Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.07.1998 13.08.1992 yildagi 379-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.07.1998
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA RADIOELEKTRON VOSITALARNI SOTIB OLISh VA ULARDAN FOYDALANISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1998-yil 10-iyuldagi 293-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida” va “Aloqa toʻgʻrisida” qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), loyihalash, qurish (oʻrnatish), ulardan foydalanish hamda chet eldan keltirish tartibi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 13-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
379-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 13-avgustdagi 379-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA RADIOELEKTRON VOSITALAR VA YuQORI ChASTOTALI QURILMALARNI SOTIB OLISh (BERISh), LOYIHALASh, QURISh (OʻRNATISh), ULARDAN FOYDALANISh HAMDA ChET ELDAN KELTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NI3OM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), loyihalash, qurish (oʻrnatish), ulardan foydalanish hamda chet eldan keltirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralari, uyushmalari, konsernlari, qoʻshma korxonalari, tashkilotlari va muassasalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy firmalar, banklar va tashkilotlarning vakolatxonalari va delegatsiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olinadigan (beriladigan), loyihalashtiriladigan, quriladigan (oʻrnatiladigan), foydalaniladigan hamda chet eldan keltiriladigan radioelektron vositalarga va yuqori chastotali qurilmalarga joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning amal qilishi, shuningdek, xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi diplomatik va konsullik vakolatxonalariga oʻrnatiladigan radio uzatgichlarga ham joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomning amal qilishi quyidagilarga joriy etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishga moʻljallangan qurilmalarga, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan sotib olinadigan (beriladigan) va foydalaniladigan maishiy elektronika buyumlariga, agar bunday qurilmalar va buyumlarni Oʻzbekiston Respublikasida savdo tarmogʻi orqali sotishga ruxsat etilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan foydalaniladigan yoki ular uchun moʻljallangan radioelektron vositalarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har qanday turdagi va maqsaddagi koʻchmas radioelektron vositalarni loyihalashtirish va qurish (oʻrnatish) faqat Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining yoki vazirlik tomonidan vakil qilingan organ tomonidan (davomi Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining matni boʻyicha) ruxsat berilgan hollarda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu vositalarni qurish uchun yer maydoni tanlash quriladigan vositalarning foydalanilayotgan yoki avval ushbu rayonda qurish loyihalashtirilgan radioelektron vositalar va elektr aloqasi vositalariga elektromagnit mosligi taʼminlanishi hisobga olinib, shuningdek, radiouzatuvchi va radioelektron vositalar joylashtiriladigan zonalar hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radioelektron vositalarning elektromagnit mosligi ekspertizasi loyiha tashkilotlari tomonidan bu vositalarni qurish uchun maydondan foydalanish imkoniyatlarini tanlash va Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi bilan kelishish jarayonida bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Har qanday turdagi va maqsaddagi radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni respublikada ishlab chiqish, modernizatsiyalash (radionurlanishlarning texnik tavsiflari oʻzgartirilgan holda), seriyali ishlab chiqarish, chet eldan sotib olish, shuningdek, radio chastotalardan foydalangan holda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi tomonidan tegishli radio chastotalar ajratilgandan hamda texnikaviy topshiriqlar va texnikaviy shartlar kelishib olingandan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolarga, shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga havaskorlik radio aloqasi va sport modellarini radio orqali boshqarish uchun radioelektron vositalarni sotish ixtisoslashtirilgan magazinlar orqali Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining tegishli ruxsatnomasi bilan amalga oshiriladi. Ruxsatnomaga savdo tashkilotlari sotilgan mahsulotning turi va zavod raqami toʻgʻrisida belgi qoʻyishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish, shuningdek, ularning bir vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy yuridik shaxslar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan boshqa vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga (shu jumladan, bir vazirlik yoki idora ichida), Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolarga hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga doimiy yoki vaqtincha foydalanish uchun berish Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Radioelektron vositalarni magistral va xalqaro aloqa liniyalari uchun sotib olish, qurish va ulardan foydalanishga Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan litsenziyalar olingandan keyin ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Respublika hududida foydalanish uchun moʻljallangan har qanday turdagi va maqsaddagi (shu jumladan, komplektlovchi buyumlar sifatida har xil asbob-uskunalar va transport vositalari tarkibiga kiruvchi) radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni chet eldan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltirish Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ruxsatnomasi boʻyicha xorijiy firmalarning vakolatxonalari va delegatsiyalari, banklar va tashkilotlar tomonidan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltirish vakolatxona ochishga, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazishga ruxsat bergan vazirliklar va idoralarning iltimosnomalariga koʻra belgilangan tartibda bu vositalar va qurilmalarni chet elga qaytarib olib ketish majburiyati bilan poshlinasiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan havaskorlik radio aloqasi va sport modellarini radio orqali boshqarish boʻyicha rasmiy musobaqalarda foydalanish uchun moʻljallangan radioelektron vositalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltirish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi “Vatanparvar” mudofaaga koʻmaklashish Tashkiloti Markaziy kengashining iltimosnomasi boʻyicha, qaytarib olib ketish majburiyati bilan poshlinasiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining ruxsatnomasi vazirliklar, idoralar va “Vatanparvar” mudofaaga koʻmaklashish Tashkilotining qayd qilingan iltimosnomalari uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Rasmiy sport musobaqalarida, shuningdek, koʻrgazmalar va yarmarkalarda foydalanish uchun vaqtincha chet elga olib ketilgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltirish bu vositalar va qurilmalarni qaytarib olib kelish toʻgʻrisida bojxona muassasasiga berilgan majburiyatlar asosida bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Respublika fuqarolari, xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltirish taʼminlanadi, mazkur Nizomning 2-bandi “a” kichik bandida, 9 va 10-bandlarida koʻrsatilgan vositalar va qurilmalar bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining ruxsatnomasi boʻyicha bevosita, xorijiy firmalar vakolatxonalari, banklar, tashkilotlar, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan esa — ularni Oʻzbekiston Respublikasida sotib olishga ruxsat bergan vazirliklar va idoralarning tegishli xizmatlari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi diplomatik va konsullik vakolatxonalariga oʻrnatiladigan radio uzatkichlardan Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining ruxsati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan tegishli ruxsatnomalarsiz tayyorlangan va sotib olingan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining yozma koʻrsatmasi bilan, bu vositalar va qurilmalarning egalari tomonidan sotilishi yoki agar ulardan foydalanish uchun ruxsat berilishi mumkin boʻlmasa, qiymati toʻlanmasdan vazirlik tomonidan musodara qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Musodara qilingan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni foydali suratda ishlatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar ishini davlat nazoratidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi boʻlinmalarining vakil qilingan xodimlari vazirliklar va idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ishlatayotgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar oʻrnatilgan joylarga bemalol kirish huquqiga ega boʻladilar hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq huquqlardan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining mansabdor shaxslariga ularning mazkur Nizom bilan belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishlari uchun zarur boʻlgan har tomonlama yordamni koʻrsatishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vazirliklar va idoralar oʻzlariga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mazkur Nizomning talablarini amaldagi qonunchilikka muvofiq bajarishlari uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat avtomobil inspeksiyasi avtomobil transporti vositalarini vaqti-vaqti bilan texnik koʻrikdan oʻtkazish paytida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat avtomobil inspeksiyasi nazorati ostidagi avtomobillar va boshqa transport vositalarida radioelektron vositalarni oʻrnatishga Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi tomonidan berilgan ruxsatnomaning bor-yoʻqligini nazorat qilishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlari radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan qonunga zid ravishda foydalanish hollariga barham berishda hamda Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari, muassasalari, tashkilotlari, fuqarolari tomonidan tegishli ruxsatnomasiz tayyorlangan, sotib olingan yoki foydalanilayotgan ana shunday vositalar va qurilmalarni musodara qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining mansabdor shaxslariga belgilangan tartibda zarur yordam koʻrsatadilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1992-yil, 8-son, 25-modda)