha musodara qilinadi.
15. Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar ishining davlat nazorati belgilangan tartibda Agentlik tomonidan amalga oshiriladi. Agentlikning vakolatli mansabdor shaxslari Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlari, fuqarolari, xorijiy yuridik shaxslar hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar foydalanishida boʻlgan radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni toʻsqinliksiz kirib koʻrish huquqiga egadirlar va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan huquqlardan foydalanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlari Agentlikning mansabdor shaxslariga ularning ushbu Nizom bilan belgilangan vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun zarur boʻlgan har tomonlama yordamni koʻrsatishga majburdirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Vazirliklar va idoralar ushbu Nizom talablarining oʻz tasarruflaridagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
18. Davlat avtomobil nazorati avtotransport vositalarini davriy texnik koʻriklardan oʻtkazishda avtomobillardagi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat avtomobil nazoratining nazoratida boʻlgan boshqa transport vositalaridagi radioelektron qurilmalarning oʻrnatilishiga Agentlik ruxsatnomalari mavjudligini nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Ichki ishlar, bojxona va soliq organlari ushbu Nizom bilan belgilangan, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni keltirish va undan olib ketish, tayyorlash, sotish, sotib olish va ishlatish tartibiga rioya qilinishida Agentlikka belgilangan tartibda zarur yordam koʻrsatadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni ushlash, musodara qilish, saqlash va musodara qilinganlaridan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Teleradiodasturlarni tarqatish va maʼlumotlarni uzatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarni berganlik va qayta roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun davlat boji
MIKDORLARI
|
Xizmat turlari |
Oʻlchov birligi |
Miqdori, AQSH dollarida |
| Teleradioeshittirish tarqatish: | | |
| — efir orqali | 1 kanal boʻyicha uzatgichning 100 Vt quvvati uchun | 300 |
| — kabel orqali | 1 kanal boʻyicha uzatgichning 100 Vt quvvati uchun | 600 |
Izoh:
1. Davlat mulki ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan korxonalar, tashkilotlardan davlat boji olinmaydi.
2. Davlat bojlari miqdorini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha milliy valyuta (soʻm)da amalga oshiriladi.
3. Efir orqali teleradioeshittirishlarni tarqatish boʻyicha har yili qayta roʻyxatdan oʻtkazilganda davlat boji belgilangan stavkaning 100 foizi miqdorida, efir orqali esa — 20 foizi miqdorida olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi toʻgʻrisida” 1992-yil 3-sentabrdagi 406-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Q.T, 1992-y., 9-son, 27-modda)dagi:
3-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ichki ishlar, mudofaa, Favqulodda vaziyatlar boʻyicha, adliya, tashqi ishlar, qishloq va, soʻz xoʻjaligi, energetika va elektrlashtirish vazirlarining oʻrinbosarlari, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Vatanparvar” mudofaaga koʻmaklashish tashkilotlari markaziy Kengashi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat aksiyadorlik kompaniyasi raislarining oʻrinbosarlari, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktorlarining oʻrinbosarlari; Hukumat aloqa xizmati boshligʻining oʻrinbosari lavozimlariga qoʻra va koʻrsatib oʻtilgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar rahbarlarining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komisciyasi aʼzolari etib belgilansin;
Keyingi tahrirga qarang.
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasiga joriy shoshilinch ishlarni bajarish uchun komissiyaning komissiya raisining oʻrinbosari boshchilik qiladigan ishchi guruhi tuzilsin. Ishchi guruhning faoliyati Elektr magnit mosligi markazi mablagʻlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlansin.
Elektr magnit mosligi markazi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasining ijro etuvchi organi etib belgilansin va u Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tuzilmasiga kiritilsin”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 31-iyuldagi 380-son qaroriga 1a, 4 va 4a-ilovalardan Elektrmagnit mosligi markazi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 28-avgustdagi 420-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997 i., 8-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizomdagi:
II boʻlimning 4-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mulkchilik shakllari va qaysi idoraga qarashliliklaridan qatʼi nazar, pochta va telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardan normativ hujjatlar, davlat tarmoqlar standartlari talablarini, pochta va telekommunikatsiyalar sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun sanksiyalar shaklida, monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzganlik uchun solinadigan iqtisodiy sanksiyalar va jarimalardan boshqa, undiriladigan mablagʻlar”;
III boʻlim 5-bandining uchinchi xatboshi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi qishloqlari va uzoq aholi yashash joylari telekommunikatsiya infratuzilmasini qayta jihozlash va uni yanada rivojlantirishni maqsadli mablagʻ bilan taʼminlash”.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 16-yanvardagi 13-son qarori (OʻzSSR QT, 1991-y., 1-son, 3-modda)ga ilova;
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 13-avgustdagi 379-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 8-son, 25-modda);
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 3-sentabrdagi 406-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 9-son 27-modda)ga ilova;
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 19-fevraldagi 89-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 2-son, 6-modda)ga ilovaning 5-bandi 6, 7-xatboshilari.